Bugun 23 may, 2026 yil, shanba.

  • «A» Seriya
      • 22.05.2026 23:45
      • Fiorentina
      • 1:1
      • Atalanta
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe nima uchun «Real»ga o‘tmagandi? Football Leaks qiziq ma’lumotlarni oshkor qildi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Football Leaks futbol olamida sensasion ma’lumotlarni oshkor qilishda davom etmoqda. Kilian Mbappening "Monako"dan "PSJ"ga o‘tishi bilan bog‘liq qiziqarli ma’lumotlar chop etildi.

"Real" Mbappe uchun 180 mln yevro to‘lashga rozi bo‘lgandi
2017 yilning yozida "Monako" Mbappening transferi borasida qizg‘in muzokaralar olib bordi. Muzokaralar transfer muddatining so‘nggi kuniga qadar davom etdi. 20 iyul kuni "Real" fransiyalik futbolchini sotib olish borasida aniq kelishuvga erishgandi.

"Monako" asosiy transfer narxi va qo‘shimcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 180 million yevro olishi kerak edi. Bundan tashqari, Ispaniya qonuniga ko‘ra, mazkur transfer uchun yana 34 million yevro soliq to‘lanishi lozim edi. "Monako" bu summani to‘lashni istamagani uchun, Florentino Peres to‘lanadigan soliq summasini o‘z zimmasiga oladi. Shu bois, Mbappening transferi "Real" uchun 214 mln yevroga tushar edi.

Bunday kelishuvga qaramay, Kilian Mbappe "PSJ"ga o‘tishni istab qoldi. "Monako" bosh direktori Dmitriy Vasilyev dastlab jamoaning asosiy raqibiga futbolchi sotishni istamadi. Lekin keyinchalik klub "PSJ"dan "Real" taklif qilgan pulni talab qildi. 31 avgust kuni "PSJ" bu taklifga rozi bo‘ldi. Natijada Mbappe Parijga ko‘chib o‘tdi.

"PSJ" va "Monako" soliqlarni chetlab o‘tishdi
"Pari Sen-Jermen" dastlab Kilianni 1 yilga bepul ijaraga oldi. Ammo shartnomada bir yildan keyin uni 145 mln yevroga sotib olish majburiyati bor edi. Bundan tashqari, parijliklar futbolchini keyinchalik boshqa jamoaga sotadigan bo‘lsa, "Monako"ga 35 million yevro bonus to‘lab beradi.

O‘tgan yili Neymarni 222 million yevroga sotib olgan "PSJ", bunday kelishuv orqali moliyaviy halol o‘yin qoidasini buzmaslikka harakat qildi. Ammo Football Leaks tomonidan e’lon qilingan hujjatlar shuni ko‘rsatib turibdiki, bepul shartnoma orqali tomonlar Fransiya soliq tizimidan qochib qolishgan.

"Monako" va "PSJ" o‘rtasidagi dastlabki shartnomaga ko‘ra, parijliklar Mbappening ijarasi uchun 30 mln yevro to‘lashlari kerak edi. Bunday holatda "PSJ" 10 million yevro soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelar edi. Shu bois, parijliklar ijara shartnomasini 20 million yevroga tushirishni taklif qilishdi. Bu taklif "Monako" rahbariyatiga yoqmadi. Yakunda ular bepul ijara va 35 million yevro bonusga kelishib olishdi. Transfer oynasi yopilishiga 10 soat qolganida rahbarlar yakuniy qarorga kelishdi.

Futbolchining maoshi
Mbappening vakillari muzokaralar chog‘ida 5 yillik shartnoma davomida futbolchi 55 million yevro maosh olishi kerakligini talab qilishdi. Ya’ni, Kilian 5 yil davomida jami 50 million yevro maosh hamda shartnoma imzolagani uchun yana 5 million yevro mukofot (bu 2 yil davomida to‘lab berilishi kerak) olishi lozim. "Pari Sen-Jermen" bu talabga ham rozi bo‘ldi.

Mbappe birinchi mavsumda 9,5 million yevro maosh olishni istagandi. Ammo klub bunga rozi bo‘lmadi va yildan-yilga o‘sib boruvchi maosh taklif qildi. 2017/18 yilgi mavsumda Kilian 7 mln ​​evro olgan bo‘lsa, ushbu mavsumda 9,3 mln yevro oladi. Uchinchi mavsumda o‘yinchi 10,3 million yevro maosh oladigan bo‘lsa, beshinchi yilda fransiyalik futbolchiga 12 mln. yevro to‘lanadi.

Samolyot, "Oltin to‘p", shaxsiy xodimlar
Eng qizig‘i shu joyda. Mbappe va uning oilasi "PSJ"dan juda ko‘p narsa so‘rashdi. Jumladan, agar Kilian "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadigan bo‘lsa, jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishini istadi. Bunday holatda uning maoshi 3 baravar oshib ketgan bo‘lardi — 30 mln yevro. "PSJ" bunga rozi bo‘lmadi. Mbappe "Oltin to‘p"ga ega chiqadigan bo‘lsa, futbolchi bir martalik 500 ming yevro miqdorida mukofot olishi haqida shartnomaga band kiritildi.

O‘yinchining ikkinchi talabi. "PSJ" moliyaviy feyr-pley tufayli Chempionlar ligasidan chetlatiladigan bo‘lsa, Mbappe kompensasiya talab qildi, ammo klub bu talabga rad javobini berdi. Uchinchidan, "PSJ" futbolchining yana bir talabini bajarishni istamadi. Unga ko‘ra, jamoa Mbappega shaxsiy samolyot taqdim qilib, u har yili 50 soat davomida bu samolyotda uchishi kerak edi.

"PSJ" futbolchining boshqa talabini bajardi. Uy ijarasi hamda 3 nafar xodimlar — xizmatchi, haydovchi va qo‘riqchining maoshlari uchun oyiga 30 ming yevro to‘lab beradi.

Futbolchining agentlari uchun to‘lov
Football Leaks yana bir qiziq faktni ma’lum qildi. Mbappening transferi uchun ikki nafar agent o‘z ulushlarini olishdi. Jorje Mendeshning  (Krishtianu Ronaldu va Joze Mourinyoning agenti) hisob raqamiga transferning umumiy qiymatidan 5 foiz miqdorida — 9 million yevro miqdorida pul kelib tushdi. Aslida Mendesh Mbappening agenti hisoblanmaydi. Mazkur transferda u qanday ishni bajargani noma’lum.

Yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ushbu transfer uchun pullar "Monako" hisob-raqamiga emas, klub xo‘jayini Dmitriy Ribolovlevning cho‘ntagiga kelib tushadi. 2018 yilning 30 iyul kuniga qadar 77 million yevro tushib bo‘lgan.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 20:20, 07.11.2018. O'qildi: 18510 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик