Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 27.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:0
      • Nyukasl
      • 27.12.2025 17:30
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 27.12.2025 20:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Brayton
      • 27.12.2025 20:00
      • Brentford
      • -:-
      • Bornmut
      • 27.12.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Everton
      • 27.12.2025 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 27.12.2025 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Fulhem
      • 27.12.2025 22:30
      • Chelsi
      • -:-
      • Aston Villa
      • 28.12.2025 19:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Lids
      • 28.12.2025 21:30
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Tottenhem
  • «A» Seriya
      • 27.12.2025 16:30
      • Parma
      • -:-
      • Fiorentina
      • 27.12.2025 19:00
      • Lechche
      • -:-
      • Komo
      • 27.12.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Kalyari
      • 27.12.2025 22:00
      • Udineze
      • -:-
      • Lasio
      • 28.12.2025 00:45
      • Piza
      • -:-
      • Yuventus
      • 28.12.2025 16:30
      • Milan
      • -:-
      • Verona
      • 28.12.2025 19:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Napoli
      • 28.12.2025 22:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Sassuolo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 18 46
2 Real Madrid 18 42
3 Atletiko 18 37
4 Vilyarreal 16 35
5 Espanyol 17 33
6 Betis 17 28
7 Selta 17 23
8 Atletik Bilbao 18 23
9 Elche 17 22
10 Sevilya 17 20
11 Xetafe 17 20
12 Osasuna 17 18
13 Malyorka 17 18
14 Alaves 17 18
15 Rayo Valyekano 17 18
16 Real Sosyedad 17 17
17 Valensiya 17 16
18 Jirona 17 15
19 Real Ovyedo 17 11
20 Levante 16 10

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

14/12/25 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Domeniko Krishito: «Spartak» bilan o‘yinlarda urgan gollarim alohida ahamiyat kasb etadi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Zenit» sardori Domeniko Krishito RT nashriga intervyu berib, suhbat chog‘ida Rossiya futboli so‘nggi yetti yilda qanchalik o‘zgargani haqida gapirdi.

— Rossiya chempionati bahslari yakunlanishiga uchta tur qoldi. Aftidan, jamoangizning ruhiy holati ko‘ngildagidek emas. «Zenit»ning YECHLga chiqishdagi raqobatchilari yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda.

— Haqiqatan ham, oldimizda uchta muhim uchrashuv qoldi. Shundan ikkitasini asosiy raqobatchilarimiz - SSKA (intervyu mazkur uchrashuvdan oldin uyushtirilgan. «Zenit» - SSKA uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etildi) va «Lokomotiv»ga qarshi o‘tkazamiz. Ushbu jamoalar bilan kuchli uchlikka kirish uchun jiddiy kurash olib boryapmiz. Ikkinchi o‘rindan ikki ochko ajratib turibdi.

— «Zenit»da ikki hamyurtingiz Luchano Spalletti va Roberto Manchinilar bosh murabbiy bo‘lib ishlashdi. Shubhasiz, boshqa futbolchilarga qaraganda siz bilan ko‘proq muloqot qilishadi. Bu sizga qanday ta’sir o‘tkazgan?

— Bunday mutaxassislar bilan birga ishlaganimdan faxrlanaman. Shuningdek, Andre Villash-Boash va Mircha Lucheskular haqida ham shunday deyishim mumkin. Ular ham italyan tilida gaplasha olishadi. Murabbiyning ko‘rsatmalarini yordamchi Igor Simutenkov beradi. U ham italyancha gaplasha oladi.

— Sizningcha, ayni payt Rossiya termasining eng kuchli uch nafar futbolchisi kimlar?

— Fyodor Smolov, Aleksandr Golovin va Oleg Shatov. Ular orasida Smolovni eng yaxshi deb atagan bo‘lardim.

— Rossiyadagi stadionlarning o‘zgarishini kuzatgan kamdan-kam xorijlik futbolchilardan birisiz. O‘tgan yetti yil ichida ular yangi darajaga chiqdimi?

— Rossiyaga kelganimda yosh yigit edim. Italiyaliklar boshqa mamlakatga, ayniqsa, ruslar o‘lkasiga moslashishga qiynalishadi. Lekin Sankt-Peterburgning go‘zalligini birinchi ko‘rishimdayoq bilganman. Rossiyadagi davrim Spalletti davrida boshlangan. U Italiyaning eng kuchli mutaxassislaridan biridir.

Faoliyatim shunday davom etayotganidan mamnunman. O‘tgan yetti yil davomida Rossiya futbolida ham o‘sish ko‘zga tashlandi. Kuchli futbolchilar kelishdi, chempionat saviyasi ancha oshdi. Yangi stadionlar, shunga yarasha infratuzilma - bularning barchasi Rossiya futboli rivoji uchun ishlaydi.

— Qaysi stadionda futbol atmosferasi yuqori: fanatlar, maydon, kiyinish xonasi va barchasini inobatga olganda?

— Agar «Zenit» stadionidan bosh­qasini aytadigan bo‘lsam, «Krasnodar» arenasini tanlayman. Lekin u yerda jahon chempionati o‘yinlari o‘tkazilmaydi.

— Bundan ajablandingizmi?

— Albatta. Chunki bunday darajadagi stadionlar butun jahonda ham kam.

— Rossiyadagi barcha gollaringizni eslay olasizmi?

— Ha, albatta.

— Siz uchun eng muhimi qaysi?

— Hammasidan ko‘ra «Spartak» bilan bo‘lgan o‘yinlarda urgan gollarim alohida ahamiyat kasb etadi.

— Sizningcha, Italiya termasini kim boshqarishi kerak?

— Buni Italiya futbol federasiyasining o‘zi hal qilsin. Bizning yurtda iqtidorli murabbiylar ko‘p. Shaxsan men Luchano Spalletti va Roberto Manchinilarning nomzodlarini ko‘rsatgan bo‘lardim. Lekin ularning biri «Inter», boshqasi esa «Zenit» bilan shartnomaga ega.

— Rossiyada sizni yana nima ajablantirishi mumkin yoki barchasini ko‘rib ulgurdingizmi?

— Hamma yerda insonlar har xil bo‘lishadi. Yetti yilda rus xalqi va ularning urf-odatlarini o‘rgandim, deyolmayman. Lekin odamlarni ajrata oladigan bo‘ldim.

— Sankt-Peterburgda hayratlangan insonlarga shaharda bir marta qish mavsumini o‘tkazishni maslahat berishadi. Moslashish uchun qanchalik qiynalgansiz?

— Turmush o‘rtog‘imdan ko‘ra menga osonroq bo‘lgan. Chunki o‘sha payt ilk farzandim Alfredoga homilador edi. Vaqt o‘tishi bilan o‘rganib ketdik. Migel Danni va uning rafiqasi bilan tanishganimizdan keyin yanada oson bo‘ldi. Umuman olganda, «Zenit»ga moslashishimda Dannining mehnatlari ko‘p.

— Sankt-Peterburgda Italiyani eslatadigan nimadir bormi?

— Ha, restoranlar.

— Oilangiz bilan qayerda ko‘proq vaqt o‘tkazasiz?

— Ikki farzandimiz borligi uchun asosan parklarga boramiz.

— Rafiqangiz vaziyatni o‘zgartirish vaqti keldi, demaydimi?

— O‘zgarishga na hojat? Turmush o‘rtog‘imga bu yer yoqadi.

— Xorijdagi hayot ko‘proq farzand­larga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Chunki ular yangi tillarni o‘zlashtirishadi. Farzandlaringiz Rossiyadan ketgandan keyin ham rus tilini o‘rganishda davom etishadimi?

— Bolalarimga turli mamlakatlardagi hayot juda yaxshi ta’sir o‘tkazdi. Ular italyan, ingliz, rus va biroz filippin tilida gaplasha olishadi. Umid qilamanki, Italiyaga qaytganimizdan keyin ham farzandlarim rus va ingliz tilini o‘rganishda davom etishadi.

— Ma’lumki, italyanlar farzandlarining istagan ishini qilishiga ruxsat berishadi. Siz ham shundaymisiz yoki biroz qattiqqo‘lroq otamisiz?

— Bolalarni jazolashda qiynalaman. Lekin ba’zan ularga «yo‘q» deb ham turish kerak. Shuningdek, hissiyotlarni jilovlab, biroz qattiqqo‘llik qilish foyda beradi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:09, 08.05.2018. O'qildi: 1583 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 18
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Мальорка Vedat Muriki 9
4 Барселона Robert Levandovski 8
5 Барселона Rafinya 7
6 Бетис Kucho Ernandes 7
7 Атлетико Xulian Alvares 7
8 Барселона Lamin Yamal 7
9 Валенсия Ugo Duro 6
10 Эльче Rafa Mir 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.