Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Chexiya 0 0
2 Janubiy Koreya 0 0
3 JAR 0 0
4 Meksika 0 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 0 0
2 Kanada 0 0
3 Qatar 0 0
4 Shveysariya 0 0

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Braziliya 0 0
2 Gaiti 0 0
3 Marokash 0 0
4 Shotlandiya 0 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 0 0
2 Avstraliya 0 0
3 Paragvay 0 0
4 Turkiya 0 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

Navbatdagi o'yinlar.

11/06/26 Meksika - JAR
12/06/26 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06/26 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06/26 AQSh - Paragvay
13/06/26 Qatar - Shveysariya
14/06/26 Braziliya - Marokash
14/06/26 Gaiti - Shotlandiya
14/06/26 Avstraliya - Turkiya
14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi vise-prezidentlar saylandi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun, 26 dekabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Assambleya davomida tashkilotning 2018 yilgi faoliyati bo‘yicha MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov hisoboti tinglandi.

2020 yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun Qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan Strategiya yuzasidan MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov ma’lumot berdi.

Shuningdek, MOQ vise-prezidentlari, Ijroiya qo‘mitasi va Bosh Assambleyasi, taftish komissiyasi a’zolarini saylash va boshqa masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masalalardan yana biri tashkilotga vise-prezidentlarni saylash edi. Bungacha MOQ vise-prezidenti lavozimiga jamoatchilik asosida saylangan Alisher Sultanov va Murod Azimovlarning asosiy faoliyatidagi ish hajmi oshganligi, davlat xizmatlari yuzasidan muhim topshiriqlar va davlat ahamiyatiga molik yirik dasturlar ijrosiga mas’ul ekanligini inobatga olib, ushbu lavozimlarga bir nechta nomzodlar o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida, bugungi o‘zbek sporti rivoji va nufuzini oshirishda o‘zining mehnati va tajribasini ayamasdan, salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston taekvondo (WTF) assosiasiyasi raisi Ahmadjon Amindjanovich Rahimov hamda Osiyo kurash konfederasiyasi prezidenti Komiljon Ismoilovich Ro‘ziyev nomzodiga ishonch bildirildi. Qatnashchilar bir ovozdan ushbu nomzodlarni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa Ahmadjon Rahimov va Komiljon Ro‘ziyev Milliy olimpiya qo‘mitasining vise-prezidenti sifatida faoliyat olib boradigan bo‘lishdi.


(Ahmadjon Rahimov)


(Komiljon Ro‘ziyev)

MOQ Ijroqo‘mi a’zolari tarkibi esa quyidagicha ko‘rinish oldi:

Umid Ahmadjonov – Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti
Jasur Matchanov – Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi
Ahmadjon Rahimov – Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti
Komil Ro‘ziyev – Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti
Salim Abduvaliyev – Milliy olimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti
Saida Mahmudova – O‘zbekiston stol tennisi federasiyasi raisi
Andrey Abduvaliyev – O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi raisi
Xudoyor Ahmedov – O‘zbekiston «Rowing & Canoe» federasiyasi raisi
Alamjon Mullayev – O‘zbekiston karate Milliy federasiyasi raisi
Bahrom Gaziyev – O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federasiyasi raisi
Otabek Imomov – O‘zbekiston kamondan otish federasiyasi raisi
Aziz Komilov – O‘zbekiston dzyudo federasiyasi raisi
Bahodir Ahmedov – O‘zbekiston chim usida xokkey federasiyasi raisi
Shahrillo Mahmudov – O‘zbekiston og‘ir atletika raisining birinchi o‘rinbosari
Kozim O‘rinboyxo‘jayev – O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari
Shoikrom Isroilov – O‘zbekiston futbol assosiasiyasining vise-prezidenti
Eldor Anorboyev – O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi bosh kotibi
Igor Shepelov – O‘zbekiston tennis federasiyasi bosh kotibi
Ruslan Mustayev – O‘zbekiston gimnastika federasiyasi raisi o‘rinbosari
Marat Kurbanov – Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi
Ulug‘bek Mirhaydarov – O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assosiasiyasi raisi
Komil Yarashev – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori

So‘ngra taftish komissiyasi a’zolariga nomzodlar tanishtirildi. Unga ko‘ra O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Komil Yarashev, O‘zbekiston velosiped sporti federasiyasi bosh hisobchisi Saida Imomgaliyeva va O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi bosh hisobchisi Surayyo Po‘latxo‘jayeva taftish komissiyasi a’zolari sifatida saylandi. Yurtimizda xotin-qizlar sportini rivojlantirish bo‘yicha esa O‘zbekiston tennis federasiyasi raisi Saida Mahmudova mas’ul sifatida biriktirildi.

Assambleya davomida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov so‘zga chiqar ekan, tashkilotning bugungi kundagi eng asosiy vazifasi Tokio 2020 Olimpiadasida munosib ishtirok etish, har jabhada natijalarni yaxshilash ekanligini aytib o‘tdi.

«MOQ Ijroqo‘midan har bir sport federasiya rahbarlari, vakillari o‘rin oldi. Bundan maqsad barcha bilan hamjihatlikda, bir oila bo‘lib ishlashdir. Tokio 2020 Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha muhtaram yurtboshimiz tomonidan katta topshiriqlar berilgan. Kunchiqar yurt mezbonlik qiladigan Olimpiadada Riodagi musobaqada qayd etilgan ko‘rsatkichni yaxshilashimiz lozim. Biz Prezidentimizning yonlarida turib, xalqimiz ishonchini oqlaymiz va nasib qilsa Tokiodan yorug‘ yuz bilan qaytamiz», – dedi MOQ rahbari.

Shu tariqa, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov yig‘ilishi o‘z ishini yakunladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:45, 26.12.2018. O'qildi: 2924 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик