Bugun 6 dekabr, 2025 yil, shanba.

  • APL
      • 05.12.2025 01:00
      • Man. Yunayted
      • 1:1
      • Vest Xem
      • 06.12.2025 17:30
      • Aston Villa
      • -:-
      • Arsenal
      • 06.12.2025 20:00
      • Everton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 06.12.2025 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Sanderlend
      • 06.12.2025 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Byornli
      • 06.12.2025 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Brentford
      • 06.12.2025 20:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Chelsi
      • 06.12.2025 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Liverpul
      • 07.12.2025 19:00
      • Brayton
      • -:-
      • Vest Xem
      • 07.12.2025 21:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • La-liga
      • 06.12.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Malyorka
      • 06.12.2025 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Xetafe
      • 06.12.2025 20:15
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 06.12.2025 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Barselona
      • 07.12.2025 01:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Atletiko
      • 07.12.2025 18:00
      • Elche
      • -:-
      • Jirona
      • 07.12.2025 20:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Sevilya
      • 07.12.2025 22:30
      • Espanyol
      • -:-
      • Rayo Valyekano
  • «A» Seriya
      • 06.12.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Fiorentina
      • 06.12.2025 22:00
      • Inter
      • -:-
      • Komo
      • 07.12.2025 00:45
      • Verona
      • -:-
      • Atalanta
      • 07.12.2025 16:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Lechche
      • 07.12.2025 19:00
      • Kalyari
      • -:-
      • Roma
      • 07.12.2025 22:00
      • Lasio
      • -:-
      • Bolonya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 15 37
2 Real Madrid 15 36
3 Vilyarreal 14 32
4 Atletiko 15 31
5 Betis 14 24
6 Espanyol 14 24
7 Xetafe 14 20
8 Atletik Bilbao 15 20
9 Rayo Valyekano 14 17
10 Real Sosyedad 14 16
11 Elche 14 16
12 Selta 14 16
13 Sevilya 14 16
14 Alaves 14 15
15 Malyorka 15 14
16 Valensiya 14 14
17 Osasuna 14 12
18 Jirona 14 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 14 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

06/12/25 Vilyarreal - Xetafe
06/12/25 Alaves - Real Sosyedad
06/12/25 Betis - Barselona
07/12/25 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12/25 Elche - Jirona
07/12/25 Valensiya - Sevilya
07/12/25 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12/25 Real Madrid - Selta
09/12/25 Osasuna - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Elak suvdan ko‘tarilmoqda: Hozircha faqat «Barselona». Yana kimda qanday imkoniyat?

Baho:
+2 | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

7-8 noyabr kunlari Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi 4-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Keyingi turlar yanada qizg‘in kechishi shubhasiz, chunki bugungi holatda faqat bir jamoa – «Barselona» keyingi bosqich masalasini rasman hal qilgan bo‘lsa, atigi 5 jamoa pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi xolos. Ammo ularda ham uchinchi o‘rinni olish va Yevropa Ligasiga o‘tish imkoniyati mavjud. 

Quyida guruhlardagi joriy vaziyatlar va jamoalarning keyingi o‘yinlardagi imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi. Avvalo bir narsani aytib qo‘yish kerakki, guruhlarda mabodo bir yoki undan ortiq jamoalarning ochkolari teng bo‘lib qolsa, avvalo, o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolar, o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati va o‘zaro o‘yinlarda safarda urilgan gollar soni kabi ko‘rsatkichlar solishtiriladi. Shundan keyingina, umumiy o‘yinlardagi to‘plar nisbatiga qaraladi. 

A GURUHI

«Monako» bilan bordi-keldi o‘yinlarda 4 ochko olgan «Bryugge» nazariy tomondan hali ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turgan bo‘lsa-da, bu holatni ko‘proq «Monako»ning juda yomon ahvoli bilan bog‘lab qo‘ya qolaylik. «Atletiko» va «Borussiya» eng yaqin ta’qibchi, ya’ni, «Bryugge»dan 5 ochko oldinda turibdi va katta ehtimol bilan bu jamoalarning pley-offga chiqishi vaqtning hukmida qolgan. 

Ammo ulardan qaysi biri birinchi va qaysisi ikkinchi o‘rinni olishi savoli ochiq qolmoqda. Bu juda muhim, ayniqsa, 1/8 finaldagi potensial ehtimoli bilan. Zero «Barselona», «Real», «Bavariya»,«Manchester Siti» va balki «PSJ» kabi gigantlar o‘z guruhlarida 1-o‘rinni olishlari haqiqatga yaqinroq bo‘lib turibdi. Bu jihatdan nemislarda imkoniyat ko‘proq. Chunki, o‘zaro o‘yinlardagi (4:0, 0:2) ustunlik evaziga, agar ochkolar teng bo‘lib qolsa, «Borussiya» yuqoriroq o‘rinda joylashadi. Xuddi hozirgidek...

5 tur. Atletiko – Monako, Borussiya – Bryugge

6 tur. Monako – Borussiya, Bryugge - Atletiko

 

V GURUHI

Faqat shu guruhda faqatgina bittagina yo‘llanma qolgan va bu o‘rin uchun hatto 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda borayotgan PSV jamoasida ham nazariy imkoniyat mavjud. Guruhning markaziy uchrashuvi, shubhasiz, keyingi turda Londonda bo‘lib o‘tadi.

«Tottenhem» bu o‘yinda g‘alaba qozona olmasa, «Inter» muddatidan oldin pley-offga chiqadi. Chunki o‘rtadagi uch ochkolik farq so‘nggi turda ham saqlanib tursa, demak, o‘zaro o‘yinlarda «Inter»«Tottenhem»dan ustunlik qilgan bo‘lib chiqadi. Pochettino shogirdlari minimal bo‘lsa-da, imkoniyatni saqlab qolishlari uchun, avvalo, «Inter» ustidan g‘alaba qozonishlari shart. 

Bu ham yetarli emas. Ochkolar tenglashgach, endi, so‘nggi turda ham «Tottenhem» «Inter»dan kam ochko olmasligi kerak. O‘z maydonida gollandiyaliklarni qabul qiladigan «Inter»ning sharoiti yaxshiroq albatta. «Tottenhem» esa, «Kamp Nou»da g‘alaba uchun o‘ynashga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, guruhdagi barcha masalani muddatidan oldin hal qilgan «Barselona» balki ba’zi yetakchi futbolchilariga dam berib, inglizlarga qo‘shimcha imkoniyat taqdim etar? Yaxshisi, 5-turning yakunlanishini kutamiz. 

5-tur. PSV – Barselona, Tottenhem – Inter

6-tur. Inter – PSV, Barselona - Tottenhem

 

S GURUHI

«Liverpul»ning Serbiyadagi mag‘lubiyati o‘zi shundog‘am chalkash vaziyatni yanada chalkashtirib yubordi. Endi guruh peshqadami va autsayderi o‘rtasidagi farq atigi 2 ochkoni tashkil qilmoqda va har bir jamoada keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. Lekin keling, «Srvena Zvezda» o‘z so‘zini aytib bo‘ldi, deb hisoblaylikda, asosiy uch da’vogarning imkoniyatlarini chamalaylik. 

«Liverpul» hozir guruhda peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa-da, uchala jamoa ichida eng qaltis vaziyatda turibdi. Chunki «Napoli»da ham, «PSJ»da ham serblar bilan o‘yin bor. «Liverpul» uchun esa, har ikki o‘yin finalga teng desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Agar keyingi turda «Liverpul» Parijda g‘alaba qozonsa, keyingi bosqich masalasini rasman hal qiladi. O‘sha kuni Neapolda «Srvena Zvezda»ni qabul qiladigan «Napoli» ham o‘sha kuni g‘alabani nishonlashi va«PSJ» muddatidan oldin Liga bilan xayrlashishi mumkin. 

«Liverpul» yuta olmasa, «Napoli» bilan «Enfild»dagi bahs hayot-mamotga ham, oddiy zerikarli o‘yinga ham aylanib qolishi mumkin. Qanday qilib? 

Birinchi variant: «PSJ» va «Liverpul» durang o‘ynaydi, «Napoli» «Srvena Zvezda»ni o‘z maydonida mag‘lub etadi. So‘nggi tur oldidan «Napoli»da 9, «Liverpul»da 7 va «PSJ»da 6 ochko bo‘ladi. Bu holatda«Napoli» keyingi bosqich masalasini rasman hal qilgan bo‘ladi, sababi, «PSJ» bilan o‘zaro o‘yinlarda ustunlikka ega (2:22 safarda, 1:1 uyda) bo‘ladi. «Napoli» mag‘lub bo‘lsa, faqat guruhda ikkinchi o‘ringa tushib ketishi mumkin xolos, «PSJ» ularga yeta olmaydi. Shu kuni «Liverpul»ni esa, faqat g‘alaba qoniqtiradi. «Napoli» guruhda 1-o‘rin uchun «Liverpul»ga qanchalik qarshilik ko‘rsatadi, Klopp shogirdlari vazifani uddalaydilarmi, ko‘rish qiziq bo‘ladi.

Ikkinchi variant: «PSJ» «Liverpul» ustidan g‘alaba qozonadi. U holda, so‘ngi tur oldidan «Napoli»da 9,«PSJ»da 8 va «Liverpul»da 6 ochko bo‘lishi mumkin. «Enfild»dagi so‘nggi tur bahsida «Liverpul»italiyaliklar ustidan g‘alaba qozonishi shart. Yanada qiyini, shunchaki, 2:1 yoki 3:2 hisobidagi g‘alabalar ham inglizlarni qoniqtirmaydi, Neapolda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Klopp jamoasi ham 1:0 hisobida g‘alaba qozonishi mumkin, ammo bu holatda, balki, «Napoli» 5-turda «Srvena»darvozasiga ko‘proq gol urib, bu tomondan ham ustunlikka ega bo‘lib olish ehtimoli bor. Demak, bu variantda «Liverpul» ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishiga to‘g‘ri keladi.

5-tur. PSJ – Liverpul, Napoli – Srvena Zvezda

6-tur. Liverpul – Napoli, Srvena Zvezda - PSJ

 

D GURUHI

«Portu» guruhdan chiqishi uchun qolgan o‘yinlarda 1 ochko olishi kifoya qiladi. Portugaliyalar umuman guruhda qolib ketishlari ehtimoli juda past. Buning uchun jamoa har ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashlari va «Galatasaroy» Moskvada ham g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi. Bunga ishonish oson emas. 

Ikkinchi o‘rin uchun esa, «Galatasaroy» va «Shalke» o‘rtasida sirtqi kurash kechishi kutilmoqda. Oradagi farq 4 ochkoni tashkil qilmoqda, demak nemislar so‘nggi turda «Lokomotiv» ustidan g‘alaba qozonib ham bu vazifani hal qila oladilar. Yoki ikki durang ham nemislarni keyingi bosqichga olib chiqadi. Demak, 5-turdagi «Portu» – «Shalke» o‘yinida har ikki jamoani qoniqtirishi mumkin bo‘lgan hisob bor – durang. Shunday bo‘lsa ham kerak.

5-tur. Portu – Shalke, Lokomotiv – Galatasaroy

6-tur. Shalke – Lokomotiv, Galatasaroy - Portu 

YE GURUHI

Bu guruh ham ochkolar va taqvim nuqtai nazaridan yuqoridagi guruhning o‘zginasi. Bemalol jamoalar nomini almashtirib o‘qishingiz ham mumkin. «Benfika» «Ayaks» bilan o‘yinda juda muhim g‘alabani qo‘ldan chiqardi va endi niderlandiyaliklarni quvib o‘tish juda qiyin holga keldi.

5-tur. Ayaks – Bavariya, Benfika – AYEK

6-tur. AYEK – Ayaks, Bavariya - Benfika 

F GURUHI

Guruh o‘yinlari Pep Gvardiola jamoasi uchun juda dahshatli boshlangandi – jamoa Manchesterda «Lion»ga yutqazdi. Ammo keyinchalik «Manchester Siti» uchta ishonchli g‘alabaga erishdi, «Lion» esa uchta o‘yinda ham durang o‘ynadi. Natijada, guruh favoritlari qur’a tashlangan kunga nisbatan o‘zgarishsiz qoladigan bo‘ldi. Albatta, «Lion» keyingi turda «Manchester Siti» ustidan g‘alaba qozonib, guruhda peshqadamga aylanib olishi ham mumkin.

Ammo fransuzlarni ko‘proq pastroqdagi «Hoffenhaym» qiziqtirayotgan bo‘lishi turgan gap. «Lion» va«Hoffenhaym» o‘rtasidagi farq uch ochkoni tashkil qilmoqda va o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ham ustunlik «Lion»tarafida. 

«Shaxtyor»da imkoniyat bormi? Albatta, bor. Buning uchun «Shaxtyor» ham, «Manchester Siti» ham qolgan har ikki o‘yinda g‘alaba qozonishlari kerak bo‘ladi. Ishonish mumkin bo‘lgan holat, shunday emasmi?«Manchester Siti» o‘tgan yili ham ukrainaliklar bilan bir guruhda bo‘lgani va inglizlar «Shaxtyor»ni qulog‘idan tortib, nimchorak finalga birga olib chiqqandi. 

5-tur. Lion – Manchester Siti, Hoffenhaym – Shaxtyor

6-tur. Shaxtyor – Lion, Manchester Siti - Hoffenhaym

 

G GURUHI

Ruslarda minimal imkoniyat qolgan bo‘lsa-da, katta ehtimol bilan bu guruhda ham peshqadamlar aniq. Keyingi turda «Real» va «Roma» Rimda uchrashadi va balki guruhdagi 1-o‘rin egasi masalasiga ham oydinlik kiritiladi. 

Agar «Roma» – «Real» o‘yinida mezbonlar g‘alaba qozonsa yoki durang bo‘ladigan bo‘lsa, so‘nggi turdagi Madriddagi o‘yinda intriga yuzaga keladi. SSKA chexlar ustidan g‘alaba qozonib, ochkolari sonini 7taga yetkazishi va «Real»ga yaqin kelib olishi mumkin. Madriddagi g‘alaba esa, «armiyachilar»ni keyingi bosqichga olib chiqadi bu holda. Bir o‘yinda har narsa bo‘lishi mumkin. 

5-tur. Roma – Real, SSKA – Viktoriya

6-tur. Real – SSKA, Viktoriya - Roma

 

H GURUHI

Kecha so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketib, «Manchester Yunayted» birato‘la uch quyonni urdi. Birinchidan, Mourinyo eng muhim o‘yin «Valensiya» bilan bo‘lishini aytib kelgan bo‘lsa-da, qo‘lga kiritilgan ochkolar o‘sha o‘yin uchun ham ustunlik yaratadi. Ikkinchidan, endi, «Yuventus» ham kelasi turda«Valensiya»dan ochko olishga harakat qiladi. Agar «Yuventus» kecha 1:0 hisobini saqlab qolganida, muddatidan oldin guruhda 1-o‘rinni naqd qilishi va «Valensiya» bilan o‘yinda sal bo‘shroq motivasiya bilan tushishlari ham mumkin edi. 

Uchinchidan, endi «Manchester Yunayted»da guruhda birinchi o‘rinni olish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Mourinyo jamoasi kelasi turda «Yang Boyz» ustidan g‘alaba qozonsa, ochkolari soni 10taga yetadi.«Yuventus» agar «Valensiya»ni yuta olmasa, «MYU» guruhda peshqadamga aylanib oladi. O‘zaro o‘yinlarda ham turinliklarga nisbatan ustunlik «MYU»da – 0:1ga 2:1. 

Xullas, «Yuventus» guruhda 1-o‘rinni olmoqchi bo‘lsa, «Valensiya»ni yutishi shart. Bu esa, «MYU»ga qo‘l ham keladi, inglizlar bunday vaziyatda shveysariyaliklar ustidan g‘alaba qozonib, bir tur qolganda rasman pley-off masalasini hal qiladi.

5-tur. Manchester Yunayted – Yang Boyz, Yuventus – Valensiya

6-tur. Yang Boyz – Yuventus, Valensiya – Manchester Yunayted 

Manba: Tribuna
Kiritildi: 19:45, 08.11.2018. O'qildi: 8840 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 8
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Леванте Karl Etta-Eyong 6
7 Вильярреал Alberto Moleyro 6
8 Бетис Kucho Ernandes 5
9 Эспаньол Pere Milya 5
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.