Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba.

  • O‘zbekiston kubogi
      • 13.05.2025 19:00
      • Andijon
      • 1:1
      • Dinamo
      • 13.05.2025 19:00
      • Surxon
      • 1:3
      • Lochin
      • 13.05.2025 19:00
      • Paxtakor
      • 6:3
      • Nasaf
      • 13.05.2025 19:00
      • OKMK
      • 12:1
      • Navoiy FA
  • La-liga
      • 13.05.2025 22:00
      • Valyadolid
      • 0:1
      • Jirona
      • 13.05.2025 23:00
      • Real Sosyedad
      • 0:1
      • Selta
      • 14.05.2025 00:30
      • Sevilya
      • 1:0
      • Las-Palmas
      • 14.05.2025 22:00
      • Alaves
      • -:-
      • Valensiya
      • 14.05.2025 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Leganes
      • 15.05.2025 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Malyorka
      • 15.05.2025 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Betis
      • 15.05.2025 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 So‘g‘diyona 2 6
2 Aral 2 3
3 Xorazm FA 2 1
4 Sementchi 2 1

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Dinamo 3 7
2 Lochin 3 6
3 Surxon 3 3
4 Andijon 3 1

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Sho‘rtan 2 4
2 Mash’al 2 4
3 Ishtixon 2 3
4 Olimpik 2 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Neftchi 2 4
2 Navbahor 2 4
3 FarDU 2 3
4 Oq-tepa 2 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Qizilqum 2 6
2 Qo‘qon-1912 2 4
3 Zamin 2 1
4 Andijon FA 2 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bunyodkor 2 6
2 Lokomotiv 2 3
3 Buxoro 2 3
4 Namangan FA 2 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Paxtakor 3 9
2 OKMK 3 6
3 Nasaf 3 3
4 Navoiy FA 3 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Xorazm 2 6
2 Jayxun 2 3
3 Olimpik MobiUz 2 3
4 Sirdaryo FA 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Andijon 1-1 Dinamo
3-тур Surxon 1-3 Lochin
3-тур Paxtakor 6-3 Nasaf
3-тур OKMK 12-1 Navoiy FA

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Штутгарт" - "Аугсбург".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "РБ Лейпциг".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Гамбург" - "Ульм 1846".
      12:00 Новости футбола.
      12:05 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Германии. "Бавария Мюнхен" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      15:10 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      16:05 Новости футбола.
      16:10 Чемпионат Турции. "Трабзонспор" - "Галатасарай".
      18:05 Новости футбола.
      18:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      19:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Падерборн 07" - "Магдебург".
      21:20 "Голевая неделя. РФ".
      21:50 Новости футбола.
      21:55 LIVE Чемпионат Испании. "Депортиво Алавес" - "Валенсия". Прямая трансляция.
      00:00 Новости футбола.
      00:05 Чемпионат Германии. "Вольфсбург" - "Хоффенхайм".
      02:00 Новости футбола.
      02:05 Чемпионат Турции. "Истанбул Башакшехир" - "Фенербахче".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "РБ Лейпциг".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.05.2025

      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. "Большой шлем" Казахстан Барысы в Астане. День 3.
      09:35 Автоспорт. DTM. Этап 1 на трассе Ошерслебен, Германия. Гонка 2.
      11:00 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве.
      13:00 "География спорта". Карелия.
      13:30 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Команды.
      15:40 "Непобедимый".
      16:05 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге.
      18:55 LIVE Баскетбол. Фонбет Чемпионат России - Суперлига. Мужчины. Финал. ЦСКА-2 - "Темп-СУМЗ" (Ревда). Прямая трансляция.
      21:00 "Лучшие из лучших".
      21:30 Автоспорт. Дрифт. RDS OPEN. Этап 2 на автодроме "ATRON International Circuit".
      22:25 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве.
      00:30 Лыжные гонки. Чемпионат мира в Норвегии. Женщины. Скиатлон. 20 км.
      01:35 "География спорта". Карелия.
      02:05 "Непобедимый".
      02:35 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Классический лук. Команды.
      04:45 Дартс. Чемпионат России среди профессионалов в Санкт-Петербурге.
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.05.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Норвегия - Германия.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "География спорта". Сергиев Посад.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 Хоккей. Чемпионат мира 2025. Канада - Франция.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 "Непобедимый".
      17:30 Матч! Парад.
      18:00 Новости.
      18:05 Торжественная церемония награждения премией Паралимпийского комитета России "Возвращение в жизнь" в Брянске.
      19:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      20:45 LIVE Футбол. FONBET Кубок России. Путь РПЛ. Финал. ЦСКА (Москва) - "Зенит" (Санкт-Петербург). Прямая трансляция.
      23:45 LIVE Футбол. Кубок Италии. Финал. "Милан" - "Болонья". Прямая трансляция.
      02:20 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:30 Смешанные единоборства. UFC 288 в Ньюарке, США. Белал Мухаммад против Гилберта Бёрнса.
      04:30 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 2 в Шанхае, Китай. Блочный лук. Личное первенство.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.05.2025

      06:00 Теннис. "Ролан Гаррос". Лучшие моменты.
      07:00 Автоспорт. Формула E. Этап 2 в Мехико, Мексика. Обзор.
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 4. Альберобелло - Лечче.
      10:00 Теннис. Australian Open. Мужчины. Финал. Янник Синнер (Италия) - Александр Зверев (Германия).
      11:30 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      13:30 Велошоссе. Кубок Франции. Tro Bro Leon.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. "Хроники гонок". Мирьям Николь.
      15:10 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 4. Альберобелло - Лечче.
      16:30 LIVE Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 5. Челье-Мессапика - Матера. Прямая трансляция.
      20:45 Маунтинбайк. Кубок мира. "Хроники гонок". Эйса Верметт.
      21:25 Снукер. Players Championship в Телфорде, Великобритания. Финал.
      23:00 Теннис. "Ролан Гаррос". Лучшие моменты.
      00:00 Велоспорт. Тур Венгрии. Этап 1. Обзор.
      01:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 5. Челье-Мессапика - Матера.
      03:00 Теннис. "Ролан Гаррос". Женщины. Финал. Ига Швёнтек (Польша) - Жасмин Паолини (Италия).
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия". Этап 5. Челье-Мессапика - Матера.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«To‘y»ga kelgan cholning Mundial haqidagi gaplari

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kuni-kecha ikkinchi turning birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Miriqib tomosha qildim. Cherchesovda gap ko‘p ekan. Misrni ham yutishdi. 3:1. Vaqti kelsa, alohida u haqda batafsil gaplasharmiz. Birinchi va ikkinchi tur o‘yinlari haqida Sizlar bilan deydiyolashmoqchiman. Butun dunyo ishqibozlari bor e’tiborlarini jahon chempionatining final o‘yinlariga qaratishgan. Ishqiboz bo‘lmaganlarning ham og‘zida mundial o‘yinlari shov-shuvli. Dunyoda onda-sonda bo‘lib o‘tar biron bir muhim voqea mundial kabi bunchalar ko‘p odam diqqatini o‘ziga tortmaydi, bunchalar ko‘p davlat rahbarlarini, arboblarini o‘z tevaragiga yig‘maydi. Futbol oddiy o‘yin bo‘lgani bilan, u olamgir ijtimoiy hodisadir. To‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tar mundial esa, jahongir siyosiy voqeadir.

FUTBOLIMNI KUYLAYMAN
Boshqa bir jihat bor. Odam 40 ming yil ilgari o‘q-yoy ixtiro qilganidan keyin bir-biri bilan raqobatda yashaydi. Biri boshqasidan kuchli bo‘lishni, ustun kelishni istaydi. Inson tabiatida xuddi mana shu narsa qancha o‘n ming yillardan beri qironli urushlarga, dahshatli o‘limlarga, mudhish fojealarga sabab bo‘lib keldi. 20-asrga kelib inson futbol degan o‘yinni o‘ylab topdi. Shundan boshlab ustunlikni istagan odam, yo davlat, yo xalq yo‘lini topsa, o‘zga bir odam, xalq, yurt vakili bilan urush maydonida emas, futbol maydonida kuch sinashmoqda. Inson shunday yo‘l bilan o‘zining vatanparvarlik tuyg‘usini qondirmoqda. Futbol mana shuning uchun ommabop, hammabop o‘yin bo‘lib qolgan. Futbol maydonida g‘alaba qozongan sportchining quvonchi ming kunlab urush ko‘rib, urush qilib, qon kechib qanchadan-qancha talofatlar bilan g‘alaba qozongan jangchining quvonchidan kam emas. Futbolchining quvonch ko‘z yoshlari haqiqiydir. U bilan birga futbolchining barcha vatandoshlari xuddi shunday quvonishadi. Ishqibozning ko‘z yoshlari ham haqiqiydir.

Boshqa bir gap bor. Mol-dunyo ishqi bugungi odamni o‘ziga bandi qilib qo‘ygani tufayli inson yakkalanib yashamoqda. Begonalar tugul aka-uka orasiga pul topish, naf, foyda ko‘rish maqsadi rahna solgan. Shunday ekan, inson birdamlikni qumsaydi. Qumsaydi-yu, o‘zim bo‘lay degan bu dunyoda stadiondan boshqa joyda birdamlikni topolmaydi. Shuning uchun bugun futbolni hamma sevadi. Futbol maydonidagilar ham, maydon tashidagilar ham, stadion burjlaridagi boyu-gadolar ham 90 daqiqa birdamlikda tengu-teng bo‘lib yashaydilar. Aytmoqchimanki, futbol barchani teng ko‘radi, barchani teng qiladi. Odamlarda Vatan tuyg‘usini uyg‘otadi. Uyqudan uyg‘otadi. Futbol madhini yana bir bor kuyladim. Chunki orziqib kutganim mundial yo‘lga chiqdi.

NAHANG TIMSOLI MAQTOVMI YO...
Shvesiyada 58-yili bo‘lib o‘tgan mundialdan keyin barcha finallarni kuzatib kelmoqdaman. Angliya mundiali portugaliyalik Eysebio bilan emas, KXDR termasining ola-tasir o‘yinlari bilan, ozarbayjonlik hakam Tovfiq Bahramov bilan esimda qolgan. Bu yilgi mundial butunlay boshqacha o‘tmoqda. Siz ham buning shohidi bo‘lib yashamoqdasiz. Avvalida aytsam, biznes mundialga juda katta ta’sir o‘tkazmoqda. Ilgari bunchalik bo‘lmagan. Masalan, biznes talabiga rioya qilib, “Yoshlar” kanali chetda tursin, “Sport” kanal ham mundial haqida bir og‘iz gap aytmaydi, bir ko‘rim ko‘rsatuv tayyorlamaydi. “Uzreport” degan nahang misol xususiy kanal sahnaga chiqqan ekan-ki, mundial haqida boshqa kanallarning og‘zini ochirmay qo‘ydi. Futbol mundialini hammabop emas, hamyonbop tomoshaga aylantirib qo‘yishdi. Davlat kanali bo‘lgan “Sport”ning olamshumul voqeaga, ya’ni mundialga bag‘ishlagan ko‘rsatuv tilini qisib qo‘yishdi. Kesib qo‘yishdi. Butun O‘zbekiston aholisi endi davlat kanaliga emas, nahangmisol xususiy kanalga, daromad ko‘rish niyatini yashirmagan kanalga tikilib yashasin ekan. Bunaqasi oldingi mundiallarda bo‘lmagan.

Biznes maydon ichigayam, tashigayam, futbolchilaru, murabbiylarigayam bu yil boshqacharoq ta’sir o‘tkazmoqda. Nafaqat ishqibozlar uchun, balki butun dunyoning ilmu-ma’rifat, davlatu-sarvat, siyosatu-badiyat, tijoratu-sanoat arboblari uchun ham JCH eng muhim voqea bo‘lib turgan bir paytda “Real” prezidenti Peres uchun Mundial voqeasi arzimas, o‘tar-ketar narsa bo‘lib qolgan ekan. Bugungi kunda butun yer yuzi ishqibozlari uchun yangi kun quyoshi Yaponiya orollariga tiralab emas, Rossiyaning futbol maydonlariga tiralib osmonga ko‘tarilar bo‘lsa, Peres janoblari uchun yangi kun quyoshi daromad hamyonidan chiqyapti ekan. U kishi mundial arafasida Ispaniya termasining bosh murabbiyi Xulen Lopetegini “Real”ga arqonlab oldi. Terma jamoa bilan mundialda ko‘rsatar natijasi-yu, termadagi murabbiylik karyerasi Xulen oldida ahamiyatsiz narsa bo‘lib qoldi. JCHda ishtirok etish Xulen uchun bo‘lajak asosiy ishi oldidan shunchaki vaqt o‘tkazish bo‘lib qoldi. Lapotegi puldor oldida Rossiya futbolchisi 22 yashar Aleksandr Golovin kabi o‘zini tutolmabdi. U yigit puldorlarga barcha takliflarni mundialdan keyin ko‘rib chiqaman deb aytgan ekan. Ispaniya futbol rahbari Lopetegeni mundialga bir kun qolganida ishdan bo‘shatib yubordi. Uning o‘rniga Fernando Yerroni tayinladi. Endi yangi bosh murabbiy uchun, futbolchilar uchun mundial o‘yinlari hayot-mamot janglari, saodat kaliti bo‘lib sanaladi.

BOSH MURABBIY MADHI
Peres doim futboldan o‘zini, biznes talablarini ustun qo‘yib keladi. Futbolga dahldor barchaning e’tirofiga ko‘ra, futbolda hamma narsani pul hal qilar ekan. Shunga ko‘ra Peresning o‘z pullarini hammadan ustun qo‘yishi Sizu bizga tabiiydek tuyulmoqda. Peres, doim istagan vaqtida, istagan murabbiyni “Real”dan nari qilib yuborar edi. Bu yil Peres faoliyatida birinchi marta hamma narsa boshqacha bo‘ldi. Zidan uchinchi bor Yevropani zabd etib olgach, hamiyatini himoya qilib Peresni, uning talablarini o‘zidan nari qildi. Uddaburonlik, pultoparmonlik ustunlariga Peresni xari qilib ketdi. Bu imoratning to‘sinu toqilari nimadan bo‘lishi bizni endi qiziqtirmaydi. Peres “Real”ni yana bir bor nomi chiqqan yulduzlar bo‘tqasiga aylantirib yuborishi haqiqatga yaqinroqdir. Bunday maqsad yo‘lida endi hech kim unga Zidandek qarshilik ko‘rsata olmaydi.

Maydonda eng katta kuch pul emas, bosh murabbiydir. Maydon tashida ham bosh murabbiyning hamma uchun shunday bo‘lishi, obro‘si mutloq bo‘lishi shart. Shunday bo‘lmasa-chi, yo murabbiy o‘z nomiga munosib bo‘lmasa-chi, yo uning obro‘sini rahbarlaru futbolchilar to‘kib yuborgan bo‘lsalar-chi, bunday jamoaning boshiga Argentina termasining kuni tushadi. Shunga o‘xshash holat JARda Fransiya terma murabbiyi Domenek boshiga tushgan edi. Mundialda ijobiy natija ko‘rsata olyapgan murabbiylar ham bor. Nigeriya bosh murabbiyi Gernot Ror o‘yin davomida hujum strukturasini o‘zgartirib, o‘yinni kuchaytirib ikkinchi bo‘limda Islandiya termasini tor-mor qildi. 2:0. Birinchi bo‘limda Islandiyaliklarga qarshi nigeriyaliklar nochor ahvolda to‘p tepishgan edi. Ikkinchi bo‘limda ularni tanib bo‘lmadi. Aksincha misol bor. Xorxe Sampaoli ojizligidan Xorvatiyaga qarshi o‘yinda ikkinchi bo‘limda o‘yinga o‘yin qo‘sholmay hammasini barbod qildi. 0:3. Argentina termasi tarkibidagi o‘yinchilarni, ya’ni ushbu mashhur yulduzlarni sanab chiqishdan uyalmoqdaman. Siz darrov Messi, Di Mariya, Maskerano, Aguero, Iguain nomini sanashga tushgandirsiz. Ular termada o‘z klublariga nisbatan juda past darajada o‘yin ko‘rsatmoqdalar. Shuning uchun murabbiy faktorini asosiy sabab deb aytdim.

Pulni deb, biznes talabi deb, to‘q murabbiylar dunyoning to‘q jamoalarida karyera qilmoqdalar (e’tibor bering, top jamoa, top o‘yinchi demadim). Klubni terma jamoadan ustun qo‘ymoqdalar. Konte JCH-2014da Italiya termasi bilan bir nimalarga erishgan edi. Pulni deb, termani tashlab “Chelsi”ga o‘tdi-ketdi. Natijasini ko‘rdingiz. Italiya Mundialga ham borolmadi. To‘q futbolchilar o‘yin ko‘rsata olmayotganining boshqa sabablari ham bor. Mavsum bo‘yi Yevropaning to‘q jamoalari yulduzlarning o‘yinini eng baland nuqtaga chiqarib, kuchini simirib olib bo‘lgan. Baland nuqtani uzoq vaqt ushlab turib bo‘lmaydi. Kasbikomil yulduzlar bir-ikki o‘yindan keyin yaxshiroq o‘yin ko‘rsata oladilar. Bu misol ham biznes kirdikoridir. To‘q terma jamoalar to‘q klublardan ko‘ra past darajada o‘yin ko‘rsatmoqdalar. “Real”u “Barsa”, “Man.Siti”yu “Liverpul”larning bu yilgi o‘yinlarini eslang.

NETTO AHMOQ SANALGAN BO‘LARDI
Ronalduning Marokash termasiga qarshi o‘yinda yiqilib berishlari ham biznesning kirdikoridir. Gapimdan ensangiz qotmasin. Bugungi kunda murabbiylar o‘z futbolchilariga raqib tegilib ketishini poylab ishonarli tarzda yiqilib berishni o‘rgatmoqdalar. Kuni-kecha Ronaldu o‘zining 4-golini urgan bo‘lsa-da, atayin yiqilib berishlari dilimni xira qildi. Maradonaga qarshi chorasiz qolgan raqiblar uni chalib yiqitishga harakat qilishar edi. Shunday bo‘lsa-da Maradona chap berib, sakrab o‘tib, yorib o‘tib yiqilmay gol urib kelar edi. Maradonani yiqitish juda qiyin ish edi. Dunyoning besh karra eng zo‘r o‘yinchisi yiqilib beryapti-ya. Neymar-chi, Kosta-Rikoga qarshi o‘yinda raqibi bilan biroz tengma-teng kurashib, keyin qorniga tegib ketmasidanoq orqaga qarab chalqanchasiga yiqilib berdi-ya. Shundan keyin Neymar “ishlab topgan” penaltisi VAR yordamida bekor qilingani adolatli bo‘ldi.

Endi boshqa misol keltiraman. Yaponiya Kolumbiyani 2:1 hisobi bilan yutgan bo‘lsa-da, Kinteroning jarimadan tepgan zarbasini Kavasima o‘tkazib yuborgan holatini eslab qoldim. Kintero raqibning jonli devorini aldab qo‘ydi. “Devor” baland sakrab zarbani qaytarmoqchi bo‘ldi. Zarba esa pastlatib tepildi. Darvozabon kechikibroq to‘pga tashlandi. Qo‘llari orasidan o‘tib ketgan to‘pni chiziq ortidan tutib olib, gol bo‘lmadi deb, hammani aldamoqchi bo‘lib baqira boshladi. Bugungi futbolda halollikni unutib hamma bir-birini aldashga tayyor. Boplab aldasang qandingni ur. Faqat texnikani alday olmaydi. Bugun Netto ahmoq sanalib futboldan badar ketgan bo‘lar edi. Igor Netto urolmagan o‘z golini hisobga olmaslikni adashgan hakamdan so‘ragan edi. To‘p uning zarbasidan so‘ng chiziqni kesib o‘tmay darvozaga yon boshidan kirib ketgan edi. To‘rva yerga mahkam bog‘lanmagan edi-da. Biznesga aylangan futbolda Nettoning halollik darsi anqoning urug‘i bo‘lib ketdi bugun.

Biznes o‘z mohiyatidan kelib chiqib, futboldan barcha choralarni, shu jumladan aldov-qaldovlarni qo‘llab bo‘lsa-da raqibni yengib o‘tishni, kuchni ayab natija ko‘rsatishni talab qilmoqda. Bu talab o‘yingayam ta’sir qilgan. 1:1, 2:1, 1:0 hisoblar shuning uchun ko‘payib ketgan. Hammaga natija kerak. Natija. Buning bir sababi shuki, 20ta futbolchi maydonning bir tarafida yig‘ilib olib, zich, siqma o‘yin qilmoqda. Lyov shunday ahvolga tushib qolib, 20 qarich yerda “Man.Siti” kabi naqshinkor hujum ko‘rsata olmay, tor masofaga tiqilgach, olmon uslubida tezkor, shiddatli hujum uyushtira olmay, Meksikaga o‘yinni boy berdi. Biznes hukmronlik qilgan bugungi futbolda, maydon oxirgi so‘zni o‘zi aytmoqda. Puchakni to‘qdan ajratib bermoqda. Maydon aldanmaydi. Biznes futboldan shiddatni talab qilmoqda. Maydon bunga darrov javob qaytarmoqda. Shiddatli hayotda o‘yin bir yilda emas, yarim yilda eskirib ketmoqda. Misol keltiraman. “Real”ning bulturgi muzaffar o‘yini eskirib qolgach, bu yilgi mavsum boshida Zidan jamoasi birin-ketin hammaga yutqaza boshladi. Guruhda “Monako” “Real”ni 3:0ga yakson qilganini eslang. Murabbiyni so‘kmagan odam qolmadi o‘shanda. Zidan yangi o‘yin tasvirini yarataman deb, ikki oy zahmat chekdi. Natijada Zidan qisqa, o‘rta oshirmalar bilan maydon markazida biroz vaziyatga egalik qilib olgach, tezkor o‘tkir, qaltis, qo‘porma hujum qilishni yigitlarga o‘rgata oldi. Zidan Gvardiola uslubini Lyovning shiddatli qo‘porma hujumiga omuxta qilib yangi o‘yin tasvirini yaratib Yevropani zabt etdi. Yoaxim Lyov ikki tur orasida yangi o‘yin tasvirini yarata olarmikan? Amrimahol ish. Chunki, maydon markazidagi futbolchilar, ya’ni o‘zining o‘sish zaxirasi tugagan, cho‘qqi davri ortta qolgan Mesut O‘zil, Sami Xedira, Toni Kroos, Marko Roys besh kunda yangi o‘yin ko‘rsata olmasalar kerak. Shvedlarga qarshi o‘yinda olmonlar 90 daqiqa ichida vaziyatni boshqara olmadilar. Himoya paytidayam, hujum paytidayam. Agar shvedlar futbol mohiyatiga ko‘ra harakat qilganida edi, hisobni ushlab qolish uchun emas, g‘alaba qozonish uchun jang qilishganida edi, olmonlar bugungi o‘yinlari bilan qo‘shimcha daqiqalarda gol urib ketib ularni yuta olmagan bo‘lar edilar. Agar Lyov uch kunda yangi o‘yinni yarata olsa, eng mohir murabbiy bo‘lib tarixda qoladi.

RAVSHAN ERMATOV, TEMUR KAPADZE VA SIZU BIZ
Daromad ko‘rish, qudratini yashirin tutish, zimdan hamla qilish yo‘lida yurgan, foyda tushunchasidan boshqa narsani, shu jumladan shon-shuhratni ham tan olmagan katta Biznes uchun Vatan tushunchasi begonadir. Mutloq begona. Futbol mohiyatida shon-shuhrat, Vatan sha’ni, halol oshkora jang yotadi. Bu ikki bir biriga zid narsa futbol maydonida bir birini to‘ldirib turishibdi, bir biriga moslashib yurishibdi. Butun dunyo ardog‘idagi bu o‘yin, futbol olamidagi buyuk insonlar katta biznes uchun bir muruvvat ekanligini tan olib turishimiz bor gap. Shuning uchun ular futbol, faqat futbol uchun maydonga tushyapganlarini ko‘rish, kuzatish lazzatlidir. Tag‘in ba’zi bir narsalarni muhokama qilaylik. Mundialga qaytaylik.     

Denis Cherishev bilan Xarri Keyn urgan gollari bir jihatdan bir biriga o‘xshab qolmoqda. Ular ikkalasi jarima maydonida qarovsiz qolishgan edi. Ilgari maydonning barcha yerida himoyachilar hujumchini yopib o‘ynashar edi. Bu uslub personal himoya usuli deyilar edi. Xozir hamma bir chiziqli himoya usulini qo‘llashadi. Xozirgi himoyachilar jarima maydonidayam, darvozabon maydonchasidayam hujumchini emas, zonani ushlab yurishibdi. Bundan man yoqamni ushlab qolmoqdaman.

Meksika bosh murabbiyi olmonlarga qarshi jangda o‘yinning so‘ngi daqiqalarida 39 yashar Markesni maydonga tushirdi. Hamma himoyachiga aylangan bir paytda hech kimning kichkina xato qilishga, dovdirashiga xaqqi yo‘q edi. Qari bilganni pari bilmaydi. Hammani tinchlantirib, bir tanu bir jon qilib himoyalanishda Markesning tajribasi, katta yoshi asqotdi. Kosta-Rikaning shunday yoshi ulug‘ o‘yinchisi yo‘q ekanmi, deyman. Ikkinchi turda Braziliyaga 90 daqiqa bas kelib, oxirida yo‘q joyda qo‘shimcha vaqtda 2ta gol o‘tkazib yubordi. Achinib qoldim. Bizning Kapadze ham terma tarkibini ko‘p emas, bir-ikkita tajribali o‘yinchi bilan yoshlikni omuxta qilib, yangi o‘yin yaratish yo‘lida tez-tez yig‘inlar o‘tkazib, zahmat cheksa bo‘larmidi? Yoki Kapadze egar mingan bo‘lsada, otsiz, saodatsiz chavondozmi?

Rossiya-Misr o‘yini haqida bir og‘iz so‘z aytaman. Rossiyalik Dzyuba baland bo‘ylik ekan. Men bilgan daroz futbolchilar ichida eng mug‘ombir qo‘poli ekan. Ibragimovich juda elegant o‘yin qilardi. Koller bahaybat bo‘lgani bilan juda egiluvchan edi. Bo‘yi o‘ziga xalaqit bermas edi. Toza va kuchli texnikasi bor edi. Dzyuba kishi ko‘rmas qo‘pollik bilan raqibini ovlab o‘ynar ekan. Uni qo‘pollikka qo‘pollik bilan javob berishga majbur qilar ekan. Kecha Xorvatiya-Argentina o‘yinida Manjukich ham shunday o‘ynamoqchi bo‘ldi. Ravshan Ermatov buni sezib qolib bitta sariq berib Manjukich tanobini tortib qo‘ydi. Modrich o‘yini “Real”damas termada ochilmoqda. Uning urgan goli juda chiroyli chiqdi. Manjukichning Ravshandan olgan sarig‘i o‘yinga ta’sir qilmadi. Bizning misolda Dzyuba emas, uning raqibi misrlik himoyachi hakamdan sariq olgach Dzyubaga qarshi cho‘chibroq o‘ynay boshladi. Dzyubaga shu kerak edi. Bizning hakam o‘z mahorati bilan boshqalardan ajralib turibdi. Vatandoshimiz Ermatov hushtagi bilan futbol olamini zabt etmoqda. Futbolchilarimiz-chi?

Maqola so‘ngida Panama-Belgiya o‘yinini eslab o‘tmoqchiman. Panama jang qilib 0:3ga yutqazdi. Biz ham Urugvayga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida jang qilib 0:3ga yutqazgan edik. Lekin biz zarbdor hujum qilishga jahdimiz yetmay o‘ynadik. Termamizga butun “brgadasini” ortidan sudrab kelib, Skolari yo Kumikov kabi bir kelib bir ketuvchi murabbiy kerak emas. Termamizga doimiy bosh-qosh bo‘luvchi chet ellik malakali maslahatchi murabbiy kerak, deb o‘ylayman. Futbolimizda murabbiylarning iste’dodli yosh avlodi paydo bo‘lmoqda. Temur Kapadzeni ham shular jumlasidan deb bilaman. Uning termadagi ishlari bardavom bo‘lsin deyman. Mundial kunlari ham o‘z futbolimiz ichimni qamrab turibdi. Azaga kelgan kampir o‘z dardini etib yig‘lar ekan. Mundial kunlari ham mening dardim ichimda. Ozgina yorildim. Sizlardan uzr so‘rayman.

Mundialdan olar zavqingizga zavq qo‘shilsin deb,

Hasanali otangiz yozdim.
23.06.2018 y.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:16, 24.06.2018. O'qildi: 7963 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.