Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • 1:1
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Selta
  • Superliga
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • 0:2
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • 1:3
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 4:0
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • -:-
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • -:-
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Yuventus
  • APL
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • 0:5
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 32 82
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 32 62
4 Atletiko 32 57
5 Betis 33 50
6 Selta 32 44
7 Xetafe 32 44
8 Real Sosyedad 32 42
9 Atletik Bilbao 32 41
10 Osasuna 32 39
11 Rayo Valyekano 32 38
12 Espanyol 32 38
13 Jirona 32 38
14 Valensiya 32 36
15 Elche 32 35
16 Malyorka 32 35
17 Sevilya 32 34
18 Alaves 32 33
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 32 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

25/04/26 Alaves - Malyorka
25/04/26 Xetafe - Barselona
25/04/26 Valensiya - Jirona
26/04/26 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04/26 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04/26 Real Ovyedo - Elche
26/04/26 Osasuna - Sevilya
27/04/26 Vilyarreal - Selta
28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«PSJ» - toplararo tanho

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

So‘nggi dam olish oqshomlaridan keyin Yevropaning yetakchi chempionatlari vakillari orasida faqat «PSJ» 100 foizli natijani qayd etmoqda - 10ta o‘yin, 10ta g‘alaba. Parij superklubini izma-iz ta’qib qilib kelayotgan «Yuventus» hisobot turida durangga imzo chekdi va qimmatli ikki ochkodan mahrum bo‘ldi.

 Angliya. Yetakchilar o‘sha-o‘sha. Lekin...

APLda 9-turni boshlab bergan «Chelsi» - «MYU» uchrashuvi kutilganidek o‘ta qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tdi. Chunki uning natijasi har ikki tomon uchun muhim ahamiyat kasb etgandi. Maydon egalari yetakchidan ortda qolmaslik uchun, ularni ikki marta shohsupaga olib chiqqan Mourinyo esa yo‘qolib borayotgan ishonchni o‘ziga qaytarish uchun ijobiy natijaga erishishi shart edi. Bellashuvni mezbonlar faol boshlashdi va tez orada hisobni ochishdi. Ammo ustunlikni mustahkamlashning iloji topilmadi.

Ikkinchi bo‘limda tashabbus «MYU» tomoniga o‘tdi. Natijada Martial tez orada muvozanatni tiklab, keyingi urinishda jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Tabiiyki, tanaffusdan keyin qarshi hujum taktikasiga o‘tib olgan maydon egalari muvozanatni tiklash umidida oldinga intilishdi. Ammo ancha vaqtgacha raqib darvozasini zabt etish na u, na bu tomonga nasib etdi. Nihoyat, Joze Mourinyo o‘zining sobiq jamoasidan 3 ochko tortib olganini nishonlashga tayyor turgan pallada Ross Barkli de Xea darvozasini ishg‘ol etdi. Mazkur bahs shuningdek, «Chelsi» murabbiylar shtabi vakili va Mourinyo o‘rtasida kechgan dahanaki jang bilan ham yodda qoldi. Portugaliyalik mutaxassisga hamkasbining gapi yoqmay, unga e’tiroz bildirdi. Aftidan, «Benazir»ning «Stemford Brij»ga uyushtiradigan har bir safari chog‘i shu kabi maydon chetidagi mojarolarga ham ko‘nikamiz, chog‘i.

«Chelsi»ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalangan «Manchester Siti» va «Liverpul» navbatdagi 3 ochkoni rasmiylashtirib, mavqelarini mustahkamlab oldilar. «Shaharliklar» «Etihad Stedium»da «Byornli»ga ko‘z ochish imkonini berishmadi - 5:0. «Qizillar» esa Muhammad Salohning yagona aniq zarbasi evaziga Xaddersfild safaridan kichik zafar, lekin to‘liq 3 ochko bilan qaytishdi. «Vest Xem» va «Tottenxem» o‘rtasidagi London derbisida ham mehmonlarning minimal ustunligi qayd etildi. Turning yakunlovchi qarama-qarshiligida «Arsenal» «Lester»dan 3:1 hisobida ustun kelgach, peshqadamlarni ta’qib etayotgan London triosi ochkolar bo‘yicha tenglashib olishdi.

 

Ispaniya. «Qirollik»dan navbatdagi sensasiya

Bu turga qadar qatorasiga 4 uchrashuvda zafar qucha olmagan «Real» yana o‘z muxlislarini ranjitdi. Bu gal grand o‘z maydonida «Levante»dan yengilib, uni o‘ziga qo‘shni qilib oldi. E’tiborlisi, mehmonlar tezkor gollar evaziga qo‘lga kiritilgan ikki to‘p ustunligini 72-daqiqagacha saqlab turishdi. Marselo hisobdagi farq­ni qisqartirganidan keyin ham maydon egalarida mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq ulardan foydalanish na Beyl, na Benzema va na Isko yoki Asensioga nasib etdi.

Avvalgi turda karvonboshi bo‘lib olgan «Sevilya» esa bu maqomni o‘z egasiga qaytarib berdi - «Kamp Nou»dagi keskin kurash «Barselona»ning ishonarli g‘alabasi (4:2) bilan yakunlandi. Avval Koutinyoning goliga assistentlik qilgan Messi 12-daqiqada ikkinchi golni o‘z nomiga rasmiylashtirdi, ammo birozdan keyin jarohat olib, maydonni tark etdi. Ana shu yo‘qotish o‘yinga o‘z ta’sirini o‘tkazdi va yirik hisobda mag‘lub bo‘layotgan «Sevilya» ikkita gol bilan javob qaytardi. Shu tariqa «Barsa» yana 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Vigodan 3 ochko bilan qaytgan «Alaves» hamda UYEskada debyutant darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan «Espanyol» sovrindor o‘rinlarga chiqib olishdi. Qizig‘i shundaki, dastlabki 2 pog‘ona hozirda Kataloniya jamoa­lariga tegishli: «Espanyol» bilan «Barselona» o‘rtasidagi farq esa atigi 1 ochko! Ochig‘i, bunday manzarani ilk marta ko‘rib turibmiz. Yetakchi trioning doimiy vakili bo‘lgan «Atletiko» «Vilyarreal»ni yenga olmay, 5-o‘ringa tushib qoldi.

 

Germaniya. «Borussiya»dan sinxron qadam

La Ligada «Real» inqiroz botqog‘idan chiqa olmayotgan bo‘lsa, Bundesliga grandi 4ta g‘alabasiz seriyadan so‘ng o‘ziga kelgan ko‘rinadi. Niko Kovach shogirdlari Volfsburgdan ishonchli zafar bilan qaytishdi - Levandovskining «dubl»i va samarali uzatmasi chempionga 3:1 ko‘rinishidagi g‘alabani keltirdi.

Bu pallada Dortmund va Menxengladbaxning nomdosh jamoalari mos ravishda «Shtutgart» hamda «Mayns» ustidan bir xil - 4:0 hisobida zafar quchdilar. Shuningdek, «Verder» ham safarda «Shalke»dan ustun kelib (2:0), 3-pog‘onani saqlab qoldi. «Ayntraxt» tomonidan qayd etilgan xokkeyga xos hisobdagi g‘alaba (7:1) alohida e’tiborga loyiq. «Fortuna»ga qarshi bahsda «penta-trik»ka erishgan Luka Yovich o‘z hisobidagi gollar sonini 7taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi. To‘g‘ri, merganlar poygasida unga joriy mavsum raqiblar darvozasini yetti marta ishg‘ol qilgan Pako Alkaser asosiy raqobatchi bo‘lib turibdi.

 

Fransiya. «PSJ»ga gap yo‘q!

Ortda qolgan turlar natijasidan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Parij superklubining muddatidan ancha avval chempionlikni naqd qilishiga shubha qolmaydi. Hozir yetakchi ligalar o‘rtasida faqat «PSJ» ochko yo‘qotmasdan o‘ynashda davom etmoqda. Bu gal jamoa o‘z maydonida «Amyen» darvozasiga 5ta javobsiz gol urdi. To‘plar nisbati - 37ga 6. Sermahsullik va himoya mustahkamligi borasida ham eng yuksak ko‘rsatkich. Xullas, Tomas Tuxelning debyut mavsumi fantastik tarzda o‘tmoqda.

Ta’qibchilar o‘rtasidagi bahs esa tobora qizg‘in tus olmoqda. To‘g‘ri, «Lill» hamda «Monpelye» navbatdagi 3 ochkoni o‘z hisoblariga qo‘shib qo‘ydilar. Ammo «Lion» va «Marsel»dek grandlar o‘zlariga kelib, boy berilgan mavqelarini tiklashga intilishmoqda. Faqat «Monako» hamon muammolar girdobida. Hatto Tyerri Anridek afsonaning kelishi ham hozircha samara bermadi - jamoa Strasburg safaridan quruq qaytdi. To‘g‘ri, bu bellashuvda omad knyazlik klubidan yuz o‘girgani ham haqiqat. Avvaliga hakam Falkaoning sof golini inobatga olmadi, birozdan so‘ng sermahsul to‘purar jarohat olib maydonni tark etdi. Ilk daqiqadan maydonga tushgan Golovin esa o‘yinda burilish yasay olmadi. Yakunda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Monako» jadval tubidan jilmadi.

 

Italiya. Tarixiy, lekin tatimagan rekord

«Yuventus» - «Jenoa» bellashuvida Krishtianu Ronaldu Yevropa futboliga tarixiy rekordni tuhfa etdi - portugaliyalik to‘purar top-chempionatlar doirasida 400ta (La Ligada 311, APLda 84 va «A» seriyada 5) gol urgan dastlabki futbolchiga aylandi. Biroq uning aniq zarbasi evaziga oldinga chiqib olgan chempion g‘alabani ushlab qola olmadi - 67-daqiqada Daniel Bessa muvozanatni tikladi. Natijada «Keksa sinyora» bir ochko bilan kifoyalandi.

«Napoli» esa Udineda yirik g‘alabaga erishib (3:0), o‘rtadagi farqni qisqartirib oldi. «Roma»ning o‘z uyida «SPAL»ga imkoniyatni boy bergani turning kutilmagan natijasi sifatida e’tirof etildi. «Lasio» safarda «Parma»ni yengdi - 2:0, «Inter» esa Milan derbisida azaliy raqibidan 3 ochkoni tortib oldi. So‘nggi daqiqalarda Mauro Ikardi tomonidan urilgan gol «neradzurri»ga muhim g‘alabani hadya qildi.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:06, 25.10.2018. O'qildi: 3408 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
7 Барселона Robert Levandovski 12
8 Алавес Lukas Boye 12
9 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
10 Сельта Borxa Iglesias 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик