Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • 2:1
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • -:-
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • -:-
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • -:-
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • -:-
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • -:-
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya

Navbatdagi o'yinlar.

12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

YECHL bosh sovriniga yeta olmayotgan 7 nafar mashhur yulduz

Baho:
+-2 | -2
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Jamoalar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevropa Chempionlar Ligasi – qit’aning eng nufuzli klublar turniri. Deyarli barcha futbolchilar ushbu musobaqada g‘alaba qozonishni orzu qiladi, ammo bu cho‘qqini zabt etish hammaga ham nasib etavermaydi. YECHLda porlayotgan, gollar urib, jamoasini g‘alabalar sari boshlayotgan bo‘lsa-da, haligacha asosiy sovringa yeta olmayotgan futbolchilar bor.

Stadion.uz YECHLda g‘olib bo‘lishga loyiq, ammo hali bu baxtga erisha olmagan 7 nafar amaldagi futbolchini sanab o‘tadi.


Kilian Mbappe («Real»)

Mbappe — YECHL yulduzlari haqida gap ketganda birinchi bo‘lib xayolga keladigan ismlardan biri. Uning hisobida turnir tarixidagi oltinchi ko‘rsatkich bo‘lgan 70 ta gol bor. Shu bilan birga, Kilian buncha ko‘p gol urib, hali biror marta kubokni boshi uzra baland ko‘tarmagan yagona futbolchidir.

Fransiyalik hujumchi jahon chempioni bo‘lsa-da, YECHLda zafar quchmagan. Uning yagona finalida «PSJ» 2020 yilda «Bavariya»ga imkoniyatni boy bergan. 2024 yil yozida Mbappe aynan YECHLda g‘olib chiqish uchun «Real»ga o‘tdi, biroq hozircha bu maqsadga erishish qiyin kechmoqda: u kelganidan so‘ng «qaymoqranglilar» ikki bor chorak final bosqichida musobaqani tark etdi.

Lamin Yamal («Barselona»)

Yamal «Barselona» bilan ikki karra Ispaniya chempioni va Yevro-2024 g‘olibi hisoblanadi. Uning hisobida YECHLda urilgan 11 ta gol ham bor. Laminning atigi 18 yoshda ekanini hisobga olsak, bu hayratlanarli natija.

Uning faoliyati yuksalayotgan davrda kataloniyaliklar o‘tgan mavsumda yarim finalgacha, joriy mavsumda esa chorak finalgacha yetib borishdi. Yosh ispaniyalikka porloq kelajak bashorat qilinmoqda, ammo u tarixdagi eng yaxshilar qatoridan mustahkam joy olmoqchi bo‘lsa, YECHL kubogi uning yutuqlari ro‘yxatida bo‘lishi shart.

Rafinya («Barselona»)

O‘tgan mavsum Rafinya faoliyatidagi eng yaxshisi bo‘ldi — barcha turnirlarda 57 o‘yinda 34 gol va 26 golli uzatma. O‘shanda braziliyalik futbolchi 14 o‘yinda 13 ta gol urib, YECHLning eng yaxshi to‘purarlaridan biriga aylangandi. «Barselona»ga o‘tguncha YECHLda umuman o‘ynamaganini inobatga olsak, bu ajoyib ko‘rsatkich.

Joriy mavsumda Rafinya jarohatlar tufayli beshta o‘yinni o‘tkazib yubordi va hisobiga atigi 3 ta gol hamda 3 ta assist yozdirib qo‘ydi. Sog‘lom holatda Rafinya, shubhasiz, YECHLda muvaffaqiyatga loyiq bo‘lgan dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan biridir.

Xarri Keyn («Bavariya»)

Keyn — dunyoning eng yaxshi forvardlaridan biri. Uning faoliyatidagi 500 dan ortiq gollari, «Tottenxem» afsonasi maqomi va haqiqiy professional sifatidagi obro‘si bor. Xarri maydonda qanchalik ko‘p mehnat qilishi va jamoasiga foyda keltirishini hisobga olsak, u YECHLda g‘alaba qozonishga hammadan ko‘ra ko‘proq haqli.

2023 yil yozida ingliz hujumchisi sovrinlar ilinjida «Bavariya»ga o‘tdi. Qizig‘i shundaki, u YECHL finalida «Tottenxem» tarkibida o‘ynagan (2019 yil). O‘shanda «shporlar» «Liverpul»ga yutqazgan, ammo Keyn Myunxen klubida asqatishi mumkin bo‘lgan katta tajriba to‘plagan. «Bavariya» bilan u chorak final va yarim finalgacha bordi. Finalga qaytish vaqti keldi, biroq yo‘lda jiddiy to‘siq — turnirning amaldagi g‘olibi turibdi.

Deklan Rays («Arsenal»)

Rays Yevropaning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri — «Arsenal» 2023 yil yozida u uchun «Vest Xem»ga 116 million yevro to‘lagani bejiz emas. «Kanonirlar» tarkibida Deklan o‘z maqomini yanada mustahkamladi va 2023/24 yilgi mavsumda YECHL ramziy terma jamoasidan joy oldi.

Deklan «Arsenal»ga «Vest Xem» bilan Konferensiyalar Ligasida g‘olib chiqqandan so‘ng o‘tdi. U londonliklarning yevrokuboklarda g‘oliblik tajribasiga ega kam sonli o‘yinchilaridan biri. Rays YECHL darajasidagi futbolchi, ammo uning klubi bu turnirda muvaffaqiyat qozonishga tayyormi? Hozircha «Arsenal» favoritlar qatorida sanalmoqda.

Lautaro Martines («Inter»)

Martinesning darajasiga turlicha baho berishadi. Ammo u ikki bor finalda o‘ynaganini hisobga olsak, YECHLda g‘olib bo‘lishga loyiq emasligini aytib bo‘lmaydi. Argentinalik hujumchi JCH-2022da kam gol urgani uchun ko‘p tanqid qilingandi, biroq shundan so‘ng u klub darajasida yangi bosqichga chiqdi.

Martines «Inter» bilan 2023 va 2025 yillarda finalga chiqdi, 2024 yilda esa A Seriyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Ikkala finaldagi mag‘lubiyat Lautaro uchun alamli bo‘ldi. Boshqa tomondan, bu uchinchi urinishda nihoyat maqsadga yetishish va «Inter» afsonasiga aylanish uchun kuchli motivasiya bo‘lishi mumkin.

Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»)

APLning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Fernandesh so‘nggi yillardagi muammolarga qaramay «Manchester Yunayted»ga sodiq qolmoqda. «MYU» safidagi olti yil davomida Brunu faqat Angliya Kubogi va Liga Kubogini qo‘lga kiritdi. Bunday darajadagi o‘yinchi uchun bu juda kam.

Portugaliyalik futbolchi hali biror marta mankunianliklar bilan APL chempionligi uchun jiddiy kurashmadi, YECHLda esa faqat 1/8 finalgacha yetib bordi. YECHLda katta g‘alabalar tajribasi yo‘qligiga qaramay, Fernandesh o‘z mahorati bilan ushbu turnirda zafar quchishga loyiq. Balki bu yozda o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilishda ushbu omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etar.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 18:50, 28.04.2026. O'qildi: 4245 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Мексика Xulian Kinyones 1
2 Мексика Santyago Ximenes 1
3 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
4 Чехия Ladislav Kreychi 1
5 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
6 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик