Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rahmat, Venger. Kechir, Venger

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bunga ishonish qiyin, lekin zamonaviy futbolning eng katta darg‘alaridan biri o‘z postini tashlab ketmoqda. Arsen Venger «Arsenal»ni 1996 yilning sentyabridan buyon boshqarib keldi, o‘sha kuzda tug‘ilgan bolalar bu kuzda 22 yoshga chiqadi, ularning qanchalari «Arsenal» nomi Arsen Venger sharafiga qo‘yilgan deb o‘ylab katta bo‘lishdi, 2018 yilning 20 aprelida esa klub saytida «Merci Arsène» yozuvli xabarnoma e’lon qilindi.

«Diqqat bilan o‘ylab ko‘rib, klubdagilar bilan muhokamalardan keyin his qildimki, ketish vaqti kelgan.

Men bu yillarni, bu unutilmas yillarni hadya etgani uchun klubdan minnatdorman. Men klubda to‘la mas’uliyat bilan, halol ishladim.

Men klubning barcha vakillariga, futbolchilar, oddiy xodimlar-u rahbarlar va albatta muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular klubni shunday darajaga olib chiqishdi.

Men barcha muxlislarni jamoa bilan qolishga chaqiraman, ular birgalikda yuqori cho‘qqilarni zabt etishadi.

«Arsenal» muxlislaridan klub qadriyatlarini saqlashni so‘rayman. Muhabbat va abadiy do‘stlik bilan Arsen Venger».

Bunga ishonish qiyin. Xuddi Arsen hamisha Londonda bo‘ladigandek edi. «Arsenal» o‘yinlarida hamisha u maydon chetida kibor bilan turaveradigandek edi.

Arsen Vengerni professor deb atashgan. Bu laqabini u shaxmatni juda zo‘r o‘ynagani uchun olgan emas. Uni Strasburg universitetining iqtisodiyot bo‘yicha magistr bo‘lgani uchun professor deb alqashmagan. Shuning uchunki, u Angliya futbolini o‘zgartirdi. Jahon futbolida inqilob qildi. Uzun paslar va diagonal uzatmalar - uning falsafasiga yot edi. 

O‘tgan asrning 90-yillarida Angliyada hamma qanotlardan jarima maydonchasiga to‘p uzatish orqali klassik ingliz futbolini o‘ynardi. Bosh bilan yaxshi o‘ynovchi markaziy hujumchilar urf bo‘lgan, asosiy e’tibor yakkakurashlarga qaratilgandi. Venger ligaga yangi nafas olib kirdi. U texnik futbol, qisqa masofalarda to‘p uzatish orqali oldinga harakatlanish bilan yo‘g‘rilgan yangicha uslubni Angliya futboliga singdirdi. Bu futbolni chiroyli o‘ynash edi. U eski an’analarni yo‘qqa chiqardi va o‘z uslubini Angliya futboli qadriyatiga aylantirdi. Mana endi Angliyadagi jamoalarning yarmidan ko‘pi paslar bilan o‘ynashni o‘rganib oldi. Zamonaviy futbol dahosi Xosep Gvardiola esa ko‘p narsani Vengerdan o‘rganganini tan olgan.

U Angliya premyer-ligasida zafar quchgan britaniyalik bo‘lmagan ilk mutaxassis bo‘ldi. U «Unbeaten Team» («Engilmas jamoa») tuzgan insondir, u jahonga Tyerri Anri, Dennis Bergkamp, Rober Pires, Patrik Viyera kabi futbolchilarni olib chiqdi.

Vengerning polaponlari endi ulg‘aygan. Ulardan biri tez orada uztozidan estafetani qabul qilib olishi ham mumkin - Viyera uning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida gaplar yuribdi. Jovanni van Bronxost, Anri, Bergkamp kabi murabbiylarning yangi avlodi vakillari yetishib chiqmoqda.

U o‘tgan vaqt davomida klub bilan jami 17 sovrin yutdi, shundan 3tasi Angliya chempionligi (1998, 2002, 2004), 7ta Angliya Kubogi va 7ta Angliya Superkubogi. U Angliya premyer-ligasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi - u jamoasini APLning 823 o‘yinida maydonga boshlab tushdi. U bu borada «Manchester Yunayted»ning sobiq ustozi Aleks Fergyusonni (810) ortda qoldirgan.

22 yillik faoliyati davomida u «Arsenal» bilan barcha musobaqalar doirasida jami 1228 o‘yin o‘tkazdi, shundan 704tasida g‘alaba qozonildi.

Mashhur jurnalistlardan biri shunday degandi: «Barcha futbol o‘ynaydi, Venger esa faqat kuzatadi». Arsen hamisha aybdorlarni topardi, bu faqat uning futbolchilari bo‘lmasdi. U o‘z bolalarini har qanday kuchdan himoya qilardi. Aynan shuning uchun ko‘plar uni sevgan. Va sotgan. Keyin Samir Nasri kabi afsus bilan uzr so‘ragan. Boshqa ko‘plar ham.

Uni klubida qadrlashdi, tribunada hushtakbozlik qilishdi. Tribunalarda «Wenger Out» yozuvli plakatlar «In Wenger we trust»dan ko‘proq bo‘ldi. Unga ishonishmasdi. Axir unga boshidan ishonishmagandi. U Yaponiyadan kelganida ham hamma shunday derdi: «Arsene Who?». U shu ishonchsizlik bilan 22 yil chidadi va ser Aleksni ortda qoldirdi.

Lekin bu era endi tugadi. Endi yozda ham, kuzda ham, qishda ham, bahorda ham Vengerni «Arsenal»da ko‘rmaymiz. 

Rahmat, mesye Arsen. Kechir mesye Arsen.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 02:50, 21.04.2018. O'qildi: 4932 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик