Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Адана Демирспор" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Барбастро" - "Барселона".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Фенербахче".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Лечче" - "Сассуоло".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.07.2025

      05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка.
      06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины.
      12:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция.
      15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 "Небесная грация".
      17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      17:55 LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция.
      19:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:45 Д/с "Сила воды".
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      00:55 Д/с "Век нашего спорта".
      01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      13:25 LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      16:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:10 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Новости.
      19:00 LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      00:00 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Intervyu. Azamat Abduraimov: «Bolalar futbolida muammolar qalashib yotibdi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

O‘tgan hafta O‘zbekiston o‘smirlar (U-14) termasi Toshkentda qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdi. Ushbu yig‘in «Eybar» (Ispaniya) klubining 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan jamoasiga qarshi kechgan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bilan yakunlandi. Eng kichik yoshdagi jamoamizga o‘zbek futbolining XX asrdagi eng yaxshilaridan biri Azamat Abduraimov murabbiylik qilyapti.

Bu terma kelasi yili Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok eta-di. Afsuski, bu yilgi 16 va 19 yoshlilar jamoalari o‘rtasidagi qit’a birinchiligining final bosqichi vakillarimizsiz o‘tdi. Yaqin orada futbolimizda bunday ko‘ngilsiz holat kuzatilmagandi. Chunki bir yo‘la ikkita yosh toifasidagi termamizning Osiyo chempionati final bosqichiga chiqa olmasligi - do‘ppini olib qo‘yib, o‘ylab ko‘radigan holat. Umid qilamizki, Abduraimov murabbiyligida o‘smirlarimiz noxush an’anani davom ettirishmaydi.

Buning uchun esa hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ma’lumot uchun, terma jamoamiz yaqinda Xitoyning Uxan shahrida tashkil etilgan xalqaro musobaqada ishtirok etib qaytgandi. O‘smirlarimiz o‘sha turnirning so‘nggi uchrashuvida Janubiy Koreya (U-14) termasiga yutqazib (0:2) qo‘yishgandi.

Turnir reglamentiga ko‘ra, ushbu o‘yin 5-6-o‘rin egalarini aniqlab berishi kerak edi va tabiiyki, jamoamiz 6-o‘rin bilan kifoyalandi. Biz kuni kecha poytaxtda yakuniga yetgan yig‘in doirasida Azamat Abduraimov bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- Azamat aka, Ispaniyaning «Eybar» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Bu jamoa bilan o‘yin o‘tkazish taklifi sizdan chiqdimi?

- Bu O‘zbekiston PFLning Ispaniya futbol federasiyasi bilan hamkorligi doirasida amalga oshirilgan o‘yin bo‘ldi. Albatta, shunday imkoniyat taqdim etilganidan xursandmiz. Hozirgacha biz Yevropa jamoalari bilan o‘yin o‘tkazmagandik. O‘zaro tajriba almashish bo‘yicha yaxshi uchrashuv bo‘ldi, deb bemalol ayta olaman.

Xabaringiz bor, shu kungacha bitta xalqaro turnirda qatnashdik. Xitoyning Uxan shahrida o‘tkazilgan musobaqada kuchli jamoalar yig‘ilgandi. Tan olish kerak, ayni payt biz Yaponiya, Janubiy Koreya singari qit’aning ko‘zga ko‘ringan termalariga yutqazyapmiz. Ular bizdan ilgarilab ketishgan. Bu jamoalarga tenglashib olishimiz uchun esa ko‘proq xalqaro uchrashuvlar kerak bo‘ladi. Bolalar bu o‘yinlar orqali chiniqishadi. Faqat 5-10 kunlik yig‘in bilan ish bitmaydi.

- Toshkentdagi qisqa muddatli yig‘indan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Aslida 20 oktyabrdan yig‘inga kirishishni rejalashtirgandik. Lekin «Eybar»ning Toshkentga kelishi aniq bo‘lganidan keyin muddatni oldinroqqa surishga majbur bo‘ldik. Ya’ni, rejamizga kutilmaganda o‘zgartirish kiritildi.

Ispaniya jamoasi esa biz so‘ragan vaqtda kela olmasligini aytdi. PFLning loyihasi bo‘lgani uchun ispan klubi so‘ragan muddatga rozi bo‘ldik. Bir tomondan, bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarish ham mumkin emasdi.

Bu borada O‘FAga rahmat aytaman. Boz ustiga, hali «Ey-bar»ga qarshi yana kamida bitta o‘yinimiz bor. Rejaga ko‘ra, bu uchrashuv noyabr oyida Ispaniyada o‘tkaziladi. U yerda qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni ham rejalashtirganmiz.

- Nima uchun aynan «Eybar» tanlanibdi? Bu bilan qiziqmadingizmi?

- Yo‘q. Menimcha, boshqa jamoalar taklifga rozilik berishmagan. «Barselona», «Real» kabi grandlar bunday o‘yinlar uchun yaxshigina pul so‘rashadi. O‘ylashimcha, «Eybar»ning ham kelib-ketish, mehmonxona xarajatlarini O‘FA o‘z zimmasiga olgan.

- Terma jamoaning seleksiya ishlari qanday bo‘ldi? O‘zingiz tarkibda ko‘rishni istagan futbolchilarni Toshkentda jamlay oldingizmi?

- Matbuotda tarkib asosan Toshkent, Namangan va Qarshi shahridan taklif etilgan futbolchilar hisobiga to‘ldirilganini yozishdi. Bu maqolaga e’tibor ham qaratmadim. Chunki yolg‘ondan boshqa narsa emasdi. Yig‘inda Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatidan ham futbolchilar qatnashishdi. Aksincha, Toshkent, Qashqadaryo jamoalaridan o‘yinchi olmaslikka harakat qildik. Chunki aynan 2004 yilda tavallud topganlar uchun Respublika turniri o‘tkazilayotgandi. Finalga aynan Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati jamoalari yetib kelgandi. Ularni chaqirib, tarkiblarini kuchsizlantirishni xohlamadik. Qolaversa, bu jamoadagi nomzod futbolchilarimiz uchun amaliyotga tayyor o‘yin edi. «Paxtakor-2004» hozirgi kunda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa. Termaning bugungi kundagi bazasi desa ham bo‘ladi.

Shunday bo‘lsada, biz klub murabbiylari bilan kelishgan holda besh nafar futbolchi taklif qildik, xolos. Yuqorida aytganimdek, aslida biz mana shu turnir yakunlanganidan keyin o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil qilmoqchi bo‘lgandik. Lekin o‘zimiz istamagan holda rejalar o‘zgarib ketdi. Endi bevosita seleksiyaga keladigan bo‘lsak, bu yo‘nalishdagi ishlarni biz yil boshidan boshlaganmiz. Shaxsan o‘zim barcha viloyatlarni aylanib chiqdim.

Respublika turniridagi deyarli hamma o‘yinlarni ko‘rib chiqdik. O‘zim tomosha qilolmagan uchrashuvlarni yordamchilarimiz kuzatishdi. Bu galgi yig‘inda, avvalgilari bilan taqqoslaganda, to‘rt nafar yangi futbolchini maydonga tushirdik. Terma jamoaning eshiklari barcha uchun ochiq. Hali ko‘p marotaba tarkib o‘zgaradi.

- Murabbiylar shtabida sizga kim yordam beryapti?

- Katta murabbiy vazifasini Vadim Shodimatov bajaryapti. U «Bun-yodkor» akademiyasi direktori hisoblanadi. Tabiiyki, «Bunyodkor»dagi iste’dodli futbolchilar haqida undan ma’lumot olamiz. Yana bir yordamchim Otabek Mansurov «Lokomotiv» klubida aynan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar bilan birga ishlaydi.

Ruslan Ahmedxonov esa darvozabonlar murabbiyi, u «Lokomotiv» o‘rinbosarlarini ham shug‘ullantiradi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ilmiy-metodik bo‘limi xodimlaridan biri Yuriy Siyanov ham bizga yaqindan yordam bermoqda. Mana shu murabbiylar shtabi bilan birga yil boshidan beri ishlab kelyapmiz.

Shu kungacha jami to‘rtta yig‘in o‘tkazdik, ikkita turnirda ishtirok etdik. Biri Toshkentda tashkil etilgan CAFA, ya’ni Markaziy Osiyo chempionati, ikkinchisi Uxan (Xitoy) shahridagi xalqaro musobaqa.

- Mana shu yosh toifasidagi jamoamizning potensiali haqida nima deya olasiz?

- Hozir bu xususda tayinli fikr bildirish mushkul. Chunki juda murakkab yosh toifasi. Bu davrda bolaning organizmi o‘sadi va kun sayin o‘zgaruvchan bo‘lib boradi. Shu bois ham kengaytirilgan tarkibga 50 nafar futbolchini kiritganman. Ularning barchasida termaga kirish uchun imkoniyat bor. Har yarim yilda o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Bu vaqt oralig‘ida qaysidir futbolchi yaxshigina o‘sishga erishadi.

Ba’zilari bor imkoniyatlarini ham yo‘qotishadi. Ammo tarkibimizda iste’dodli futbolchilar yetarli. Faqat ularni milliy jamoa darajasigacha olib chiqishimiz kerak. Terma potensiali katta, lekin ta’kidlaganimdek, ular bilan juda ko‘p ishlash, mahoratlarini oshirib borish lozim.

- Qaysi chiziqlarni sezilarli darajada kuchaytirish kerak, deb o‘ylaysiz?

- Hammasi kuchaytirishga muhtoj. Ayniqsa, darvoza chizig‘ini aytgan bo‘lardim. Posbon muammosi nafaqat bizning yosh toifamiz, balki qolgan termalarimizda ham saqlanib qolyapti.

Bu orada suhbatimizga jamoa darvozabonlari murabbiyi Ruslan Ahmedxonov qo‘shildi:

- Bilasizmi, darvozabonlar muammosi bir necha yildan beri davom etib kelyapti. Buning eng asosiy sabablaridan biri - quyi liga klublarida aynan kiperlar bilan ishlaydigan murabbiylar yo‘q. Bu juda katta xato. Aynan shu yerda biz iste’dodli darvozabonlarni boy beryapmiz. Juda ko‘p jamoalarning murabbiylar shtabidan posbonlar bilan ishlaydigan mutaxassislarga joy topilmaydi.

Yurtimizda shunday jamoalar borki, hatto eng kichik yosh toifasidagi tayyorlov guruhlarida ham darvozabonlar bilan alohida ishlaydigan murabbiylar faoliyat yuritadi. Shu narsaga jiddiy e’tibor qaratmas ekanmiz, yaqin orada bu muammodan xalos bo‘la olmaymiz».

- Azamat aka, bugungi kunda bolalar futbolida yechimini kutayotgan yana qanday muammolar bor?

- Birinchi galda sifatli maydonlarning deyarli yo‘qligini aytishim kerak. Toshkent shahri va ikki-uchta viloyatni inobatga olmaganda, qolganlarida standart hajmdagi sun’iy qoplamali maydonlar yo‘q. Men hali chimli maydonlarni aytmayapman. Sun’iy maydonlar sovuq, yomg‘ir-qorli kunlarda juda kerak bo‘ladi.

Sifatsiz maydonda futbolchilar qanday qilib futbol texnikasini o‘rganadi? Shu sababli ham, birinchi navbatda, maydonlarning holatiga e’tibor qaratish kerak. Xorijda ko‘p bo‘laman, u yerdagi akademiyalarda yaratilgan sharoitlar a’lo darajada. Darvoqe, akademiyalar haqida. O‘FA tashabbusi bilan har bir viloyatda markazlashgan akademiyalar tashkil etilyapti.

Agar ular to‘liq kuch bilan ishga tushsa, yaqin 5-10 yil ichida futbolimizda keskin burilish yasaladi. Chunki akademiyalar o‘rtasidagi keskin raqobatdan keyinchalik terma jamoalar yutadi. Bundan tashqari, bizda bolalar bilan ishlaydigan malakali murabbiylar yetarli emas. Har yili PRO lisenziyasiga ega mutaxassislar soni bir necha nafarga ko‘payadi. Lekin ularning qaysi biri bugungi kunda bolalar bilan ishlayapti? Afsuski, deyarli hech kim. Bolalar bilan ishlaydigan murabbiylarga ham jiddiy talablarni qo‘yish kerak.

Axir aynan o‘shalarku, terma jamoaga munosib nomzodlarni yetkazib beradigan. Malakasini oshirib kelish uchun xorij akademiyalariga jo‘natish lozim. Umumiy qilib aytganda, bolalar futbolida yechimini kutayotgan muammolar yetarli va bu narsalarga e’tibor qaratmasak, juda ko‘p narsani boy berib qo‘yamiz.

- Bu yilgi 16 va 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan termalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatlari vakillarimizsiz o‘tdi. Bu holat sizning jamoangizga ham ruhiy tomonlama salbiy ta’sir qilmasmikan?

- Yo‘q. Har bir jamoaning o‘z taqdiri va qismati bor. Biz yaxshi niyatlar bilan ishga kirishdik. Shogirdlarimizda hech qanday ruhiy tushkunlik yo‘q. O‘z oldimizga birinchi galda Osiyo chempionati final bos-qichiga chiqish vazifasini qo‘yganmiz. Keyinchalik U-17 jamoalari ishtirokidagi JCHga beriladigan yo‘llanmalar uchun kurashamiz.

Lekin ochig‘ini aytaman, hozirgi holatda biz Janubiy Koreya va Yaponiya termalariga yon beryapmiz. Qolgan barcha jamoalar bilan bemalol kurashsa bo‘ladi. Uxandagi xalqaro turnirdagi ishtirokimizdan keyin shunday fikrga keldim. Hali oldinda yetarlicha vaqt bor. Turli musobaqalar va yig‘inlar orqali terma o‘yinini kuchaytirib boramiz.

- Kelgusidagi rejalar qanday?

- Biz O‘FAga o‘z rejamizni taqdim etganmiz. Lekin hozircha to‘laligicha tasdiqlangani yo‘q. Unga ko‘ra, noyabr oyida Toshkentda o‘n kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etamiz. Aniq sanasi bo‘yicha aytsam, u 10-20 noyabrga mo‘ljallangan. Agar hammasi joyida bo‘lsa, kelasi oyda «Eybar» jamoasiga qarshi Ispaniyada o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz.

Dekabrda esa xorij safari rejalashtirilgan. Toshkentda 8 dekabrdan yig‘inga kirishamiz. Ke-yin esa Malayziyaga safar uyushtiramiz. U yerda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «SuperMox» turnirida qatnashamiz.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 01:43, 20.10.2018. O'qildi: 2918 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.