Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Jahon chempionatida eng ko‘p ishtirok etgan futbolchilar (fotogalereya)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Rafael Markes Meksika milliy jamoasi bilan JCH-2018 turnirida ishtirok etmoqda.

Demakki, avvalgi 4ta jahon chempionatida ham «asteklar»ni sardor sifatida maydonga boshlab tushgan 38 yoshli «abadiy yetakchi» faoliyati davomida 5ta mundialda ishtirok etgan kamsonli futbolchilar safiga qo‘shildi.

Jahon futbolining birinchi raqamli turniri tarixida bunday natijaga atigi 3 nafar futbolchi musharraf bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz. Qisqasi, o‘ziga xos elit trio endi kvartetga aylandi.

Diqqatni tortadigan fakt shuki, gvardiyachilar ro‘yxatining boshida turgan shu 4 nafar rekordchining ikkisi Meksikadan!

Yana bir tomoni, «pentaxugador»lar ro‘yxatini aynan meksikalik futbolchi ochib bergan va uzoq vaqt bu masalada yakka hukmronlik qilgandi.

JCHda ko‘p ishtirok etish bo‘yicha rekordchilar haqidagi hikoyani aynan o‘sha «astek»dan boshlash maqsadga muvofiq.

Antonio KARBAXAL (Meksika)

1950, 1954, 1958, 1962 va 1966 yillardagi JCH ishtirokchisi

Antonio Karbaxal jahon kubogi bilan ilk marta 1950 yili tanishgan va o‘zining debyut o‘yinida dahshatli Braziliya termasi vakillaridan naq 4ta gol qabul qilib olgandi. Boz ustiga, meksikaliklar loaqal bir bora javob qaytarolmay, yirik hisobli mag‘lubiyatni tan olishgandi.

Taajjubki, keyingi JCHda ham taqdir Meksika termasini yana braziliyaliklarga ro‘baro‘ qildi va bechora Karbaxal bu safar 5ta gol bilan «siylandi». Ammo bu omadsizlik «5» raqami bilan ifodalanadigan boshqa ko‘rsatkichi oldida ahamiyatini butkul yo‘qotadi - darvozabon milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirdi va jahon futbolining bosh forumida 5 marta qatnashgan ilk o‘yinchi maqomini oldi.

Meksikada muxlislar Antonioni bejiz «El Sinko Kopas» (5ta kubok ma’nosini anglatadi) qabilida ta’riflamaydilar. Ketma-ketlik bo‘yicha aytsak, afsonaviy darvozabon Braziliya, Shveysariya, Shvesiya, Chili va Angliyada tashkillashtirilgan musobaqalarda maydonga tushdi.

U xususan, bir qator ajib «seyv»larni ko‘rsatish barobarida Adair, Jair, Didi, Raymon Kopa, Pele, Nils Lidxolm, Bobbi Charlton kabi afsonalar zarbalaridan so‘ng gol qo‘yib yubordi.

Qizig‘i shuki, Meksika termasi Antonio ishtirok etgan 5ta mundialning hech birida guruh bosqichidan nariga o‘ta olmagan. JCH-70da esa Karbaxal o‘rnini boshqa darvozabon egallagan va «el tri» o‘z tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgandi - chorak final!

Darvoqe, Tota Karbaxal Rossiya mundiali starti arafasida, aniqrog‘i, 7 iyun kuni 89 yoshini qarshiladi. Tabiiyki, u hamon Meksika terma jamoasiga o‘zgacha muxlislik qiladi. Agar KONKAKAF vakili rus diyorida yaxshiroq natijaga erishsa, sobiq posbon uni munosib sovg‘a sifatida qabul qilardi. O‘ylaymizki, «pentaxugador»lar sardori shunday sovg‘aga munosib.

Lotar MATTEUS (GFR|Germaniya)

1982, 1986, 1990, 1994 va 1998 yillardagi JCH ishtirokchisi

Germaniya futbolining tirik razmlaridan biri Lotar Matteus jahon kubogining ikkinchi multiishtirokchisiga aylandi. Alohida aytish kerak, hozirga qadar JCH rekordchilari triosida Matteus yagona maydon o‘yinchisi edi. Endi Markes ham uning yonidan joy olib, darvozabonlar va maydon futbolchilari o‘rtasidagi nisbatni 2:2 ko‘rinishiga olib keladi. Boshqacha ifoda etsak, bu masalada tenglik qaror topadi: 2 nafar darvozabon va 2 nafar maydon futbolchisi.

Lotar Matteusning jahon birinchiligidagi ishtirok saviyasi va mahsuli bobida o‘tmishdoshi Karbaxaldan ancha o‘zib ketganini ham aytish o‘rinli. U avvaliga bundestimning ikki marta kumush medal yutishiga imkon darajasida hissa qo‘shdi. Shundan keyin oliy maqsadga erishib, nemislar jamoasi yetakchilaridan biri sifatida jahon kubogini boshi uzra baland ko‘tardi.

Chempionlik tantanasidan keyin nemislar qatorasiga 2ta turnirda chorak final to‘sig‘idan o‘tolmadilar. Lekin Matteus yagona «pentaxugador» - Karbaxal yonidan joy olish barobarida yana bir o‘ziga xos rekordni rasmiylashtirdi. Aniqrog‘i, JCH final bosqichida 25ta uchrashuvda maydonga tushgan Lotar gvardiyachilar ro‘yxati yetakchisi bo‘lib oldi.

Muhimi, u hozir ham mundialda 25ta o‘yin marrasiga yetgan yagona futbolchi hisoblanadi. Qisqasi, avvaliga yarim himoyachi, keyin markaziy himoyachi sifatida gavdalangan universal futbolchi 1998 yili buyuk Diyego Maradonaga tegishli rekordni qulatgandi. Mana, oradan 20 yil o‘tdiki, uning natijasi daxlsizligicha qolmoqda.

To‘g‘ri, yaqin kelajakda deylik, argentinalik Lionel Messi germaniyalik sobiq yarim himoyachi|himoyachidan o‘zib ketish imkoniyatiga ega. Ammo bu voqea Rossiya mundiali emas, balki Qatar-2022da kuzatilishi mumkin.

Janluiji BUFFON (Italiya)

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:35, 18.06.2018. O'qildi: 14735 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
6 Брайтон Denni Uelbek 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
9 Астон Вилла Olli Uotkins 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик