Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Tartib-intizom qo‘mitasi da’vo arizalarining muddatini jiddiy nazorat qiladi

Baho:
+ | -1
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamda Professional futbol ligasida rahbariyat alishgach, bir qator futbolchi hamda murabbiylar tomonidan klublar ustidan shikoyat arizalari kelib tushdi. Ularning ishi Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, qarzdor klublarga jazolar belgilandi va shu yo‘l orqali futbolchilar, murabbiylar haq-huquqlari himoya etildi.

Endilikda Professional futbol ligasi biror klub yilni qarzdorlik bilan yopishiga yo‘l qo‘ymaydi. 18 iyun kuni transfer oynasi ochilgan bo‘lsa, klublar bilan hamkorligini to‘xtatayotgan har qanday futbolchi va murabbiyga PFL Sport bo‘limi vakillari alohida murojaat qilyapti, ularning shikoyatlari bor yoki yo‘qligi masalasida suhbat olib bormoqda. Ya’ni, klubidan norizo bo‘lib ketayotgan futbolchi yoki murabbiylar bor bo‘lsa, o‘sha klubga o‘zining keyingi operasiyalarini amalga oshirish uchun imkoniyat berilmayapti. Bu pozisiyada endilikda qat’iy turiladi.

 

Da’vo muddati 2 yil

Aynan 2018 yilgi yozgi transfer oynasidan boshlab PFL ham shikoyat arizalari tartibini barchaga eslatib o‘tishni lozim deb biladi. Reglamentning 24-bo‘lim 5-bandida har qanday shikoyat arizalari bo‘lib o‘tgan bahsli holatga 2 yil to‘lmagani holatidagina ko‘rib chiqilishi belgilab qo‘yilgan. Demak, klublar, futbolchilar, murabbiylar bahsli vaziyat yuzasidan shikoyat arizasini maksimum 2 yil ichida yozishi kerak bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, 2016 yilning iyun oyigacha bo‘lib o‘tgan ishlarni ko‘rib chiqish masalasini O‘FA hamda PFL o‘z bo‘yniga olmaydi.

To‘g‘ri, O‘zbekiston Respublika Fuqarolik kodeksining 150-moddasida umumiy da’vo muddati 3 yil deb ko‘rsatib o‘tilgan. Biroq, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bu kabi masalalarni Xalqaro futbol uyushmasining talabi asosida ishlab chiqadi, ya’ni, FIFA nizomlariga bo‘ysunadi.     

FIFAning “Futbolchilarning o‘tishi va maqomi” to‘g‘risidagi reglamenti 25-bo‘lim 5-bandida shunday deb yozilgan: “Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mita, Bahsli vaziyatlarni (mojarolar) hal qilish bo‘yicha palata, shuningdek, Yakka tartibdagi sud hamda Mojarolarni hal qilish bo‘yicha palata sudi o‘z vakolatiga kiruvchi har qanday ishni u sodir bo‘lganiga ikki yil to‘lgach, ko‘rib chiqmaydi. Ikki yil muddatgacha berilgan da’vo arizalari esa individual tarzda o‘rganib chiqiladi”.

 

Muammo o‘z vaqtida bartaraf etilishi shart

Bungacha bo‘lgan holatda klublarning qarzdorligi bir necha yillardan buyon davom etib kelgani aniqlandi. Oddiy misol, Asror Aliqulov oldida “Sho‘rtan” 2012 yildan buyon qarzdor bo‘lib kelgan. Aliqulov o‘z jamoasi ustidan shikoyat yozishni istamagan, “Sho‘rtan” esa andishaning otini qo‘rqoq bo‘lib, o‘zi uchun yillar davomida mehnat qilgan futbolchining pullarini berishni paysalga solib kelavergan. Aslida PFL bunday ishlarni nazorat qilishi kerak edi.

Shu bilan birgalikda, futbolchilar, murabbiylar va klublar ham o‘z haqini talab qilishni o‘rganishi kerak. Og‘zaki va’dalar, havodagi gaplar hamma joyda bor. Ularga ishonib, shartnomaga imzo chekishni oqlab bo‘lmaydi. 2019 yilgi mavsumdan boshlab PFL barcha uchun bir turdagi shartnomalarni joriy qiladi. Tomonlar shartnoma shartlarini o‘zaro kelishib olishi va unga qo‘shimcha bandlar kiritishi mumkin. Biroq undagi masalalar tartibli bo‘lishi shart. Yo‘qsa, o‘z ishini yaxshi bilmaydigan kishilar tomonidan shu qadar kulguli shartnomalar tuzilganki, ularning yechimini topish ham anchagina mushkul. Endilikda bu kabi ishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Bundan-buyon 2018 yildan qarzdorligi qolib ketayotgan futbolchilar va murabbiylar, 2019 yilgi mavsum uchun imzo chekmaydi. Ko‘tarma pullar masalasi esa PFL tomonidan o‘rganib chiqilmoqda. Yaqin orada bunday pullar futbolchini yetishtirib bergan murabbiy hamda maktablar uchun sarf etilishi borasida qaror chiqishi katta ehtimol. Na futbolchi, na murabbiy va na biror-bir rahbar hali ko‘rsatilmagan natijasi uchun tayyor pul olmaydi. Oylik, mukofot pullari masalasida klublar va futbolchilar o‘zaro kelishib olishi mumkin. Zero yutuq uchun beriladigan mukofotni to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Yil boshida yuz millionlab pulni o‘zlashtirib oladigan futbolchidan esa yana qandaydir motivasiya kutish mantiqsiz. O‘z navbatida har qanday mukofotda ham me’yor bo‘lishi lozim. Klublar qachonki xususiy bo‘lsa, pulni o‘zi istaganicha sarf etaverishi mumkin. O‘FA va PFL o‘sha me’yorni ham ko‘rsatib beradi.  

 

Shikoyat qanday tartibda bo‘ladi?

Futbolchilar, murabbiylar yoki klubning boshqa ishchi-xodimlari biror muammo yoki mojaro yuzasidan O‘FAning Futbolchilarning o‘tishi va maqomi bo‘yicha qo‘mitaga murojaat qilishi mumkin. Agar mavjud masala bo‘yicha chiqarilgan qarordan norozilik yuzaga kelsa, da’vogar O‘FAning Apellyasiya qo‘mitasiga murojaat bilan chiqadi. Ish shu zaylda FIFAga qadar yetib borishi ham mumkin. O‘z navbatida FIFA ham bu kabi ishlar albatta Sport arbitraj sudlari orqali hal etilishini talab qiladi. Ya’ni, futbol ishiga boshqa organlar aralashmasligi uchun harakat qiladi.

O‘FA O‘zbekiston ichki chempionatida yuz berayotgan muammolar FIFAga qadar yetib borishidan manfaatdor emas. Bu tashkilot imidjiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ma’lumki, bir qator klublar legionerlar bilan ishlash tartibini bilmagan va ish FIFAga qadar yetib borgan. Endilikda legioner futbolchilar bilan shartnoma tuzish tartibi masalasi ham o‘rganib chiqilmoqda. Ya’ni, klublar avval akademiyasini quradi, keyin maydonini tartibga keltiradi va undan keyingina legionerga bo‘yin cho‘zadi. O‘zining moliyaviy manbalari va normal infratuzilmasiga ega bo‘lmagan klubning quruq savlati mamlakat futbolini rivojlantirib qo‘ymaydi. Ayni vaqtda hukumat futbolni qo‘llayotganidan kelib chiqib, biz futbol akademiyalari va umuman infratuzilmani sifatli ko‘rinishga keltirib olishimiz shart. Xorijdan kelayotgan va aslida mahalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lmagan legioner uchun sarf etilayotgan pullar esa shunchaki havoga uchayotgandek taassurot uyg‘otmasligi shart.

 

Diqqat

Futbolchilar, murabbiylar yoki klublar ichki ishlar organlari, sudlar yoki prokuraturaga murojaat qilgan taqdirida, O‘FA ortiq bu ish bilan shug‘ullanmaydi. Chunki yuqoridagi organlar maqomi jihatdan O‘FAdan yuqori turadi. Demak, ish mana shu organlarda ochilsa, faqatgina ularda yopiladi. Buni faoliyatini futbol bilan bog‘lagan har qanday shaxs bilishi shart.

O‘z navbatida O‘FA ham o‘z vakolati doirasiga kirmaydigan ishlar masalasini aynan yuqoridagi organlar hukmiga havola etadi. “Iftixor” klubi futbolchilari bilan bo‘lgan masala bunga yorqin misol bo‘lishi mumkin. 

Yuqoridagilarni to‘g‘ri tushunishingizdan umidvormiz. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mazkur soha vakillarining futboldagi huquq va erkinliklari paymol etilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan birgalikda futbol ichidagi har qanday masalani nazorat qiladi. Bundan buyon har qanday klub va uning rahbari o‘zi bilgani bo‘yicha ish ko‘ra olmaydi. Har qanday qaror va harakat avvalo klub, shu orqali mamlakat futboli rivoji uchun xizmat qilishi shart.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 12:41, 27.06.2018. O'qildi: 2883 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик