Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Solari nima uchun Iskoni zaxiraga «mixlab» qo‘yganini tushuntirdi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Real» bosh murabbiyi Santyago Solari «Melilya»ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya kubogi bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Melilya»ga qarshi dastlabki o‘yin natijasida haqida
«Safarda yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Bu jamoa o‘z guruhida yetakchilik qilmoqda».

Diyego Simeonening «Oltin to‘p»ni faqat «Real» futbolchilari olishi borasidagi fikri haqida
«Cholo nima deganini bilmadim. Men uni hurmat qilaman, u ajoyib murabbiy. Luka haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, u sovrin yutib olishga haqli edi. U "Real" va Xorvatiya terma jamoasi uchun borini berdi. Modrich "Oltin to‘p"ni yoshi ulg‘ayib qolgan paytda qo‘lga kiritdi. Bu esa sovrinning qadrini yanada oshiradi».

Isko bilan munosabatlari haqida
«Jamoada 24 nafar futbolchi va «Kastilya» o‘yinchilari bor. Futbolchilarning qanchalik sidqidildan mehnat qilayotganini ko‘rib turibman. Buni maydonda ham ko‘rishni istaymiz».

Isko kam mehnat qilmoqdami?
«Bu muhokama qilinmaydi... Kimning o‘ynashi, kimning o‘ynamasligini muhokama qilish — bu jurnalistning ishi emas. Futbolda qaysidir o‘yinchining samaradorligi pasayishi mumkin. Murabbiyning ishi esa — xato qilmaslik. Hech birimizga hech narsa kafolatlanmagan».

Isko "Oltin to‘p" uchun da’vogarlar safida bo‘la turib, zaxirada qolishi — normal holatmi?
«O‘z futbolchilarimga hurmat bilan yondoshaman. Shuningdek, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan Modrichni ham yaxshi ko‘raman. Jamoa 24 nafar futbolchidan iborat».

Iskoning instagram orqali qo‘ygan savoli haqida (futbolchi "men semizmanmi"? degan)
«Afsuski, men ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman».

Keylor Navas va Ispaniya kubogi haqida
«Har bir futbolchi yaxshi formada bo‘lishi biz uchun muhim ahamiyatga ega. Futbolchining iqtidori jamoaning foydasiga xizmat qilishi lozim. Eng muhimi — jamoaning natijasi».

Kazemiro qaytganidan keyin Markos Lyorente nima qiladi?
«Men uchun almashtirib bo‘lmas futbolchilar yo‘q. Albatta, jamoada ancha yillardan beri yuqori samaradorlik ko‘rsatayotgan futbolchilar bor. Ular o‘n yillardan beri asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib kelishmoqda. Ammo shunchaki nomi chiqqani uchun hech kim umrbod o‘ynay olmaydi».

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 08:41, 06.12.2018. O'qildi: 16789 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик