Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chempionlar ligasida «kambek»lar o‘nligi (video)

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevropa chempionlar ligasi chorak finalidagi ajoyib uchrashuvlar hamon muhokama markazida. 10 apreldagi «Roma» – «Barselona» bahsida ko‘pchilik uchun kutilmagan natija qayd etildi:

rimliklarning birinchi o‘yindagi yirik mag‘lubiyatidan so‘ng hamma Kataloniya klubining yarim finaldagi raqibi bilan qiziqayotgan edi.

Ammo Yevropa chempionlar ligasi ana shunday «kambek»lari bilan jozibali ekanligini eslatib qo‘ydi. «Yuventus» va «Real» uchrashuvi esa musobaqaning yana bir bezagiga aylandi.

Shularni hisobga olgan holda chempionlar ligasi tarixidagi eng mashhur «kambek»lar o‘nligini tuzib chiqdik.

1. «Real» – «Volfsburg» – 3:0 (dastlabki o‘yin – 0:2)

2015/16 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

  Madridliklar uchun dastlabki bahs ancha omadsiz kechdi – 0:2. Biroq javob o‘yinida hammasi o‘z joyiga tushdi. Krishtianu Ronaldu «xet-trik»ka erishdi, «Real» yarim finalga yo‘l oldi va yakunda turnir g‘olibiga aylandi.   2. «Bavariya» – «Portu» – 6:1 (dastlabki o‘yin – 1:3)

2014/15 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

«Bavariya» Portugaliyada kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi. Biroq o‘z uyidagi bahsning birinchi bo‘limidayoq beshta to‘p kiritib, raqibni «er tishlatdi». Gvardiola jamoasi yarim finalda «Barselona» to‘sig‘idan o‘ta olmadi.

3. «Chelsi» – «PSJ» – 2:0 (dastlabki o‘yin – 1:3)

2013/14 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

Mourino jamoasi dastlabki bahsdagi 1:3 hisobini esdan chiqarishga o‘zida kuch topdi. Hal qiluvchi gol so‘nggi daqiqalarda Demba Ba tomonidan kiritildi. «Chelsi» keyingi bosqichga chiqdi, ammo yarim finalda Madridning «Atletiko»siga imkoniyatni boy berdi.

4. «Manchester Yunayted» – «Olimpiakos» – 3:0 (dastlabki o‘yin – 0:2)

2013/14 yilgi chempionlar ligasining 1/8 final bahsi.

Mankunianliklarning Gresiyadagi kutilmagan mag‘lubiyatidan keyin chorak finalga chiqish imkoniyati kamayib ketgan edi. Javob o‘yinida van Persining «xet-treg»i evaziga g‘alaba qozongan jamoa chorak finalda «Bavariya»ga yutqazib qo‘ydi.

5. «Barselona» – «Milan» – 4:0 (dastlabki o‘yin – 0:2)

2012/13 yilgi chempionlar ligasining 1/8 final bahsi.

«Milan» o‘z uyida kataloniyaliklarni sensasion tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshirib oldi. «Kamp Nou»da «Barselona» Messining «dubl»i, Alba va David Vilyaning gollari evaziga tezkor revansh oldi. Kataloniyaliklar keyingi bosqichda ham g‘alaba qozonib, yarim finalda «Bavariya»ga yutqazishdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra – 0:7.

6. «Chelsi» – «Napoli» – 4:1 (qo‘shimcha vaqtda, dastlabki o‘yin – 1:3)

2011/12 yilgi chempionlar ligasining 1/8 final bahsi.

 «Chelsi» chempionlar ligasidan chiqib ketishiga bir necha daqiqa qolganida Lempardning penaltidan kiritgan goli evaziga qo‘shimcha taymlarga yo‘l oldi. Keyin Dide Drogba ishga tushdi va hal qiluvchi zarbasi bilan jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. O‘sha turnir finalida «Bavariya»ni yenggan londonliklar ilk bor chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritishgan edi.

7. «Monako» – «Real» – 3:1 (dastlabki o‘yin – 2:4)

2003/04 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

Bu bahs chempionlar ligasidagi eng kutilmagan natijalardan biri, ammo o‘sha yili sodir etilgan asosiy «kambek» emas. O‘sha yili «Monako» finalgacha yetib borib, Maurinoning «Portu»siga imkoniyatni boy bergan.

8. «Barselona» – «Chelsi» – 5:1 (qo‘shicha vaqtda, dastlabki o‘yin – 1:3)

1999/00 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

 «Chelsi» o‘z uyida «Barselona»ni ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Londonliklar 3:0 hisobida oldinda borayotganida Figu kataloniyaliklarga imkoniyat taqdim etuvchi golga mualliflik qildi. Javob o‘yinida «Barsselona» 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo baribir yarim finalda «Valensiya»ga mag‘lub bo‘ldi.

9. «Deportivo» – «Milan» – 4:0 (dastlabki o‘yin – 1:4)

2003/04 yilgi chempionlar ligasining 1/4 final bahsi.

Shubhasiz, o‘sha mavsumning eng unutilmas uchrashuvi. Dastlabki bahsdagi 1:4 hisobi galisiyaliklarni keyingi bosqichdan mosuvo qilgandek edi. Ammo «Riasor»dagi dahshatli «kambek» «Deportivo» nomini tarixga muhrladi. Dastlabki taymdayoq 3 to‘p kiritgan ispanlar «Milan»ni shok holatiga tushirdi. Yarim finalda «Deportivo»ni bo‘lajak chempion «Portu» to‘xtatdi.

10. «Barselona» – «PSJ» – 6:1 (dastlabki o‘yin – 0:4)

2016/17 yilgi chempionlar ligasining 1/8 final bahsi.

Bu bahs ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilgani yo‘q. Parijdagi 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng «Barselona»ning ashaddiy muxlislari ham shaxmatga qiziqishni boshlab yuborishgan edi. Ammo so‘nggi daqiqagacha umidni uzmagan kataloniyaliklar yakunda 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Keyingi o‘yinda «Barselona» «Yuventus»ga yutqazdi.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 18:21, 15.04.2018. O'qildi: 9957 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик