Tartib-intizom Qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Superliga
“Qo‘qon-1912” – AGMK uchrashuvida hakam sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK jamoasi darvozaboni Pavel Matyash 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 3 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” darvozaboni Yevgeniy Cheremisin 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 3 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Yoshlar Ligasi
“Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvida hakam sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” futbolchisi Muzaffar Abdullayev 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida raqib futbolchisi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” jamoasi a’zosi Suhrob Yarashev 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida raqib futbolchisi sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” o‘yinchisi Doston Ibragimov 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida hakamlar harakatlariga bir necha bor aralashishga uringan “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov 2 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, unga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvida yordamchi hakam sha’niga noma’qul so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi Eldor Adhamov 3 ta uchrashuvga diskvalifikasiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.