"Milan" "Napoli"dan Rasmus Xyoylundni ilib ketishga urindi.
Avvalroq, Neapol klubi forvardni "Manchester Yunayted"dan sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga yaqinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, yakshanba kuni "Bayer"dan Viktor Bonifasening muvaffaqiyatsiz transferidan so‘ng, "Milan" daniyalik futbolchi atrofidagi hozirgi vaziyatga oydinlik kiritish uchun Xyoylundning agenti bilan bog‘langan. "Rossonerilar" hujumchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish taklifi bilan chiqishga tayyor edi, ammo qo‘ng‘iroq paytida Xyoylund allaqachon "Napoli" bilan muzokaralar olib borayotgan edi.
"Milan" Xyoylundni qo‘lga kiritish bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng, "Sporting"dan Konrad Xarderni sotib olishga e’tibor qaratishga qaror qildi. Seshanba kuni klublar forvardni 24+3 mln yevro va qayta sotuvning 10 foizi evaziga transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishgani ma’lum bo‘ldi.