Bugun 29 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 10 25
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Buxoro 10 17
5 Bunyodkor 9 16
6 OKMK 10 15
7 Lokomotiv 10 14
8 Nasaf 10 13
9 Andijon 10 13
10 Xorazm 9 12
11 Qizilqum 9 12
12 Surxon 10 11
13 So‘g‘diyona 10 9
14 Qo‘qon-1912 9 8
15 Dinamo 10 8
16 Mash’al 10 0

O'tgan o'yinlar.

10-тур Mash’al 0-1 Buxoro
10-тур OKMK 2-1 Lokomotiv
10-тур Andijon 2-1 Dinamo
10-тур So‘g‘diyona 5-2 Surxon
10-тур Paxtakor 2-2 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

29/04/26 Qizilqum - Xorazm
29/04/26 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04/26 Bunyodkor - Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rekord va antirekordlar omuxtasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Oraliq marra yaqinlashgani sari bellashuvlar qizg‘inligining ortib borishi hisobot haftasida o‘z ifodasini topdi. Ularning natijalari esa bir qator rekordlar va antirekordlar qayd etilishiga olib keldi.

 Angliya. Quvlashmachoq davom etmoqda

12-turning markaziy uchrashuvi Manchesterda bo‘lib o‘tdi. Shahar derbisida turnir peshqadami - «Man Siti» azaliy raqibi «MYU»ni qabul qildi. Favorit sifatida maydonga tushgan mezbonlar faollik evaziga 12-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Pogbasiz o‘ynashga majbur bo‘lgan mehmonlar esa jiddiyroq hujumlar uyushtirishni ham uddalay olishmadi. Tanaffusdan keyin Serxio Aguero «iblislar» darvozasiga 2-golni urdi. Faqat shundan keyingina Mourinyo Romelu Lukakuni maydonga tushirishni lozim topdi. Belgiyalik hujumchi shu zahoti hujumga otlanib, to‘pga ilk teginishi bilan penalti ishladi. Martialning aniq zarbasidan so‘ng hisobdagi farq qisqarib, bahs yanada qizidi. Biroq muvozanatni tiklash uchun vaqt yetarli bo‘lsada, mehmonlar bunga erisha olmadilar. Aksincha, 75-daqiqada maydonga tushgan Gyundogan o‘yin taqdirini hal qilgan 3-golni amalga oshirdi. E’tiborlisi, so‘nggi gol 44 uzatmadan keyin vujudga keldi. Bu oxirgi 3,5 yil ichidagi eng uzoq uzatmalar seriyasi edi.

Eng yaqin ta’qibchilardan biri - «Liverpul» «Enfild»da «Fulxem»ni osonlikcha taslim etdi. Ammo «Chelsi» o‘z uyida «Everton» qarshiligini sindira olmadi va nursiz durangdan so‘ng 3-o‘ringa tushib qoldi. London derbisida «Kristal Pelas»dan katta qiyinchilik bilan (1:0) ustun kelgan «Tottenxem» kvartetdagi mavqeini mustahkamlab oldi. «Arsenal» esa o‘z maydonida «Vulverxempton» bilan ochkolarni bo‘lishishga majbur bo‘ldi. Aniqrog‘i, Mxitaryanning aniq zarbasi evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Darvoqe, «Chelsi» bu turda zafar quchmagan bo‘lsada, «aristokratlar»ning italiyalik ustozi Maurisio Sarri ajoyib rekord sohibiga aylandi - uning shogirdlari 12 uchrashuvda biror marta mag‘lubiyatga uchramadilar.

 

Ispaniya. «Kamp-Nou» sensasiyasi

La Liga yetakchisining o‘z uyidagi «Betis»ga qarshi bahsi ochiq jang ruhida o‘tdi - tomonlar himoyani batamom unutib, nuqul olg‘a intilishdi. Bu borada mehmonlar omadliroq chiqishdi va tanaffusga 2ta gol urgan holda yo‘l olishdi. Jarohatdan forig‘ bo‘lgan Messi javob to‘pini kiritgach, vaziyat o‘zgaradigandek tuyulgandi. Ammo tez orada ter Shtegenning qo‘pol xatosi tufayli mehmonlar yana farqni oshirishdi. Arturo Vidalning aniq zarbasi yana muxlislarda umid uyg‘otdi. Biroq «Betis» 4-marta ter Shtegenni dog‘da qoldirdi. Qo‘shimcha vaqt yakunida Messi urgan gol esa o‘yin taqdirini o‘zgartira olmadi. Mag‘lubiyat mezbonlarga 2ta antirekordni «hadya» etdi: «Barsa» 2003 yildan beri ilk bora «Kamp-Nou»da 4ta gol o‘tkazib yubordi, so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta qatorasiga 10ta o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi.

«Real» esa bu turni syurprizsiz o‘tkazib, Vigoda «Selta» ustidan ishonchli (4:2) g‘alabaga erishdi. Asosiy ta’qibchilar - «Sevilya» hamda «Espanyol» qarama-qarshiligi maydon egalarining irodali zafari bilan yakun topgach, ular o‘zaro o‘rin almashib olishdi. «Atletiko» bilbaolik nomdoshini, «Alaves» esa «Ueska»ni tor-mor etib, keyingi pog‘onalarni band etishdi.

 

Germaniya. Markaziy bahsdagi  hayratomuz G‘alaba

Dortmundning «Borussiya»si va Myunxenning «Bavariya»si o‘rtasidagi bahs har jihatdan turning asosiy qarama-qarshiligi edi. Boisi, dortmundliklar mavsumni muvaffaqiyatli boshlab, haqli ravishda yetakchiga aylanib olishdi. «Bavariya» esa barqaror o‘ynay olmayapti. Lekin istagan paytida xohlagan raqibini yengishga qodir. Xullas, bahs o‘ziga bo‘lgan kuchli qiziqishni to‘la oqladi - 81000dan ko‘proq muxlis bevosita stadionda 5ta gol guvohi bo‘lishdi. Birinchi bo‘lim mehmonlarning minimal ustunligi bilan yakunlandi. Biroq tanaffusdan keyin peshqadam tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va tez orada muvozanatni tikladi - jarima maydonchasi ichida o‘ziga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun Marko Roys Manuel Noyerni jazoladi. Ammo mezbonlar golni nishonlab ulgurmaslaridan, «Bavariya» yana oldinga chiqib oldi. Ya’ni Levandovski «dubl»ga erishdi. Shundan keyin maydon egalari bosimni oshirishdi, xavfli vaziyatlar ko‘paya boshladi. Natijada Roys 2-marta hisobni tenglashtirdi, zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Pako Alkaser esa so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Myonxengladbaxning «Borussiya»si Bremenda «Ver­der»ga imkon bermadi. Jamoa to‘purari Plea «xet-trik»­ka erishib, to‘purarlar safida bormoqda.

 

Italiya. Ot aylanib, QoziG‘ini topmoQda

Hisobot turi natijalaridan keyin «A» seriya turnir jadvali mantiqiy ko‘rinishga ega bo‘ldi - yuqori 6 o‘rinni Italiya futbolining atoqli vakillari egalladilar. Bevosita o‘yinlarga kelsak, birinchi bo‘limni boy bergan «Napoli» Genuyadan irodali g‘alaba (2:1) bilan qaytdi va 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Inter» esa Bergamoda «Atalanta»ga imkoniyatni boy berdi - 1:4. Peshqadamni qabul qilgan «Milan» ham bu turda ochko ololmadi. To‘g‘ri, agar Iguain penaltidan unumli foydalana olganida, natija o‘zgacha ko‘rinish olishi ham hech gap emasdi. Lekin Manjukich va Ronalduning gollari javobsiz qolib ketdi.

 

Fransiya. Ta’Qibchilar o‘rin almashishdi

Navbatdagi tur sovrinli o‘rinlardan umidini uzmaganlar uchun omadsiz keldi. «PSJ» bundan mustasno, albatta. Turni ochib bergan «Lill» «Strasburg» bahsida tomonlar nursiz durangga rozi bo‘lishdi. «Monpelye» «Anje»dan kichik hisobda yengildi. «Lion» ham birinchi bo‘limdan keyin «Gengam»ga imkoniyatni boy berayotgandi. Lekin tanaffusdan keyin Memfis Depayning mahorati evaziga muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi. Gollandiyalik hujumchi ikki gol bilan cheklanib qolmasdan, 2ta samarali uzatmani ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. Yakuniy hisob - 2:4.

Mavsumni omadsiz o‘tkazayotgan «Monako» bu turda ham o‘z muxlislarini ranjitishi avvaldan ma’lum edi - autsayder maydoniga tashrif buyurgan «PSJ» ortiqcha qiyinchiliksiz 4ta javobsiz gol urdi, Edinson Kavani «xet-trik»ka erishdi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:23, 16.11.2018. O'qildi: 2847 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Нефтчи Stipe Perisa 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
8 Бухоро Sherzod Esanov 4
9 Пахтакор Flamarion 4
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик