Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • 1:0
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • 1:2
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • 0:2
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • 0:3
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • 2:0
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • 1:1
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • 0:1
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • 2:1
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • 2:3
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Cremonese
  • APL
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • 1:3
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • 2:2
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • 1:0
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • 1:1
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • 3:1
      • Vest Xem
      • 19.05.2026 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Byornli
      • 19.05.2026 23:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Manchester Siti
  • La-liga
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • 2:0
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • 1:0
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • 1:2
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • 1:0
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • 2:0
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • 3:4
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • 0:1
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • 0:1
      • Alaves
      • 18.05.2026 00:15
      • Barselona
      • 3:1
      • Betis
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shou davom etadi. Messi va Ronaldusiz klasiko

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Statistikalar
Rukn: Sharhlar va Anonslar
A A A

Yevrokuboklar tugab, bugundan kuchli beshlik va boshqa chempionatlarning navbatdagi turlariga start beriladi. O‘yinlar ko‘p, bular orasida Ispaniyada Klasiko, Italiyada Rim – Milan – Neapol to‘qnashuvlari ham bor. Birgina yomon xabar – Yevropadagi vaqt qishki rejimga o‘tayotgani munosabati bilan, endi o‘yinlar biz uchun bir soat kech boshlanadi. Ispaniya va Italiya futboli muxlislari uchun biroz noqulay. 

BARSELONA – REAL (28 oktyabr, 20:15)

Bu o‘yinni alohida reklama qilish shart emas. Yoki juda keng ravishda to‘xtalib o‘tish kerak aslida. Ispaniya chempionatining eng muhim to‘qnashuvi bo‘lmish El Klasiko 11 yillik tanaffusdan so‘ng birinchi marotaba Messi va Ronaldusiz o‘tmoqda. El Klasikoning g‘ariblashib qolgandek tuyulishi shunchaki, tilga olingan futbolchilarning buyukligidan darak xolos, zero bugungi holatda ham har ikki tomonda munosib yulduzlar bor. Beyl, Isko, Modrich, Koutinyo, Suares va boshqalar. 

Jamoalar bu o‘yinga ikki xil kayfiyatda kirib kelmoqda. «Barselona» Messisiz ham o‘ynay olishini isbotladi va «Inter» ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. «Real» esa, aksincha. Lopetegi shogirdlari nihoyat «Viktoriya» ustidan zafar quchib, g‘alabasiz seriyaga nuqta qo‘ygan bo‘lishsa-da, o‘yin u qadar ishonchli chiqmadi. Shuningdek, La Ligadagi omadsiz seriyaga hali ham barham berilgani yo‘q. Bosim o‘yindan o‘yinga ortib bormoqda va hatto bu o‘yindagi mag‘lubiyat Lopetegining iste’fosi bilan yakunlanishi ham mumkin. 

Jarohatlanganlar. Messidan tashqari Samuel Umtiti safda emas, lekin so‘nggi o‘yinlarda Langlle ancha ishonchli ko‘rinmoqda. Mehmonlar tarkibida esa, Marseloning holati biroz tashvishga solgandi, lekin oxirgi yangiliklarga qaraganda, u «Kam Nou»da asosiy tarkibda harakat qilishi kutilmoqda. Demak, faqat Dani Karvaxal El Klasikoda «Real»ga yordam bera olmaydi. 

Yana bir qiziq jihat. 2014/15 yilgi mavsumda El Klasikoda har ikki jamoa o‘z maydonida raqibi ustidan g‘alaba qozongandi. Shundan keyin esa, aksincha, «Barselona» Madriddagi bahslarda doimiy tarzda g‘alaba qozoyotgan (4:0, 3:2, 3:0) bo‘lsa-da, Kamp Noudagi o‘yinda yuta olmay kelyapti. O‘tgan mavsumda 2:2, undan oldin 1:1, oldinroq 1:2 hisobi qayd etilgan. Hatto Superkubok doirasidagi o‘yinda ham «Barselona» mag‘lubiyatga uchragan. Demak, «Kamp Nou»dagi El Klasikolar bo‘yicha mezbonlarning g‘alabasiz seriyalari uch yarim yildan beri davom etib kelmoqda.   

MANCHESTER YUNAYTED – EVERTON (28 oktyabr, 21:00)

Bundan buyog‘iga «Manchester Yunayted»ning har bir o‘yini e’tibor qaratishga arziydi: kimdir nihoyat jamoaning ijobiy yo‘nalishga tushib olishiga ishonib, boshqalar Mourinyoning iste’fosiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘yinni o‘tkazib yubormaslik uchun. Bunday holat ancha avval boshlangan bo‘lsa-da, aniq xulosa qilish qiyin bo‘lyapti: «Nyukasl» bilan ajoyib kambek, lekin bu g‘alaba ishonchli emasdi. «Stemford Brij»da so‘nggi soniyalargacha hisobda oldinda borishdi, ammo o‘sha kuni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashlari ham mumkin edi. «Yuventus»ga qarshi imkonsiz birinchi bo‘lim. Jamoa o‘ta beqaror va aynan qaysi pallalar haqiqiy «Manchester Yunayted» ekanini aytish qiyin.
«Biz ba’zi futbolchilarga dam berib, tarkibni almashtirish imkoniyatiga ega emasmiz, mavjud futbolchilar bilan maydonga tushishga majburmiz» – dedi Joze Mourinyo. 

So‘nggi ikki o‘yinni bir tarkibda o‘ynagan va hatto YECHL o‘yinida umuman zaxiradan maydonga futbolchi tushirmagan Mourinyodan bu borada syurpriz kutish qiyin. Sanches va Fellayni hali ham jarohatlangan, Valensiya masalasi noaniq, murabbiy Lingard haqida ham mujmal javob berdi. Yevrokuboklar tufayli, raqibidan uch kunga kamroq dam olishga majbur bo‘lgan «MYU» jismoniy tarafdan muammolarga duch kelish ehtimoli bor.  Mehmonlar tarkibida esa, Fil Jagelka va Jeyms Makkarti mashg‘ulotlarni boshlashdi, lekin ular «Old Trafford»da maydonga tushishlari so‘roq ostida.

«Everton» yozda transferlar uchun «MYU»dan ham ko‘proq pul sarfladi, ammo ular uchun ham mavsum yaxshi boshlanmagandi. So‘nggi turlarda esa, jamoa o‘z o‘yinini topib olgandek – «Everton» so‘nggi uch o‘yinni g‘alaba bilan yakunlab, turnir jadvalida «Yunayted»ni quvib o‘tdi. Yetti gol urilib, atigi 1ta o‘tkazib yuborildi. 

Jamoalar o‘rtasidagi o‘tgan yilgi to‘qnashuv «Old Trafford»da mezbonlarning yirik  4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. Liverpulda ham Mourinyo shogirdlari zafar quchishgan – 0:2.   

NAPOLI – ROMA (28 oktyabrdan 29 oktyabrga o‘tar kechasi 00:30)

«Roma» o‘tgan turda kutilmaganda o‘z maydonida SPALga yutqazib qo‘ydi va to‘rt o‘yindan iborat g‘alabali seriyasiga chek qo‘ydi. Ammo Chempionlar Ligasidagi o‘yinda o‘sha mag‘lubiyat ko‘proq tasodif bo‘lganini isbotladi. SSKAga qarshi o‘yin italiyaliklarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. 

«Napoli» ham juda yaxshi formada. Biz buni Parijdagi o‘yinda ham ko‘rdik. Yulduzli «PSJ»ga qarshi Anchelotti jamoasi ancha dadil harakat qildi va ikki marta hisobda oldinda bordi. A Seriyada ham ishlar joyida, jamoa so‘nggi 7 o‘yinning 6tasini g‘alaba (bir o‘yin «Yuventus»dan mag‘lubiyat) bilan yakunlagan.

O‘yin odatiy Italiya top-o‘yinlari singari juda qiziqarli va keskin ruhda o‘tishi shubhasiz. Jamoalar o‘rtasidagi so‘nggi to‘rt o‘yin doim mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlanib kelayotgani ham o‘ziga xos qiziqarli holat. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsumdagi Neapoldagi o‘yinda «Roma» 4:2 hisobida g‘alaba qozongan va «Napoli»ning chempionlik uchun imkoniyatlarini ancha pasaytirib yuborgandi. «Yuventus»ni 4 ochkolik farq bilan ta’qib qilib borayotgan «Napoli» bu safar unday xatoni qilmaslikka urinadi.

Tarkiblarga kelsak, «Napoli»da muammolar yo‘q. O‘tgan turda jarohat olgan Insinyening «PSJ» bilan o‘yinda maydonga tushganini va hatto gol ham urganini ko‘rdik. Rimliklar safida esa, Diyego Perotti safga qaytgani yo‘q, shuningdek yosh hujumchi Jastin Klyuvert ham maydonga tusha olmasligi haqiqatga yaqinroq. 

MARSEL – PSJ (28 oktyabrdan 29 oktyabrga o‘tar kechasi (01:00)

«PSJ» haqida ham ba’zida eslash uchun Fransiya chempionatining top-o‘yinlariga murojaat qilamiz, lekin parijliklar uchun u yerda top-match umuman qolmagandek. Mana, ikki hafta oldin «Lion» bilan o‘yinni ko‘ringlar, zo‘r bo‘ladi, Depay formaga kirdi, yana bir narsalar deb reklama qilindi. Natija esa – 5:0. 

Umuman, «PSJ» Liga 1 ’dagi so‘nggi besh o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi, oxirgi ikki o‘yinda esa, raqiblar besh to‘p farqi bilan taslim etildi. «PSJ» kuchli beshlikda yo‘qotishsiz borayotgan yagona peshqadamga aylanib oldi. Bunday holatda Yevropa Chempionlar Ligasida qiyin bo‘lyapti – qattiqroq qarshilikka o‘rganmagan Tuxel jamoasi «Liverpul» bilan ham, «Napoli» bilan ham qiynalib qoldi. 

«Marsel» Fransiya chempionatining yetakchi jamoalaridan biri, ko‘p gol urish borasida «PSJ»dan keyingi jamoa. Shunday bo‘lsa-da, parijliklarga munosib qarshilik ko‘rsata oladimi yoki yo‘q, aytish qiyin – o‘yinda durang bo‘lishiyam yoki «PSJ» yana beshta golni urib ketishi ham mumkin. Hammasi mezbonlarga emas, «PSJ»ning o‘yinga qanday kayfiyatda kelishiga bog‘liq. Buning ustiga «Lasio»ga qarshi Yevropa Ligasi o‘yinida marselliklar ishonchsiz harakat qilishdi va 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. 

O‘zaro o‘yinlar statistikasiga qarasak, «PSJ» so‘nggi yillarda doimiy ravishda, biroz qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, Marseldan uch ochko olib ketishga o‘rgangan. Faqat o‘tgan yilning oktyabrida bo‘lib o‘tgan o‘yin bundan istisno. O‘shanda mezbonlar o‘yinning oxirgi daqiqalarigacha hisobda oldinda borishgan va hatto Neymarning chetlashtirilishidan keyin bir kishi ko‘p bo‘lib qolishgan. Lekin qo‘shimcha daqiqalarda Edison Kavanining goli hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirgandi.  

LASIO – INTER (29 oktyabrdan 30 oktyabrga o‘tar kechasi 00:30)

Rimning yana bir jamoasi ham bu hafta top raqibga qarshi maydonga tushadi. «Inter» va «Lasio» turnir jadvalida qo‘shni, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallab turishibdi. «Inter»ning «Barselona»ga qarshi o‘yinini alohida qavs ichiga olib tursak, jamoa juda yaxshi sport formada ekanini va 7 o‘yindan iborat g‘alabalar seriyasini tilga olish mumkin. «Lasio» ham anoyi emas, so‘nggi ikki o‘yinda g‘alaba qozondi, shuningdek, Yevropa Ligasi doirasidagi uchrashuvda «Marsel»ni safarda yengandi. Ha, bu ham bor, «Lasio» Yevropa Ligasida payshanba kuni to‘p surganini e’tiborga olsak, «Inter»ga nisbatan bir kun ko‘proq dam olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

Tarkiblar borasida «Inter»ning muammosi og‘irroq – Raja Nainggolanning jarohati bu o‘yinda maydonga tushishga xalaqit bersa kerak.

Har ikki jamoaning ham o‘ziga xos qiziq jihatini, turnir jadvalining yuqorisiga qay yo‘llar bilan chiqib olganini aytib o‘tish kerak. «Lasio» ushbu mavsumdagi uchta top o‘yinini boy berdi – «Napoli», «Yuventus» va «Roma»ga qarshi o‘yinda jamoa ochko ola olmadi. Lekin boshqa o‘yinlarda 100 foizlik natija ko‘rsatmoqda. 6 o‘yin 6 g‘alaba. 

«Inter»ning «fishka»si esa, boshqa. Spalletti shogirdlari so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alaba qozonish bo‘yicha ajoyib ko‘rsatkichlar qayd etmoqda. Qozonilgan g‘alabalarning aksariyati kichik hisobda, buning ustiga, so‘nggi daqiqalarda urilgan gollar evaziga qo‘lga kiritilayotganini aytish kerak. Misol uchun, so‘nggi o‘yindagi Milan derbisida ham Ikardi hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtlarda g‘alaba golini urdi. Demak agar mana shu an’analar yana saqlanib qolsa, «Lasio» odatiy tarzda top o‘yinni «Inter»ning so‘nggi daqiqalardagi odatiy goli tufayli yutqazib qo‘yadi. Ko‘ramiz.   

TOTTENHEM – MANCHESTER SITI (29 oktyabrdan 30 oktyabrga o‘tar kechasi 01:00)

Angliya chempionatida uch jamoa hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q. Shulardan biri «Uembli»da «Tottenhem» sinovidan o‘tadi. Pochettino shogirdlari turnir jadvalida uzoqda emas, oradagi farq atigi ikki ochkoni tashkil qilmoqda. Ya’ni, mezbonlar agar g‘alaba qozonishsa,  «Manchester Siti»ni quvib o‘tishi mumkin. 

«Tottenhem» hafta o‘rtasida Chempionlar Ligasida alamli o‘yin o‘tkazdi. Eydxovenda hisobda oldinda borgan London klubi o‘yin oxirlarida bir kishi kam bo‘lib qolib, g‘alabani ushlab qola olmadi. Bu durang esa, yakunda «Tottenhem»ning guruh bosqichidan chiqish imkoniyatini juda pasaytirib yubordi. «Manchester Siti» esa aksincha, birinchi turdagi mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kelib olgan va guruhning asosiy favoriti maqomini isbotlamoqda. 

Eriksen safga qaytgan, Lamela juda foydali harakatlar qilayotgan bo‘lsa-da, baribir Dele Allining yo‘qligi «Tottenhem»ga bilinyapti, deyish mumkin. Shuningdek, Rouz va Vertongenning jamoaga yordam bera olmayotgani ba’zi o‘rinlarda pand bermoqda. Gvardiola asosiy futbolchilaridan faqat Ilkay Gundo‘g‘anning yordamidan foydalana olmaydi. Esingizda bo‘lsa, aynan Ilkay Gundo‘g‘an o‘tgan yili «Uembli»da bo‘lib o‘tgan g‘alabali o‘yinda gollardan biriga mualliflik qilgandi. 

Haftaning eng muhim o‘yinlari
27 oktyabr
18:30. BORUSSIYA D - Herta
19:00. LIVERPUL – Kardiff
21:00. Empoli – YUVENTUS
23:45. ATLETIKO – Real Sosyedad

28 oktyabr
18:30. Bernli – CHELSI
18:30. Kristal Pelas - ARSENAL
20:15. BARSELONA – REAL
21:00. MYU – Everton
21:00. SSKA – Krasnodar
22:00. MILAN – Sampdoriya
18:30. Verder – BAVARIYA
00:30. NAPOLI – ROMA

29 oktyabr
00:30. LASIO – INTER
01:00 TOTTENHEM – MANCHESTER SITI

Manba: www.kun.uz
Kiritildi: 19:23, 27.10.2018. O'qildi: 2726 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик