Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba.

  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:0
      • Elche
      • 04.04.2026 17:00
      • Real Sosyedad
      • 2:0
      • Levante
      • 04.04.2026 19:15
      • Malyorka
      • 2:1
      • Real Madrid
      • 04.04.2026 21:30
      • Betis
      • 0:0
      • Espanyol
      • 05.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 1:2
      • Barselona
      • 05.04.2026 17:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 05.04.2026 19:15
      • Valensiya
      • -:-
      • Selta
      • 05.04.2026 21:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Sevilya
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • -:-
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • -:-
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 04.04.2026 17:00
      • Paxtakor
      • 3:1
      • OKMK
      • 04.04.2026 18:00
      • Qizilqum
      • 0:4
      • Neftchi
      • 04.04.2026 19:15
      • Surxon
      • 3:1
      • Buxoro
  • «A» Seriya
      • 04.04.2026 18:00
      • Sassuolo
      • 2:1
      • Kalyari
      • 04.04.2026 21:00
      • Verona
      • 0:1
      • Fiorentina
      • 04.04.2026 23:45
      • Lasio
      • 1:1
      • Parma
      • 05.04.2026 18:00
      • Cremonese
      • -:-
      • Bolonya
      • 05.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Torino
      • 05.04.2026 23:45
      • Inter
      • -:-
      • Roma
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • -:-
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • -:-
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Milan
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 30 76
2 Real Madrid 30 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 30 57
5 Betis 30 45
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 30 41
8 Xetafe 29 38
9 Espanyol 30 38
10 Atletik Bilbao 29 38
11 Osasuna 29 37
12 Rayo Valyekano 30 35
13 Valensiya 29 35
14 Jirona 29 34
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Malyorka 30 31
18 Elche 30 29
19 Levante 30 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

30-тур Rayo Valyekano 1-0 Elche
30-тур Real Sosyedad 2-0 Levante
30-тур Malyorka 2-1 Real Madrid
30-тур Betis 0-0 Espanyol
30-тур Atletiko 1-2 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Faktlar nimadan dalolat?

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Statistika va faktlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevrofutbolning asosiy turniri qishki tanaffusga chiqqani hamono bahorgi bosqich muhokamasi boshlanib ketdi. Chunonchi, «pley-off» raundlariningbirinchisi - 1/8 final juftliklari tayin.

Qur’adan keyin hamma jamoalar nomidan kelib chiqib, «Atletiko» - «Yuventus» va «Liverpul» - «Bavariya» qarama-qarshiligiga asosiy janglar sifatida qarayotgani tushunarli. Lekin har bir juftlik o‘ziga yarasha qiziqarli. Xususan, ularga bog‘liq e’tiborli faktlar ham yetarli.  Quyida aynan diqqatga sazovor faktlardan o‘ziga xos «guldasta» hozirlashdi.

«Shalke» - «Manchester Siti»

• Ikki jamoa bunga qadar atigi bir bora to‘qnash kelgan. Aniqroq aytsak, nemislar va inglizlar 10 yil oldin hozirda tarixga aylangan UYEFA kubogi doirasida o‘zaro kuch sinashishgandi. O‘shanda Manuel Noyer, Ivan Rakitich, !!!!! Farfan va Kevin Kurani kabi futbolchilarga ega «Shalke» tarkibida Jo Xart, Daniel Starrij va Vensan Kompani bosh rolni bajargan «Manchester  Siti»ga 0:2 hisobida yutqazgandi.

• «Shalke»ning Manchesterga bog‘liq umumiy xotiralari uncha yomon emas. To‘g‘ri, gelzenkirxenliklar 2011 yili bu shaharda «MYU» tomonidan «kaltaklanishgan», lekin o‘sha o‘yin CHL yarim finali doirasida kechgandi.

• Leroy Sane jonajon klubiga qarshi o‘ynashi mumkin. «Manchester Siti» 2 yilcha oldin uni aynan «Shalke»dan 50,5 million yevroga sotib olgandi.

 

«Atletiko» - «Yuventus»

• Joriy turnir finaliga «Atletiko»ning uy stadioni - «Vanda Metropolitano» mezbonlik qiladi. Demakki, «matraschilar» uni chetdan kuzatishni istamasalar, avvalo, yaqin orada CHLning 2ta finalida qatnashgan dahshatli raqib qarshiligini yengib o‘tishlari kerak. Darvoqe, «Atletiko»ning o‘zi ham oxirgi yillarda 2 bora final yuzini ko‘rdi va ularda xuddi «Yuventus» kabi mag‘lubiyatni tan oldi. Bitta farqi shuki, Diyego Simeone shogirdlari o‘z yurtdoshlari oldida ojiz qolishdi.

• Bo‘lajak raqiblarning yo‘llari oxirgi 50 yil badaliga atigi 2 marta kesishdi. Ya’ni ular CHL-2014G‘2015da bitta guruhda o‘ynashdi. Natijaga kelsak, muxlislar 2ta o‘yinda atigi 1ta gol ko‘rishdi - «Yuve» o‘z maydonida 1:0 hisobida ustun kelib, Madridda «nursiz» durangga rozi bo‘lgandi (0:0).

• «Real»ning sobiq yetakchisi Krishtianu Ronaldu yana «Atletiko»ga qarshi - bu qo‘shimcha «intriga». Shuningdek, xorvatiyalik Mario Manjukichning eski jamoasiga qanday qarshilik ko‘rsatishini kuzatish ham qiziq.

 

«MYU» - «PSJ»

• «MYU» va «PSJ» yevrokuboklarda muntazam ishtirok etsada, rasmiy darajada hali bir-biriga ro‘baro‘ kelmagan. Ikki klubning yagona o‘zaro uchrashuvi 3 yil oldin «o‘rtoqlik» maqomida o‘tdi va unda parijliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

• «PSJ»ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel di Mariya «MYU»da faoliyatining eng xira davrini o‘tkazgandi.

• Fransiya grandi avvalgi ikki mavsumda chorak final yo‘lida «Real» va «Barselona» bilan olishib, ispan klublariga bas kelolmadi. Bu safar ham unga grand jamoa to‘g‘ri keldi, lekin joriy mavsum «MYU»ning ishlari sira yurishmayapti.

«Tottenxem» - «Borussiya» D.

• O‘tgan mavsum ikki jamoa bitta guruhda o‘ynagan va o‘zaro qarama-qarshilikda inglizlar ustun kelishgandi - 3:1 va 2:1. 2016 yilning bahorida esa, aksincha, nemislar 2ta g‘alabani tantana qilishgan - 3:0, 2:1. Xullas, 4ta to‘qnashuvda ham mahsuldorlik me’yorida bo‘lgan. Bukmekerlarning taxmin qilishlaricha, bu safar ham yetarlicha gol uriladi.

• Oxirgi 2ta o‘zaro o‘yinda Garri Keyn hisobiga 3ta gol yozilgandi.

• «Borussiya»ning yangi yetakchilaridan biri - yosh Jeydon Sancho «Uembli»ga qaytadi. U yaqinda bu arenada Angliya milliy jamoasining AQSH termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, samarali uzatma muallifiga aylandi.

«Lion» - «Barselona»

• Oxirgi o‘zaro bahsda «Barselona» futbolchilari «Lion»ni 5ta gol bilan «siylashgandi». CHL-2008G‘2009 1G‘8 finali doirasida kechgan o‘sha bahsda fransiyalik Tyerri Anri «dubl»ga erishgan, «to‘quvchilar» vakili Juninyo Pernambukano esa maydondan chetlatilgan. Darvoqe, kataloniyaliklar o‘sha mavsum yakunida turnir g‘olibi bo‘lishgan.

• Umuman, «Lion» Kataloniya grandini hali biror marta yengolmagan. Aniqroq aytsak, 6ta o‘yinning 4tasida «Barselona» ustun kelgan, 2tasida durang natija qayd etilgan.

• Samuel Yumtiti navbatdagi to‘qnashuvlargacha safga qaytsa, Fransiyada muxlislar olqishiga sazovor bo‘lsa kerak. 2016 yili «Barselona» safiga qo‘shilgan himoyachi aynan «Lion» tizimida tahsil olgan va klubda uni rosa qadrlashadi.

«Roma» - «Portu»

• «Roma» fanatlari Portugaliya grandiga qarshi kechgan oxirgi o‘yinni umuman unutishni xohlashlari tayin. Gap shundaki, rimliklar CHLning 2016G‘2017 yillar mavsumi guruh bosqichida «Portu» maydonida 1:1 hisobi qayd etib, o‘z stadionlarida mutlaqo ojiz qolishgandi - 0:3. «Roma» o‘sha o‘yinni 8 kishi bo‘lib tugatganini ham aytish joiz.

• «Roma» faxri Franchesko Tottining fikricha, qur’a natijasiga yopishib olmaslik kerak: «Bizga qanday jamoalar to‘g‘ri kelishi mumkinligini hisobga olsak, qur’ada omadimiz kelgandir. Biroq «Portu»ga mensimay qarash mumkin emas. Deylik, portugaliyaliklar guruh bosqichida o‘ta zo‘r ishtirok etishdi. Qolaversa, bizda hammasi joyida emas, lekin fevralgacha vaqt bor».

• Yozda «Roma» bilan shartnoma tuzgan Ivan Markano bunga qadar qatorasiga 4 yil «Portu» sharafini himoya qilgandi. Demak, unda sobiq jamoasiga qarshi o‘ynash imkoniyati bor.

«Ayaks» - «Real»

• «Real» oxirgi o‘zaro 5ta o‘yinning barchasida «Ayaks»ni chinakamiga «do‘pposlagan». Oddiy aytsak, madridliklar 5ta yirik hisobli g‘alaba qayd etishgan. Umuman, oxirgi 6ta o‘yinni olsak, to‘plar nisbati 20:2 - «Madrid» foydasiga, albatta. Dahshat.

• «Ayaks» CHL doirasida «Santyago Bernabeu»da «Real»ni mag‘lubiyatga uchratgan birinchi klubdir. 1995 yili gollandlar Madriddan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytishgandi.

• 35 yoshli Klas-YAn Xuntelar sobiq klubi darvozasini ishg‘ol etishga urinib ko‘radi. Gollandiyalik faxriy hujumchi «Real»dagi faoliyati davomida 8ta gol urgan, ammo birorta sovrin yutmagan.

«Liverpul» - «Bavariya»

• Ikki jamoa oxirgi marta deyarli 40 yil oldin Chempionlar kubogi yarim finalida to‘qnash kelgandi. Har ikki o‘yinda kuchlar teng kelgan - 1:1 va 0:0. Natijada «Liverpul» safarda gol urgani evaziga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

• Ikki klub Yevropa Chempionlar kubogiG‘CHempionlar Ligasida 10 marta g‘alaba  qozongan - «Liverpul» muzeyida ham, «Bavariya»nikida ham 5ta sovrin bor.

• «Liverpul»da Yurgen Klopp uchun yashirin «qurol» vazifasini o‘tay boshlagan Jerdan Shakiri vaqtida «Bavariya»da omadsizlikka uchragandi.

• Yurgen Kloppning «Bavariya»ga qarshi o‘yinlardagi statistikasi uncha yaxshi emas: 8ta g‘alaba, 5ta durang va 16ta mag‘lubiyat.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 11:27, 27.12.2018. O'qildi: 2479 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 19
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 12
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик