Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Total kamomad yoxud Yevropa futbol bozorini qaysi klublar «portlatmoqda»?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hisob-kitoblarga ko‘ra, «ko‘hna qit’a»ning eng serxarajat klublari ro‘yxatini «Manchester Siti» boshqarib turibdi. Umuman, eng kuchli ligalarda ishtirok etuvchi jamoalar qanday pul topyaptiyu, ularni nimalarga sarflayapti?

Bu savolning ikkinchi bo‘g‘ini ortiqcha. Axir klublar byudjetining katta qismi xaridlar va maosh to‘lovlariga ketishi hammaga ayon.

Sportni o‘rganish xalqaro markazining futbol laboratoriyasi (CIES Football Observatory) 2010-2018 yillar oralig‘idagi transferlar masalasida tadqiqot olib borib, bir qator e’tiborli faktlarga duch keldi.

Tahlilda klublarning rasmiy hisobotlari va media ma’lumotlariga asos sifatida qaralgan. Xullas, Yevropaning kuchli 5ta chempionati (Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya) elit divizionlari klublari tomonidan oxirgi 9 yilda amalga oshirilgan barcha transferlar hisobga olingan.

Alohida aytish joiz, transfer summalaridan tashqari, qo‘shimcha to‘lovlar (bonuslar) va ijara kelishuvlari uchun sarflangan mablag‘ ham nazardan chetda qolgan emas.

YILDAN YILGA...

2018 yili Yevropaning yetakchi chempionatlari klublari transferlar uchun jami 5,82 milliard yevro sarflashdi. Bunda qish va yoz bozoridagi xaridlar qo‘shib hisoblangan. Ushbu summa 2017 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,4 foiz kamdir. Chunonchi avvalgi yili futbolchilar xaridiga yo‘naltirilgan mablag‘ 5,96 milliard yevroni tashkil etgandi.

Lekin 2016 yilgi xarajat miqdori bilan solishtirsak, bu safargisi sezilarli darajada ko‘p. O‘shanda transferlarning jami summasi 4,23 milliard yevroga yetgandi. Demak, o‘sha ko‘rsatkichga nisbatan olsak, xarajat naq 37,6 foiz oshdi.

LIGALAR ULUSHI

Tushunarliki, Yevropa futbol bozoridagi asosiy xaridor - bu APL. Diqqat qiling, 2010-2018 yillar oralig‘ida Yevropaning 5ta yetakchi birinchiligi chekiga tushgan jami xarajatning 37,4 foizi Angliya elit divizioni ishtirokchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umuman, APL klublari 2010 yildan buyon qolgan 4ta liga vakillariga nisbatan ancha ko‘p sarfladi:

«A» seriyasi jamoalariga nisbatan 1,6 baravar ko‘p

La-liga jamoalariga nisbatan 2,1 baravar ko‘p

Bundesliga jamoalariga nisbatan 2,8 baravar ko‘p

Liga 1 jamoalariga nisbatan 3,1 baravar ko‘p.

XARAJAT EVOLYUSIYASI

2018 yili 2ta chempionat xarajatlari oshdi: APL (+2,1 foiz) va La-liga (+80,4 foiz). Ispaniya jamoalaridagi katta o‘sish televizion huquqlar sotuvi yaxshi yo‘lga qo‘yilgani bilan bog‘liq. Har holda, Ispaniya Primerosi o‘yinlari endilikda butun dunyoda ko‘rsatilmoqda va translyasiyalar ortidan yaxshigina pul «oqib» kelmoqda.

Qolaversa, mahalliy jamoalarning xalqaro arenadagi yutuqlari ta’siri ham bor, albatta. Bilasiz, o‘tgan mavsum CHLda «Real» (ketma-ket 3-marta) va YELda «Atletiko» g‘alaba qozondi.

SERXARAJAT KLUBLAR REYTINGI

Eng serxarajat klublar reytingini «Manchester Siti» boshqarib turibdi. «Shaharliklar» 2010-2018 yillar oralig‘ida yangi futbolchilar xaridiga jami 1,47 milliard yevro sarflashdi. APLning yana bir vakili - «Chelsi»da umumiy xarajat miqdori birozgina kamroq - 1,31 milliard yevro. Tahlil uchun olingan davrda transferlarga 1,25 milliard yevro ajratgan «Barselona» esa 3-o‘rinda.

JORIY YIL MANZARASI

Faqat 2018 yilgi xarajatlarni hisobga olsak, «Barselona» 1-o‘rinni egalladi. Kataloniyaliklar transferlar bozorida jami 321 million yevro sarflashdi. Joriy yil «Liverpul» rahbariyati ham xaridlarga binoyidek pul ajratdi - 298 million yevro. «Hotamtoy» klublar reytingining 3-qatoridan 257 million yevroga teng xarajat bilan «Yuventus» bormoqda.

2018 yili eng ko‘p sarflagan 20ta klub ro‘yxatiga Fransiya va Germaniyadan atigi 1tadan vakil (tegishlicha «Monako» va «Borussiya» D.) kirganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Qolgan 18ta jamoa Angliya, Ispaniya va Italiyaniki. Bu yetakchi ligalardagi moliyaviy holat turlicha ekanligidan dalolat. Deylik, eng serxarajat 20ta jamoadan 10tasi APL vakilidir.

SERDAROMAD KLUBLAR REYTINGI

Yetakchi chempionatlar klublari nafaqat asosiy xaridor, balki bozorga mahoratli futbolchilar yetkazib berishda ham ilg‘ordir. Raqamlarda aytsak, 2010-2018 yillar oralig‘ida sotuv hajmining 66,6 foizi aynan 5ta liga ishtirokchilari hissasiga to‘g‘ri keldi. 2018 yili esa bu ko‘rsatkich 69,9 foizga yetdi.

Eng serdaromad klublar reytingini «Monako» boshqarib turibdi. Monegaskliklar oxirgi 9 yilda futbolchilarni sotish orqali deyarli 1 milliard yevro topishdi. Bu ro‘yxatda 5ta yetakchi liga vakillari orasiga Portugaliyaning 2ta jamoasi - «Benfika» va «Portu»ning suqilib kirgani diqqatga sazovor.

TOTAL KAMOMAD

Agar klublarning transferlar balansiga qarasak, Yevropaning kuchli chempionatlari klublarida total kamomad borligini ko‘ramiz. E’tibor bering, 2010-2018 yillar davomida jami kamomad miqdori 7,29 milliard yevroni tashkil qildi. Bunday ayanchli manzarining bosh sababchisi - Angliya Premyer-ligasi.

Har holda, kamomadning naq 78,3 foizi aynan inglizlar zimmasida. «PSJ» garchi oxirgi 9 yil ichida katta-katta xarajatlarga qo‘l urgan bo‘lsada (klubning jami kamomadi - 874 million yevro), Fransiya elit ligasi ijobiy balansga ega: +199 million yevro. Umuman, Liga 1 bu borada kuchli chempionatlar orasida yagonadir.

Alohida klublarda transferlar balansi qanday? Ijobiy farqqa ega jamoalar reytingi yuqorisi tabiiyki, «Monako»ga tegishli. Oxirgi 9 yilda jamoaning xarajat va daromadi o‘rtasidagi balans +289 million yevroni tashkil etdi.

Faqat 2018 yilgi ko‘rsatkich esa +66 million yevroga teng. Umuman, bu boradagi reytingning yuqori 10taligida Fransiya chempionatidan naq 5ta klub bor. Qolgan 5ta jamoa «A» seriyasi (3ta) va La-liga (2ta) vakilidir. Qisqasi, APL klublariga bu ro‘yxatda joy yo‘q.

GRANDLAR YUQORIDA

Salbiy balansga ega jamoalar reytingini esa «Manchester Siti» boshqarib bormoqda: -1,03 milliard yevro. 2-o‘rindagi «PSJ»da kamomad miqdori 874 millionni tashkil qilmoqda. «MYU» ham bu masalada aslo maqtanolmaydi: -772 million yevro. 10ta eng salbiy balans sohibiga qarasak, APLdan 5ta vakil bor.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 19:49, 27.10.2018. O'qildi: 2680 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.