To‘qqiz yil avval Ukrainada 19 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida Yevropa chempionati o‘tkazilgandi. Turnirning har bir o‘yinini o‘rtacha 6064 tomoshabin kuzatgan, finalda esa Angliya va mezbonlar termasi o‘zaro to‘qnash kelishgandi.
Yuriy Kalitvinsev boshchiligidagi ukrainlar hal qiluvchi bahsda 2:0 hisobida zafar quchib, mamlakat tarixidagi eng yorqin g‘alabalardan birini qayd etishgandi.
Vaqt o‘tib, o‘shanda chempionlikka erishgan jamoaning 6 a’zosi Ukrainaning bosh jamoasiga qo‘shilishdi: Krivsov, Garmash, Butko, Shaxov, Ribalka hamda Koval.
Shuningdek, o‘sha Yevropa chempionatida qatnashgan ayrim futbolchilarni u paytlari hech kim tanimasdi. Bugun esa o‘sha o‘yinchilar yulduzlik darajasiga chiqib, «ko‘hna qit’a»ning yetakchi klublarida to‘p surishga ulgurishdi.
Bugungi fotojamlanma orqali ular bilan tanishishingiz mumkin.
DAVID DE XEA
Terma jamoasi: Ispaniya
Klubi: «MYU»
Yevro-2009da: guruhda 3-o‘rin
MARIO GASPAR
Terma jamoasi: Ispaniya
Klubi: «Vilyarreal»
Yevro-2009da: guruhda 3-o‘rin
NACHO FERNANDES
Terma jamoasi: Ispaniya
Klubi: «Real Madrid»
Yevro-2009da: guruhda 3-o‘rin
KAYL UOKER
Terma jamoasi: Angliya
Klubi: «Manchester Siti»
Yevro-2009da: 2-o‘rin
DENNI DRINKOUTER
DAVOMI
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.