O‘zbekiston futbol assosiasiyasining 2018 yilgi taqvim rejasiga asosan joriy yilning 20 dekabr kuni Jizzax shahrida U-16 yoshli o‘smirlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi musobaqasi boshlangani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Musobaqada jami 9ta jamoa 3ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. Bugun 3-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
Unda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Buxoro - Sirdaryo 1:3
Samarqand - Farg‘ona 7-6
Andijon - Jizzax 2:6
Endilikda chorak finalda quyidagi jamoalar kuch sinashishadi:
Sirdaryo - Farg‘ona
Samarqand - Toshkent shahri
Toshkent viloyati - Buxoro
Xorazm - Jizzax
Kiritildi: 21:28, 22.12.2018. O'qildi: 1512 marta. Fikrlar: 1 ta.