Bugun 7 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pau Kubarsi: «Qizil Furiya» mundialga favorit maqomida boradi»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ispaniya futbolining yangi avlod yulduzlari orasida alohida ajralib turadigan iqtidorlardan biri – Pau Kubarsi. Endigina 19 yoshni qarshi olgan himoyachi qisqa vaqt ichida nafaqat «Barselona», balki Ispaniya milliy jamoasida ham o‘z o‘rnini topishga ulgurdi. Pau Kubarsi quyidagi intervyuda asosan aynan «qizil furiya»dagi o‘rni haqida gapirdi. U bo‘lajak jahon chempionatiga katta ishonch bilan qaramoqda, albatta.

– Kataloniya futboli tarbiyalanuvchisi Joan Garsiyaning Ispaniya milliy jamoasiga chaqirilganini eshitganingizda, nimalarni his qildingiz?

– Tabiiyki, faqat xursand bo‘ldim. Menimcha Joanni o‘tgan yiliyoq tarkibga jalb etish kerak edi. Binobarin, uning munosib o‘yin ko‘rsatayotganiga ancha bo‘ldi. Tabiiyki, yangilikni eshitgach, mash­g‘ulotlar payti Garsiyani chin dildan qutladim va allaqachon uning vaqti kelganini aytib, hayajonlanmasligi kerakligini uqtirdim.

– Argentina termasiga qarshi rejalashtirilgan Finalissima o‘yinining qoldirilishi ispaniyalik futbolchilar kayfiyatiga qanday tasir qildi?

– O‘zimdan kelib chiqib ayt­sam, Argentina termasi va ayniqsa, Messiga qarshi o‘ynash ishtiyoqida yonayotgandim. Afsus, bu amalga oshmadi. Qolgan jamoadoshlarimda ham biroz achinish hissi yo‘q emas. Ochig‘i, barchamiz jahon chem­pioni bilan kuch sinashib ko‘rishni xohlagandik. Nachora, nasib etsa, endi argentinaliklar bilan mundialda to‘qnashish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

– Ispaniya termasi rejalarning kutilmaganda o‘zgarib ketishi ortidan mart oyidagi FIFA kunlari nisbatan kuchsizroq raqiblar bilan o‘ynadi. Serbiya va Misr termalariga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvlari qanday taassurot uyg‘otdi…

– Yo‘q, bu masalada umuman muammo ko‘rmadik. Zero, qaysi raqiblarga qarshi o‘ynashimizdan qa’iy nazar, hammamiz uchun avvalo, Ispaniya termasi safida uyg‘un amaliyot muhim edi. Chunki qariyb 1 yil ichida bunday keng tarkib bilan ilk marta yig‘in olib bordik. Qisqasi, katta oila sifatida shug‘ullandik. Oddiy ifoda etganda, Finalissima bekor qilingan bo‘lsada, mart oyi yig‘inidan oqilona foydalandik.

– Misr termasiga qarshi o‘yinning Barselonada tashkil etilgani kataloniyaliklarni o‘zgacha ruhlantirib yuborgandir…

– Ha, bu o‘yinda muxlislik darajasi yaqqol baland bo‘ldi. Axir Ispaniya termasi Barselonada har doim ham o‘ynayvermaydi. Menimcha, kataloniyaliklar terma jamoa o‘yini bahona chinakamiga bayram qilishdi.

– Ispaniya termasida deb­yut o‘yinini o‘tkazganingizga ham 2 yildan oshdi. Xo‘sh, ortda qolgan vaqt mobaynida o‘zingizda qanday o‘zgarishlarni his qildingiz?

– Bir zumda debyutimdan 2 yil o‘tibdi-ya… «Qizil furiya» libosida ilk marta maydonga tushganim, meni qanday his-tuyg‘ular qurshab olgani kechagidek esimda. Garchi o‘shanda atigi bir necha daqiqa harakatlangan bo‘lsamda. Muhimi, vaqt o‘tgan sayin tinimsiz mehnat va ishtiyoq evaziga murabbiylar shtabi ishonchini oqladim. O‘ylashimcha, ortda qolgan vaqtda yetarlicha tajriba to‘pladim, o‘ziga ishonchi ancha baland dadil futbolchiga aylandim.

– Bolalik yillaridan aynan nimalarni sog‘inasiz?

– Juda oddiy narsalarni – kechki tamaddi uchun tinch-osuda joyga borish yoki bemalol sayrga chiqishni… Umuman, asosan erkinlikni qo‘msayman. Shuning barobarida tan olishim kerak, katta futbol tufayli ma’lum mashhurlikka erishgach, muayyan imkoniyatlarga ega bo‘ldim. Bu ham qaysidir ma’noda baxt aslida.

– Bo‘sh vaqtlarda ko‘proq nimalar bilan shug‘ullanasiz?

– Deylik, Jironaga, ona qishlog‘imga borishim mumkin. Eng yaqin do‘stlar va tanishlar davrasida vaqt o‘tkazish hamisha yoqimli. Shuningdek, u yerda o‘zimni ancha xotirjam sezaman, chunki OAV hamda jamoatchilik e’tiboridan chetda bo‘laman.

– Demak, Jironada sizni ortiqcha bezovta qilishmaydi…

– Shunaqa. Har holda, ko‘chada emin-erkin aylanib yurish mumkin. To‘g‘ri, u yerda ham odamlar menga bee’tibor qarashmaydi. Ba’zida muxlislar oldimga kelib, birga suratga tushish yoki dastxat berishimni so‘rashadi. Lekin Jirona deylik, Barselonaga nisbatan ancha sokin, baribir.

– Hozir 19 yoshdasiz, o‘zingizni «Barselona»da yetakchi kabi tuta olasizmi?

– Ha. Negaki, «Barsa» kabi katta klublarda maydonga tushgan istalgan futbolchi jamoa mentalitetini his qilishi va o‘z fikrini sheriklariga bevosita yetkaza olishi shart. Qolaversa, murabbiylar ham futbolchilardan necha yosh bo‘lishlaridan qat’iy nazar, yetakchilik fazilatlarini namoyon etishlarini talab qilishadi. Binobarin, har qanday iqtidor aynan yetakchilik fazilatlarini shakllantirish asnosida o‘sishga erishadi.

– Deylik, kiyinish xonasida Levandovski yoki Rafinyaga biror nima de­yishni istasangiz, «Bular meni tinglasharmikin?» qabilida o‘ylab qolishingiz ham mumkinmi?

– Boshida shunday edi. Aniqrog‘i, 17 yoshda biroz tortinchoq va uyatchan bo‘lganimdan o‘z fikrimni dangal aytishga botinolmasdim, hatto kiyinish xonasida ba’zan hazilkash futbolchilar uchun asosiy «nishon»ga aylanardim. Muhimi, ulg‘aygan sari barchasi ortda qoldi. Hozir ba’zan hatto jamoa yetakchilariga ham do‘q urishim mumkin (kuladi). Umuman, ichki muhit a’lo darajada.

– JCH-2026 starti tobora yaqinlashmoqda. Ispaniya termasi imkoniyatini qanday baholaysiz?

– Bizda ajoyib ijrochilarga ega kuchli terma jamoa shakllangan. Menimcha, buni 2 yil oldingi Yevropa chempionatida ham isbotladik. Albatta, bo‘lajak turnirdan umidimiz katta. E’tiborlisi, Ispaniya termasida yoshligidan yuqori marralarni zabt etib kelayotgan avlod vakillari jamlanishgan. Xususan, men qatori Olimpiadada o‘zlarini ko‘rsatgan aksariyat yigitlar hozir bosh jamoadalar. Shunday ekan, mundialga favoritlar qatorida boramiz.

X.YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:48, 06.05.2026. O'qildi: 106 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик