Bugun 11 yanvar, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 10.01.2026 01:00
      • Xetafe
      • 1:2
      • Real Sosyedad
      • 10.01.2026 18:00
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Betis
      • 10.01.2026 20:15
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Alaves
      • 10.01.2026 22:30
      • Jirona
      • 1:0
      • Osasuna
      • 11.01.2026 01:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Elche
      • 11.01.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:1
      • Malyorka
      • 11.01.2026 20:15
      • Levante
      • -:-
      • Espanyol
  • AFC U-23
      • 10.01.2026 16:30
      • BAA
      • 0:3
      • Yaponiya
      • 10.01.2026 16:30
      • Livan
      • 2:4
      • Janubiy Koreya
      • 10.01.2026 19:00
      • Eron
      • 0:0
      • O‘zbekiston
      • 10.01.2026 21:30
      • Suriya
      • 1:0
      • Qatar
      • 11.01.2026 16:30
      • Xitoy
      • -:-
      • Avstraliya
      • 11.01.2026 19:00
      • Tailand
      • -:-
      • Iroq
      • 12.01.2026 21:30
      • Saudiya Arabistoni
      • -:-
      • Vyetnam
      • 12.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Qirg‘iziston
  • «A» Seriya
      • 10.01.2026 19:00
      • Udineze
      • 2:2
      • Piza
      • 10.01.2026 19:00
      • Komo
      • 1:1
      • Bolonya
      • 10.01.2026 22:00
      • Roma
      • 2:0
      • Sassuolo
      • 11.01.2026 00:45
      • Atalanta
      • 2:0
      • Torino
      • 11.01.2026 16:30
      • Lechche
      • 1:2
      • Parma
      • 11.01.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Milan
      • 11.01.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Lasio
      • 12.01.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Napoli
      • 12.01.2026 22:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Kalyari
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Vyetnam 2 6
2 Saudiya Arabistoni 2 3
3 Iordaniya 2 3
4 Qirg‘iziston 2 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Yaponiya 2 6
2 BAA 2 3
3 Suriya 2 3
4 Qatar 2 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Janubiy Koreya 2 4
2 O‘zbekiston 2 4
3 Eron 2 2
4 Livan 2 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Avstraliya 1 3
2 Iroq 1 1
3 Xitoy 1 1
4 Tailand 1 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Qirg‘iziston 1-2 Vyetnam
2-тур Iordaniya 3-2 Saudiya Arabistoni
2-тур BAA 0-3 Yaponiya
2-тур Livan 2-4 Janubiy Koreya
2-тур Eron 0-0 O‘zbekiston
2-тур Suriya 1-0 Qatar

Navbatdagi o'yinlar.

11/01/26 Xitoy - Avstraliya
11/01/26 Tailand - Iroq

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

G‘ofur Rahimov AIBA a’zolarini saylov oldidan OAVdagi gap-so‘zlarga e’tibor qaratmaslikka chaqirdi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xalqaro boks assosiasiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvchi G‘ofur Rahimov ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan, uning nomzodi tashkilot rahbarligiga saylansa boks sport turining Olimpiada o‘yinlari dasturidan chiqarib tashlanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

AIBA a’zolariga murojaat qilar ekan, G‘ofur Rahimov ularni bunday gap-so‘zlarga ishonmaslikka chaqirgan. Bayonot AIBAning rasmiy saytida e’lon qilingan.

Yakshanba kuni Inside the games portali Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ)ning etika va talablarga muvofiqlik masalalari bo‘yicha direktori Pakeret Jirara Zapelli G‘ofur Rahimov nomiga xat jo‘natgani, unda u G‘.Rahimovni AIBA prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini ilgari surishdan qaytargani, bu 2020 yilda Tokioda o‘tadigan yozgi Olimpiada dasturida boksning saqlanib qolishi borasida XOQ qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkinligi yozilgani haqida xabar e’lon qildi.

«Meni AIBA yetakchisi sifatida saylashgach, sportimiz avvalgi rahbariyat tomonidan hosil qilingan qiyinchiliklarni yengib o‘tishi uchun men boks hamda barchamizning ravnaqimiz uchun ko‘p ter to‘kmoqdaman. Mening kunlarim ham, tunlarim ham barchamiz faxrlanadigan, shaffof va demokratik bo‘ladigan, Olimpiya harakati va toza sport qadriyatlariga javob beradigan AIBAni yaratishga bag‘ishlanmoqda. Yaqin kunlarda tashkilot Direktorlar kengashining barcha lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi, hozirning o‘zidayoq ma’muriyat ushbu jarayon uchun aniq tavsiyalar taklif etish bo‘yicha yaxshi ishlarni amalga oshirdi. Bu bizning sportimiz uchun juda muhim, chunki biz tarximizda ilk marta samarali boshqaruv prinsiplari va shaffoflik uchun javob berishnigina emas, ularga rioya qilinishni ham ta’minlamoqdamiz», — deb bayonot bergan Rahimov.

«Oldimizda turgan saylovlarda AIBA qoidalari nihoyatda tushunarli: saylov komissiyasi talablariga javob beradigan rasmiy nomzodlar ro‘yxati kongressga bir oy qolganda — 3 oktyabr kuni e’lon qilinishi kerak (AIBA prezidenti saylovi 3 noyabr kuni tashkilotning Moskvada tashkillashtiriladigan kongressida bo‘lib o‘tadi). Men AIBA’dagilarning barchasidan, tashkilot bilan bog‘liq barchadan bizning qoidalarimizni hurmat qilishlari, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning ilgari surilishini sharhlashdan avval aytib o‘tilgan sanani kutishlarini so‘rab qolaman. Kelinglar, bizning demokratik jarayonimizga turli mish-mishlar xalaqit berishi va ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymaylik», — degan AIBA prezidenti v.b.

«Aminmaki, AIBA’ga a’zo assosiasiyalar elektron xatlar va turli sportga oid saytlarda tarqatilayotgan mish-mishlar ta’siriga tushib qolishmaydi. Barchamiz o‘z tanlovimizni butun dunyoda boks kelajagi uchun nimalar yaxshi bo‘lishi uchun biz va faqat biz qayg‘urishimizni yodda tutishimiz muhimligidan kelib chiqib qabul qilamiz. Hech kim AIBA a’zolariga kim uchun ovoz berish yoki kimga ovoz bermaslikni ko‘rsata olmasligi kerak, shu sababli men sizlarning ko‘pchiliklaringizdan olganim — qo‘llab-quvvatlash so‘zlari bitilgan xatlarni juda yuksak qadrlayman. 20 yildan ortiq vaqt ichida AIBA mening hayotim bo‘ldi, men sport turimizni hech qachon xavf ostiga qo‘ya olmayman va qo‘ymayman, men doim boksni birinchi o‘ringa qo‘yib kelganman va kelgusida ham shunday qilaman», — deya o‘z so‘zlarini yakunlagan G‘ofur Rahimov.

XOQ boksning 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlanib qolish-qolmaslik masalasini tashkilotning noyabrda bo‘lib o‘tadigan ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida muhokama etadi.

Ayni paytda XOQ AIBAga nisbatan fevral oyida boshlangan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda, mazkur qarorga Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tgan XOQ ijroqo‘mi yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra kelingan.

XOQni AIBAning boshqaruv, moliya va antidoping masalalari bo‘yicha hisoboti qoniqtirmagan. So‘ngra AIBAning sobiq rahbari Ching Kuo Vu iste’foga chiqarilgan, uning vazifasini Rahimov bajarishga kirishgan.

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 06:38, 18.09.2018. O'qildi: 4383 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.