Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mulohaza: Kutilmaganlik nash’asi

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yangi davr mundialining ilk bahsi. So‘nggi daqiqalar. Aleksandr Golovin gol urish ishtiyoqida zarba yo‘llashga hozirlanmoqda. Hisob hayratomuz, ya’ni 4:0!

Shunday bo‘lsada, rossiyalik va betaraf muxlislar o‘sha lahzada «Uradi!» deyishdi komil ishonch bilan saudiyalik ro‘zador futbolchilarga andak adolatsizlik qilishayotganini unutib. Rus futbolining porloq yulduzi esa pinagini buzmay, hisobni chiroyli ko‘rinishga keltirdi.

Ana, Krishtianu Ronaldu mohir kiper David de Xeani uchinchi bor «chuv» tushirish uchun payt poylamoqda. Vaziyat tarang. Hisob 2:3 - «qizil furiya» foydasiga. Aksariyat muxlislar bu safar «xet-trik» qayd etilishiga shubhalanishmadi. Ronaldu tushmagur ham qoyilmaqom tarzda ularning ishonchlarini oqladi.

Aleksandr Golovin gol urgan lahzada rus sharhlovchilari hayajonu ehtirosda arab hamkasblaridan o‘zib ketishdi va go‘yoki, butun dunyoni «Besh! Besh! Besh!» hayqirig‘i tutdi.

Krishtianu Ronaldu jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qolganida esa, Ispaniya, hattoki, «Real» va Ramos ham nafasini ichiga yutdi. «Xet-trik» uchun imkon berilmagan Diyego Kosta esa unga havas bilan boqdi g‘aribgina. Xo‘sh, yuqorida tilga olingan gollarning urilishiga bu qadar ishonch-ning sababi nima?

Uzr, javobga shoshilmaymiz. Chunki ushbu misralar yozilayotgan chog‘ Aleksandar Kolarov o‘yin qahramoni bo‘lishga da’vogar Keylor Navas darvozasi tomon zarba berishga shaylandi. Nigohimiz sahifadan uzilib, ekranga mixlandi. «Uradi!» degan ovoz yangradi yonginamizda va serbiyalik himoyachi ham urish missiyasini uddaladi.

Tavba, odamlarga nima bo‘lgan? Ular gol urilishini qanday sezishmoqda? Voajab, muxlislar nainki gol urilishi, balki urilmasligini ham avvaldan aytib turishibdi. Deylik, Argentina va Islandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning oxirgi daqiqalarida Messida aybini yuvish imkoni tug‘ildi.

Ajabki, qancha-qancha muxlislar «Afsuski, urolmaydi!» deyishdi bosh chay-qab. Qarangki, ularning aytgani tasdiqlandi - Aleksandr Golovin yoki Aleksandar Kolarov uddalagan ish Messidek daho uchun og‘irlik qildi. Shunday savol va o‘y-xayollar og‘ushida qog‘oz qoralar ekanmiz, telefon jiringladi

. O, noodatiy raqamlar! Biz +7925... shaklidagi raqamlarga ko‘nikmaganmiz. Demak, Moskva - mundial markazidan bog‘lanishmoqda. Taxminimiz to‘g‘ri chiqdi. Domla G‘ulomjon Hamidov! Taassurotlarimiz bilan  o‘rtoqlashdik. «Yayrayapmiz, quyosh porlayapti. Yer ustida futbol. Yer ostida, metroda ham futbol tomoshasi. Pul bo‘lsa, bas!» deya mundial shukuhini ifodaladi u kishi.

Doimiy muxlisimizdan g‘ayritabiiy ishonch natijasida urilgan gollar va Messiga urish nasib etmagan gollar xususida so‘radik. Domladan o‘ziga xos javob qaytdi: «Saratonda, qoq peshinda adirda suv oqmay qoladi, ammo tuproq oqadi».

Tushunarli, Messi - suv, gol urganlar - tuproq! Mayli, nima ham derdik... Zukko muxlislar uzoqni ko‘zlab mulohaza yuritishadi. Biz uchun har bir muxlisimiz mushohadalari qadrli. Endi taassurotlarni nari surib, mundialdagi g‘ayritabiiy natijalar va gollar xususida mulohaza bildirsak.

1. Denis Cherishev aslida Stanislav Cherchesov uchun asosiy tarkib futbolchisi hisoblanmaydi. Taqdir hukmi esa boshqacha. Murabbiy ishongan futbolchi Alan Zagoyev o‘yin hali qizimay turib jarohatlandi va ispan futboli havosida kamol topgan iqtidor majburan maydonda.

U shu kabi imkonni kutib yashagani aniq. Shuning uchun taqdir hukmidan samarali foydalandi. Temur Kapadze o‘rtoqlik uchrashuvlarida imkon berayotgan futbolchilarchi? Ular bugungi imkonlar ertaga orzu-xayol bo‘lib qolishini o‘ylashadimi?

Agar bu xususda jiddiy bosh qotirishsa, terma jaomamiz tarkibida Denis Cherishev va Aleksandr Golovin kabi uzatmalar berishadi, gollar urishadi.

2. Argentina termasidek yulduzli raqibdan ochko tortib olgan «vikinglar»ning imkonlari qay darajada? Ular boshqa raqiblarni mag‘lubiyatga uchrata olishadimi? Futbolda kutilmaganlik ruhi hamisha yashaydi. Shu ruh o‘laroq, Daniya va Gresiya terma jamoalari «ko‘hna qit’a» chempioniga aylangan.

Mundialda ishtirok etishning o‘zini katta muvaffaqiyat sanagan «vikinglar»ni ham shu omadli kutilmaganlik siyladi. Biroq ularning mundialdagi odimlari, baribir, uzoqqa bormasa kerak. Futbolning tom ma’nodagi qonuniyatlari butunlay buzilib ketishi mumkin emas.

Aks holda, muxlislar millionlar o‘yinidagi san’at va mahoratga, iqtidor va adolatga ishonmay qolishadi. Islandcha ekzotika ma’lum lahzalardagina zavqli. Katta futbol asl kuchini ko‘rsata boshlagach, «viking»cha vajohatli «xu» nidosi tinadi, yuksak ruhdagi kurashlarga yo‘l bo‘shatadi.

Futbol dunyosi esa islandlarni shunda ham olqishlayveradi. Axir yevroarenada Italiya va Gollandiya kabi terma jamoalarni yo‘lda qoldirib, mundialga chiqishning o‘zi bo‘ladimi? Aytishga oson. Terma jamoamiz uchun «Ko‘zingni och!» qabilidagi tarsaki-saboq bu! Futbolda o‘rtamiyona yoki undan pastroq terma jamoaning mundialga borishi uchun imkoniyat mavjud.

Demoqchimizki, gap bosh jamoamiz yo‘lini takror to‘sgan Eron va Janubiy Koreya futboli qudratida emas, aksincha, yigitlarimiz raqiblarga loqaydlarcha imkoniyatni boy berishganida! Island futboli bizga shu haqiqatni yana bir bor isbotladi.

3. «Real» bilan maosh misolidagi izzat-nafs bobida bahslashayotgan Ronaldu haq! U Messi va Neymardan kam pul olishini adolatsizlik sifatida baholamoqda, bunday mezonga rozi emasligini ta’kidlamoqda. Bu - faqat Ronaldu uchungina insof doirasidagi talab! Bahs endi mundial o‘yinlari fonida sirtdan davom etadi, chog‘i.

Harqalay, Krishtianu bahsga boshqacha bel bog‘lagan ko‘rinadi. Messida esa, ochig‘i, bunday kayfiyat ko‘zga tashlanmadi. Bugun Ronaldu mahoratini undagi zardadan kuch olayotgan qat’iyat qo‘llab-quvvatlamoqda! Futbolimiz iste’dodlari portugaliyalikning zardasi, qat’iyatiga havas qilishsa arziydi. Zero, maydonda ishini do‘ndirgan futbolchiga adolatli zarda va qat’iyat yarashadi.

4. Mundial boshlanishidan avval «MYU»ning ashaddiy muxlisi Doniyorbek tahririyatga qo‘ng‘iroq qilib, Xulen Lopetegini APLda to‘p suruvchi ispaniyalik futbolchilarga o‘gay ko‘z bilan qarashda ayblagandi. Uning fikricha, Alvaro Moratadan Yago Aspasni ustun qo‘yish bir yoqlama yondashuv natijasidir.

Oxir-oqibat nima bo‘ldi? Lopetegi iste’foga chiqarildi, Aspas Portugaliya termasiga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, maysalar orasiga cho‘kdi, go‘yo. Doniyorbek Germaniya - Meksika uchrashuvidan so‘ng ham biz bilan bog‘lanib, Chicharito - Xavyer Ernandes uchun xursandligini quvonib so‘zladi.

«MYU»da tanilgan o‘yinchini hamon olqishlayotgan o‘zbekistonlik muxlisda yashirin futbol ma’naviyatidan qalbimiz to‘lqinlandi. Doniyorbekdek sadoqatli muxlislarimiz hurmati uchun ham futbolchilarimiz kuchli raqiblarga qarshi xuddi mag‘rur asteklar kabi kurashishlari darkor! Yoaxim Lyovning eskirgan «mashina»si harchand urinmasin, Meksika termasi darvozasiga yo‘l topolmadi.

«Vikinglar» ortidan «hindular»ning g‘olibona hayqirig‘i yangradi. Ayni chog‘da shveysariyalik futbolchilar ham eng dahshatli favorit - Braziliya termasidan ochko tortib olib, kutilmaganlik ssenayriysini chiroyli tarzda davom ettirishdi.

Shunday shukuhli damlarda ichki qat’iyat bilan shivirlaylik: «Bo‘shalsin! Bo‘shalsa o‘zadi o‘zbekning oti!» Bu xitobda Yo‘ldosh Eshbek va u kabi millatparvar shoirlarning buyuk orzulari muhrlangan! Futbolimizga ham taalluqli bu buyuk orzu-istaklar!

Darvoqe, Germaniya - Meksika uchrashuvida yurtdoshimiz Olim Arifov ilk bor komissar vazifasini bajardi. Bu ham futbolimiz uchun tarixiy voqea. Avval Ravshan Ermatov, mana, endi Olim Arifov! Xo‘sh, bizni navbatda kim yoki qanday voqelik kutmoqda?!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 10:56, 22.06.2018. O'qildi: 4022 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик