Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 11 11 40
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Fransiya 8 9 6 23
6 Germaniya 7 9 8 24
7 Shveysariya 6 8 6 20
8 Shvesiya 6 6 4 16
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real Madrid»ga quvvat «Ural»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ha, bu yangilikdan xabardor bo‘lgach, beixtiyor «Yo‘g‘-e?!» deb yuborishingizga kafilmiz: Ispaniyada «Ural» nomli jamoa  bor!

Ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolishining asosiy sababi shuki, bu jamoa yosh iqtidor sohiblarini tarbiyalash bilan mashg‘ul. Jumladan, hozir «Real» sharafini himoya qilayotgan Lukas Vaskes «Ural»da kamolga yetgan.

Xo‘sh, Rossiyadagi purviqor tog‘ bilan ispan klubi o‘rtasida qanday umumiylik bor? Quyidagi hikoya shu haqda.

Geografiya sabog‘i

1961 yil. La-Korunyadagi maktablarning birida tahsil olayotgan 15 yoshli Augusto Sesar Lendoyro geografiya o‘qituvchisining mashhur tog‘lar xususidagi hikoyasini jon-dili bilan tinglar, vujudi quloqqa aylangandi. Ayniqsa, «Ural» o‘zining betakror tabiati va salobati bilan chigitcha qalbida o‘chmas iz qoldirgandi.

Bolaligidan sportga, jumladan, futbolga mehr qo‘ygan Lendoyro keyinchalik uncha keng tarqalmagan rolikli xokkeyga munosib sovg‘a sifatida «Lisey» klubini ochdi. Lekin asosiy xobbisi bo‘lmish futbol rivojini paysalga solib o‘tirmadi - 1962 yilda o‘zi to‘p suradigan ko‘cha futboli jamoasidan havaskorlar klubini shakllantirdi.

Shu tariqa klubga nom tanlash zarurati tug‘ilganida esa ko‘p o‘ylab o‘tirmadi - «Ural»! Jamoa ramzi ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi - chaykalarga to‘la osmon ostida yastanib yotgan muazzam tog‘ 16 yoshli olovqalb yigitning futbolga nisbatan romantik muhabbatidan darak berardi.

Aynan shu muhabbat va yoshlik shijoati klubning jadal rivojlanishini ta’minladi. Moliyaviy imkoniyatlar cheklangan davrda ana shu fidoyilik ko‘pgina muammolarning kaliti bo‘ldi.

Galisiyaning eng yaxshi klubi

Professional faoliyatni orzu qiladigan bolakaylarga yordam berish, ularni mamlakatning yetakchi jamoalari saviyasiga olib chiqishni yosh prezident «Ural»ning ustuvor yo‘nalishi sifatida qabul qildi. Tabiiyki, u birinchi navbatda La-Korunyaning bosh jamoasi - «Deportivo» tarkibini iqtidorli yoshlar bilan kuchaytirishga intildi.

Tez orada o‘smirlar o‘rtasidagi Ispaniya chempionatida 3-o‘rinni egallagan jamoa muntazam ravishda Galisiya provinsiyasi yetakchilari safidan joy olmoqda. Shu bilan birga, ta’lim tizimining talab darajasida bo‘lishiga ham katta e’tibor berilmoqda - 1977 yilda to‘laqonli maktabga asos solindi.

1997 yilda esa «Ural» 1200 raqobatchi orasida Galisiyaning eng yaxshi klubi unvoniga sazovor bo‘ldi. Mazkur yuksak natija jamoaning rasmiy saytidan joy olib, yosh iqtidor sohiblarini rag‘batlantirishga salmoqli ulush qo‘shmoqda. Ya’ni mahorat bobida o‘zini ko‘rsatgan yosh futbolchilar aynan shu saytda intervyu berib, mashhurlik borasida o‘z ulushlarini oladilar.

Bugungi «Ural»da 400 nafar boladan tashkil topgan 23ta jamoa faoliyat yuritmoqda. Yuqorida aytilganidek, klub asosan «Deportivo»ni malakali kadrlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Qandaydir begona xaridorlar paydo bo‘lsa, «Depor» e’tiroz bildirish huquqiga ega. Yaqinda «Selta» o‘zboshimchalik bilan «Ural» tarbiyalanuvchilaridan birini o‘z tomoniga og‘dirishga urinib, yakunda «Depor»dan uzr so‘rashga majbur bo‘ldi.

«Oltin «Deportivo» asoschisi

«Ural» viloyatning bosh jamoasini futbolchilar bilan ta’minlashdan tashqari, malakali mutaxassislarni ham yetkazib beradi. 1988 yilda Lendoyro «Deportivo» prezidenti lavozimini egalladi. U paytda jamoa 600 mln. pesetlik qarz botqog‘iga botgan, 2-divizionni tark etishdan arang qutulib qolgandi.

Don Augustoning ko‘magi bilan elitaga chiqqan jamoa 1995 yilda kumush medallarni qo‘lga kiritdi, 2000 yilda o‘z tarixidagi ilk chempionlikni rasmiylashtirdi. Shaharning 300 mingdan ortiq aholisi tun bo‘yi ko‘chalarda yuksak unvonni nishonladi.

Lendoyro davrida (1988-2013) «Deportivo» bir necha marta YECHLda to‘p surdi. Bebeto, Pauleta, Rivaldo, Makay, Tristan, Valeron, Amaviska kabi yulduzlar uning sharafini himoya qilishdi.

«Real» uchun yulduzlar

«Ural»ning yana bir faxri - Fransisko Buyo. Afsonaviy darvozabon 6 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, Yevro-1984da kumush medallarni qo‘lga kiritgan, Moskva-80 Olimpiadasi ishtirokchisi. U La-Korunyada tug‘ilib-o‘sdi, 14 yoshida «Ural»dan joy oldi. Nafaqat so‘nggi chiziqda, balki hujumchi pozisiyasida ham muvaffaqiyatli to‘p surdi.

Bitirish mavsumida jamoaning eng yaxshi to‘purari nomini qo‘lga kiritdi. Keyin «Deportivo» libosida 200dan ortiq uchrashuv o‘tkazdi. «Malyorka» va «Sevilya»dagi faoliyatidan so‘ng «Real» darvozasini 400 marta himoya qildi. 10 yil davomida o‘z postini hech kimga bermadi! Buyoning portreti klub muzeyi ko‘rki bo‘lib turibdi.

«Qirollik klubi»ning hozirgi tarkibida to‘p surayotgan Lukas Vaskes ham «Ural» «mahsuloti». Jamoaning YECHLdagi so‘nggi muvaffaqiyatida Vaskesning ulushi salmoqli bo‘ldi. Jumladan, aynan u ishlagan penalti tufayli «Real» «Yuventus» to‘sig‘idan o‘tdi.

Yarim finalda ham Lukas «Bavariya»ga qarshi samarali to‘p surdi. To‘g‘ri, iqtidorli yarim himoyachi Madrid superklubining nufuzli turnirdagi ikkita finalida maydonga tusha olmadi. Lekin «shalpangquloq» kubokni qatorasiga uch marta qo‘lga kiritgan futbolchilar safidan joy oldi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.
Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:28, 29.07.2018. O'qildi: 8677 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.