Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Live. Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarning natijalari shu yerda

Baho:
+ | -2
SPORT / Osiyo o‘yinlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 21 avgust kuni ko‘plab o‘zbek sportchilari Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida bahslarga kirishganlar. Ular qayd etayotgan natijalarni e’tiboringizga onlayn reportaj qilib boramiz.  

Sahifani yangilash  

Taekvondo. Dmitriy Shokin oltin medal uchun eronlik raqibi Rajab Saidga qarshi finalda jang qildi. Ammo ushbu bellashuvda eronlik sportchining qo‘li baland kelib, oltinga ega chiqdi. Shokin esa delegasiyasi hisobiga 10-medalni taqdim etdi. Rahmat, Shokin!

Taekvondo. Dmitriy Shokin oltin medal uchun eronlik raqibga qarshi jang qiladi.
 
Tennis. Karimov/Fayziyev juftligi Xitoy Taypeyi, Istomin/Do‘stov tandemi esa Janubiy Koreya terma jamoasi vakillariga yutqazib qo‘ydi.
 
Sport kurashlari. Oksana Chusovitina va Sabina Turobovalar o‘z ishtiroklarini davom ettirishmoqda.
 
Taekvondo. Dmitriy Shokin yarim finalda iordaniyalik Kattan Hamza ustidan 5:4 hisobida g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
 
Taekvondo. Svetlana Osipova qozog‘istonlik raqibasiga qarshi bahsda 3:19 hisobida imkoniyatni boy berdi va BRONZA medali sohibasiga aylandi.
 
Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov yarim finalda yaponiyalik sportchiga yutqazib qo‘ydi. Endi u bronza medali uchun kurash olib boradi.
 
Og‘ir atletika. Adhamjon Ergashev ikki urinish yakuniga ko‘ra 298 kg tosh ko‘tardi va BRONZA medali sohibiga aylandi.
 
Yunon-rum kurashi. Yelmurat Tasmuradov eronlik polvonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi… Sportchimiz jang yakunlanishiga sanoqli soniyalar qolganida ham 8:5 hisobida oldinda borayotgandi. Afsuski, so‘nggi pallada undan omad yuz o‘girdi.
 
Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi
 
Og‘ir atletika. Ergashev ilk urinishda 128kg, ikkinchi urinishda 133 kg, uchinchi urinishda esa 136kg toshni toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi.
 
Og‘ir atletika. Yana birozdan so‘ng Adhamjon Ergashev o‘z chiqishini boshlaydi.
 
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina hamda Sabina Turobova o‘z ishtirokini boshlamoqda.
 
Yunon-rum kurashi. Elmurot Tasmuradov ham turkmanistonlik polvonga qarshi bahsda muammoga duch kelmadi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
 
Yunon-rum kurashi. Bahromov Xitoy Taypeyi terma jamoasi a’zosini mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi.
 
Yunon-rum kurashchilarimiz birozdan so‘ng o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Elmurot Tasmuradov ilk jangini turkmanistonlik raqibga qarshi o‘tkazsa, Islomjon Bahromov Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi gilamga chiqadi.

Yunon-rum kurashi. Islomjon Bahromov hindistonlik raqibini mag‘lub etdi va yarim final ishtirokchisiga aylandi.

Yunon-rum kurashi. Elmurod Tasmuradov so‘nggi pallada imkoniyatni boy berdi, og‘ir atletikachimiz medallar uchun kurashmoqda.

Og‘ir atletika. Adhamjon Ergashev 136kg toshni o‘ziga bo‘ysundirdi.

Og‘ir atletika. Ergashev ilk urinishda 128kg, ikkinchi urinishda 133 kg, uchinchi urinishda esa 136kg toshni toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi.
 
Og‘ir atletika. Yana birozdan so‘ng Adhamjon Ergashev o‘z chiqishini boshlaydi.
 
Sport gimnastikasi. Oksana Chusovitina hamda Sabina Turobova o‘z ishtirokini boshlamoqda.
 
Yunon-rum kurashi. Elmurot Tasmuradov ham turkmanistonlik polvonga qarshi bahsda muammoga duch kelmadi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
 
Yunon-rum kurashi. Bahromov Xitoy Taypeyi terma jamoasi a’zosini mag‘lub etib chorak finalga yo‘l oldi.
 
Yunon-rum kurashchilarimiz birozdan so‘ng o‘z ishtiroklarini boshlashadi. Elmurot Tasmuradov ilk jangini turkmanistonlik raqibga qarshi o‘tkazsa, Islomjon Bahromov Xitoy Taypeyi vakiliga qarshi gilamga chiqadi.
 
Tennis. Sabina Sharipova gonkonglik raqibga qarshi o‘yinda 5:7, 6:3, 5:7 hisoblarida mag‘lubiyatga uchradi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
 
Tennis. Afsuski, Nigina Abduraimova Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi Na Lai Xanga 2:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
 
Tennis. Sabina Sharipova chorak final yo‘llanmasi uchun gonkonglik Ling Jangga qarshi o‘yin o‘tkazmoqda. Ikkita setdan so‘ng hisob 1:1!
 
Taekvondo. Svetlana Osipova final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Denis Kansel, Dmitriy Shokin esa BAA vakili Kattan Xamzaga qarshi dayanga chiqadi.
 
Slalomda eshkak eshish bo‘yicha bahslarda qatnashayotgan Alibek Temirgaliyev va Abubakir Bukanov finalga chiqishdi. Temirgaliyev saralashda ikkinchi, Bukanov esa o‘ninchi natijani ko‘rsatdi.

Taekvondo. Dmitriy Shokin va Svetlana Osipovaning yarim final janglari mahalliy vaqt bilan soat 15:00da (Toshkent vaqti bilan 13:00) da boshlanadi.
 
Suzish. 50 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahslarda qatnashgan Aleksey Tarasenko va Xurshid Tursunov o‘z guruhlarida oltinchi natijani qayd etishdi. Vladislav Mustafin 200 metrga chalqancha suzish bahslarida beshinchi bo‘lib yetib bordi.
 
Indoneziya vaqti bilan soat 13:24 (Toshkent vaqti bilan 11:24) da slalomda eshkak eshishda kayakchilar Ramil Kirpichev va Jonibek Temirgaliyev saralashni boshlaydi.
 
Taekvondo. Dmitriy Shokin chorak finalda hindistonlik Akshay Kumarni 15:1 hisobida mag‘lub etib yarim finalga chiqdi.
 
Slalomda eshkak eshish. Kanoechilar Alibek Temirgaliyev va Abubakir Bukanov finalga chiqdi. Temirgaliyev saralashda 2, Bukanov esa 10-natijani ko‘rsatdi. Final 22 avgust.
 
200 metrga chalqancha uslubda suzishda Vladislav Mustafin saralashda o‘z guruhida marraga 5-bo‘lib keldi.
 
Taekvondo. Svetlana Osipova chorak finalda kambojalik Sorn Seavmeyni 5:3 hisobida taslim etib, yarim finalga chiqdi.
 
50 metrga erkin uslubda suzishda hamyurtlarimiz Aleksey Tarasenko  va Xurshid Tursunov saralashda o‘z guruhlarida 6-o‘rinni band etdi.
 
Akademik eshkak eshish. LM4 yo‘nalishida (to‘rttalik) startga chiqqan sportchilar marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va finalda qatnashish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
 
Taekvondo. Charos Qayumova tailandlik raqibasiga 27-28 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
 
Akademik eshkak eshish. Shahboz Xolmurzayev va Shahboz Abdujabborov juftligi saralash bosqichida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
 
Taekvondo. Svetlana Osipova ilk jangida eronlik sportchi ustidan 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
 
Taekvondo. Charos Qayumova bahslarni g‘alaba bilan boshladi. U birinchi jangida Sharqiy Timor a’zosini mag‘lubiyatga uchratdi.
 
21 avgust kuni musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilar ro‘yxati:
 
Taekvondo:
(saralash va final)
 
+67kg: Svetlana Osipova
-56kg: Charos Qayumova
+80kg: Dmitriy Shokin
 
Yunon-rum kurashi:
(saralash va final)
 
-60kg: Islombek Bahromov
-67kg: Yelmurat Tasmuradov
 
Og‘ir atletika:
(final)
 
-62kg: Adhambek Ergashev
 
Ushu:
 
-60kg: Islombek Haydarov (chorak final)
-65kg: Akmal Rahimov (chorak final)
 
Sport gimnastikasi:
(erkin mashqlar, saralash)
 
Oksana Chusovitina
Sabina Turobova
 
Akademik eshkak eshish:
(yakkalik, chorak final):
 
Jasurbek Mavlonov
 
(juftlik, chorak final):
Sardor To‘lqinxo‘jayev
Alisher Turdiyev
 
(to‘rttalik LM4, chorak final):
Islambek Mambetnazarov
Shohjahon Najmiyev
Shehroz Hakimov
Zafar Usmonov
 
(to‘rttalik M4x, chorak final):
O‘ktamjon Davronov
Farrux Astonov
Abdullo Muhammadiyev
Shahboz Abdujabborov
 
Slalomda eshkak eshish:
(saralash)
 
Abubakir Bukanov
Alibek Temirgaliyev
 
Tennis:
 
(erkaklar, juftlik, nimchorak final):
Denis Istomin/Farrux Do‘stov – Xong/Li (Janubiy Koreya)
 
(ayollar, yakkalik, nimchorak final):
Nigina Abduraimova – Nalai Xan (Mo‘g‘uliston)
Sabina Sharipova – Jang Li (Gonkong)
 
(miks, nimchorak final):
Oqgul Omonmurodova/Sanjar Fayziyev – Kumkuml/Rativana (Tailand)
 
Suzish:
 
Yulduz Qo‘chqarova (50 metr, erkin)
Aleksey Tarasenko (50 metr, erkin)
Xurshid Tursunov (50 metr, erkin) Vladislav Mustafin (200 m, chalqancha).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:52, 21.08.2018. O'qildi: 8010 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик