Bugun 22 avgust, 2025 yil, juma.

  • Superliga
      • 21.08.2025 19:00
      • Neftchi
      • 3:0
      • Mash’al
      • 21.08.2025 20:00
      • Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 22.08.2025 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Paxtakor
      • 22.08.2025 20:00
      • Qizilqum
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 23.08.2025 18:30
      • Surxon
      • -:-
      • Nasaf
      • 23.08.2025 19:30
      • OKMK
      • -:-
      • Xorazm
  • APL
      • 23.08.2025 00:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Chelsi
      • 23.08.2025 16:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Tottenhem
      • 23.08.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 23.08.2025 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Aston Villa
      • 23.08.2025 19:00
      • Byornli
      • -:-
      • Sanderlend
      • 23.08.2025 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Lids
  • La-liga
      • 23.08.2025 00:30
      • Betis
      • -:-
      • Alaves
      • 23.08.2025 20:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Selta
      • 23.08.2025 22:30
      • Atletiko
      • -:-
      • Elche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 20 42
2 Nasaf 19 40
3 Dinamo 20 38
4 Bunyodkor 19 34
5 OKMK 19 34
6 Paxtakor 19 33
7 Navbahor 20 32
8 Qizilqum 19 25
9 Surxon 19 23
10 Andijon 19 21
11 So‘g‘diyona 20 21
12 Xorazm 19 19
13 Qo‘qon-1912 20 18
14 Mash’al 20 18
15 Buxoro 20 17
16 Sho‘rtan 20 11

O'tgan o'yinlar.

20-тур Sho‘rtan 3-3 Navbahor
20-тур So‘g‘diyona 1-1 Dinamo
20-тур Neftchi 3-0 Mash’al
20-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912

Navbatdagi o'yinlar.

22/08/25 Andijon - Paxtakor
22/08/25 Qizilqum - Bunyodkor
23/08/25 Surxon - Nasaf
23/08/25 OKMK - Xorazm

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2042 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 765 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Izzatilla Abdullayev: «Chiroyli «kambek» va ilk g‘alaba yoqimli bo‘ldi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoasi Superliganing 6-turiga kelib mavsumdagi ilk g‘alabasiga erishdi.

Sergey Lushanning qadami qutlug‘ kelib, jizzaxlik futbolchilar Namanganning «Navbahor» jamoasini taslim eta olishdi. Shu turgacha o‘tkazilgan 5ta o‘yinda «So‘g‘diyona» 4ta mag‘lubiyat va bitta durang qayd etgandi. Gollarga boy tarzda o‘tgan bahsda mezbonlar ajoyib «kambek»ni amalga oshirishdi.

Bu uchrashuv xuddi 7 aprel kuni o‘tkazilgan Manchester debisida kuzatilgan jarayonni eslatib yubordi. O‘shanda ikki to‘p farqi bilan ortda borayotgan «Manchester Yunayted» yakunda g‘alabani ilib ketgandi. Aynan shu ssenariy Jizzaxdagi o‘yinda ham takrorlandi.

Farqi shundaki, bu safar mehmonlar emas, mezbonlar ko‘chasida bayram bo‘ldi. E’tiborlisi, g‘alaba to‘pi uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan uchinchi daqiqada Izzatilla Abdullayev tomonidan kiritildi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi o‘z goli bilan jamoasining ilk g‘alabasini ta’minladi.

Iroda evaziga qo‘lga kiritilgan ushbu uch ochko «So‘g‘diyona»ning keyingi g‘alabalariga zamin yaratsa, ajabmas. Demak, «Bunyodkor»ning sobiq ustozi Sergey Lushan «So‘g‘diyona»dagi debyut uchrashuvidayoq muvaffaqiyatga erishdi.

Biz «Navbahor»ga qarshi bahs yakunlangach, o‘yin qahramonlaridan biri Izzatilla Abdullayevni suhbatga chorlab, uning g‘alabali bellashuvdan keyingi taassurotlari bilan qiziqdik.

Ma’lumot uchun, Izzatilla Abdullayev 2012 yili O‘zbekiston o‘smirlar (U-16) termasi safida Eronning Taxti shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida tengdoshlari bilan birga chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgandi. O‘shanda jamoaga Dilshod Nuraliyev ustozlik qilgandi.

- Izzatilla, avvalo, g‘alaba bilan tabriklayman. Ochig‘i, bu 3 ochko uzoq kutildi. Mazkur o‘yingacha bo‘lgan omadsizliklar sababi nimada edi?

- Haqiqatan ham, siz aytgandek, bu yutuqni juda uzoq kutdik. G‘alaba biz uchun suv va havodek zarur edi. Boisi, turnir jadvalidagi holatimiz havas qiladigan darajada emasdi. Yangi murabbiyning jamoaga kelgani bizning o‘yin uslubimizni ham o‘zgartirib yubordi.

Uchrashuvda mash-g‘ulotlar davomida Sergey Lushan tomonidan aytilgan barcha ko‘rsatmalarni amalga oshirdik. Tanaffus paytida murabbiyimiz bergan ruhiy dalda bizga kuch berdi. Maydonda o‘zimizga ishonch bilan harakat qildik. Raqibni mag‘lub eta olishimizga ishonch paydo bo‘ldi. Ushbu muhim g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz.

- Jamoa 78-daqiqagacha ham 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrayotgandi. Tanaffus paytida bosh murabbiy qanday ko‘rsatmalar berdi?

- Sergey Ivanovich 0:2 hisobi hali mag‘lubiyat emasligini aytdi. O‘z xatoimiz tufayli ikkita oddiy vaziyatda darvozamizdan to‘p o‘tkazib yubordik. Superliga o‘yinlarida bu tarzda yanglishish yaramaydi.

Xatolar raqib jamoa futbolchilari tomonidan kechirilmaydi. Hisobni qisqartiruvchi golni urganimizdan so‘ng futbolchilarimizning ruhiyati ko‘tarildi. Ishonch yanada ortdi va boshlagan ishimizni chiroyli tarzda yakunlab qo‘ydik. Albatta, bu yerda omad ham biz tomonda bo‘lganligini aytib o‘tish o‘rinli.

- Shu turgacha o‘tkazilgan uchrashuvlarda jamoa o‘z o‘yinini namoyish eta olmagandi. Omadsizlikning sabablari jamoada muhokama qilindimi?

- Albatta, muhokama qilindi. Mashg‘ulotlarda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ustida ishladik. Bu jarayon davom etmoqda. Qayerda xatoga yo‘l qo‘yganmiz, buni yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, murabbiylarning ko‘rsatmalari asosida kamchiliklarni bartaraf etib boramiz.

- Muxlislar «So‘g‘diyona»ning qora kunlari ortda qolganiga ishonishsa bo‘ladimi?

- Buni amalda isbotlashga harakat qilamiz. Demakki, bizdan yanada ko‘proq ishlash talab etiladi. Superligada o‘tkinchi o‘yinlar yo‘qligini hamma ko‘ryapti.

Shu kungacha o‘tkazilgan tur uchrashuvlariga e’tibor qaratsangiz, hech bir jamoa osonlikcha ochko qo‘lga kiritmayotganiga amin bo‘lasiz. Ke-yingi bahslarda ham faqat g‘alaba uchun kurashamiz. Bu borada muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlashlari juda muhim bo‘ladi.

- «Navbahor» bilan o‘yindan oldin Sergey Lushan qanday ko‘rsatma berdi va sizlarni qay tariqa g‘alabaga ishontira oldi?

- Murabbiyning ishonchi katta dalda bo‘ldi. Zero u bizga ishonishini qayta va qayta ta’kidladi. O‘z kuchimizga ishonib harakat qilsak, albatta, shu o‘yinda uch ochkoni qo‘lga kiritishimiz mumkinligini uqtirdi.

O‘z o‘rnida biz murabbiyning ishonchiga javoban maydonda borimizni berib o‘ynadik. Intilishlar samarasi o‘laroq, natija ijobiy bo‘ldi.

- Uchrashuvda g‘alaba to‘pini kiritdingiz. Bu faoliyatingizdagi hozircha eng muhim golmi?

- Har bir o‘yinga xuddi final uchrashuvi kabi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu golning qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmadimu, lekin shuni ishonch bilan ayta olamanki, har bir bahsda o‘z gollarim bilan jamoam muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishga intilaman.

Bundan aslo charchamayman. Raqib darvozasini ishg‘ol qilish - futbolchining vazifasi, shunday ekan, gollarimni shaxsiy muvaffaqiyat sifatida qabul qilmayman.

- Futbolchilar muhim to‘plarni kiritishganida uni kimgadir bag‘ishlashadi. Siz o‘yinning 90+3-daqiqasida «Navbahor» darvozasiga urilgan golni kimga atadingiz?

- Bizni har qanday holatda ham qo‘llab-quvvatlab turgan jamoamiz muxlislariga bag‘ishladim. Bu g‘alaba barchamizniki! Shu o‘rinda jamoa rahbariyatiga, jamoadoshlarimga, menga ishonch bildirgan murabbiyga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

- Sergey Lushan yoshlarga e’tibor qaratishi bilan tanilgan. «Bunyodkor»da ham shu an’anasiga sodiq bo‘lgan. Mana, u bir necha kundan beri Jizzaxda. Ushbu mutaxassis haqida nima deya olasiz?

- Biz bir-birimizni o‘rganishda davom etyapmiz. Sergey Ivanovich chinakamiga professional mutaxassis, o‘z ishining ustasi. Futbolchilarni o‘yinga to‘g‘ri tayyorlash, zarur pallada ularni ruhlantirishni biladi.

Albatta, men ham bu murabbiydan ko‘proq narsa o‘rganishga harakat qilyapman. O‘ylaymanki, u bilan hali uzoq vaqt birga ishlaymiz.

- Jamoadagi futbolchi va murabbiylar o‘rtasidagi munosabat yaxshimi? Avvalgi o‘yinlarda boy berilgan ochkolar nosog‘lom muhit ta’siridan emasmi?

- Bu borada muammo yo‘q. Og‘ir kunlarda bir-birimiz bilan hamjihat bo‘ldik. Omadsizliklar ketidan yorug‘ kunlar kelishiga astoydil ishondik. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatladik. Nihoyat, uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik.

«Navbahor» ustidan qozonilgan yutuq ham hamjihatlikdan nishona. O‘ylaymanki, Sergey Lushanning jamoamizga murabbiy etib tayinlangani ichki muhitni yanada yaxshilaydi. Muvaffaqiyatli o‘yinlarimiz bardavom bo‘ladi.

- Jamoada moliyaviy masalada muammolar yo‘qmi? Maoshlarni o‘z vaqtida olyapsizlarmi?

- Bu borada hech qanday muammo yo‘q, deb hech ikkilanishsiz aytishim mumkin. Maosh va mukofot pullarini hatto oldindan olyapmiz. Klub rahbariyati mazkur jihatga jiddiy e’tibor qaratgan.

Bu holat doimiy nazoratda. Darvoqe, klubning rasmiy saytida jamoaning bugungi kundagi moliyaviy holati haqida rasmiy bayonot ham berilgandi. Shunday ekan, nolishga aslo haqqimiz yo‘q.

- Demak, endi sizlardan faqat mazmunli o‘yin va natija ko‘rsatish talab etilar ekanda?! Javobgarlikni his qilyapsizlarmi?

- Albatta. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas. Zimmamizdagi mas’uliyat ikki hissa oshgan. Birinchi galda muxlislar oldidagi javobgarlik turibdi. Har bir uy o‘yinimizda stadionni to‘ldirib o‘tirgan ishqibozlarimizga hamisha ham g‘alabali onlarni tuhfa eta olmaymiz.

O‘z o‘rnida, bizni tushunib, oxirigacha ishonayotgan, samimiy qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ularning daldasi biz uchun juda muhim.

- Sergey Lushan jamoaga kelganidan keyin «So‘g‘diyona»ning vazifalari o‘zgardimi?

- Yo‘q. Mavsum boshida klub rahbariyati tomonidan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishga astoydil intilamiz.

- Asosiy maqsad - Superligada qolishmi?

- Unday emas. Biz kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz. Shu tariqa ikkinchi bosqich bahslarida kuchlilar safida ishtirok etishni o‘z oldimizga vazifa qilib qo‘yganmiz.

- Turnir jadvalining yuqori qismidagi raqobatni ko‘ryapsiz. Vaziyatga real holatda qarasak, kuchli oltilikka kirishning iloji bormikan?

- Yuqorida ta’kidlaganimdek, bu rahbariyat tomonidan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifa va uni bajarishga astoydil intilamiz. Muhimi, «So‘g‘diyona»da yangi sahifa ochildi, uni yorqin lahzalar bilan boyitishda davom etamiz. O‘zimizga bo‘lgan ishonchni qaytarib olganimiz yaxshi bo‘ldi.

Darhaqiqat, turnir jadvalining yuqori qismida kurash qizg‘in kechmoqda. Kuchli jamoalarning ham ochko yo‘qotishi odatiy holga aylanmoqda. Har bir turda kutilmagan hisoblar qayd etilmoqda. Lekin hali asosiy kurash oldinda. Keyingi o‘yinlarda ham har qanday natija qayd etilishi mumkin.

- Xorij klublaridan qaysi biriga muxlislik qilasiz?

- Madridning «Real» jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Mana, bugun (suhbat 12 aprel kuni uyushtirilgan - muallif) dramatik kechgan o‘yinda «Qirollik klubi» «Yuventus»ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. YECHL chorak finalining ikkinchi kungi bahslarida ham shov-shuvli natija qayd etilishiga bir bahya qoldi.

Lekin ko‘pchilik o‘yinning borishiga qarab g‘olib nomi qo‘shimcha bo‘limlar yoki penaltilar seriyasida aniqlanishini kutayotgandi. Ochig‘i, men ham yarim final taqdiri qo‘shimcha bo‘limlarda hal bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Bu safar omad «Real»ga kulib boqdi. Sevimli jamoam ketma-ket uchinchi marotaba bosh mukofotni qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettiradi.

Madridliklar o‘zlari o‘rnatgan rekordni yangilashga urinib ko‘rishadi. Navbatdagi bosqichda «Liverpul», «Bavariya» va hattoki, «Roma» ham jiddiy raqibga aylanadi. «Barselona»ni kurashdan chiqarib yuborgan rimliklardan ham ko‘p narsa kutsa bo‘ladi. Chempionlar Ligasi mutlaqo boshqacha turnir. Unda har qanday natija qayd etilishini ko‘rish mumkin.

Amalda shunday ham bo‘ldi. «Barselona»ning Rimda 3ta gol o‘tkazib yuborishini hech kim kutmagandi. Mana, «Real» ham o‘z uyida xuddi shunday holatga tushdi. «Qirollik klubi» anchadan beri YECHL doirasidagi bahslarda «Santyago Bernabeu»da bu tarzda mag‘lub bo‘lmagandi. Futbolchi mana shunday o‘yinlarni ko‘rib ham o‘ziga kerakli narsalarni olishi mumkin.

- Sizningcha, kim chempion bo‘lar ekan?

- Oldindan bir narsa deyish qiyin. Qur’a natijasiga ham ko‘p narsa bog‘liq. Yuqorida aytganimdek, nisbatan pastroq nazar bilan qaralayotgan «Roma» va «Liverpul» jamoalari ham kubokka ega chiqishi mumkin.

Ko‘pchilik «Manchester Siti» va «Barselona»ni yarim final yoki finalda ko‘rishni taxmin qilayotgandi. Ko‘ryapsiz, bu klublar hatto chorak final bosqichidan nariga o‘ta olishmadi.

Shunday ekan, bizni hali kutilmagan natijalar ko‘p hayron qoldiradi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 03:31, 22.04.2018. O'qildi: 5089 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 12
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 10
3 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
4 Насаф Husayn Norchayev 9
5 Бунёдкор Luis Kachorri 8
6 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 6
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 6
9 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
10 Андижон Rustam Turdimurodov 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.