Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kutimagan yulduzlar yoki o‘zbek migrantlari Peterburg futbol olamini qanday lol qoldirdilar

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

 

Sputnik O‘zbekiston Sankt-Peterburg shahri havaskorlar futbolida haqiqiy topilma bo‘lgan futbolchilar bilan suhbatlashdi.

Sankt-Peterburgdagi "Sporting-liga" 7 ga 7 (har jamoadan 7 tadan o‘yinchi) formatida havaskorlar o‘rtasida musobqalarning uchinchi divizionida musobaqa kashfiyoti bo‘lgan "Lenta" klubi bo‘y ko‘rsatdi. Bu klub tarkibida O‘zbekistondan kelgan bir nechta migrantlar to‘p suradi. Sputnik ulardan ikki nafari bilan suhbatlashdi.

"Lenta" havaskorlar klubi

Rossiyada havaskorlar futboli anchadan buyon havaskorlar maqomidan ilgarilab ketdi. Jamoalarning ko‘pligi, klublar o‘rtasida katta raqobat ko‘p jamoalarning o‘z tarkibiga sobiq professionallarni jalb etishiga olib keldi.

Havaskor jamoalar yetakchilari tez-tez mukofot pullari (ba’zida doimiy maosh) olib turishadi. Yirik musobaqalarda badal pullari bir mavsumga 100 ming rublni tashkil qilmoqda. Ko‘p o‘yinlar videoga olinadi, hatto translyasiya qilinadi.

"Lenta" "Evroliga"da "Oksford" nomi bilan qatnashdi. Bu musobaqaning qoidasi shunday: har bir jamoa Yevropaning qaysidir klubi nomini olishi kerak. Jamoa favoritlarga munosib qarshilik qildi. Yigitlar barcha besh o‘yinda g‘alaba qozondilar va yarim finalga yo‘l oldilar.

Sankt-Peterburg futbol olamini hech kimga tanish bo‘lmagan jamoa ajablantirdi. "Lenta" tarkibida taniqli o‘yinchilar yo‘q, tarkibning yarmini o‘zbek muhojirlari tashkil qiladi. Jamoa Peterburgda futbolga qiziquvchi barchani hayratga soldi.

"Jamoamiz tashkil qilinganiga uch yil bo‘ldi, homiyimiz - "Lenta" kompaniyasi. Ayni paytda ikkita musobaqada qatnashyapmiz: "Sporting-Liga" va "Biznes chempionlar ligasi", - deydi jamoa sardori Pavel Putinsev.

Pavel Putinsev

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa asosini haqiqatan ham O‘zbekistonlik yigitlar tashkil qiladi. "Yigitlarda katta tajriba bor, deyarli hammasi O‘zbekistonning Oliy ligasida o‘ynagan - kimdir o‘rinbosarlar tarkibida, kimdir asosiy tarkibda", - davom etadi Putinsev, - klubda ma’lum mashg‘ulotlar belgilanmagan, o‘yinchilar kelishgan holda haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkazadilar. Yigitlarning maqsadi katta".

Jamoaning eng asosiy kuchi Toni Otajonov va Begzod Begaliyev hisoblanadi. Ular ikkovlon "Sporting-liga"da 23ta gol urishdi.

26 yoshli Toni Otajonov Toshkentda tug‘ilgan. U vatanida Olimpiya sport maktabida ta’lim olgan va 2010 yilda tugatgan. U O‘zbekistonda bolalar Oliy ligasida o‘ynagan, "Chirchiq" jamoasi safida birinchi va ikkinchi liga o‘yinlarida qatnashgan.

Toni 2011 yilning yanvarida Rossiyaga ishlash uchun kelgan. U hozir oddiy quruvchi va "Lenta" magazinida sotuvchi bo‘lib ishlamoqda.

"Ota-onam boshida qarshi bo‘lishdi, hozir esa - yo‘q. Ular mening Piterda o‘ynayotganimni biladilar. Otam juda xursand bo‘ldi, chunki u futbol murabbiyi edi, hozir pensiyada", - deydi Otajonov.

Tonini ko‘cha futbolida payqab qolishdi. U yerda rus yigitlari bilan tanishdi va uni havaskorlar musobaqasi Amateur League ga taklif qilishdi.

"Bu qishda bo‘lgan edi, o‘shanda qishki musobaqada yutqazgan edik. Keyin bahorda jamoamizga Pavel Putinsev keldi. O‘sha musobaqada g‘olib chiqdik va men to‘purarlar orasida ikkinchi bo‘ldim. 14 ta gol urdim. Shundan so‘ng Pavel yangi "Lenta" nomli jamoa tuzdi va meni chaqirdi. Uch-to‘rt yildan beri birgamiz", - deydi Toni.

Toni ikki yildan buyon vatanida bo‘lmadi, JCH-2018dan so‘ng uyiga borib kelmoqchi. Bu yerda u bir qiz bilan tanishgan edi va yaqinda u bilan ajrashdi.

 


24 yoshli Begzod Begaliyev Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U ham vatanida yuqori saviyada o‘ynagan, ammo yuqori natijalar ko‘rsatmagan.

Yosh futbolchi O‘zbekiston Superligasining "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘rinbosarlari safida o‘ynagan. Ammo kattalar futboliga o‘tish vaqtida undan pul talab qilishgan. Begzodda pul yo‘q edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Superligada boy ota-onalarning bolalari o‘ynaydi. "O‘zbekiston" futbolida korrupsiya, o‘ynashni xohlasang - pulini to‘lab qo‘y", - deydi futbolchi.

Begzod 2015 yilning avgustida Rossiyaga ishlash uchun keldi. Dastlab reklama sohasida ishladi. Keyinroq Pavel Putinsev bilan tanishdi va "Lenta"ga taklif qilindi.

U ham Toni Otajonov singari O‘zbekistonni sog‘inadi. Yilda kamida bir marta vataniga borib keladi. Uning oilasida - otasi, onasi, ikki singlisi va uchta jiyanlari bor.

Har ikki to‘purar "Lenta" bilan Rossiya havaskorlar futbolida katta yutuqlarga erishishlariga ishonadilar. Balki, kelaakda bu yigitlarni Rossiya chempionatining professional daraasida ko‘rib qolarmiz. Ularning yoshi kelaakda yana o‘sishiga imkon beradi, deb yozadi Sputnik.

Manba: ru.sputniknews-uz.com
Kiritildi: 12:43, 23.05.2018. O'qildi: 9898 marta. Fikrlar: 11 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик