Bugun 24 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Jirona 25 30
12 Sevilya 25 29
13 Xetafe 25 29
14 Alaves 25 27
15 Rayo Valyekano 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 2-1 Elche
25-тур Real Sosyedad 3-3 Real Ovyedo
25-тур Betis 1-1 Rayo Valyekano
25-тур Osasuna 2-1 Real Madrid
25-тур Atletiko 4-2 Espanyol
25-тур Xetafe 0-1 Sevilya
25-тур Barselona 3-0 Levante
25-тур Selta 2-0 Malyorka
25-тур Vilyarreal 2-1 Valensiya
25-тур Alaves 2-2 Jirona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ronaldu va Messi JCH-2018dan uchib ketishdi: Bu juda yaxshi va foydali ekani haqida 4 sabab

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / Rossiya-2018
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yigitlar – «malades», lekin buyog‘iga ularsiz

Leo va Krish o‘z karyeralaridagi bosh orzu bilan bir kunda xayrlashishdi. Quyida sayyoramizning «eng krutoy» bu futbolchilarisiz JCH-2018ning yorqinligi pasayadi deb o‘ylovchi fanatlar uchun yupanch keltiramiz.

Yangi qahramonlar

Yaqin 15 kun ichida buyuk duetdan kimdir navbatdagi «Oltin to‘p» uchun shohsupaga ko‘tarilayotganida norozi ohangda «uh» tortuvchilar uchun haqiqiy jannat bo‘ladi.

Boshqa daholarning zamoni keldi, ularning qisqacha ro‘yxati allaqachon tayyor:

1. Kilian Mbappe. U «Sapsan» yaratuvchilaridan patentni o‘g‘irlab olib, Rossiya gazonlarida turbotezligini namoyish etib qo‘ydi. Uning Argentinaga qarshi o‘yindagi perfomansi — dahshatning o‘zginasi: nimchorakfinaldagi shoudan so‘ng ushbu tineyjerdan xuddi u bir paytlar Buffonni ilma-tekshik qilganidek hayratga tushishmoqda. Ehtimol, aynan Mbappe hozir KriRo va Leo merosxo‘ri bo‘lish uchun asosiy favorit bo‘lib turgandir.

2. Harri Keyn. U to‘satdan ulg‘ayib, Angliya terma jamoasining yirik turnirdagi haqqoniy yetakchisiga aylandi. O‘z-o‘zidan tushunarliki, Panama darvozasiga het-trik va Turisga dubl — u qadar yuksak ko‘rsatkichlar emas, lekin bu hujumchini mazkur Jahon chempionatining eng yaxshi straykeri bo‘lishi uchun chog‘lantirishi kerak. Endi u pley-offda o‘zini namoyish etadi,  mana ko‘rasiz!

3. Edinson Kavani. Uning uchun faqat xursand bo‘lish lozim bo‘lgan virtuoz matador. U butun umr eng muhim uchrashuvlarni barbod qilib kelgan, bu yerda esa Portugaliya himoyasini nimta-nimta qilib tashladi. Endi u shoshilinch ravishda o‘zini tiklab, yarim finalda yana o‘zini ko‘rsatishi kerak.

Aslida «krutoy» o‘yinchilar tiqilib yotibdi — Neymardan Godingacha sanab ularning adog‘iga yetish mumkin. Shunisi quvonarliki, 2014 yilgi hodisa — Messi mediada xo‘b mashhurligi va avvalgi yutuqlari uchun JCHning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritgani kabi hodisa endi takrorlanmaydi.

Hozir Yevropa klublaridagi barcha targetmenlar tushunib turishibdi: bizda ushbu jahon chempionatini portlatish uchungina emas, Krish va Leo bilan «Oltin to‘p» borasida baslashish uchun ham bor-yo‘g‘i ikki hafta bor. Boz ustiga, bu fursat ro‘yxatga maneken sifatida faqat nomiga qo‘shilish uchun emas, haqqoniy raqobat yuzaga keltirish uchun.

Azim raqiblar

Argentina fransuzlarga qarshi jonbozlik ko‘rsatib, otashin, yorqin va bukilmas o‘yin namoyish etishdi, biroq taktik xatolarni ham saqlab qolgan ediki, bu «uchranglilar» uchun chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda qo‘l keldi. Deshamga qarsak chalib qo‘yish kerak: birqadar zerikarli guruh bosqichidan so‘ng uning jamoasi kutilmaganda qat’iylikni oshirib, argentinaliklarni qattol qarshi hujumlar bilan charchatdi. Yevropaliklarning o‘yinidan futbolni o‘ldiruvchi rasionallik yo‘q bo‘ldi — fransuzlar muntazam ravishda vaziyatni keskinlashtirib, qochib ketib, uzoq masofadan zarbalar berib, Rossiyada o‘tayotgan JCHning Top-8 ligiga munosib ravishda yo‘l olishdi.

Urugvay bilan bog‘liq vaziyat yanada hayratlanarli. Qo‘ltiqtayoqdagi kouch-Splinter, plombalangan markaziy himoya, juda to‘yintirilgan maydon markazi, reaktiv qanotlar va hujumidagi ideal tandem — bu ayni paytda jahon chempionatdagi eng mukammal terma jamoadir. U o‘yinni raqibga moslashi, bo‘g‘ishi, hayratlantirishi mumkin — bunday mahoratlar to‘plami boshqa hech kimda yo‘q.

Portugaliyaga qarshi o‘tgan o‘yinning eng xarakterli lahzasi — o‘yin yakunlanayotganida Suares qanotdan qochib ketib, burchakdagi bayroq oldida nayranglarini ishga solib vaqt o‘ldirish o‘rniga, jarima maydonchasiga yana bir gol urish uchun to‘pni oshirgani bo‘ldi. Bu juda halol, munosib va ajoyib — portugaliyaliklarning o‘zi ham haqiqiy erkaklarga boy berishganini juda yaxshi tushunib turishibdi.

Krish shartnoma bilan bog‘liq masalani yechadi

Jahon chempionati butun transfer yangiliklarini bosib ketuvchi unikal hodisadir. Lekin, tayyor bo‘lib turing: final o‘tib olsin, klubdan klubga potensial o‘tishlar haqidagi mish-mishlar kichik Potterga Hogvartsdan kelgan xatlar singari har tomondan yopirilib keladi.


Xullas: yaqin 15 kun ichida Ronaldu nafaqat hordiq chiqarishi, shuningdek o‘z kelajagini Peres va Lopetegi bilan muhokama qilib ham olishi haqida umid bor. Bunchalik vaqt yoz faslining ikkinchi yarmi Krish Madriddan qayoqqa ketadi yoki umuman, u o‘zi ketadimi-yo‘qmi, kabi syujetlarsiz o‘tkazilishi uchun yetarli fursatdir.

Bundan yaxshisi bo‘lmaydi

Leo va Ronalduning shaxsiy va jamoaviy titullari shu qadar ko‘pki, Jahon kubogi ikkisidan birini avtomatik ravishda tarixdagi eng buyuk o‘yinchiga aylantirar edi. Bunday vaziyat «Kim krutoyroq?» qabilidagi o‘n minglab mubohasalarga yog‘liqqina nuqta qo‘yardi, chunki jahon futbolining bosh jomi har qanday savolni o‘rtadan ko‘taradi. Masalan, o‘sha Maradona o‘zining (Messi fonidagi) chalajon statistikasiga qaramasdan, JCH-1986 oltini tufayli hanuzgacha Leo darajasida kotirovka qiladi. Krishniki umuman dahshatli — agar u Rossiyada g‘alaba qozonganida Zidanning fintini takrorlab, eng cho‘qqiga chiqqan chog‘ida, shu yozning o‘zidayoq butsasini mixga ilib qo‘yishi mumkin edi.

Biroq ulardan hech biri g‘alaba qozona olmadi. Ikki o‘zga sayyoralik Yer kurrasining eng nufuzli titulini qo‘lga kirita olmaganida ham qandaydir ramz bor.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 16:29, 01.07.2018. O'qildi: 8160 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.