Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10123 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3132 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Azamat Allaniyozov: «Sportchi oilasida tug‘ilganman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

Pepsi Superliga 12-turi doirasidagi «Navbahor» - «Metallurg» uchrashuvida mezbonlar hujumchisi Azamat Allaniyozov ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganligiga qaramay, «xet-trik»ka erishdi va jamoasining yirik - 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

Ta’kidlash joiz, bu - Allaniyozovning faoliyatidagi ilk «xet-trik». InterFutbol gazetasi talqiniga ko‘ra, Azamat 12-tur qahramoni sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan undan eksklyuziv intervyu oldik.

-              Azamat, avvalo, «Metallurg» ustidan qozonilgan yirik hisobli g‘alaba va faoliyatingizdagi ilk «xet-trik» bilan tabriklaymiz. Bekobodliklarga qarshi kechgan bahs hamda urgan gollaringiz borasida nima deya olasiz?

-              Tabrik uchun rahmat. Garchi yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, o‘yin jamoamiz uchun oson kechmadi. Uch kun ichida 2ta uchrashuvda maydonga tushganligimiz sabablimi, birinchi bo‘limda jamoadoshlarimda charchoq alomatlari sezildi.

Mehmonlar esa bizdan bir kun ko‘proq dam olishgandi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, ular birinchi 45 daqiqalikda faolroq harakatlanishdi. Ayniqsa, Zohid Abdullayevning darvozabonimiz Botirali Ergashev bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqant tahlika uyg‘otdi.

Xayriyatki, kiperimiz zarbani bartaraf etdi. Mabodo bekobodliklar o‘sha vaziyatda gol urishganida, qolgan daqiqalarda ancha qiynalardik. Baxtimizga, hammasi biz uchun xayrli yakunlandi. Umuman, uchrashuvda gol urishimni oldindan sezgandim.

Xususan, zaxiradan ham maydonga o‘zgacha ishtiyoqda tushdim. Xudoga shukr, sezgim pand bermay, «xet-trik» qayd etdim. Asosiysi, jamoamizning yirik hisobli g‘alabasiga munosib hissa qo‘shganimdan xursandman. Endi shu ruhda davom etishim kerak.

-              Biroq har doim ham boshlang‘ich tarkibdan joy olmayapsiz. Bu nima bilan bog‘liq?

-              Sabablar ko‘p. Jumladan, «Navbahor» hujum chizig‘ida raqobat kuchli. Mendan tashqari, serbiyalik Nenad Inyas, Sardor Sulaymonov va Ro‘zimboy Ahmedov singari hujumchilar bor. Inyas jarohatlangani bois, ayrim bahslarda maydonga tusholmadi.

Ahmedov esa endi jarohatdan qutulib, sekin-asta sport formasini tiklayapti. U juda tajribali va hali o‘z gollari bilan jamoa zafarlariga munosib ulush qo‘shadi, menimcha. Umuman, raqobatga ijobiy qarayman. Axir bu - o‘sish garovi.

Qolaversa, murabbiylar shtabi raqibga qarab, taktika tanlaydi. Shunga muvofiq, ayrim o‘yinlarda boshlang‘ich tarkibdan joy olyapman, ba’zi holatlarda esa zaxirada qolyapman. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilsam-da, ortiqcha ranjimayman. Asosiysi, jamoaga foydam tegsa, bas.

-              Serbiyalik jamoadoshingiz Nenad Inyas haqida qanday fikrdasiz?

-              Inyas Yevropa klublarida to‘p surgan tajribali hujumchi. Faqat jamoamizga moslashish jarayoni biroz qiyin kechdi. Uning hali yorqin o‘yinlar namoyish etib, g‘alabalarimizga munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

-              Superliga bahslari shaxsan sizda qanday taassurot qoldiryapti?

-              Joriy mavsum o‘yinlari qiziqarli va keskin kurashlar ostida kechmoqda. Jamoalar saviyasi deyarli teng, natijalarni  oldindan bashorat qilish qiyin. Chempionatimiz Angliya Premyer-ligasiga o‘xshab ketmoqda qaysidir jihatlari bilan. Qisqasi, Superliga o‘z nomini oqlayapti.

-              Mana, 12ta tur ortda qoldi, hisob. Sizningcha, o‘yinlardan qay biri «Navbahor» uchun o‘ta qiyin kechdi?

-              Menimcha, 9-tur doirasida «Neftchi» bilan bo‘lgan uchrashuv katta mushkulot tug‘dirdi. Farg‘onaliklar garchi turnir jadvali so‘nggi pog‘onasida borayotgan bo‘lsalar-da, bizga keskin qarshilik ko‘rsatishdi. Yakunda 1:1 hisobidagi durang evaziga ortga muhim bir ochko bilan qaytishdi.

Menimcha, o‘sha o‘yin «Vodiy derbisi» maqomiga egaligi uchun ham, keskin tus oldi. Bungacha «Nasaf» tarkibida «Voha derbisi»da ishtirok etgandim. Lekin «Mash’al» va «Sho‘rtan» klublari munosib qarshilik ko‘rsatishga intilishsa-da, «Nasaf» kuchliligi bois, ko‘pincha g‘alaba qozonardi.

«Vodiy derbisi» esa keskinlik bobida ajralib turar ekan. Bunga O‘zbekiston kubogi 1|8 finali doirasida «Andijon»ga qarshi kechgan safar bahsida ham guvoh bo‘ldim. Pro-ligada ishtirok etadigan jamoa o‘sha kuni o‘zgacha ishtiyoqda maydonga tushib, g‘alaba qozondi va klubimizni kubok bahslaridan chiqarib yubordi. Bu ham «vodiy derbisi»ning qanday ahamiyat kasb etishidan dalolat.

-              Futbolni tanlashingizga kim sababchi bo‘lgan?

-              Otam. Men sportchi oilasida tug‘ilganman. Ya’ni otam vaqtida boks bilan shug‘ullangan. Muhimi, u kishi futbolga qiziqishimni qo‘llab-quvvatladilar. Esimda, 8 yoshga to‘lganimda, qo‘limdan yetaklab, futbol to‘garagiga olib borgandilar. Shu tariqa millionlar o‘yiniga bog‘lanib qoldim.

-              Bolaligingizda qaysi futbolchiga havas qilardingiz?

-              Ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenkoga. U o‘sha payt Italiyaning «Milan» klubi safida to‘p surar va men ham aynan «rossonerlar»ga muxlislik qilardim. Xususan, milanliklar ishtirokidagi uchrashuvlarni qoldirmaslikka intilardim. O‘zbekistonlik futbolchilardan esa hamshahrim Ne’matulla Qutiboyevga alohida havas bilan qaraganman.

Uning o‘yinlaridan shunchaki, zavqlanardim. Xudoga shukr, keyinchalik Ne’matulla aka qo‘l  ostida o‘ynash nasib etdi. Katta futbolga kirib kelishimda aynan Qutiboyev katta rol o‘ynadi. Aniqrog‘i, uning taklifiga binoan, «Jayxun» (hozirgi «Orol») jamoasi safiga qo‘shilgandim.

-              Ha, siz tug‘ilib-o‘sgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zbek futboliga ko‘plab iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergan: Berdax Olloniyozov, Ne’matulla Qutiboyev, Rustam Qurbonboyev, Salamat Qutiboyev, Oybek Nurboyev, Azamat Bobojonov, Navro‘z Alimov, Damir Nizanov...

Ammo Nukusning «Orol» klubi Pro-liganing o‘rtamiyona jamoasi hisoblanadi va  to‘g‘risini aytish kerak, Superliga yo‘llanmasi uchun kurash olib borishga qodir emas. Sizningcha, umumiy holatni o‘zgartirish uchun nima qilish kerak?

-              Ta’kidlaganingizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahoratli va iqtidorli futbolchilar juda ko‘p. Biroq  mutasaddi rahbarlar tomonidan futbolga e’tibor past.

Shuning uchun qoraqalpog‘istonlik ko‘plab iqtidorli yigitlar boshqa jamoalardan qo‘nim topishmoqda. Tegishli mutasaddilar futbolga jiddiyroq yondashishsa, «Orol» qachondir Superliga yo‘llanmasiga da’vogarlik qilishiga ishonaman.

-              Sizning ommaga tanilishingizda «Nasaf»ning hissasi katta. Qarshi jamoasidagi faoliyatingizdan yorqin xotiralar qolgan bo‘lsa kerak...

-              Bo‘lmasam-chi! Ta’kidlaganimdek, katta futboldagi faoliyatimni eski birinchi liga vakili «Jayxun»da Ne’matulla Qutiboyev qo‘l ostida boshlaganman. Keyin Vladimir Bondarenko «Nasaf»ga taklif qildi. O‘sha payt Qarshida ukrainalik mashhur mutaxassis Anatoliy Demyanenko faoliyat olib borayotgandi.

Keyinchalik u o‘z yurtiga ketdi va «ajdarlar» boshqaruvini Ro‘ziqul Berdiyev qo‘lga oldi.  Ro‘ziqul aka meni 2011 yilning ikkinchi davrasidan asosiy tarkibda maydonga tushira boshladi. Ya’ni oliy ligadagi faoliyatim 7 yil oldin boshlandi.

«Ajdarlar» safida 1 marta kumush, 4 marta bronza medalini qo‘lga kiritdim, O‘zbekiston kubogi sohibi bo‘ldim. Qisqasi, «Nasaf»ni zo‘r entikish bilan eslayman. Barchasi uchun Ro‘ziqul Berdiyevdan minnatdorman va ushbu mutaxassis ishlariga omad tilayman.

-              Hozirgi ustozingiz Ilhom Mo‘minjonovga qanday ta’rif berasiz?

-              Ilhom Ibrohimovich yosh bo‘lsa-da, mahoratli mutaxassis. Mana, «Navbahor» bilan ijobiy natijalar qayd etmoqda. Shuningdek, ijobiy fazilatlarga ega inson. Mo‘minjonov sobiq futbolchi, shuning uchun yigitlar bilan muammosiz til topishadi.

Kerakli payt qattiqqo‘l va talabchan, ayrim paytlarda esa hazilkash do‘st. Mashg‘ulotlarni ham qiziqarli va rang-barang tarzda olib boradi. Ayniqsa, sobiq hujumchi sifatida biz - forvardlar bilan alohida mashg‘ulot olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, Ilhom aka ajoyib inson va yaxshi mutaxassis. Aynan shunday murabbiy qo‘l ostida to‘p surayotganim - baxtimning kulgani.

-              Qaysi klubdoshingiz bilan yaxshiroq chiqishasiz?

-              Jamoamiz ahil-inoq. Barcha yigitlar bilan munosabatim joyida. Yagona maqsad yo‘lida birlashib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishga harakat qilyapmiz.

-              «Navbahor»ning hozirgi tarkibi klub rahbariyati tomonidan jamoa oldiga qo‘yilgan vazifani bajarish, ya’ni sovrindorlar safidan joy olishga qodirmi?

-              Albatta. Aytganimdek, bu yil barcha jamoalar saviyasi bir xil. Shunday ekan, sovrindorlar safidan joy olish uchun kurashamiz. Tarkibimizdagi yigitlar ko‘p narsaga qodirlar. Misol uchun, «Lester»ning chempion bo‘lishini kim ham o‘ylagandi?

Demoqchimanki, biz ham «Navbahor»ning 40 yillik yubileyiga munosib sovg‘a hozirlashga intilamiz, albatta. Klub rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Bizdan faqat maydonga tushib, yaxshi to‘p surish qolyapti, xolos. Xudo xohlasa, rahbariyat tomonidan oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz.

-              Joriy mavsum Superligada yorqin o‘yin namoyish etayotgan 3 nafar ampluadoshingiz...

-              Bular - Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Elguja Grigalashvili («Qizilqum») va Zohid Abdullayev («Metallurg»).

-              14 iyun kuni Rossiyada navbatdagi jahon chempionati start oladi. Bo‘lajak mundialda qaysi terma jamoaga muxlislik qilasiz va sizningcha, jahon chempioni unvoni kimga nasib etadi?

-              Ispaniya va Portugaliya terma jamoalariga befarq emasman. Menimcha, portugaliyaliklar jahon chempioni maqomiga sazovor bo‘lishadi.

-              «Navbahor» muxlislariga aytadigan gaplaringiz...

-              Namanganlik muxlislarga gap yo‘q. Tomoshabinlarga to‘la stadionda to‘p surishning gashti o‘zgacha. Bunday payt ishtiyoq o‘z-o‘zidan barq uradi. Natijada har qanday jamoani mag‘lubiyatga uchratish mumkin. Xudo xohlasa, oxiriga qadar muxlislar ishonchini oqlaymiz. Ular bizni doimo chinamagiga qo‘llab-quvvatlab turishsa, bas.

Blis-anketa

-              Siz yoqtiradigan rang?

-              Ko‘k.

-              Avtomobil?

-              «Kaptiva».

-              Taom?

-              Palov va manti.

BIZNING MA’LUMOT

Azamat Allaniyozov - 1989 yil 15 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan, 8 yoshidan futbol bilan shug‘ullana boshlagan

Birinchi murabbiyi: Yuldash Qo‘shjonov

Amplua bo‘yicha: hujumchi

Nukus futbol maktab-internati va Nukus Davlat pedagogika institutini tamomlagan

O‘ynagan jamoalari: «Jayxun» (Nukus) - 2007-2009 yillar; «Nasaf» (Qarshi) - 2010-2016 yillar; «Qizilqum» (Navoiy) - 2017 yil birinchi davra; «Buxoro» (Buxoro) - 2017 yil ikkinchi davra. 2018 yildan «Navbahor»da

Oilali, 3 nafar qizning otasi

Yoqtirgan jamoasi: «Real» (Madrid)

Yoqtirgan futbolchisi: Krishtianu Ronaldu

Ulug‘bek Umarov suhbatlashdi

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 20:37, 24.05.2018. O'qildi: 2934 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.