Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 15 33
2 Neftchi 15 30
3 Dinamo 15 29
4 Bunyodkor 15 27
5 OKMK 15 27
6 Paxtakor 15 26
7 Navbahor 15 26
8 Surxon 15 18
9 Andijon 15 17
10 Qizilqum 15 17
11 So‘g‘diyona 15 16
12 Mash’al 15 15
13 Xorazm 15 14
14 Buxoro 15 13
15 Qo‘qon-1912 15 12
16 Sho‘rtan 15 9

O'tgan o'yinlar.

15-тур Sho‘rtan 1-2 Qizilqum
15-тур So‘g‘diyona 2-1 Qo‘qon-1912
15-тур Surxon 0-0 Buxoro
15-тур Andijon 0-1 Bunyodkor
15-тур Mash’al 0-1 OKMK
15-тур Paxtakor 2-0 Navbahor
15-тур Dinamo 2-2 Nasaf
15-тур Neftchi 2-0 Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 12.07.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Кубок Испании. 1/32 финала. "Конкенсе" - "Реал Сосьедад".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      15:30 Новости футбола.
      15:35 Чемпионат Турции. "Адана Демирспор" - "Бешикташ".
      17:35 Новости футбола.
      17:40 Кубок Испании. 1/16 финала. "Барбастро" - "Барселона".
      19:40 Новости футбола.
      19:45 Чемпионат Турции. "Эюпспор" - "Фенербахче".
      21:45 Новости футбола.
      21:50 Кубок Италии. 1/16 финала. "Лечче" - "Сассуоло".
      23:50 Новости футбола.
      23:55 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      01:55 Новости футбола.
      02:00 Кубок Испании. 1/16 финала. "Уэска" - "Реал Бетис".
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Сербии. "Црвена Звезда" - "Партизан".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 12.07.2025

      05:15 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Вышка.
      06:20 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Мужчины. Трамплин 3 м.
      07:30 "Вопреки всему".
      08:00 Лёгкая атлетика. "Бриллиантовая лига". Этап 10 в Монако.
      10:05 Автоспорт. Ралли. Чемпионат России 2025.
      10:35 Велошоссе. Альфа-Банк Чемпионат России в Казани. Групповая гонка. Мужчины.
      12:55 LIVE Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды. Прямая трансляция.
      15:00 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
      16:15 Д/с "Век нашего спорта".
      16:45 "Небесная грация".
      17:00 "Камчатка. Необыкновенные истории на краю земли".
      17:55 LIVE Велоспорт. Альфа-Банк Первенство России в Пензе. Прямая трансляция.
      19:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины. Прямая трансляция.
      20:45 Д/с "Сила воды".
      21:00 "Вопреки всему".
      21:25 LIVE Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Женщины. Прямая трансляция.
      22:45 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Личное первенство.
      00:55 Д/с "Век нашего спорта".
      01:25 Стрельба из лука. Кубок мира. Этап 4 в Мадриде, Испания. Блочный лук. Команды.
      03:30 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 4 в Гамбурге, Германия. Мужчины.
      04:50 Прыжки в воду. Чемпионат России в Екатеринбурге. Женщины. Трамплин 3 м.
  • MATCH-TV
    • Sana: 12.07.2025

      05:55 Новости.
      06:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC "Fight Night 32" в Бангкоке, Таиланд. Аллиссия Хеллен Родригес против Йоанны Перссон, Владимир Кузьмин против Стефана Короди. Прямая трансляция.
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 М/с "Чемпионы".
      11:25 Д/ф "Борис Беккер. Игрок с большой буквы".
      13:25 LIVE Автоспорт. G-Drive Российская серия кольцевых гонок. Этап 3 на автодроме "Нижегородское кольцо". SMP TCR. Гонка 1. Прямая трансляция.
      14:25 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      15:10 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:20 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. 1/2 финала. Прямая трансляция.
      16:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      16:15 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Матч за 3-е место. Прямая трансляция.
      17:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:10 LIVE Хоккей 3х3. Чемпионат КХЛ. Суперфинал. Финал. Прямая трансляция.
      18:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:55 Новости.
      19:00 LIVE Футбол. OLIMPBET Суперкубок России. "Краснодар" - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      23:30 Смешанные единоборства. Shlemenko FC 11 в Омске, Россия. Александр Шлеменко против Гильерме Кадены.
      02:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      03:00 LIVE Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Нэшвилле, США. Предварительный кард. Крис Кёртис против Макса Гриффина, Чиди Нжокуани против Джейка Мэттьюса. Прямая трансляция.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 12.07.2025

      07:00 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      10:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Филадельфии, США. День 2.
      11:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      12:30 Автоспорт. WEC. Этап 3. "6 часов Спа-Франкоршама" в Бельгии. Лучшие моменты.
      14:00 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Женщины. Шорт-трек кросс-кантри.
      14:30 Маунтинбайк. Кубок мира. Этап в Паль-Аринсале, Андорра. Мужчины. Шорт-трек кросс-кантри.
      15:00 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 7. Сен-Мало - Герледан.
      16:00 LIVE Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль. Прямая трансляция.
      20:45 Велоспорт. Женщины. "Джиро д'Италия". Этап 7. Обзор.
      21:45 BMX. Чемпионат Европы в Валмиере, Латвия.
      23:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 10 в Кракове, Польша. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы.
      00:00 LIVE Скалолазание. Кубок мира. Этап 11 в Шамони, Франция. Женщины, мужчины. Лазание на скорость. Финалы. Прямая трансляция.
      01:05 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.
      03:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      04:30 Велоспорт. "Тур де Франс". Этап 8. Сен-Меэн-ле-Гран - Лаваль.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yangi davr»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Oltin to‘p» sovrini o‘tgan asrning o‘rtalaridan beri topshirib kelinayotgan bo‘lsa-da, boshqalar ham men kabi bu sovringa 90-yillar boshida e’tibor qaratgan bo‘lsa kerak. Men ham juda-a-a e’tibor qaratganman deyolmaymanu, yilning eng yaxshi futbolchilari ro‘yxatiga qaraganimda, bu sovrin Italiyadagi mundialdan boshlab o‘z ahamiyatini topgandek tuyulaveradi. Futbolchilarini ham taniganim uchundir balki.

Ha, men uchun ham Pele yetib bo‘lmas cho‘qqi, Kroyff otamning suyuklisi, Garrincha san’atkor, Mesxi sobiq ittifoq durdonasi, Yashin qora pantera va Tofik Bahramov hakamlar siymosi bo‘lib gavdalansa-da, ularni hayotim yo‘lida parallel uchratmaganim uchun Maradonaning yoniga qo‘ya olmayman. Diyego do‘stimdek, akamdek ko‘rinaveradi.

O‘tmish yulduzlarini ham Papen va van Bastendaqa gol ura olishmagan deb o‘ylayveraman. Badjo siymosi kattaroq tuyulaveradi. Ulg‘ayganim sari kuzatganim – Zidan va Ronaldinyo futbol akademiyasi uchun mukammal qo‘llanma. Braziliyalik Ronaldo gol mashinasi. Bo‘ldi, futbol men uchun o‘z saboqlarini shu tahlit berib bo‘lgan go‘yo.

Magistraturada esa, Bekxem, Raul, Nedved, Del Pyero, Bergkamp, Totti, Figu, Shevchenko, Klyuyvert va yana bir qator daholar qo‘shimcha dars o‘tib, futbolda bundan boshqa kashfiyot yaratib bo‘lmayajakligini tushuntirib ketishgan menga.

Va hatto “Milan” 2007 yilgi Chempionlar Ligasini yengganida va unda braziliyalik Kaka supero‘yin ko‘rsatib, yil oxirida «Oltin to‘p»ga loyiq ko‘rilganida ham men uchun oxirgi qo‘ng‘iroq chalib bo‘lingan edi. Keyin bilsam, bu qo‘ng‘iroq oxirgi qo‘ng‘iroq emas, tanaffusga chorlovchi qo‘ng‘iroq ekan.

Futbol o‘zi aldamchi o‘yin. “Chempion” gazetasi chiqarib yurgan paytimiz, aniqrog‘i, 2007 yilning oxirlarida kirish maqola yozgan ekanman, yaqinda ko‘rib qoldim va uyalib ketdim. Lekin uyalishim asnosida o‘zini oqlamagan taxminlarimdan xursand ham bo‘ldim. Bilasizmi, o‘shanda nima yozgan ekanman? “So‘nggi magikanlar” futbol bilan xayrlashmoqdalar, bundan buyon futbol robotlar o‘yini bo‘lib qolajak, endi braziliyalik Ronaldo singari yiliga 30talab gol uradigan hujumchi chiqmaydi, Zidanga o‘xshab to‘p bilan aylanadigan, Ronaldinyo singari elastik harakatlar sohibi boshqa tug‘ilmaydi, degan ekanman. Qalay?!

O‘qigan odam o‘sha kun holati bilan ishongan, turgan gap. Rostanam-da, 2002 yilgi mundialdan so‘ng faqat jamoaviy o‘yin ko‘rsatayotgan terma jamoalar qit’a va jahonni yengayotgan bir paytda, boshqacha fikrga kelishning imkoni bormidi?! Kannavaro ajoyib o‘yinchi, ammo u «Oltin to‘p»ni olgach, bu sovrinning qiymati qaylarga tushib ketdi, deb ayuxannos solgan biz bo‘lamiz, azizlar! Shu bois ham, Kakaning 2007 yili Parijda g‘olib bo‘lgani-da hech kimni sevintirmagan. “Milan” muxlislaridan boshqa. Men maqola yozgan va Kaka «Oltin to‘p» sohibiga aylangan o‘sha 2007 yil keyin ma’lum bo‘lishicha, to‘fondan oldingi sukunat edi.

Biz-ku, o‘ttizdan oshgan, futbol deb atalmish jozibali o‘yindan boricha mehrni ko‘rgan muxlislarga qandaydir yangilik u qadar zarur emas edi. Yosh, endigina futbolga oshino bo‘lgan ko‘ngillar yaqin orada nedir sodir bo‘lajakligini balkim kutishgandir, biz buni bilolmaymiz. Qayerdandir yangi mehmon kutgan bo‘lishsa, ajab emas.

Va u rostan ham keldi.

Futbolning shu joyda futbolligi tutib qoldi. U nedir yangi hodisa, hech qachon ko‘rilmagan hodisa istab qoldi: “Bu shunday hodisa bo‘lishi kerakki, uzoq cho‘zilsin, futbolning robotlar o‘yiniga aylanib borayotganiga sha’ma qilganlarga qattiq zarba bo‘lsin!”

Shunday bo‘ldi ham.

O‘sha lahzadan boshlab futbol meni yana yoshlikka, lekin g‘alati yoshlikka qaytardi. Kap-katta odammanu, messichi va ronichilar zamondoshiga aylanib qoldim. Misol uchun, otamga qarayman, uni biror bir futbolchi qirqqa yetganida oldingi davriga qaytara olmagan. Kroyffning nomini o‘chirib yuborishga qudrat topmagan otam. Menda va mening tengdoshlarimda shu davr sodir bo‘ldi.

Qizig‘i, bu davrni hech kim o‘ylab topmadi. Kimdir aytayotganidek, ularni piar qilib shishirishmadi, qandaydir kompaniya bu ish ustida bosh qotirmadi. Ularning ikkisi zamona zayli bilan, ko‘ngil mayli bilan, futbol sayli bilan kirib kelishdi yashil maydonga.

To‘g‘risi, hozir Messi va Ronaldu haqida yangi gap ayta olmayman. Men faqatgina ularning atrofida bo‘lib o‘tgan hodisalarni bayon etish orqali o‘zi biz qanday zamonga tushib qolganimizni tushuntirishga urinib ko‘raman.

Kaka 2007 yili «Oltin to‘p» sohibi bo‘lganida shu ikki yigit uning oldida jimgina turgan. Demakki, Leo ham, Krish ham futbolda mavjud odamlar edi. Lekin nega o‘shanda hech kim bu ikki o‘g‘lonning o‘n yil davomida shu dargohga tinmasdan tashrif buyurajakligini taxmin qila olmagan?

Menimcha, bu hodisa sodir bo‘lishini faqatgina Messi va Ronalduning o‘zi o‘sha kuni qalban his etgan. Axir, ikkisi «Oltin to‘p» qo‘ldan qo‘lga o‘tib kelayotgan bir matoh davrida yashashdi-ku, barqarorlik degan tushuncha futbolda yo‘qolib ketganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi-ku. Kakaning oldida turishardiyu, aslida undan zo‘r ekanliklarini juda yaxshi bilib turishardi ikkisi. Bu ularning ichki olamidan portlab chiqayotgan isyon edi.
Ishonavering, futbol qay bir dahoni yuzaga chiqarar ekan, undan oldingi va undan keyingi davrni ham shunga bog‘lab qo‘yadi. Kaka o‘sha kuni “MYU” va “Barsa” afsungarlarining haqiqiy kuchini bilmagan. Yillar o‘tibgina, “men «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan oxirgi yerlikman” deganida, o‘sha kunlarda qanday gravitasiya kuchiga qarshi turganini anglab yetgan.

2007 yil futboldagi ana shunaqa evrilish yili bo‘lgandi. Keling endi, chin dildan iqror bo‘laylik-da, futbolni uch davrga bo‘lib chiqaylik:

Pelegacha bo‘lgan “bolalik davri”,

Peledan 2007 yilgacha bo‘lgan “yoshlik davri” va

Kakaning oldida «Oltin to‘p»ni oxirgi yerlik olayotganiga norizo holda turgan ikki o‘g‘lonning asri...

2008 yildan keyin bu sport turida balog‘at davri boshlandi. Ha, ha, balog‘at davri. Chunki inson balog‘atga yetgandagina barqarorlik hosil qiladi. Tetik turadi, kurashlardan charchamaydi, besh marta yiqilsa, olti bora o‘rnidan tura oladi. Bu, Messi va Ronaldu davri bo‘ldi.

2018 yilning eng yaxshi futbolchisi nomi Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrichga topshirilganiga qaramay, aslida Leo va Krish davri tugadi deb bo‘lmaydi. Chunki argentinalik afsungar hali 31 yoshda, oldingidan ko‘ra xavfliroq. Lekin endi bir tekis davom etgan 10 yillik hokimlikka chek qo‘yildi. Shunisi rost. Messi va Ronaldu yana bittadan «Oltin to‘p» ham oladi deylik – men bunga ishonaman – lekin ularning yurishi baribir 2018 yil bir to‘xtagani haqida gapiriladi.

Qarang endi – Kaka va Modrich. Yarim himoyachilar. Luka «Oltin to‘p»ni qo‘liga olib: “To‘p nihoyat maydon markaziga qaytdi”, dedi. Chiroyli so‘zlar, tan olamiz. Ammo u to‘pni markazga qaytargani bilan futbolning keyingi hayotiga nima bermoqchi? Qanday ma’no taqdim etmoqchi?

Bugun Modrichning «Oltin to‘p»i haqida gaplar ko‘p. E’tirofdan ko‘ra e’tirozlar talaygina. “Asrning eng katta o‘g‘riligi” deb yozmoqda “Marka” nashri. Italiya gazetalari “«Oltin to‘p»ga ham VAR tizimi kerak”, deyishdi. “Yil davomida o‘nta gol ura olmagan futbolchi 50dan ziyod gol uruvchilardan «Oltin to‘p»ni tortib oldi”, deganlar bo‘ldi.

Aslida-chi? Bizningcha, Luka kerakli paytda yaxshi mavsum o‘tkazdi, xolos. Xorvat shu o‘yini va shu natijalari bilan 2010 yo 2014 yili uchtalikka ham kira olmasdi. Ishonmaysizmi, Snayder, Inyesta va Riberidan so‘rang! Hatto Modrichning o‘zi ham bu narsani yaxshi tushungani uchun «Oltin to‘p»ini yuqoridagi yulduzlarga bag‘ishlaganini aytib o‘tdi.

Ha, odamlar Messi va Ronaldudan charchashdi. Charchashibdi. Kakaning oldida jilmayib turgan va “sizlarga shunday shou qilib beraylikki, bizdan boshqa hammani unutib yuboringizlar” deb kirib kelgan monstrlarning uzoq davom etgan kurashi hamma-hammaning joniga tegib bo‘libdi.

Hozir ko‘pchilik Modrich bahona Inyesta va Snayderni eslayapti. Ularga FIFA noxolislik qilgan, degan so‘zlar to‘lib ketdi izohlarda. To‘g‘ri, Ispaniya va Gollandiya yulduzi 2010 yili bugungi Modrichdan-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishgan, bunga ishonaman. Biroq, xotiramga murojaat qilib, o‘sha kunlarga qaytadigan bo‘lsam, mundialda gol ura olmagan Messining o‘sha mavsumda futbolchi hayoti davomida yo‘llashi amrimahol gollarni qalashtirib tashlayotganidan sarmast dunyoni ko‘raman.

“Real”ga borib quturib ketgan, ko‘zi qonga to‘lib har o‘yinda yo‘lbarsga aylanayozgan Krishning harakatlariga hayratlanib turgan olomonni kuzataman. O‘shanda Snayder «Oltin to‘p»ni olsa yo 2013 yili shu sovrin Riberiga ketib qolsa bormi, bu yovvoyi olomon mazkur qarorga hozirgidan-da ko‘proq e’tiroz bildirishi mumkinligini tushunib yetyapman.

Messi va Ronalduning o‘sha kungi o‘yinlarini bugunning ko‘zi bilan, qaysiki har hafta bir xil kurashni ko‘raverib charchab ketgan ko‘z bilan ko‘rishga shoshilmang, o‘sha kunning yorqin nigohi bilan tomosha qilib ko‘ring-chi, qanday ahvolga tushib qolarkansiz?!

Muxlislar, mutaxassislar, jurnalistlar, hamma-hammaga Argentina va Portugaliya yulduzlari juda ham jonga tekkanligi ma’lum bo‘lib qoldi – FIFAning “The Best”ida ham, Fransiya nashrining “Oltin to‘pi”da ham kim bo‘lsa bo‘lsin, shu ikkisi bo‘lmasin deb, istalgan yulduzni belgilab tashlayveribdi hamma.

Grizmanni birinchi o‘ringa, Mbappeni ikkinchi o‘ringa, Modrichni uchinchi o‘ringa qo‘ygan bir jurnalistning intervyusini o‘qidim. U Modrich olganidan xursand. Iya, axir, sen fransiyalik yulduzni belgilagansan-ku, nega xorvat yutsa, shodlanasan, deydigan odam yo‘q. Chunki hamma bitta haqiqatni bilib turibdi: Kim olsa ham shu ikkisi olmasa bo‘ldi edi.

Adolat qaror topdi, deyishimiz kerak baribir. Adolat gohida qaror topishi uchun o‘z soniyasini bilsa bo‘ldi ekan. Qachon katta sahnaga chiqishini anglasa bo‘ldi ekan. Luka  o‘sha oltin pallaga to‘g‘ri kelib qoldi. Aks holda, qanday qilib, nozik harakatli Grizmann kabi jahon chempionligini qo‘lga kiritmasdan turib, Ronaldu singari hech qayerda to‘purar bo‘lmasdan turib, Neymar kabi fint qila olmasdan,  eng zo‘r assistlikka da’vo ham qilmay, tashqi ko‘rinishiyu liderligi bilan alohida ajralib ham  turmay, hech qachon klubida birinchi raqamli yulduz bo‘lmagan, texnik qobiliyati Messining yarmicha ham bo‘lmagan yigit, qanday qilib «Oltin to‘p» olishi mumkin edi? Anovi ikkisidan qutulish uchun yangi ertak kerak edi olamga. Bo‘ldi.

Bu ertakning Zolushkasi bo‘lganing bilan qutlaymiz, Luka! Endi seni tarixda futbolni eski holiga, yerga qaytarganing bilan eslaymiz. Shu ishni sen qilasan deb o‘ylamagandik lekin. Yangi telefon rusumi sotib oladigan vaqting keldi. Tabrik...

Xayrulla HAMIDOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:43, 05.12.2018. O'qildi: 11605 marta. Fikrlar: 16 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 11
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 9
3 Бунёдкор Luis Kachorri 8
4 Насаф Husayn Norchayev 8
5 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 7
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
7 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 6
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 5
9 Нефтчи Zoran Marushich 5
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 5

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.