Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 16 8 10 34
2 AQSh 9 12 6 27
3 Italiya 9 5 12 26
4 Fransiya 6 8 5 19
5 Niderlandiya 6 7 3 16
6 Shvesiya 6 6 3 15
7 Shveysariya 6 4 4 14
8 Germaniya 5 8 8 21
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Aleksandr Zinchenko: «Ingliz futboli zo‘r, hayot esa…»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Manchester Siti» klubining istiqbolli himoyachisi Aleksandr Zinchenko joriy mavsum chakki taassurot qoldirmayapti. Har holda, Xosep Gvardiola ukrainalik yosh futbolchini bir qator o‘yinlarda asosiy tarkibga kiritdi.

Demakki, u talabchan murabbiy va chempion jamoa ishonchini ma’lum darajada oqlagan. Angliyaga «Ufa» klubidan yo‘l olgan Zinchenko yaqinda rossiyalik kasbdoshimiz bilan suhbatlashib, asosan tumanli o‘lkadagi faoliyati va hayoti xususida gapirib berdi.

«GVARDIOLANING TAKTIK MAHORATIGA GAP YO‘Q»

- Angliya chempioni maqomi. Bu qanday ekan?

- Hozircha g‘alabani keng nishonlashga ulgurmadik. Shaxsan o‘zim chempionlik rasmiylashtirilganini aeropotda eshitdim. Ayni payt hammasi o‘z yo‘lida - kubokni 6 may kuni topshirishadi. Qisqasi, chempionlik shukuhidan to‘liq bahra olmadik hali. To‘g‘ri, yigitlar bilan har qadamda o‘zaro hazillashib turibmiz: «Ishlar qanday endi, chempion?»

- Shu paytgacha nechta tabrik qabul qildingiz?

- Tug‘ilgan kunimdagidan ko‘proq! Hazillashyapman, albatta. Lekin chindan ham, qutlovlar sanoqsiz...

- So‘nggi yarim yilda mashhurlik darajangiz oshgani sezil-yaptimi?

- Buni mashhurlikka mengzashni istamayman. Lekin dunyoning turli burchaklaridan SMS-xabarlar olishing, seni qo‘llab-quvvatlashayotganini bilishing yoqimli, albatta.

- «Siti»dan taklif tushganida, avvalo, nimalarni his qilgandingiz?

- Bu bolalik orzusining ro‘yobi. Yoshligimdan Yevropada o‘ynashni dilimga tugib, hech qachon chekinmaslikni maqsad qilgandim. Hayotda har bir orzu yo‘lida  kurashish shart, aks holda, hech narsaga erisholmaysan.

- Shunday, lekin «Ufa»dan «Siti»ga ko‘tarilish fantastika emasmi?

- Taxminan yarim yilcha muqaddam yordamchi murabbiy o‘z huzuriga chorlab, MDHning aksariyat vakillari Yevropada aytarli muvaffaqiyat qozonishmagani  haqida gapirdi.

Bu o‘ziga xos ogohlantirish edi. Suhbat yakunida murabbiy qo‘shib qo‘yishni unutmadi: «O‘ylaymanki, sen undaylar toifasidan emassan».

- Bu borada o‘zingiz nima deya olasiz?

- Tabiiyki, issiq joyini kimgadir bo‘shatib berish hech kimga yoqmaydi. Murabbiylar odatda mahalliy o‘yinchilar yoki germaniyalik, ispaniyalik va braziliyalik legionerlarga ko‘proq ishonch bildirishadi. Demak, raqobatda ulardan ustun kelish uchun ikki baravar kuchliroq, mahoratliroq bo‘lish lozim.

Xullas, ishonchga kirish oson emas, har bir xatoning ta’siri katta. Bundan tashqari, o‘zgacha mentalitet, notanish til... Bular qo‘shimcha muammolar tug‘diradi. Deylik, til bilgan o‘yinchi jamoadoshlari bilan tezda chiqishib ketishi mumkin.

- Gvardiolaning buyuk murabbiy ekanligiga qachon amin bo‘ldingiz?

- «Siti» safiga qo‘shilishimdan avvalroq Pepga birinchi raqamli mutaxassis sifatida qaraganman. Uning yurish-turishi, harakatlari, intervyulari... Mana, endi yuksak saviyasiga ham bevosita guvoh bo‘lyapman.

Ayniqsa, taktik mahorati kishini lol qoldiradi. Mashg‘ulot davomiyligi 40 daqiqadan oshmasada, Pep ko‘p narsalarni ko‘rsatib, tushuntirishga ulguradi. Hammasi oddiydek, lekin anglash qiyin. Ha, futbol juda sodda o‘yin, ammo hammasini talab darajasida namoyish etish murakkab!

- Himoya pozisiyasiga moslashish qiyin kechmadimi?

- Bu avvalo, o‘zim uchun bebaho tajriba. Axir universallik muhim fazilat!

«STOUNZ - A’LOCHI O‘QUVCHI!»

- Siz va Kevin de Bryuyne o‘rtasidagi o‘xshashlik xususida ko‘p gapirishadi...

- Chunki o‘zaro ko‘p hazillashamiz. Angliyada bizni egizaklarga chiqarib qo‘yishgan. Jamoadoshlarimga ba’zan maqtanaman ham: «Tan oling, Kevindan ko‘ra, yoqimtoyroqman».

- De Bryuynechi?

- U hammasidan xabardor va e’tiroz bildirmaydi.

- Bilishimizcha, jamoadoshlaringizda rus musiqasiga nisbatan mehr uyg‘otayotgan ekansiz.

- To‘g‘ri, ularga  L`One ning «Hammasi yoki hech narsa» qo‘shig‘ini ko‘rsatgandim. Ijrochi chindan ham, mahoratli reper, ajoyib inson.

- Xo‘sh, kimdir qo‘shiqni o‘zlashtira oldimi?

- Jon Stounz. Uni shunday tayyorladimki, JCH vaqti umuman taniyolmaysiz! Deylik, rus tilida siz va mendan ham yaxshiroq gapiradi. Shuningdek, Uokerning qiziqishi chakki emas. Lekin yaxshi o‘zlashtirolmayapti. Stounz esa a’lochi o‘quvchi!

- «Siti» liboslaridan qanchasini sovg‘a qilishga ulgurdingiz?

- Har gal terma jamoa yig‘iniga 10ta futbolka bilan yo‘l olaman. Demak, hammasi bo‘lib chamasi 70ta forma tarqatdim. Tanishlarim ba’zan boshqa futbolchilar libosini ham so‘rashadi yoki yana nimanidir.

Masalan, CHL final o‘yini chiptasini. Ammo bunday iltimoslarni to‘liq qondirish iloji yo‘q. Axir futbolka ishlab chiqaradigan fabrikada ishlamayman-ku.

- O‘zingiz CHL finaliga borasizmi?

- Yo‘q, bu yil ta’til bo‘lmadi. Charchoq yozmoqchiman.

- Demak, JCH o‘yinlarini ham voqea joyida kuzatmaysiz...

- Shunday. Ma’lum muddat futbol va kuchli ehtiroslardan  xoli dam olmoqchiman.

«DO‘STLARIM - MDH TERMA JAMOASI»

- Manchesterda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

- Angliyada eng zo‘r futbol hukmron. Shuning o‘zi hammasini bosib ketadi. Lekin hayot tarzi... Yumshoq aytganda, ko‘nglimdagidek emas.

- Nima uchun?

- Avvalo, iqlim noqulay - serbulut kunlar, davomli yomg‘ir. Bundan tashqari, Rossiya va Ukrainada ko‘ngilochar muassasalar juda ko‘p. Qisqasi, Angliyadagi hayot menga uncha ma’qul tushmadi.

- Inglizlar bilan muloqot qilib turibsizmi?

- Yo‘q. Lekin Ukraina, Belarus yoki Gruziyadan kelgan yigitlar to‘planishsa, maroqli suhbat bo‘ladi. Darvoqe, hattoki, MDH terma jamoasini shakllantirish ham mumkin.

- Qiziq, ularni qanday topdingiz?

- Internet - bebaho boylik, cheksiz imkoniyat! Tanishlarim orasida Angliyaning turli shaharlarida tahsil olayotgan talabalar ko‘p.

«YAXSHILARDAN IBRAT OLISH KERAK»

- Yosh yigitcha Manchesterda yana nimalar bilan shug‘ullanishi mumkin?

- Hozir bir g‘oya ustida ish olib boryapman. Uning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishini vaqt ko‘rsatadi. Kelajakda mashhur bo‘lishiga umidvorman.

- G‘oya qaysi sohaga bog‘liq? Qahvaxona emasmi?

- He-e, yo‘q. Topolmadingiz.

- Unda o‘zingiz ayting...

- Mayli, yashirishdan nima ma’no? Hozircha kerakli ma’lumotlarni qog‘ozga tushiryapman. Maqsadim - asar yozish. Angliyada boshqalarga aytib berishga arziydigan voqealarga duch keldim. Yozganlarim yoshlarga asqotadigan qo‘llanma bo‘lsa, bas.

Chunonchi, ular men yo‘l qo‘ygan xatolarni takrorlamasliklarini istayman. Maqsadim - «Donolar o‘zgalar xatolaridan saboq oladilar, tentaklar esa o‘z xatolaridan!» hikmati ma’nosini anglatish.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:22, 07.05.2018. O'qildi: 3761 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Вильярреал Jorj Mikautadze 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.