Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Paxtakor» va AGMK «Bunyodkor»ning ikki himoyachisiga da’vogar

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Transferlar / Taxminlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

\

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev “Bunyodkor” himoyachilari Akrom Komilov va Rustam Ashurmatov transferi haqida ma’lumot berdi.

“AGMK va “Paxtakor” futbol klublari “Bunyodkor” himoyachilari Akrom Komilov va Rustam Ashurmatovga ko‘z tikayotgani borasida xabar o‘qidim. Bunda bir narsani yaxshilab tushunib olish kerak bo‘ladi.

Mazkur ikki futbolchi “Bunyodkor” futbol akademiyasining tarbiyalanuvchilari va ular 23 yoshga to‘lib ulgurmagan. Demak, agar ularning shartnomalari “Bunyodkor” bilan yakuniga yetgan bo‘lsa, talabgor tomon futbolchilar uchun faqatgina mashg‘ulotlar uchun to‘lanadigan tovon pulini beradi, xolos. Agar futbolchilarning “Bunyodkor” bilan shartnomasi bo‘lsa, yuqoridagi summadan tashqari yana alohida transfer narxi ham kelishilishi kerak.

Bu bandni FIFA jiddiy nazorat qiladi. De yure bizning reglamentda ham bor, de fakto unga amal qilinmaydi (ba’zi klublardan tashqari). 2019 yilgi mavsumdan boshlab bu narsa amalda bo‘ladi. Ya’ni, biz akademiyalarni rivojlantirishni talab qilyapmizmi, demak ularning mehnatini ham qadrlashimiz kerak. U xoh akademiya bo‘lsin, xoh oddiy futbol maktabi, yetishtirib bergan futbolchisi uchun haq olishi kerak. 

Ayni vaqtda ichki transfer haqida gaplashyapmiz. Bu xalqaro transferdan, aytaylik, Doston Hamdamovning “Anji” safiga o‘tib ketishidan farq qiladi. Demak, reglamentga qaraymiz. Uning bandlarida shunday yozilgan. Agar, futbolchi 23 yoshga to‘lmagan bo‘lsa va boshqa klub ixtiyoriga ketayotgan bo‘lsa, uning shu akademiyadagi har bir yili uchun 3 000 000 so‘mdan (uch million) to‘lanishi kerak.

Agar gap bunda Superliga futbol klubining akademiyasi haqida ketayotgan bo‘lsa, mana shu pul ikkiga ko‘paytirildai, ya’ni, 6 000 000 so‘mni (olti million) tashkil qiladi.

Agar gap bunda terma jamoalar a’zolari haqida ketayotgan bo‘lsa, yuqoridagi summaga yana 50 foiz ustama qo‘shib hisoblanadi. Akrom Komilov ham, Rustam Ashurmatov ham termalarning rasmiy o‘yinlarida ishtirok etib ulgurgan. Demak, bir yil uchun tovon puli 9 000 000 so‘mni (to‘qqiz million) tashkil qilyapti.

Akrom Komilov ham, Rustam Ashurmatov ham “Bunyodkor” futbol akademiyasida 2009 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan. Demak, 9 000 000 so‘mni 10 ga ko‘paytiramiz — 90 000 000 so‘m (to‘qson million). 23 yoshga to‘lmagan bu ikki futbolchining shartnomasi yakuniga yetgan bo‘lsa ham, shu summani o‘tkazmay turib, bu futbolchilarni boshqa klub ro‘yxatga olishi mumkin emas.

Akrom Komilovning “Bunyodkor” bilan shartnomasi 2018 yil oxirida tugaydi. Demak, unda yarim yil oldindan navbatdagi takliflarni ko‘rib chiqish huquqi bo‘lgan (ko‘rib chiqqan shekilli, “Paxtakor” asosiy da’vogar). Shundan kelib chiqib, istalgan klub “Bunyodkor” hisob raqamiga 90 000 000 so‘mni to‘lab, uni olib ketishi mumkin (bu raqam yana bir marta hisoblab chiqiladi, albatta). Komilov kelasi yilning 14 mart kuni 23 yoshni qarshi oladi. Qarshi olgan kundan boshlab, mashg‘ulot uchun tovon puli haqida unutamiz. Qishki transfer oynasi O‘zbekistonda shu yilning 17 dekabr sanasidan boshlab, kelasi yilning 7 martiga qadar davom etadi. Demak, Komilov uchun summa to‘lanishi kerak.

Rustam Ashurmatovning esa “Bunyodkor” bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Aytaylik, uning jigari Baxtiyor Ashurmatov boshchilik qilayotgan AGMK futbolchini qo‘lga kiritishni istasa, 90 000 000 so‘mdan tashqari, “Bunyodkor” bilan uning transfer summasini ham alohida kelishishi kerak bo‘ladi. Agar AGMK yana bir yil kutib tursa, Rustam Ashurmatovni tekinga olib ketadi.

Futbol muxlislarimiz bunda yana bir jihatni tushunishlari kerak. Agar Akrom Komilov va Rustam Ashurmatov boshqa klubga o‘tib ketishsa va o‘sha klub keyinchalik bu futbolchilarni transfer qilsa (ya’ni, erkin agent sifatida u klubdan bu klubga ko‘chib yurishmasa), “Bunyodkor” ko‘rilgan foydaning bir qismida o‘tiradi. Chunki aynan shu klub yuqoridagi ikki futbolchini tarbiyalab bergan. Masalan, Neymar uchun "Barselona" 222 million yevroning hammasini olmagan, ma’lum qismini uni tarbiya qilgan Braziliya futbol klubiga ham o‘tkazib bergan.

Agar Akrom Komilov va Rustam Ashurmatovni xorijiy klublar olib ketishni istasa, boyagi 3 va 90 millionlik narxlar umuman boshqacha hisoblanadi. Bu haqda keyinroq”, - deydi Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:15, 10.12.2018. O'qildi: 5471 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 16
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик