Bugun 23 aprel, 2025 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 22.04.2025 00:00
      • Jirona
      • 1:3
      • Betis
      • 22.04.2025 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Espanyol
      • 23.04.2025 00:30
      • Barselona
      • 1:0
      • Malyorka
      • 23.04.2025 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 23.04.2025 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Las-Palmas
      • 24.04.2025 00:30
      • Xetafe
      • -:-
      • Real Madrid
      • 24.04.2025 00:30
      • Alaves
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 24.04.2025 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Sevilya
      • 24.04.2025 22:00
      • Leganes
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 22.04.2025 00:00
      • Tottenhem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 23.04.2025 00:00
      • Manchester Siti
      • 2:1
      • Aston Villa
      • 24.04.2025 00:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
  • O‘zbekiston kubogi
      • 22.04.2025 16:00
      • Zamin
      • 0:3
      • Qizilqum
      • 22.04.2025 16:30
      • Andijon FA
      • 0:7
      • Qo‘qon-1912
      • 22.04.2025 16:30
      • Sirdaryo FA
      • 0:1
      • Olimpik MobiUz
      • 22.04.2025 18:00
      • Xorazm
      • 3:1
      • Jayxun
  • «A» Seriya
      • 23.04.2025 21:30
      • Torino
      • -:-
      • Udineze
      • 23.04.2025 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Fiorentina
      • 23.04.2025 21:30
      • Jenoa
      • -:-
      • Lasio
      • 23.04.2025 21:30
      • Parma
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 76
2 Real Madrid 32 69
3 Atletiko 32 63
4 Atletik Bilbao 32 57
5 Vilyarreal 31 52
6 Betis 32 51
7 Malyorka 33 44
8 Selta 32 43
9 Real Sosyedad 32 42
10 Rayo Valyekano 32 41
11 Osasuna 32 41
12 Xetafe 32 39
13 Espanyol 32 39
14 Valensiya 33 39
15 Sevilya 32 37
16 Jirona 32 34
17 Las-Palmas 32 32
18 Alaves 32 31
19 Leganes 32 29
20 Valyadolid 32 16

O'tgan o'yinlar.

33-тур Valensiya 1-1 Espanyol
33-тур Barselona 1-0 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

27/04/25 Vilyarreal - Espanyol

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 23.04.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Бодрум".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Боруссия Мёнхенгладбах".
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кёльн" - "Пройссен Мюнстер".
      15:25 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      16:25 Новости футбола.
      16:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Падерборн 07".
      18:30 Новости футбола.
      18:35 Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      20:35 Новости футбола.
      20:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      21:50 Новости футбола.
      21:55 LIVE Чемпионат Испании. "Сельта" - "Вильярреал". Прямая трансляция.
      23:55 "Голевая неделя".
      00:25 LIVE Чемпионат Испании. "Депортиво Алавес" - "Реал Сосьедад". Прямая трансляция.
      02:25 Новости футбола.
      02:30 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      03:30 "Всё о главном". Юрий Ментюков.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бавария Мюнхен".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 23.04.2025

      05:45 Бадминтон. Всероссийские соревнования "Крылатый Зилант" в Казани.
      07:30 Д/с "Век нашего спорта".
      08:00 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      09:55 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. Trophee EDF в Льевене, Франция.
      12:00 "Вы это видели".
      12:55 LIVE Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Женщины. Прямая трансляция.
      15:00 "География спорта". Самара.
      15:30 "Физруки. Будущее за настоящим".
      16:05 Фристайл. Чемпионат мира в Швейцарии. Слоупстайл.
      18:30 "Парусный спорт".
      18:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат Европы в Черногории. Прямая трансляция.
      21:25 Д/с "Век нашего спорта".
      21:50 Дзюдо. Fonbet Молодёжное первенство России в Волгограда.
      23:30 Лёгкая атлетика. Мировой тур в закрытых помещениях. ORLEN Copernicus Cup в Торуни, Польша.
      01:50 "Физруки. Будущее за настоящим".
      02:25 Спортивная гимнастика. Fonbet Кубок России в Новосибирске. Команды. Женщины.
      04:35 "Страна спортивная".
      04:50 Д/ф "Роналду".
  • MATCH-TV
    • Sana: 23.04.2025

      05:25 "География спорта". Казань.
      05:55 Новости.
      06:00 Футбол. Чемпионат Германии. "Санкт-Паули" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "География спорта". Карелия.
      12:55 "География спорта". Камчатка.
      13:30 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Абу-Даби, ОАЭ. Шарабутдин Магомедов против Михала Олексейчука.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Магия большого спорта". "Шахматы".
      16:55 "Непобедимый".
      17:25 Новости.
      17:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 "Вид сверху".
      18:55 LIVE Дзюдо. Чемпионат Европы в Черногории. Прямая трансляция.
      21:25 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/4 финала. 7-й матч. Прямая трансляция.
      23:50 LIVE Футбол. Кубок Италии. 1/2 финала. "Интер" - "Милан". Прямая трансляция.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:55 Самбо. Чемпионат Европы на Кипре.
      04:10 Синхронное плавание. Чемпионат России в Екатеринбурге.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 23.04.2025

      06:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      08:00 Мотоспорт. FIM EWC. Этап 1. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:30 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 2.
      12:30 Велоспорт. "Велошоу".
      13:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      14:00 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      17:00 Легкая атлетика. Бостонский марафон в США.
      18:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      21:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 3.
      22:30 LIVE Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1. Прямая трансляция.
      02:00 Велоспорт. Гонка "Флеш Валонь" в Бельгии.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Раунд 1.
      04:30 Велоспорт. Тур Альп в Италии. Этап 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umid Ahmadjonov bilan intervyu: Superligadagi tajribalar, keyingi mavsum uchun rejalar va klublarning xususiylashtirilishi haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

30 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati, birinchi marta formati yangilangan holda o‘tkazilgan Superliga yakunlandi. Kun.uz O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bilan intervyu uyushtirdi.

— O‘zbekiston futbol mamlakati. Bizda futbol klublari juda ko‘p. Masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan taqqoslaganda, bizda klublar soni ham, futbolga bo‘lgan qiziqish ham sezilarli darajada yuqori. Jamoalar soni juda ko‘p bo‘lgan mamlakatning yuqori divizionida 12tagina jamoa bo‘lishi mantiqsizlik emasmi?

— Yo‘q, mantiqsizlik emas. Masalan, Qozog‘istonda futbol klublari soni kamroq bo‘lsa-da, ularning byudjeti bizning klublarnikidan kattaroq bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Biz futbolchilar va shu sohaga e’tibor jihatidan olib qaraganda, Markaziy Osiyoning eng oldi mamlakatimiz. Shuning uchun ham faqat songa emas, sifatga e’tibor berishni to‘g‘riroq bildik. Quyidan yuqoriga qarab qaysi jamoalar intildi? «Andijon», «Mash’al», «Istiqlol», «Surxon», boring ana, «Dinamo» ham. Endi ularni ham Superligaga olsak, Pro-ligada kimlar raqobat hosil qiladi? Quyi ligada raqobat bo‘lmasa va Superliga klublari ularni istalgan vaqtda almashtirishi mumkin bo‘lgan klublar pastda tayyorligini his qilmasa, qanday qilib rivojlanadi?

Keyin, futbol mamlakati sifatida baholansa, Angliyayu Ispaniyada 20tadan jamoalar o‘ynaydi, o‘yinlar sifati yuksak. Shu o‘lchov bilan olganimizda, bizning darajamizda 12ta jamoa Superligada ishtirok etishi u qadar past natija emas. Formatni o‘zgartirganimiz qiziqtirish, futbolimizga yangi qon olib kirish uchun qilingan ish edi. Chunki qotib qolgan futbolimizni nimadir qilib uyg‘otmasa bo‘lmasdi.

— O‘FA mavsum boshida Superligada ishtirok etuvchi jamoalarning 25 milliard so‘mdan puli bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgandi. Lekin mavsum o‘rtasiga kelib «Buxoro» klubi futbolchilarining maoshlarini to‘lolmay qoldi. Bundan kelib chiqadiki, «Buxoro» 25 miliard so‘m puli bo‘lmay turib Superligada qatnashishga ruxsat olgan, to‘g‘rimi? Yoki klubdagilar yarim mavsumdayoq 25 milliard so‘mni ishlatib qo‘yishganmi?

— Bir jihatni tushuning, agar 25 milliard puli bo‘lmagan jamoani Superligada o‘ynatmasak, unda faqatgina 2ta klub qolishi mumkin. Odatda homiylar normal futbol klubining yillik smetasi qancha bo‘lishi kerak degan savolni o‘rtaga tashlaydi. 25 milliard aynan ular uchun qaratilgan. Superligada ishtirok etadigan va o‘z oldiga biror maqsad qo‘yadigan klubning yillik smetasi shu summadan kam bo‘lmasligi kerak aslida. Biroq biz davlat tashkilotlarni majburlab, ulardan pul undirib beradigan tashkilot emasmiz, biz maslahat beramiz, tavsiya beramiz. Unga quloq solinmagan taqdirda esa klublar kartotekadan chiqa olmaydi yoki o‘z oldiga biror maqsad qo‘ya olmaydi.

Masalaning boshqa jihati ham bor. Kimdir shu 25 milliardni ham samarali ishlata olmaydi, kelajakka poydevor qo‘ymaydi, balki bir yildayoq yeb bitiradi. Yana kimdir esa 20 milliard bilan ham ancha samarali ishlay oladi. Bu endi klublarni boshqarayotgan rahbarlarga bog‘liq masala.

— PFL mavsum avvalida «Dinamo» va «Mash’al» kabi jamoalarga stadionlaridagi sharoitlar yaxshi emasligini aytib, Superligada qatnashishga ruxsat bermadi. Mavsum davomida esa Superligada ishtirok etishga ruxsat olgan bir qator jamoalarning stadionlarida tablo, maydon, elektr tizimi bilan bog‘liq muammolar borligi ko‘rinib qoldi. Bu holatlar turgan gapki samarqandlik va muboraklik muxlislarni norozi qilgani tabiiy. Nega ularga ayricha munosabatda bo‘lindi?

— Lisenziyalash talabida faqatgina maydon emas, boshqa jihatlar ham bor. Klublarning o‘zida Superligada o‘ynash uchun xohish, imkoniyat bo‘lishi kerak. Bu yil o‘sha xohish nisbatan «Mash’al»da ko‘rinmoqda, biroq «Dinamo» Pro-ligadagi raqobatda ham yutib chiqa olmadi. Kelasi mavsum uchun talablarda katta farq yo‘q, biroq jamoalar bilishsinki, ijro qattiq bo‘ladi. Bu safar ham shunchaki qutulib qolaman deb o‘ylagan klub Superligada o‘ynamaydi. Endi hech kimni ayash yo‘q. Prezidentimiz boshida aytganlaridek, futbolni yoki ko‘tarish kerak yoki yo‘q qilish. Biz uni ko‘tarmoqchimiz, maqsadi boshqacharoq bo‘lganlarga esa oramizda joy yo‘q.

— PFL ayni damda faqat uchta jamoaning maydoni talab darajasida ekanini ma’lum qildi. Demak, qolgan 9 jamoa butun mavsum davomida talab darajasida bo‘lmagan maydonda o‘ynab kelgan. PFL maydoni talabga javob bermagan jamoalarni qanday qilib lisenziyadan o‘tkazgan? Yoki talablar o‘zgarib qoldimi?

— Sizga misol keltiraman. Yil boshida AGMK stadionining maydoni zo‘r holatda edi. Keyin esa uning maysalari sarg‘ayib ketdi. Kimdir yo‘qni bor qilib ko‘rsatadi, kimdir borni yo‘q qiladi. Nega «Nasaf», «Paxtakor», «Lokomotiv» stadionlarining holati o‘zgarmaydi, chunki ularda stadion maydoniga javob beruvchi alohida personallar bor. 2018 yilgi mavsum shu xulosaga sabab bo‘ldi, endi PFL mana shunday shtatlarni ham talab qilishi kerak ekan. Kelasi yildan bunday ishchilar har bir stadionda bo‘lishi kerak. Yo‘qsa yil boshida binoyidek ko‘ringan stadionlar, kuzga kelib qarab bo‘lmaydigan ahvolda qolyapti.

— O‘tgan mavsumda Ikkinchi liga g‘oliblari o‘rtasida Birinchi Ligaga chiqish o‘yinlari (ya’ni pulka) o‘tkazilmadi. Aytingchi, o‘z ligasida g‘alaba qozongan taqdirda ham baribir yuqori divizionga ko‘tarila olmasligini bilgan jamoa mavsum avvalida o‘z oldiga qanday maqsad qo‘yishi mumkin? Aynan mana shu jihatdan PFLda tartib yo‘qolib qolmadimi?

— Maqsad qo‘yishni hamma biladi. Biroq maqsad qo‘yayotgan tomon, men shunga o‘zi tayyormanmi, deb savol berib ko‘rishi kerakmi? Bu yil Pro-liga nega ikki teng bo‘lmagan guruhga ajratilgandi, deb o‘ylaysiz? Menga shunday taklif berishayotganda, 2019 yilgi mavsumning ehtimoliy rejasi bilan ham tanishtirishgandi. 2018 yilgi mavsum ko‘rsatdiki, o‘shandagi farazlar to‘g‘ri chiqdi. B guruhda o‘ynagan jamoalarning ko‘pchiligi hatto Pro-ligaga ham mos emas. Aynan o‘shalar 2-liga saviyasidagi klublardan, bundaylar hatto A guruhda ham ko‘rinib qoldi.

Shundan kelib chiqib, 2019 yilda B planga o‘tamiz. Endi Pro-ligada faqatgina Superliga talabiga ham javob berishga qodir bo‘lgan klublarni qoldiramiz. Pro B liga esa mutlaqo alohida ligaga aylanadi. Uning klublari maqsad qo‘yishdan oldin o‘zini ko‘zguda ko‘radi, havas qiladi, ishlaydi, intiladi, infrastruktura qiladi, undan keyin Pro A liga haqida orzu qiladi, Superliga haqida hozircha o‘ylamaydi ham.

— Futbolimizdagi eng katta kamchiliklardan biri klublarning ma’lum bir homiy-tashkilot yoki hokimiyatlarga qaramligi hisoblanadi. Ko‘pchilik klublarning hatto stadioni ham o‘ziniki emas. Klublarni xususiylashtirish uchun harakat qilib ko‘rilsa bo‘lmaydimi? Axir bizda ham futbolni yaxshi ko‘radigan puldor muxlislar oz emas. Biz ham xuddi Yevropada bo‘lgani kabi klub aksiyalarini sotib olishni, klub prezidentligi uchun saylovlarda qatnashishni xohlaymiz. Tasavvur qiling, bizda ham prezidentlikka bir nechta nomzod bo‘lsa va har biri «Meni saylasanglar, mana bu futbolchini olib kelaman, men saylasanglar, mana bunday ishlar qilaman», deb saylov dasturlarini e’lon qilsa. Shunday omon-omon davrlarga erishish imkonini beradigan klublarni xususiylashtirish uchun O‘FA qanday ishlarni amalga oshirishi mumkin?

— Juda zo‘r taklif. Lisenziyalash talablari bosqichma-bosqich shunga olib boradi. PFL istayotgan masala ham aslida shu. Biroq ayni holatda o‘sha homiy-tashkilotlar moliyalashtirishni to‘xtatsa, futbol birdaniga orqaga ketib qoladi. Shuning uchun ham davlat pul berayotganida stadion, akademiya, bazani qurib olmaysanmi, deb kuyunib yotibmiz. Siz aytayotgan tadbirkorlar yaxshi klublarga asos solishi mumkin, biroq boshlanishiga o‘sha klublar «Paxtakor» yoki «Lokomotiv»dek jamoalar bilan kurasha olmaydi. Vaqt kerak hammasiga. Lisenziyalash talabi 2019 yilda faqat va faqat qurish ishlariga zo‘r bo‘ladi. Vaqti kelib siz aytgan yaxshi kunlar kelganida, klublar homiysiz qolganida hech bo‘lmasa maydoni, bazasi, akademiyasi bo‘lishi uchun. Hozircha esa «Nasaf»dan so‘rashingiz mumkin, o‘z stadioniga ega klubning xarajatlari qanchalik katta bo‘lishini, klublar yillar davomida bunga tayyorgarlik ko‘rmagani uchun, endi mas’uliyatdan qochishni odat qilib olgan. Lisenziyalash talabi baribir hamma klublarni birinchi galda «Nasaf»ga yaqinlashtiradi, keyin esa ularni siz aytganingizdek aksionerlik jamiyatlariga aylantiradi.

— Ko‘pchilik muxlislar boshqa sport federasiyalarining rahbarlarini tanish uyoqda tursin, o‘sha federasiyalar qayerda joylashganini ham bilishmaydi. Lekin futbol federasiyasi (endilikda assosiasiyasi) millionlar diqqat markazida bo‘ladigan tashkilot. Tashkilotning sizdan oldingi rahbari Mirabror Usmonov doimiy tanqid qilib kelingan. Siz ham bu lavozimga kelganingizdan so‘ng keskin tanqidlar yomg‘iri ostida qolib ketishingizni, eng ommabop sport rahbari bo‘lish oson emasligini bilganmidingiz? O‘zingiz haqingizdagi tanqidlarga qanday qaraysiz?

— Men tanqidni to‘g‘ri tushunaman va hatto bu tanqid noto‘g‘ri bo‘lsa ham, tabiiy hol deb qarayman. Turgan gapki, bu vazifa menga yuklatilganida, buning ostida naqadar katta yuk turganini, jumladan, muxlislarning, jurnalistlarning tanqidiy so‘zlari yangrashi mumkinligini ham bilganman va bunga tayyor holda kelganman. Lekin xalqimizda bir yaxshi maqol bor: «O‘ychi o‘yiga yetguncha, tavakkalchi ishini bitkazibdi». Kimdir bu ishni bajarishi, malomatlar tagida qolsa ham, yangiliklar bilan kirib kelish lozim edi. Davr shunaqa hozir. Uning ayovsiz talablari bor. Shunday shiddatli jarayonda kurashlar ostida maqsadga yetsangiz, g‘oliblik nashidasi yanada shirin tuyuladi.

 Sizningcha, bu yilgi mavsumda hakamlik darajasi qanday bo‘ldi?

— Superligada avvalgi mavsumlarniki bilan solishtirganda yaxshiroq bo‘ldi. Ular bilganlaricha ish qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildik. Biroq Pro-ligadagi hakamlik saviyasini sezilarli darajada ko‘tarmasak bo‘lmaydi. Buning uchun eng yaxshi vosita teletranslyasiyalar sonini oshirish. Chunki Superligadagi hakamlik masalasi ham shu sabab avvalgilariga qaraganda ancha epaqaga kelib qoldi. Nazar bo‘lishi kerak-da hamma joyda. «Sport» telekanali bu yil katta hajmdagi ishlarni bajardi, oson bo‘lmadi. Umid qilamanki, kelasi mavsumda ham hamjihatlikda katta ishlarni amalga oshiramiz.

— Osiyo o‘yinlarida 70ta medal qo‘lga kiritilgani bilan bu natijani juda yuksak natija deb bo‘lmaydi. Birinchidan, turnirda 42 sport turida medallar o‘ynalgani holda o‘zbekistonliklar 30 sport turi bo‘yicha ishtirok etishdi. Shundan faqat 19ta sport turida medal olindi. Shundan faqat 12 sport turida 21ta oltin medal. Ikkinchidan, medallar asosan yakkalik bahslarda qo‘lga kiritilgan. Faqat 7ta medal – 5ta kumush va 2ta bronza jamoaviy bahslarda olingan. Oltin yo‘q. Kumush va bronzalarning 4tasi akademik eshkak eshishda, 2tasi baydarka va kanoeda eshkak eshishda, bitta bronza badiiy gimnastikada. Ya’ni, jamoaviy sport turlarida juda past natijalar qayd etilgan. Bu ko‘rsatkichlarni yaxshilash uchun nimalar qilinadi?

— Juda yuksak natija emas, deysizmi? Axir, terma jamoamiz rekordi yangilangan kuni, umumjamoalar o‘rtasida Erondan o‘zib ketganimizda, xalqimiz qay tarzda qabul qilganini ko‘rmadingizmi? Lekin fikringizda jon bor, biz birdaniga hamma sport turlarini bir kunda rivojlantirib qo‘ya olmaymiz, bunga millat mentaliteti, xalqimizning o‘sha sport turiga bo‘lgan munosabati va sport turlariga turlicha sharoit lozimligi sabab bo‘ladi. O‘ylaymanki, shu ketishda ishlasak, natija bermagan turlar bo‘yicha ham medallar uchun kurash olib boramiz. Katta shaharlar ham bir kunda qurilmaganku…

— Ma’lumki, Olimpiya o‘yinlarida va Osiyo o‘yinlarida suzish sportida bir sportchining o‘zi bir nechta medal olishi mumkin. Osiyo o‘yinlarida kuchli uchlikda bo‘lgan Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya ham ko‘p medallarni suzish sport turida jamg‘arishdi. Masalan, birinchi o‘rinni egallagan Xitoy suzish bo‘yicha 50ta medal oldi (19ta oltin, 17ta kumush va 14ta bronza). Yaponiya esa bu sport turida eng ko‘p medalga egalik qildi – 52ta (19ta oltin, 20ta kumush va 13ta bronza). Yaponiyalik suzuvchi Rikako Ekee 8ta medal (6ta oltin, 2ta kumush) oldi, xitoylik suzuvchi Jiayu Xu 5ta oltin medalni o‘ziniki qildi. Yana bir xitoylik suzuvchi 6ta medal (4ta oltin, 2ta kumush) egasi bo‘ldi. Sportchilar o‘rtasida eng ko‘p medal jamg‘arish reytingining dastlabki olti pog‘onasi aynan suzuvchilarga tegishli bo‘ldi. O‘zbekiston bu sport turida bitta ham medal olmadi.

Suzish sportini rivojlantirishga jiddiyroq e’tibor qaratish kerakmasmikin?

— Bu ham yuqoridagi savolingiz kabi o‘z sharoiti, jug‘rofiy holati va xalq tomonidan suyilishi lozim bo‘lgan jihatlarga bog‘liq.

Tan olaylik, yuqoridagi mamlakatlar hozirgi natijalari yo‘lida uzoq yillar ishlashgan va bir yaxlit tizim ishlab chiqilgach, bugungi ko‘rsatkichlarga yetishishdi. Biz esa, bu masalalarni tezlik bilan hal qilishimiz imkonsiz, o‘z vaqti bilan yetib ham kelamiz. Lekin boya aytganimdek, shu zaylda ishlasak, suzish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarimiz samarasini ham yaqin yillarda ko‘rasiz, Xudo xohlasa…

Manba: KUN
Kiritildi: 21:14, 01.12.2018. O'qildi: 4407 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Барселона Robert Levandovski 25
2 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
3 Осасуна Ante Budimir 18
4 Барселона Rafinya 15
5 Атлетик Бильбао Oyan Sanset 15
6 Вильярреал Ayose Peres 14
7 Атлетико Xulian Alvares 14
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Алавес Kike Garsiya 12
10 Севилья Dodi Lukebakio 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.