Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Paxtakor 4 9
4 Lokomotiv 4 7
5 Nasaf 4 7
6 Bunyodkor 4 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 4 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo
4-тур Neftchi 3-1 Lokomotiv
4-тур Nasaf 0-1 Surxon
4-тур So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor

Navbatdagi o'yinlar.

02/04/26 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04/26 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Kanchelskis: «Birgina o‘yin «MYU»ga yo‘l ochmaydi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Manchester Yunayted»ning sobiq a’zosi, ayni vaqtda Namanganning «Navbahor» klubini boshqarayotgan rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning fikrlari doimo jurnalistlarni qiziqtirib kelgan. Jumladan, «Spartak»ning yosh futbolchisi  Mixail Ignatovni «MYU» skautlari kuzatayotgani ma’lum bo‘lgach, Kanchelskisni suhbatga tortish uchun darrov asos paydo bo‘ldi.

 - Xabaringiz bormi, «Manchester Yunayted»ning skautlari «Rubin»ga qarshi o‘yinda «Spartak» a’zosi Ignatovning harakatlarini kuzatishibdi?

- Ochig‘i, bu xabarni eshitdim, ammo u meni hayratga solmadi. Menimcha, bu oddiy holat. Zero «MYU» skautlari butun dunyo kezib, yosh, iqtidorli futbolchilarni kuzatishadi. «MYU»ning nigohi bu gal Ignatovga qaratilgani esa yaxshi. Mazkur holat bo‘yicha yana nima deyishim mumkin?! Deyarli hech nima... Birgina o‘yin - bu ko‘rsatkich degani emas. Barqarorlik esa mahorat belgisi. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bizning qanchadan-qancha yoshlar bir porlab, keyin so‘nib ketishdi? Bordiyu o‘sha Ignatov mavsum oxirigacha barqaror o‘yin namoyish qilib bersa, u haqda jiddiyroq bosh qotirsa, arziydi. Ehtimol, uni kimdir «MYU» seleksionerlariga shunchaki, tavsiya qilgandir. Nima bo‘lgandayam, jiddiy qiziqish haqida gapirishga hali erta. Albatta, yigitchaning omadi yurishib ketishidan umidvorman, ammo...

- Nima, ammo?

- Bilasizmi, grand klublar bunday holatlarda nomzodni uzoq vaqt kuzatishadi. Misol uchun, «Milan» o‘z vaqtida Shevchenkoning o‘yinlarini naq ikki yil kuzatgan. Fergyuson esa meni xuddi shunday - uzoq vaqt sinab ko‘rgandi.

- Uzoq - bu qancha?

- O‘ylashimcha, kamida 8-9 oy. Umuman, deyarli bir yil davomida kuzatuv ostida bo‘lganman. Nima, siz Ignatovni birgina o‘yindan keyin «MYU»ga chaqirishadi deb o‘ylaysizmi?! Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Unga o‘xshaganlar dun­yo­da qancha-yu... Yo‘q, men tirnoq ostidan kir qidirmayapman. Ignatovga faqat va faqat omad yor bo‘lishini istayman. Biroq hammasini vaqt ko‘rsatadi.

- Futbolchi endigina 18 yoshga to‘ldi. Balki Angliya haqida o‘ylashga hali ertadir?

- Nega erta bo‘larkan? Ittifoq davrida 18-19 yoshli futbolchilar terma jamoa safida to‘p surardi. Sizlar esa 22ga kirgan kap-katta odamni «yosh futbolchi» deb ataysizlar... Aslida bunday bo‘lmasligi kerak.

- Axir o‘zingiz ham aynan 22 yoshda «MYU»ga yo‘l olgansiz. 18da emas...

- Ha, bu haqiqat. Shunchaki, yigitcha futbolchi sifatida yanada o‘sishini istayman, xolos. Ya’ni u boshqalarga o‘xshab yo‘qolib ketmasa, zararli odatlardan o‘zini tiysa... Agar u o‘z ustida ishlab, olg‘a intilishda davom etsa, hammasi kutilganidek tus olishi mumkin. Darvoqe, bu o‘rinda yana bitta muammo bor: hayotda shunaqa insonlar ham uchraydiki, ular istalgan lahzada oyog‘ingdan chalishi mumkin.

- Agentlarni nazarda tutyapsizmi?

- Agentlar ham, chala agentlar ham... Shuningdek, futbolda ishingga xalaqit berishdan boshqani bilmaydigan murabbiylar ham uchrab turadi. Xullas, muammolar ko‘p. Har qanday holatda ham yigitchaning o‘sib-o‘lg‘ayishiga umid qilaman. Uni to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin. Biroq yana qaytaraman, Ignatovning birgina o‘yini hech narsani hal qilmaydi.

- Qiziq, nima uchundir Kanchelskisdan keyin birortayam rossiyalik «MYU»ga taklif etilmadi...

- Nima desam ekan? Menimcha, Ittifoq parchalangandan keyin futbol tizimi, g‘oyalar va an’analar ham o‘zgardi. O‘tmish butunlay yo‘qoldi. Shuning uchun hozirgi futbolchilarimiz jahon darajasiga chiqa olishmayapti. Oldingidek yaxshi maktablar, jonkuyar bolalar mutaxassislari qolmadi. Hozirgi natijalarning deyarli hammasi soxta, yasama. Hammamiz burchak-burchaklarda turib olib, xuddi bizda hamma ishlar «besh»­dek «urra» deb qichqiramiz-u, aslida klublarimiz birin-ketin yo‘qolib ketyapti. Ularga qo‘shilib futbolchilar ham.

- Ehtimol, Golovin «Monako»dan keyin aynan Angliyaga yo‘l olar?

- O, bunday bo‘lishini chin dildan hohlardim. Lekin ming afsuski, uning klubi ayni paytda muammolar girdobidan chiqa olmayapti. Bunaqa vaqtda skautlar unga e’tibor qaratishadimi?! Yo‘q, albatta. Fikrim xato bo‘lib chiqsa, qaniydi. Demoqchimanki, Aleksandr yanada kuchliroq klub safiga o‘tishini juda-juda istayman. Voqealar rivoji shunday tus olsa, xursand bo‘lardim. Biroq ko‘rinib turibdiki, Golovin xorij futboliga to‘la moslashib ketishi uchun yana biroz vaqt kerak, chog‘i.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 14:16, 08.11.2018. O'qildi: 4951 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Нефтчи Alisher Odilov 2
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
8 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
9 Насаф Sharof Muhitdinov 2
10 Андижон Martin Boakye 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик