Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • 1:0
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 20.05.2026 00:15
      • Chelsi
      • 2:1
      • Tottenhem
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Nyukasl - Brayton

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroklaridan ONLINE reportaj yakunlandi

Baho:
+ | -
SPORT / Osiyo o‘yinlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ushbu sahifada o‘zbekistonlik sportchilarning Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokiga oid tezkor yangiliklardan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bo‘ldi.

Shuning bilan bugungi onlayn translyasiyamiz nihoyasiga yetdi. 

Ushu. Akmal Raximov qirg‘izistonlik raqibini mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Sport gimnastikasi. Yigitlarimiz jamoaviy bahslarda yettinchi natijani qayd etgan holda finalga yo‘l olishdi. 

Tennis. Ayollar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova janubiy koreyalik raqiblarga yutqazishdi. 

Ayollar kurashi. Dauletbike Yaxshimuratova bronza medali uchun jangda janubiy koreyalik raqibga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Tennis. Jo‘rabek Karimov va Sanjar Fayziyev juftlik bahslarida livanlik raqiblarni 6:3, 6:1 hisoblarida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l olishdi.

Taekvondo. Niyoz Po‘latov finalda janubiy koreyalik raqibga imkoniyatni boy berdi va KUMUSH medalni qo‘lga kiritdi!

Taekvondo. Niyoz Po‘latov -58 kg vazn toifasida eronlik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Barakalla Niyoz!

Tennis. Istomin/Do‘stov juftligi hindistonlik raqiblarni 7:6, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratishdi. 

Taekvondo. -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigora Tursunqulova yarim finalda janubiy koreyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va BRONZA medali sohibasiga aylandi.

Taekvondo. Nigora Tursunqulova yarim finalda Janubiy Koreya, Niyoz Po‘latov esa eronlik raqibga qarshi jang o‘tkazadi.

Erkin kurash. Davit Modzmanashvili eronlik kuchli raqibga mag‘lub bo‘ldi va bronza medali uchun kurashadigan bo‘ldi.

Taekvondo. -58kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Niyoz Po‘latov tailandlik raqibga qarshi kechgan qiyin bahsda 23:22 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. 

Ayollar kurashi. Dauletbike Yaxshimuratova hindistonlik sportchiga yutqazib qo‘ydi. Endi u bronza medali uchun gilamga chiqadi. 

Taekvondo. -67kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nigora Tursunqulova makaolik raqibini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. 

Erkin kurash. Davit Modzmanashvili mo‘g‘ulistonlik raqib ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi. 

Tennis. To‘laganova / Sharipova juftligi keyingi bosqichga yo‘l oldi. Gap shundaki, Xitoy Taypeyi tennischilaridan biri jarohat oldi va uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi. 

Tennis. Jo‘rabek Karimov livanlik raqibi ustidan 6:4, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozondi. 

Erkin kurash. Birozdan so‘ng Davit Modzmanashvili mo‘g‘ulistonlik polvonga qarshi jang qiladi. 

Tennis. Iroda To‘laganova va Sabina Sharipova juftlik bahslarida kortga chiqishdi. 

Tennis. Jo‘rabek Karimov livanlik raqibga qarshi bahsda birinchi setni o‘z foydasiga hal qildi. 

Ayollar kurashi. Nabira Yesenbayeva hindistonlik sportchiga yutqazib qo‘ydi. Agar hind sportchisi finalgacha yetib boradigan bo‘lsa hamyurtimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati bo‘ladi. Aks holda Nabira uchun Osiyo o‘yinlari nihoyasiga yetdi. 

Ayollar kurashi. Daulatbike Yaxshimuratova mo‘g‘ulistonlik raqibasini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. 

Tennis. O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin pokistonlik raqibni 2:0 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi. 

Erkin va ayollar kurashi. David Modzmanashvili chorak finalda mo‘g‘ulistonlik, Nabira Yesenbayeva hindistonlik, Dauletbike Yaxshimuratova ham mo‘g‘ulistonlik kurashchilarga qarshi gilamga chiqadilar. Sportchilarimizga omad! 

Ayollar kurashi. Dauletbike Yaxshimuratova vyetnamlik raqibasi ustidan 12:2 hisobida g‘alaba qozondi. Sevara Yeshmuratova yaponiyalik sportchiga 0:10 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Nabira Yesenbayeva ilk jangida indoneziyalik raqibini muddatidan oldin 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Erkin kurash. David Modzmanashvili indoneziyalik raqibi ustidan sof g‘alabaga erishdi! 

Tennis. Sabina Sharipova vyetnamlik raqibasini 7:5, 6:3 hisoblarida mag‘lub etdi. 

Taekvondo bo‘yicha bahslarda texnik tanaffus e’lon qilindi. Birozdan so‘ng bahslar davom ettiriladi. Niyoz Po‘latov va Nigora Tursunqulova yarim final chiptasi uchun kurash olib boradilar. 

Tennis. Sabina Sharipova birinchi setda vyetnamlik Ksila Fodorni 7:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Tennis. Sabina Sharipova vyetnamlik raqibga qarshi uchrashuvni boshlamoqda. 

Taekvondo. Niyoz Po‘latov oson bo‘lmagan jangda Xitoy Taypeyi vakilidan 30:28 hisobida ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi.

Akademik eshkak eshish. To‘rttalik bahslarida ishtirok etgan hamyurtlarimiz marraga uchinchi bo‘lib yetib borishdi va keyingi bosqichga yo‘l olishdi. 

Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik raqibasini 0:6, 6:2, 6:2 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Taekvondo. Niyoz Po‘latov ham g‘alaba bilan boshladi. U ilk jangida Xitoy Taypeyidan tashrif buyurgan raqibini 7:2 hisobida mag‘lub etdi. 

Taekvondo. Dinora Mamadibragimova qozog‘istonlik raqibga 16:17 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik raqibga qarshi bahsda hisobni tenglashtirdi. Setlar bo‘yicha hisob 1:1! 

Ushu. HAMYURTIMIZ DARYA LATISHEVA TAULU BAHSLARIDA IKKINCHI NATIJANI QAYD ETDI VA KUMUSH MEDAL SOHIBASIGA AYLANDI! 

Taekvondo. Nigora Tursunqulova ilk jangida gonkonglik raqibini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yaxshi, shunday davom etamiz! 

Akademik eshkak eshish. Sakkiztalik bahslarda startga chiqqan sportchilarimiz finishga birinchi bo‘lib yetib borishdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. 

Tennis. Nigina Abduraimova qozog‘istonlik Anna Danilinaga qarshi bahs olib bormoqda. Afsuski, u birinchi setdan so‘ng imkoniyatni boy bermoqda. 

O‘q otish. Vadim Skorovarov saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Birozdan so‘ng u medallar uchun kurashni boshlaydi. 

Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev o‘z chiqishida uchinchi ko‘rsatkichni qayd etdi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.  

Bugun musobaqalarga kirishadigan sportchilarimiz ro‘yxati:

Taekvondo WTF
Saralash va final

-67 kg: Nigora Tursunqulova
-58 kg: Niyoz Po‘latov
-53 kg: Dinara Mamadibragimova

Erkin kurash
Saralash va final

-125 kg: Davit Modzmanashvili
-50 kg: Daulatbike Yaxshimuratova
-53 kg: Sevara Eshmuratova
-57 kg: Nabira Esanboyeva

O‘q otish
Saralash va final

-Skoravarov Vadim
-Pardaboyeva Zaynab
-Mamedova Sakina

Ushu

Latisheva D (Taulu, final)

Haydarov I (Nimchorak)
Rahimov A (Nimchorak)

Sport gimnastikasi
Saralash (Bras, Individual, Jamoaviy)

Fokin A
Azimov A
Abdurahimov R
Abdusamatov X
Hamroqulov A

Akademik eshkak eshish
Sakkiztalik LM8+ 2000 m (saralash) – 11:00-14:00

Yarov A
Bahriyev D
Mambetnazarov I
Xursanov D
Najmiyev Sh
Rahimov O
Hakimov Sh
Usmonov Z
Krasnov A

To‘rttalik M4x 2000 m (saralash) – 11:00-14:00
Davronov U
Astanov F
Muhammedov A
Abdujabborov Sh

Tennis
Yakkalik, 2-bosqich

Denis Istomin
Sanjar Fayziyev
Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova

Juftlik, erkaklar, 1-bosqich
Denis Istomin/Farrux Do‘stov
Sanjar Fayziyev/Jo‘rabek Karimov

Juftlik, ayollar, 1-bosqich
Iroda To‘laganova/Sabina Sharipova
Nigina Abduraimova/Oqgul Omonmurodova

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:52, 20.08.2018. O'qildi: 4419 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик