Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xitoydan Yangi prezident yoxud «Inter»ning 26 yoshli xo‘jayini haqida nimalarni bilish kerak?

Baho:
+ | -
OSIYO
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Inter» (Italiya)ning yangi prezidenti atigi 26 yoshda va u klub tarixidagi eng yosh rahbardir. Xo‘sh, gap kim haqida ketyapti? Stiven Chjan - Suning Holdings Group prezidentining o‘g‘li.

Xitoy korporasiyasi sohibi klubning sobiq xo‘jayini Erik Tohirda qolgan aksiyalarni sotib olgandi. Stiven badavlat va ishi serob otasidan farqli ravishda, aynan Milanda yashab, klub taraqqiyotiga to‘liq javob beradi. «U doimo shu yerda, jamoa yonida.

Deylik, «Roma» prezidenti butun yil davomida Italiyaga ko‘pi bilan bir bora kelardi, xolos», - deya «Inter»ning yosh prezidentini maqtagandi Raja Nainggolan.

Ha, Stiven Chjan tez-tez klub bazasiga tashrif buyurib, futbolchilar hamda muxlislar bilan suhbatlashadi, shuningdek, Milan bo‘ylab sayohatlari chog‘i mahalliy jurnalistlarga ko‘p intervyu beradi. Asosiysi, u ham uy, ham safar o‘yinlarini sira qoldirmaydi.

Misol uchun, «neradzurralar» o‘tgan mavsumning oxirgi turida «Lasio»ni 3:2 hisobida mag‘lub etish asnosida CHLga yo‘l ochishganida, Chjan «Stadio Olimpiko» stadioni maydonida ko‘z yoshlarini tiyib turolmagandi.

Suning korporasiyasi ta’siriga kelsak, «Inter»ning moliyaviy ko‘rsatkichlari keskin yaxshilandi. Klub Suning Group ixtiyoriga o‘tgach, 3 mavsum davomida daromad bobida ancha yuksaldi. Xususan, avvalgisida rekord o‘rnatildi: 

Mavsum-2015|2016 — 318,2 mln. yevro

Mavsum-2016|2017 — 241,4 mln. yevro

Mavsum-2017|2018 — 347 mln. yevro

Mana, «Inter» bu yil CHLga qaytdi. Agar klub «pley-off» bosqichiga chiqsa, rahbariyat kelasi kuzda daromad bo‘yicha yangi rekord rasmiylashtirilganini e’lon qiladi. Alohida aytish kerak, «neradzurralar» CHLga chiqishgani uchun Pirelli kompaniyasidan yaxshigina mukofot olib bo‘lishdi.

To‘g‘ri, «Inter» moliyaviy hisobotni minus 17,7 mln. yevro bilan yopdi, ammo bu oxirgi 15 yilda qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkichdir. Taqqoslash uchun aytsak, eng yomon ko‘rsatkich minus 140,5 mln. yevroga teng (mavsum-2014|2015).

Birgina Match day (o‘yin kuni tushumi) yo‘nalishida daromad naq 21 foiz oshdi. Joriy mavsumni olsak, «Inter» abonementlar kvotasidan to‘liq foydalandi. 37 ming donadan ko‘p yillik abonement sotildiki, bu avvalgi mavsum natijasi 20 foiz o‘sganini anglatadi.

«Milan»ga qarshi derbi o‘yini (1:0)da esa chiptalar sotuvi tushumi rekord darajaga yetdi. Raqamlarda aytsak, «Inter» jami 78725 tiket sotib, 5 mln. yevro topdi. Umuman, jamoa  muxlis to‘plash bobida Italiya mezoni bo‘yicha shunchaki, kosmosda:

«Kalyari» bilan o‘yinda — 55486

«Parma» bilan o‘yinda — 59648

«Torino» bilan o‘yinda — 59135

«Fiorentina» bilan o‘yinda — 55840

Darvoqe, Italiya mediasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Inter» rahbariyati «Yuventus»ning sobiq bosh direktori Beppe Marotta bilan kelishib qo‘yibdi. Aytish kerak, mashhur funksioner «keksa sinyora»ning qatorasiga 7ta skudetto yutishiga katta hissa qo‘shgandi.

Demak, «Inter»ning navbatdagi qadami - top-transferlar. Yozgi savdolar chog‘iyoq shunday xaridlardan biri kuzatilishi hech gap emasdi. Har holda, Suning vakillari avgust oyida Luka Modrich uchun alohida taklif tayyorlashdi: «Inter» bilan 4 yillik shartnoma, keyin avtomatik tarzda Xitoyning «Jiangsu Sunin» klubiga o‘tish, qolaversa, yirik korporasiya «yuz»i bo‘lish.

Hozir Lukaning o‘zi ham bu transfer amalga oshmaganidan xafadir, axir shu darajadagi manfaatli taklif ikkinchi marta yuzaga kelmasa kerak...

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 00:21, 10.11.2018. O'qildi: 4514 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик