Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

2018 yilda transfer narxlari tushgan yulduzlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

2018 yilda bir qator jahon yulduzlarining transfer qiymati pasaydi. Quyida transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra narxi arzonlashgan futbolchilar o‘nligi keltiriladi. Bu ro‘yxatda jahonning ayni vaqtdagi eng kuchli ikki futbolchisi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu ham bor.

  1. Luis Suares
Klubi: «Barselona»
Yoshi: 31
Yil boshidagi transfer narxi: 85 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 60 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 25 million yevro (29,4 foiz)  Foto AFP Urugvaylik hujumchi o‘yinidagi pasayish uning transfer qiymatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. Suares avgust va noyabr oylarida «quruq» seriya qayd etdi. Shu bilan birga u Lionel Messi jarohat olib safdan chiqqan vaqtda muhim o‘yinlarda, jumladan «Real»ga qarshi o‘yinlarda barchasini o‘z qo‘liga olib, goleadorlik xususiyatini namoyish etdi. Lekin u 21 o‘yindan 13tasida maydonni golsiz tark etgan. 2. Lionel Messi
Klubi: «Barselona»
Yoshi: 31
Yil boshidagi transfer narxi: 180 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 160 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (11,1 foiz) Messining narxi pasayishi uning o‘yinlari bilan emas, yoshi bilan bog‘liq. Messi Suaresdan farqli ravishda samaradorlik ko‘rsatishda davom etmoqda, joriy yilda u «Barselona» safida 49 o‘yinda 47ta gol urdi. 3. Krishtianu Ronaldu
Klubi: «Yuventus»
Yoshi: 33
Yil boshidagi transfer narxi: 120 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 100 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (16,7 foiz)  Foto AFP Ronaldu bilan vaziyat ham shunday - yoshi ulg‘aygani, faoliyatining oxiri yaqinlashgani transfer qiymatiga ta’sir ko‘rsatdi. Mavsum arafasida u yangi chaqiriqqa «labbay» deya javob qaytarib, Italiyaga yo‘l oldi. U «Yuventus» safida «Real»dagi kabi ko‘p gol urmayapti, lekin endi u jamoaviy futbolchiga aylanib bormoqda. 4. Gonsalo Iguain
Klubi: «Milan»
Yoshi: 31 
Yil boshidagi transfer narxi: 70 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 50 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (28,7 foiz)  Foto AFP Argentinalik futbolchi «Yuventus»ga Ronaldu kelishi qurboniga aylandi. Klub uni «Milan»ga ijaraga berib yubordi, lekin u milanliklar safida ham qolmaydigan ko‘rinadi. Bu klub keyingi mavsumda ham uni ijarada qoldirmoqchi emas, bu esa futbolchining transfer qiymatini yanada tushirishi tayin. 5. Aleksis Sanches
Klubi: «Manchester Yunayted»
Yoshi: 30
Yil boshidagi transfer narxi: 65 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 40 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 25 million yevro (30,8 foiz)  Foto AFP Klubini o‘zgartirish zarariga ishlagan yana bir futbolchi. Joriy yil boshida «Arsenal»dan «MYU»ga o‘tgan Aleksis o‘tgan vaqt davomida atigi 30 o‘yinda maydonga tushdi va atigi 4 gol urdi. Shundan faqat bittasi joriy mavsumga to‘g‘ri keladi. «Manchester Yunayted»ga moslashish jarayoni cho‘zilib ketgan futbolchi bosh murabbiy Joze Mourinyo bilan munosabatlarni yomonlashtirib oldi va ko‘p o‘yinlarda ishtirok eta olmadi. Bundan tashqari, u bir necha marta jarohat oldi va bularning barchasi transfer qiymatida aks etdi. 6. Yannik Ferreyra-Karrasko
Klubi: «Dalyan Ifan»
Yoshi: 25
Yil boshidagi transfer narxi: 40 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 20 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 20 million yevro (50 foiz)  Foto AFP U ushbu ro‘yxatda yoshi 30dan kichik bo‘lgan yagona futbolchidir. Belgiyalik futbolchi «Monako» va «Atletiko»ning asosiy tarkibiga kira olmagach, kutilmaganda katta mablag‘ ishlash uchun Xitoyga yo‘l oldi. U Osiyoda 26 o‘yinda 7 gol urdi, Belgiya terma jamoasiga chaqirilib, jahon chempionatida qatnashdi va bronza medallariga ega chiqdi. Ammo uning «Dalyan»ni tanlashi narxini ikki barobar pasaytirdi. 7. Mesut O‘zil
Klubi: «Arsenal»
Yoshi: 30
Yil boshidagi transfer narxi: 50 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 35 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 15 million yevro (30 foiz) Foto REUTERS Emeri bu futbolchini ko‘p bor almashtirmoqda. U bu mavsumda 27 o‘yindan faqat 15tasida maydonga tushgan. Qishki transferlar vaqtida u jamoani tark etishi kutilmoqda. 8. Luka Modrich
Klubi: «Real»
Yoshi: 33
Yil boshidagi transfer narxi: 40 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 25 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 15 million yevro (37,5 foiz)  Foto REUTERS G‘alati paradoks. Jahon chempionati kumush medali egasi, turnirning eng yaxshi futbolchisi, «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan xorvatiyalik ushbu ro‘yxatdagi transfer qiymati eng past futbolchilardan biridir. Buni shunday izohlash mumkin: birinchidan, sentyabr oyida Luka 33 yoshga to‘ldi, ikkinchidan, u «Real» bilan mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Qolaversa, u Madrid klubidan ketib, «Inter»ga borib qo‘shilishi mumkin. 9. Arturo Vidal
Klubi: «Barselona»
Yoshi: 31
Yil boshidagi transfer narxi: 35 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 20 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 15 million yevro (42,9 foiz)  Foto REUTERS Yozda chililik futbolchi tavakkalga qo‘l urib, «Bavariya»dan «Barselona»ga o‘tdi. Ammo katalonlar klubidagi haddan tashqari kuchli raqobat, unga asosiy tarkibga kirish imkonini bermayapti. Yaqindagina Yevropa futbolidagi eng kuchli yarimhimoyachilardan biri bo‘lgan Vidal endi asosan zaxiradan o‘yinlarga qo‘shilmoqda - u Ispaniya chempionatining joriy mavsumida faqat 3 o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlagan, yana 12 o‘yinda ikkinchi bo‘limda zaxiradan tushirilgan. Bu esa transfer qiymatida aks etmoqda. 10. Manuel Noyer
Klubi: «Bavariya»
Yoshi: 32
Yil boshidagi transfer narxi: 35 million yevro
Yil oxiridagi transfer narxi: 22 million yevro
Tushish ko‘rsatkichi: 13 million yevro (37,1 foiz)  Foto REUTERS Darvozabon 2017 yilgi og‘ir jarohatlaridan qutulib olgan, lekin hali yuqori sport formasiga qaytmagan. Endi u avvalgidek jahonning eng kuchli darvozaboni emas, shunchaki yaxshi darvozabonga aylanib qolgan.
Manba: kun.uz
Kiritildi: 12:15, 30.12.2018. O'qildi: 8771 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.