Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Patrik Klyuyvert: «Menimcha, JCH-2018da hujumkor futbol tomosha qilamiz»

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

- Menimcha, JCH-2018 final raundiga chiqqan barcha jamoalar Rossiyada hujumga alohida urg‘u qaratishga harakat qiladi - ha, Patrik Klyuyvert bo‘lajak jahon chempionatida ayniqsa, kuchli jamoalar ijrosida hujumkor futbol ko‘rishga umid bog‘lamoqda.

Gollandiya milliy jamoasi sobiq vakili shuningdek, Belgiya termasidan qandaydir «syurpriz» kutayotganini yashirmayapti.

Uning uchun o‘z yurti jamoasini mundialdan chetda qolganini ko‘rish azob, ammo fikricha, gollandlar oxirgi omadsizliklarni tezkor unutib, kelajakni o‘ylashlari shart.

Aytish joiz, Patrikning o‘zi birgina betakror zarbasi tufayli jahon chempionati tarixidan joy olgan. Uchqur golland hujumchisining harakati artistlik ijro nuqtai nazaridan darhaqiqat, o‘ta ajobiy chiqqandi: hayratlantiradigan darajadagi sakrash va bosh bilan kuchli zarba.

Gap Fransiya maydonlarida tashkillashtirilgan JCH-98 yarim finalining 87-daqiqasida yuzaga kelgan vaziyat haqida ketmoqda. O‘shanda Gollandiya termasi butun o‘yin davomida braziliyaliklarga munosib qarshilik ko‘rsatgan va Klyuyvert so‘nggi pallalarda hisobni tenglashtirib (1:1), qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l ochgandi.

Katta va o‘rta yoshli ko‘plab muxlislar yaxshi eslashsa kerak, «overtaym»da ham kuchli tomon aniqlanmagach, dramatik penaltilar seriyasi kuzatilgan hamda Braziliya termasi omadliroq chiqib, final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

Mana, «lolaranglar» tarixida o‘chmas iz qoldirgan 41 yoshli sobiq hujumchi (u JCH-98da bevosita ishtirok etishdan tashqari, Braziliya-2014 mundialida bosh murabbiy Lui van Galga assistentlik qildi) bugun Rossiya turnirini betaraf muxlis sifatida kuzatib, chinakamiga rohatlanishga shaylanmoqda.

«Albatta, milliy jamoamizning JCH yo‘llanmasini qo‘lga kiritolmagani juda achinarli, - dedi yaqinda Argentinaga Ispaniya La-ligasi promouteri rolida borgan Klyuyvert FIFA.com sayti muxbirlari bilan suhbat davomida. - Lekin hamma qatori men uchun ham eng yaxshi futbolchilarning jahon forumidagi o‘yinlarini tomosha qilish har doim maroqli.

Axir 4 yilda bir marta o‘tkaziladigan turnir futbol gultoji sanaladi. O‘ylaymanki, bizni oldinda unutilmas va tomoshabop turnir kutmoqda. Shaxsiy fikrimcha, bu safar jamoalar hujumkorlikni birinchi darajaga olib chiqadi.

Deylik, Germaniya, Braziliya, Ispaniya va Argentina terma jamoalari favorit maqomiga muvofiq, o‘z omadini asosan raqiblar jarima maydoni ichidan izlasa kerak. Har holda, keyingi raundga chiqishning eng to‘g‘ri yo‘li shu.

Umuman, salohiyati nisbatan past termalar ham vaziyatga qarab, hujumga o‘tishi muqarrar. Aks holda, gol urilmaydi, gol bo‘lmasa, g‘alaba yo‘q. G‘alabasiz esa «pley-off»­ga umid bog‘lash noo‘rin».

Patrik Klyuyvert bo‘lajak chempionat ham «syurpriz»lar taqdim etishiga ishonmoqda. U «kichik jamoalar» guruhidan debyutant - Islandiya termasiga alohida e’tibor qaratmoqda: «Ha, vulqonlar va geyzerlar mamlakati jamoasi tarkibida yorqin yulduzlar yo‘q, ammo bu terma yaxlit kuch sifatida hurmatga sazovor.

Aynan islandiyaliklar katta «syurpriz» ulashsalar, ajabmas. Qaytaraman, shimolliklar safida o‘yin taqdirini yolg‘iz o‘zi hal qilishga qodir biror-bir yorqin ijrochini ko‘rmaymiz. Lekin zamonaviy futbolda jamoaviy harakat uyg‘unligi katta rol o‘ynashini unutmaslik kerak.

Islandlar esa ayni shu jihatda ustunlar. Ochig‘i, ulardagi ishtiyoq, birdamlikka havas qilsa arziydi. Qolaversa, islandlar tabiatan jiddiy kurashlarga moyillar. Ular shu sifatlari yordamida har qanday raqibdan ustun kelishlari mumkin. Buni oxirgi yillarda bot-bot isbotlashyapti ham».

Gollandiya futboli namoyandasi yana Argentina termasiga ham befarq qaramayapti (ehtimol, suhbat Buenos-Ayres shahrida uyushtirilgani uchun argentinaliklarga hurmat nuqtai nazaridan qaragandir).

U shuningdek, Belgiya termasi odatiy da’vogarlar guruhiga kirish uchun munosib ekanligini ta’kidladi: «Ochig‘i, JCH-2018da aynan belgiyaliklarga o‘zgacha mehr bilan qarasam kerak. Bu jamoa tarkibi yetuk futbolchilarga to‘la va u eng kuchlilar qatoriga kirish imkoniyatiga ega».

Tabiiyki, «lolaranglar»ning Rossiya-2018ga chiqolmaganliklari butun mamlakat futboliga og‘ir zarba bo‘ldi. Patrik esa Gollandiya futboli kelajagiga zarracha shubha qilayotgani yo‘q. Ehtimol, yana ravon yo‘lga tushib olish uchun mavjud tizimda nimanidir o‘zgartirish kerakdir?

Klyuyvert bu savolga javoban fevral oyida milliy jamoa bosh murabbiyi Dik Advokaat o‘rniga Ronald Kuman tayinlanganini ehtirosli ovozda eslatdi: «Mana, boshqaruvchi almashdi-ku!»

Gollandlar an’anaviy tarzda tayanadigan o‘yin uslubi ham muhimligi masalasiga kelsak, «Ayaks» va  «Barselona» jamoalari sobiq hujumchisi bu borada xavotirdan mutlaqo xoli: «Mamlakat termasi avvalo, o‘z qudratiga ishonishi kerak. Hozir yangilash jarayoni davom etyapti: ayrimlar ketishyapti, ularning o‘rni yangi futbolchilar bilan to‘ldirilmoqda.

Demak, tanlangan muayyan yo‘nalishdan chekinmay, dadil harakatlanish zarur. To‘g‘ri, hammasini noldan boshlash talab etiladi. Har qadamda ortga nazar solaverishdan naf yo‘q, faqat oldinga boqish maqsadga muvofiq».

PATRIK KLYUYVERT FRANSIYA-98 MUNDIALIDA

Guruh bosqichi 1-tur. Gollandiya - Belgiya - 0:0 (80-daqiqada qizil kartochka)

1|4 final. Gollandiya - Argentina - 2:1 (12-daqiqada gol)

1|2 final. Braziliya - Gollandiya - 1:1, pen. bo‘yicha - 4:2 (87-daqiqada gol)

3-o‘rin uchun. Gollandiya - Xorvatiya 1:2

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:02, 31.05.2018. O'qildi: 4732 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.