Bugun 2 noyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 01.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • 2:1
      • Jirona
      • 01.11.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • 4:0
      • Rayo Valyekano
      • 01.11.2025 20:15
      • Atletiko
      • 3:0
      • Sevilya
      • 01.11.2025 22:30
      • Real Sosyedad
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 02.11.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 4:0
      • Valensiya
      • 02.11.2025 18:00
      • Levante
      • -:-
      • Selta
      • 02.11.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Espanyol
      • 02.11.2025 22:30
      • Barselona
      • -:-
      • Elche
      • 03.11.2025 01:00
      • Betis
      • -:-
      • Malyorka
  • Superliga
      • 01.11.2025 17:00
      • Andijon
      • 1:1
      • Buxoro
      • 02.11.2025 15:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Surxon
      • 02.11.2025 15:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 02.11.2025 17:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Qizilqum
      • 03.11.2025 18:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Bunyodkor
  • «A» Seriya
      • 01.11.2025 19:00
      • Udineze
      • 1:0
      • Atalanta
      • 01.11.2025 22:00
      • Napoli
      • 0:0
      • Komo
      • 02.11.2025 00:45
      • Cremonese
      • 1:2
      • Yuventus
      • 02.11.2025 16:30
      • Verona
      • -:-
      • Inter
      • 02.11.2025 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Lechche
      • 02.11.2025 19:00
      • Torino
      • -:-
      • Piza
      • 02.11.2025 22:00
      • Parma
      • -:-
      • Bolonya
      • 03.11.2025 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Roma
      • 03.11.2025 22:30
      • Sassuolo
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 01.11.2025 20:00
      • Byornli
      • 0:2
      • Arsenal
      • 01.11.2025 20:00
      • Kristal Pelas
      • 2:0
      • Brentford
      • 01.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • 3:0
      • Vulverhempton
      • 01.11.2025 20:00
      • Nottingem Forest
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 01.11.2025 20:00
      • Brayton
      • 3:0
      • Lids
      • 01.11.2025 22:30
      • Tottenhem
      • 0:1
      • Chelsi
      • 02.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 02.11.2025 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 02.11.2025 21:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Bornmut
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 27 58
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 26 29
12 Surxon 26 28
13 Buxoro 27 25
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro

Navbatdagi o'yinlar.

02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8406 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2884 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Qizimga jahon kubogi kerak emish…» (qalb maktubi)

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Angliya milliy jamoasi hujumchisi mazkur maktubni JCH-2018 arafasida The Players~ Tribune nashriga maxsus jo‘natgan edi. Jurnalistlar esa uni mundialning guruh bosqichi davom etayotgan pallada - 22 iyun kuni maqola shaklida chop etishdi.

O‘shanda inglizlar mamlakat milliy jamoasining o‘ziga xos tavqi-la’natni yenga olishi, ya’ni nihoyat, penaltilar seriyasida g‘alaba qozonishidan bexabar edilar. Kolumbiyaliklarga qarshi kechgan 1|8 final o‘yini o‘ta keskin, murosasiz kurashlar ruhida kechdi.

Natija ayniqsa, Rahim uchun katta ahamiyat kasb etardi. Boisi, futbolchi mundialga jo‘nash arafasida o‘zining erkatoy qizalog‘iga jahon kubogi va 2ta Skubi Du qo‘g‘irchog‘ini sovg‘a qilishga va’da bergandi.

Qizcha esa aks holda, otasi emas, Muhammad Salohga muxlislik qilishda davom etishini ta’kidlagan! Demak, endi Rahimning qalbiga quloq tutamiz...

--------------------------------------

- Qizim ozgina injiqroq. Vaqtida onam bu xislati qachondir bo‘y ko‘rsatishi haqida alohida ogohlantirgandi. Qizim taxminan 6 yoshga to‘lgach, injiq tabiatini namoyon eta boshladi - uyni tinmay aylangan holda, nimanidir xirgoyi qilardi. Axir uning otasi endigina APL chempionligiga erishgan, jamoasi esa mavsumni 100 ochkodan ko‘proq to‘plagan holda yakunlagandi.

Nima, uni shu muvaffaqiyat xursand qilgan, deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, yo‘q! Qizim 2ta Skubi Du qo‘g‘irchog‘i evaziga ham «Siti»ga sotilmaydi! Chunki uning vujudi «Liverpul» ruhi bilan sug‘orilgan. Ana, u bitta xonadan boshqasiga o‘tgan holda, nimanidir ming‘irlamoqda. Xuddi otasining bolaligidagi kabi. Qo‘shiq kim haqida?

Albatta, «Liverpul» yoki Saloh haqida...  Ishonasizmi, u kalaka qilmoqda. Bolaligimda men aynan shunday edim. Ont ichaman. Qizim notanish kishiga bir og‘iz ham gapirmaydi. Chunki avval o‘sha odamni obdon o‘rganishi, unga ishonch hosil qilishi lozim. Bordiyu, ishonchiga kirsangiz, qizim hech narsani yashirmaydi.

Sterlinglar tabiati shunaqa. Aytingchi, sizga ishonish mumkinmi? Ya’ni ko‘nglimni ochib, o‘z tariximni hikoya qilsam bo‘ladimi? Gazeta va sport saytlarini muntazam o‘qib yuradigan kishi bo‘lsangiz, «Rahim haqida hamma narsani bilaman», deb o‘ylaysiz.

Lekin bunga ishonchingiz komilmi?  Agar ishonchingiz mustahkam bo‘lsa, maktubni o‘qishdan ko‘ra, foydaliroq yumush bilan shug‘ullanishingiz ma’qul.

--------------------------------------

- Otamni o‘ldirib ketishganida, atigi 2 yoshli chaqaloq bo‘lgan ekanman. Musibat keyingi hayot yo‘limizni belgilab berdi. Onam men va opamni Yamaykada qoldirib, o‘zi Angliyaga yo‘l oldi - o‘qish va ilmiy unvon olish uchun. Chunki oila ta’minoti yolg‘iz uning zimmasida qolgandi.

Natijada ikkimiz bir necha yil buvim nazoratida yashadik. Ko‘chada onasi bilan sayr qilib yurgan bolani ko‘rsam, beixtiyor unga havas bilan qarardim, oyim nima uchun bunchalik uzoqqa ketib qolganini sira tushunmasdim. To‘g‘ri, buvim juda mehribon edi, biroq onamning yo‘qligi sezilib turardi, baribir.

Baxtimga, keyinchalik hayotimga futbol kirib keldi. Bir kuni kuchli yomg‘ir yog‘di. Barcha bolalar ko‘chaga chiqib, to‘p tepa boshladilar. Shu-shu ko‘lmakda to‘p surishni yoqtirib qolganman. Ko‘lmakdan sachragan iliq tomchilar - Yamaykaga oid yorqin xotira! Ha, aytgancha, ba’zan buvim meni siylab turadigan anorli muzqaymoq ham!

Bilasizmi, qaysi shaharga borsam, aynan shunday muzqaymoq qidiraman. Lekin Yamaykadan boshqa hech qayerda yo‘q ekan. Endi bildimki, men u yoqda tomog‘imni muzqaymoq bilan yaxlatib yurganimda, oyim tunu-kun tinmay mehnat qilgan. 5 yoshimda opam va meni Londonga jo‘natishdi.

Afsuski, hayotimiz yanada og‘irlashdi - begona yurt, begona madaniyat. Oyim topgan-tutganini ro‘zg‘orga sarflardi. Xullas, tengdoshlarim orasida eng qashshog‘i men edim. Onam ba’zan mehmonxonada tungi farrosh bo‘lib ishlash orqali maktabda o‘qishimni ta’minlagan. Tong saharda, hali xo‘roz qichqirmasidan oldin hojatxonalarni tozalash uchun Stoner-brijga borganimiz kechagidek yodimda.

To‘g‘ri, qaytishda oyim meni shokolad bilan siylardi. Avtomat yoniga yaqinlashganimizda, «Baunti»ni yoqtirishimni bilgani bois, tugmachani darhol o‘zi bosardi. Mashaqqat bilan kechgan hayotimiz davomida anglab yetganim shuki, Sterlinglar oilasidagi yagona boylik ularning o‘zlari ekan!

--------------------------------------

- Odatdagidek, bo‘sh vaqtimni asosan to‘p tepish bilan o‘tkazardim. Biroq ko‘proq uyda shug‘ullaganim bois, ro‘zg‘or buyumlaridan ayrimlari sinib turardi. Ko‘chada o‘ynashga esa onam ruxsat bermasdi - opam va meni yeru-ko‘kka ishonmas, xavf-xatardan himoya qilardi.

Londonda faqat bir yigit - Kliv Ellington bilan ko‘rishib turardim. Dam olish kunlari u tumanimizdagi bolakaylarni to‘plab, muzeylar, attraksionlar yoki snuker o‘ynashga olib borardi. Kliv men uchun ota o‘rnini bosgan yagona erkak edi.

Bir kuni u savol bilan yuzlandi: «Rahim, nima bilan shug‘ullanishni xohlaysan?» Hech o‘ylab o‘tirmay, javob berdim: «Futbol, faqat futbol bilan!» Kliv davom etdi: «Mening jamoam bor - yakshanba ligasida qatnashadi. Istasang, safimizga qo‘shilishing mumkin».

Taklifdan esim og‘ayozdi - nahotki, uyda, hattoki, hovlida ham emas, chinakam jamoada to‘p sursam-a...». Shu lahzadan e’tiboran butun fikru-xayolim futbol bo‘lib qoldi. Haqiqiy tobelik. To‘liq va abadiy tobelik...

--------------------------------------

- 11 yoshga to‘lganimda, «Fulxem» va «Arsenal» klublari skautlari e’tiboriga tushdim. Bola ekanmanda, o‘zimni superklubda his etib, o‘rtoqlarimga maqtana boshladim. Biroq onam hafsalamni pir qildi: «Ko‘rikka bormaysan. Tamom!»

 U «Nima? Nega?» qabilidagi savollarimga javoban vazminlik bilan tushuntirdi: «O‘g‘lim, hali hech qaysi klub safiga qo‘shilganing yo‘q. «Arsenal»da bitta o‘ringa 50 nafar da’vogar borligini bilasanmi? Ular nafaqat mahoratli, balki imkoniyatlari ham yuqoriroq. Tushun, kuchga to‘lib, tajriba to‘plashing uchun kamtarroq jamoani tanlashing lozim».

Biroq onamni tushunmadim, baribir. Uning o‘zini donolardek tutishi yoqmadi. Xullas,  «KPR» akademiyasiga joylashtirganlarida, yig‘ladim, hattoki, onamdan qattiq ranjidim. Boz ustiga, Xitrou tumani uyimizdan juda olis bo‘lgani uchun doimo opam bilan birga yurishga majbur edim.

Natijada do‘stlarim kalaka qiladigan bo‘lishdi. Mashg‘ulotlarga 3ta avtobusda qatnash jonimga tekkan bo‘lsada, keyinroq aynan shu «KPR» shundoqqina uyimiz yonida qad rostlayotgan yangi «Uembli»ga yo‘l ochib berishini tushundim.

Bu kamtarin jamoa noyob iqtidorlari bilan maqtanolmasada, o‘smirlar termasi murabbiylari e’tiboriga tushdim va ilk uchrashuvdayoq Shimoliy irlandiyaliklar darvozasiga 2ta gol urdim. «Dubl»ni TV orqali ko‘rsatishdi, gazetalarda men haqimda yoza boshlashdi. Qisqasi, birdaniga mashhur bo‘lib ketdim. Ana shunda onamning aql-zakovatiga yana bir marta qoyil qoldim.

«Liverpul»dan taklif olganimda esa, uning naqadar quvonganini ta’riflab berolmayman. Axir onam o‘zini, butun kuch-quvvati va asablarini mening istiqbolimga sarfladi, bechora opam esa doimo tiqin avtobusda menga hamrohlik qilardi.

Shukrki, nihoyat, ana shu mashaqqatlar mukofotini berish imkoniyatiga ega bo‘ldim - azizlarimga yangi uy xarid qildim. Biroq bu sovg‘aning ahamiyati bitta «Baunti»chalik ham emas!

--------------------------------------

- Ha, oilamda ajoyib qiz ulg‘aymoqda. Men esa onajonimni xotirjam qilmoqchiman: «Ana shu qizaloq meni xuddi siz kabi talabchanlik bilan tarbiyalayapti». Qarang, Muhammad Salohni unutib, mening muxlisamga aylanishi uchun 2ta Skubi Du qo‘g‘irchog‘i kamlik qilar emish.

Unga yana jahon kubogi kerak ekan! Xo‘sh, bunisiga nima deysiz? IYE, avtobusimiz yo‘lga chiqyaptiku, shoshmasam kechikaman. Ko‘rishguncha!

SO‘Z

- Mana, hayotimda muhim o‘rin tutuvchi ikki yaqinimga yangi, shinam uy sovg‘a qildim. Bu minnatdorlik tuyg‘ularimning arzimas bir tomchisi, xolos.

Uning muhimligi bitta «Baunti»chalik ham emas!  Rahim STERLING.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:17, 28.07.2018. O'qildi: 2472 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Бунёдкор Luis Kachorri 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.