Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 12 31
2 Barselona 12 28
3 Vilyarreal 12 26
4 Atletiko 12 25
5 Betis 12 20
6 Espanyol 12 18
7 Atletik Bilbao 12 17
8 Xetafe 12 17
9 Sevilya 12 16
10 Alaves 12 15
11 Elche 12 15
12 Rayo Valyekano 12 15
13 Selta 12 13
14 Real Sosyedad 12 13
15 Malyorka 12 12
16 Osasuna 12 11
17 Valensiya 12 10
18 Jirona 12 10
19 Levante 12 9
20 Real Ovyedo 12 8

O'tgan o'yinlar.

12-тур Elche 1-1 Real Sosyedad
12-тур Jirona 1-0 Alaves
12-тур Sevilya 1-0 Osasuna
12-тур Atletiko 3-1 Levante
12-тур Espanyol 0-2 Vilyarreal
12-тур Atletik Bilbao 1-0 Real Ovyedo
12-тур Rayo Valyekano 0-0 Real Madrid
12-тур Malyorka 1-0 Xetafe
12-тур Valensiya 1-1 Betis
12-тур Selta 2-4 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

22/11/25 Valensiya - Levante
22/11/25 Alaves - Selta
22/11/25 Barselona - Atletik Bilbao
22/11/25 Osasuna - Real Sosyedad
23/11/25 Vilyarreal - Malyorka
23/11/25 Real Ovyedo - Rayo Valyekano
23/11/25 Betis - Jirona
23/11/25 Xetafe - Atletiko
24/11/25 Elche - Real Madrid
25/11/25 Espanyol - Sevilya

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 10144 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 3136 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Chiroyli gollarga chiroyli xulq yoxud olijanob yigit - Dris Mertens haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Belgiya terma jamoasining JCH-2018 hisobidan urgan ilk goli muallifi hayotda olijanoblikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. U doimo atrofidagilarga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor, shuningdek, hazil-mutoyibani ham xush ko‘radi.

bombardir.ru sayti ijodkorlari «Napoli» vakili tomonidan Panama termasi darvozasiga urilgan chiroyli goldan o‘zgacha ilhomlanib, uning e’tibor va e’tirofga munosib xatti-harakatlariga nazar solishdi.

Qutqarilgan it sharafiga gol

Dris Mertens klub futbolida urgan gollaridan birini antiqa usulda nishonladi - burchak bayroqchasi atrofida «vovullab», insonning to‘rt oyoqli do‘sti - it qiyofasini ko‘rsatdi. Tabiiyki, muxlislar avvaliga hech narsani tushunmay, hayron qolishdi, keyin bu harakat mohiyatidan xabar topib, futbolchiga tasannolar aytishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, belgiyalik hujumchi Neapolda itlarni boqishga mo‘ljallangan muassasa moliyaviy qiyinchiliklar tufayli yopilishi haqidagi xabarni eshitgani zahoti turmush o‘rtog‘i Katrin bilan birga u yerga borib, kerakli miqdorda xayriya qilgan.

Qolaversa, himoyaga muhtoj itlardan birini o‘z qaramog‘iga olgan. Futbolchi keyinroq «Instagram» tarmog‘i orqali ommaga murojaat etishni unutmadi: «Iltimos, ushbu muassasada saqlanayotgan itlarga yangi qo‘nimgoh topishda yordam beringlar».

Och qolganlarga pissa

Dris Mertens bir safar o‘z do‘sti bilan Neapol markaziy vokzaliga borib, u yerda ochlikdan tinkasi qurigan kishilarga pissa tarqatib chiqdi. Diqqatga sazovor tomoni shuki, u bu bilan omma nazariga tushishni o‘ylagan emas, aksincha, kimdir tanib qolmasligi uchun imidjini mutlaqo o‘zgartirgan ham.

Ya’ni oddiyroq kiyinishdan tashqari, katta qora ko‘zoynak ta’qib olgan. Uning bu harakati oradan ancha o‘tib, tasodifan oshkor bo‘ldi. Qisqasi, Mertens mashhurlikni uncha yoqtirmaydi va xayrli ishlarini imkon qadar pinhona amalga oshiradi. Belgiyalik yigitning yana necha marta bu kabi mehr-muruvvat ko‘rsatgani o‘ziga ayon.

Xayriya - insoniylik belgisi

Mertensni Neapol va uning atrofidagi shifoxonalarda tez-tez uchratishadi. Deylik, uning onkologiya bo‘limiga kirib, og‘ir xastalik bilan kurashayotgan bemorlar ko‘nglini ko‘targani, do‘stona muloqot orqali xushkayfiyat ulashgani ma’lum.

Shuningdek, OAV vakillarining aniqlashlaricha, Venesuela iqtisodiyoti katta inqirozga uchragan vaqt futbolchi ushbu mamlakatga o‘z hisobidan dori-darmonlar yuborgandi.

Afrikaga jo‘natma

Bunisi ham tasodif. Mertens televizor tomosha qilib o‘tirib, to‘satdan o‘z futbolkasida yurgan yigitga e’tibor qaratadi. Bu lavhada uzoq Gvineyadagi kambag‘al oilalar hayoti ko‘rsatilgandi.

Xullas, erinmagan Dris National Geographic ko‘rsatuvi suratkashi bilan aloqaga chiqib, o‘sha bolakay manzilini oladi va unga sport ekipirovkalaridan 42 to‘plami, shuningdek, har bir sinfdoshiga «Napoli»ning 1tadan futbolkasini pochta orqali jo‘natadi.

Belgiyada futbol maktablari tarmog‘i

Dris o‘z yurtida terma jamoadagi do‘stlari - Yan Vertongen va Muso Dembele bilan hamkorlikda katta futbol maktablari tarmog‘ini ochdi. Hozir bu dargohlarda belgiyalik minglab bolalar yaxshi sharoitlarda shug‘ullanib, talab darajasida ta’lim olishmoqda.

Demak, agar Belgiya termasi yana 20 yildan keyin ham jahon chempionati favoritlari qatorida tilga olinsa, bunda Thefuture tarmog‘i, xususan, Mertensning ulushi ham bo‘ladi.

Sadoqat va muhabbat tushunchasi

Mertensni vaqtida APLga chorlashdi. Aniqrog‘i, «Vest Xem» unga manfaatli taklif bilan murojaat qildi, biroq belgiyalik futbolchi Neapolda qolishni ma’qul ko‘rdi.

Garchi Radio CRC jurnalisti Raffaele Oryemma futbolchining qarorini boshqacha izohlagan bo‘lsada («Uni Italiyada qolishga turmush o‘rtog‘i ko‘ndirdi»), ko‘pchilik Dris «Napoli»ga sodiq ekanligiyu, Neapolni qattiq sevishini juda yaxshi biladi. Shunday ekan, avvalo, Mertensning o‘zi ketishni istamagan.

Hazil-mutoyiba, quvnoqlik

Belgiya termasi vakili hazillashishni ham o‘rniga qo‘yadi. Misol uchun, bir safar ijtimoiy tarmoqqa o‘zi olgan kulguli suratni joylashtirib, ostiga qiziqarli izoh yozdi: «Turmush o‘rtog‘im pardoz-andozsiz shunday ko‘rinadi».

Katrin esa bunga tezda javob qaytardi: «Erimning uydagi surati ko‘rishga ham arzimaydi...». Ajoyib munosabat!

Maydonda ham hazil

Belgiya va Gresiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda raqib futbolchisi Georgios Savellas qahramonimizdan biroz ranjidi. Gap shundaki, Dris uning burnidan tortib qo‘ygandi. Muhimi, quvnoq futbolchi bu harakatini hazilga yo‘yib, mojaroga yo‘l qo‘ymadi.

Chiroyli gol

Mertens Belgiya termasining JCH-2018dagi gollari hisobini antiqa zarbasi bilan ochib berdi. Uning panamaliklar kiperiga «sovg‘a»si hali ekranlarda ko‘p aylantirilishi tayin.

Balki Dris yakunda turnirning eng chiroyli gollaridan biri muallifi sifatida e’tirof etilar. Qoyilmaqom trayektoriya va benazir gol!

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:20, 05.07.2018. O'qildi: 3131 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 13
2 Барселона Robert Levandovski 7
3 Атлетико Xulian Alvares 7
4 Леванте Karl Etta-Eyong 6
5 Мальорка Vedat Muriki 6
6 Барселона Ferran Torres 5
7 Бетис Kucho Ernandes 5
8 Сельта Borxa Iglesias 5
9 Реал Мадрид Vinisius Junior 5
10 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.