Bugun 7 may, 2025 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 OKMK 8 19
2 Nasaf 8 18
3 Bunyodkor 8 15
4 Dinamo 7 15
5 Neftchi 7 12
6 Qo‘qon-1912 8 12
7 Navbahor 8 11
8 Surxon 8 10
9 Qizilqum 7 10
10 Mash’al 8 10
11 Paxtakor 8 9
12 Andijon 8 9
13 Xorazm 7 8
14 So‘g‘diyona 8 7
15 Buxoro 8 6
16 Sho‘rtan 8 1

O'tgan o'yinlar.

8-тур Xorazm 1-1 Nasaf
8-тур Bunyodkor 1-2 Qo‘qon-1912
8-тур Buxoro 1-2 Mash’al
8-тур OKMK 4-3 Andijon
8-тур Surxon 2-1 Paxtakor
8-тур Neftchi 2-1 So‘g‘diyona
8-тур Qizilqum 3-2 Navbahor
8-тур Sho‘rtan 1-3 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

05/04/25 Qizilqum - Xorazm

So'rovnoma

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 07.05.2025

      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Байер 04 Леверкузен".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Германии. "Майнц 05" - "Айнтрахт Франкфурт".
      10:00 Новости футбола.
      10:05 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Нюрнберг" - "Эльферсберг".
      12:05 Новости футбола.
      12:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:20 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Хольштайн Киль".
      15:25 Новости футбола.
      15:30 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Бешикташ".
      17:30 Новости футбола.
      17:35 Чемпионат Германии. "Боруссия Дортмунд" - "Вольфсбург".
      19:35 Новости футбола.
      19:40 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:50 Чемпионат Германии. "Фрайбург" - "Байер 04 Леверкузен".
      22:55 Чемпионат Германии. "Майнц 05" - "Айнтрахт Франкфурт".
      01:00 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Бохум".
      03:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      04:00 Новости футбола.
      04:05 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "Хольштайн Киль".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 07.05.2025

      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 2.
      09:35 "Что за спорт?". "Экстрим".
      10:00 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
      12:50 Плавание. Чемпионат России в Казани.
      14:35 "География спорта". Новосибирск.
      15:00 "Непобедимый".
      15:30 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве. Девушки.
      17:25 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Кубок сильнейших. Этап 1 в Москве. Девушки.
      19:20 "Лучшие из лучших".
      19:50 "Вы это видели".
      20:45 Д/ф "Бобби Робсон. Больше, чем тренер".
      22:45 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 2.
      00:25 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Смешанные команды. Прыжки на лыжах с трамплина. HS 102.
      01:15 Лыжное двоеборье. Чемпионат мира в Норвегии. Смешанные команды. Эстафета 4х5 км.
      02:05 "Непобедимый".
      02:30 Спортивная акробатика. Кубок Владимира Гургенидзе в Одинцово, Россия.
  • MATCH-TV
    • Sana: 07.05.2025

      06:00 Новости.
      06:05 Дзюдо. "Большой шлем" Душанбе в Таджикистане. День 2.
      08:00 "Непобедимый".
      08:30 "Что за спорт?". "Экстрим".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      12:00 Новости.
      12:05 Специальный репортаж.
      12:25 "Вопреки всему".
      13:30 Профессиональный бокс. Olimpbet Ночь чемпионов IBA. Харитон Агрба против Габриэля Росы.
      14:35 Специальный репортаж.
      14:55 Новости.
      15:00 Все на Матч! Прямой эфир.
      15:55 "Век нашего спорта". Анзор Кавазашвили.
      16:40 "Вид сверху".
      17:15 Эль-Класико. Стратегия и тактика.
      17:45 Новости.
      17:50 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:30 LIVE Хоккей. ФОНБЕТ Чемпионат КХЛ. Плей-офф. 1/2 финала. "Салават Юлаев" (Уфа) - "Локомотив" (Ярославль). 6-й матч. Прямая трансляция.
      21:25 Все на Матч! Прямой эфир.
      21:55 LIVE Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Локомотив-Кубань" (Краснодар). 2-й матч. Прямая трансляция.
      23:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:55 Смешанные единоборства. UFC 304 в Манчестере, Великобритания. Леон Эдвардс против Белала Мухаммада. Реванш.
      02:30 "Вид сверху".
      03:00 Д/ф "Конёк Чайковской".
      04:00 Баскетбол. Единая лига ВТБ. 1/2 финала. ЦСКА (Москва) - УНИКС (Казань). 1-й матч.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 07.05.2025

      06:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      07:30 Велоспорт. "Eurosport Cycling Show".
      08:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.
      10:00 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      11:30 Велоспорт. "Велошоу".
      12:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 3.
      13:00 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.
      14:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 1.
      16:00 Велоспорт. "Велошоу".
      16:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.
      18:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 3.
      18:35 LIVE Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 4. Прямая трансляция.
      20:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 17. Сельва-ди-Валь-Гардена - Пассо-дель-Брокон.
      21:30 Скалолазание. Кубок мира. Этап 3 в Бали, Индонезия. Женщины, мужчины. Лазание на трудность. Финалы.
      23:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 2.
      01:00 Велоспорт. Женщины. "Вуэльта". Этап 4.
      02:00 Снукер. Чемпионат мира в Шеффилде, Великобритания. Финал.
      03:00 Легкая атлетика. Grand Slam Track в Майами, США. День 3.
      04:30 Велоспорт. "Джиро д'Италия" 2024. Этап 20. Альпаго - Бассано-дель-Граппа.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Shamshod Sarikov: «Ilhom Mo‘minjonov ishonchimizni suiste’mol qildi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Navbahor» jamoamiz bu yil ancha astoydil bo‘ladigan ko‘rinishadi. Negaki, o‘tgan chempionatdagi egallagan 3-o‘rin bilan cheklanib qolmay, yanada yuksak marralarni zabt etishni ko‘zlayotganliklari shubhasiz. Mazkur yo‘nalishda qishki transfer bozorida ham faolligimiz bilan ajralib turibmiz. Klub rahbarining deyarli har kuni qaysidir futbolchi bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqdamiz. Hozirda Namanganda shug‘ullanayotgan klub a’zolari Pro-ligada to‘p surishi tobora oydinlashib borayotgan Shahrixonning «Rash-Milk» jamoasi bilan shahardagi «Dinamo» stadionida nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushishdi. Qor ostida kechgan o‘yinni kuzatish davomida Shamshod Sarikovdan ayrim yangiliklarga oydinlik kiritib oldik.

- Yakuniga yetgan chempionatda «Navbahor»ning 3-o‘rinni egallashi klub sifatida yanada takomillashishinglar uchun turtki vazifasini o‘tab bergan ko‘rinadi. Hech ikkilanmay yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashadigan jamoalar qatoriga qo‘shsak o‘rinli bo‘larmikin? 

- Bor kuchlarini berib harakat qilgan va bugungi kunda safimizni tark etgan bir qator futbolchilarga minnatdorchiligimni izhor etib qolmoqchiman. Dilshod Jabborov, Ayubxon No‘’monov, Ilhom Boydedayev va yangi mavsumga AGMK tarkibida tayyorgarlik ko‘rayotgan Akbar To‘rayevlarga. Hozirgi kunda biz bilan birga bo‘lmasalar-da, amalga oshirgan mehnatlarini qadrlaymiz. 3-o‘ringa yaxshi natija sifatida qarash mumkindir. Sababi, uzoq yillardan buyon yuqori o‘rinlardan biriga chiqish nasib etmayotgandi. Ammo talabchan, doim maksimallikka intiladigan viloyat rahbarini qoniqtirmaganligi aniq. Chempionlikni ko‘zlaganimiz uchun natijadan o‘zimiz ham ortiqcha quvonib ketmaganimizni ta’kidlashim joiz. O‘tgan yilgi yo‘l qo‘yilgan xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda harakat qilib ish tashkil etishimiz zarurligini tushunib turibmiz. Avvalgi bosh murabbiyga ortiqcha ishonib yuborganimizni mana endi tushunib turibmiz. Qing‘ir yo‘llarga kirishni o‘ziga ep ko‘rmaydigan mutaxassis izlab, niyatimizga erishdik deb o‘ylayman. Sababi, hozirgi kunda jamoani boshqarayotgan rossiyalik murabbiydan ko‘nglimiz to‘q. O‘tgan yili sizga bergan intervyuimda Ilhom Mo‘minjonovni to‘liq vo‘llab-quvvatlashimizni bildirgandim. U esa barisini suiste’mol qildi. Yangi chempionatda faqat oltin medallar uchun kurashmoqchi ekanimizni ta’kidlayman.

  - Kanchelkisning ham qanday saviyadagi murabbiy ekanligini ozmi-ko‘pmi bilib oldinglar. Chempionlik uchun kurashadigan tarkibni shakllantirishga layoqati yetarmikin?

- Jamoani chempionat yakunlanishiga yetti tur qolganda qabul qilib olgandi. O‘yin tomondan ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Raqib darvozasi oldida qulay vaziyatlarni yaratish miqdori ortdi. Faqat yakunning muvaffaqiyatli chiqmaganligi, boshqa masala. Yaqinda aytib berishdi, oxirgi 21 yil ichida «Paxtakor» bilan safardagi o‘yinda umuman ochko olishga erishmayotgan ekanmiz. Mo‘minjonov nazariy tarafdan ham kuchli emasligini ko‘rsatib qo‘ygandi. Shogirdlariga beradigan ko‘rsatmalari borasida solishtirganda, Kanchelkisning bir qator ustun jihatlarini anglab olish qiyin emas. Murabbiy shogirdlaridan nimani xohlayotganini birinchi galda o‘zi tushunib yetishi kerak. Hammasini qog‘ozga chizib, ko‘rsatib bermoqda. Muammoli vaziyatlardan chiqib ketishni imkon qadar yechimini birgalikda topishmoqda. 

- Chempionlikni ko‘zlayotgan jamoa safini ham asta-sekin yaxshi ijrochilar hisobiga to‘ldirib bormoqda... 

- Ha, bu tomondan olib borayotgan harakatlarimiz chakki emas. Yangi ijrochilarni jalb qilish borasida katta hajmdagi ishlarni olib boryapmiz. Yaqinda Slavko Lukich bilan shartnoma imzoladik. Aleksandr Kasyan ham to‘laqonli jamoamiz a’zosiga aylandi. Shartnoma tuzishdan avval har birining maydondagi xatti-harakatlari obdon o‘rganilib, murabbiylarning tavsiyasi asosiy o‘ringa chiqdi. Darvozabonlar bilan ishlovchi murabbiy sifatida Pavel Sinelnikovni jalb qildik. Ancha yillar mobaynida «Mash’al»da faoliyat yuritgan murabbiy. Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. E’tibor bering, asosiy kamchiliklarimizdan biri, keyingi yillarda mahalliy futbol maktablaridan iqtidorli darvozabonlar yetishib chiqmayapti. Mana shu Namangan futbolining jiddiy kamchiliklaridan biridir. Yaqin kunlar ichida murabbiylar tarkibi ham kuchaytiriladi.

- Qaysi mutaxassisni taklif etayotganinglarni bilsak bo‘ladimi? 

- Dastlab shartnoma imzolaylik, keyin nomini e’lon qilamiz. Ancha taniqli va malakali murabbiy ekanligini qo‘shimcha qilishim mumkin. 

- Qishki seleksiyalar jarayonida eng faollardan birisizlar. Ammo bizni o‘yga toldirayotgan tomoni, o‘zbekistonlik futbolchilar bilan bog‘liq masaladir. Yangi ijrochilarni jalb qilishda kimlarning tavsiyasidan kelib chiqib ish tutyapsizlar? Axir Andrey Kanchelkis ko‘p o‘yinchilarni tanishi uchun hali fursati bo‘lgani yo‘q-ku!

 - Kanchelskis yetib kelganidayoq oktyabr oyida Superligadagi barcha jamoalar haqida videorolik tayyorlab berishimizni so‘ragan va biz buni taqdim etganmiz. Chempionatdagi juda ko‘plab uchrashuvlarning videoyozuvlarini kuzatib chiqgan. Shularning ichidan tanlab, 40 nafar futbolchining ro‘yxatini tuzib bergan va aynan shular bilan muzokara olib borishimizni vazifa qilib qo‘ygan. Mavsum yakuniga yetib, uyga ketayotgan chog‘ida ro‘yxatdagi futbolchi bilan gaplashib ko‘rishimizni ta’kidlagandi. Mana shu o‘yinchilar bilan muzokaraga kirishganmiz. Ularni erinmasdan toifalarga ajratib chiqgan. Yordamchisi Belenkovning ham jarayonda faolligi namoyon bo‘ldi. Aytgancha, nomzodlarni qog‘ozga tushirish bilangina cheklanmay, bugungi kundagi holatlarini surishtirishimizni so‘ragan. Ya’ni, kimning qancha yillik avvalgi jamoasi bilan shartnomasini aniqlashtirishimiz talab etilardi. Avval surishtirib, keyin ishga kirishildi. O‘zimizdan-o‘zimiz to‘g‘ri kelgan ijrochilar bilan muzokaralarga kirishganimiz yo‘q. Nomzodga to‘xtalishdan avval murabbiylar shtabidagi barcha insonlar bilan fikr almashilib, yakuniy qarorga kelingan.  

- Klub uchun yana bir yangicha uslub: ya’ni, endilikda taklif etilayotgan futbolchilar bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolanayotganidir. Avvalgi kamchiliklardan to‘g‘ri xulosa chiqargan ko‘rinasizlar. 

- Xuddi shunday. Qaytarishga majburman, o‘tgan yili bir qator ishlarda kamchiliklarimiz borligi ko‘zga tashlanib qoldi. Ayniqsa, bosh murabbiyimiz ba’zi jabhalarda vijdonsizlarcha yo‘l tutgani, oxir-oqibat ziyonimizga xizmat qildi. O‘zi taklif etgan aksariyat futbolchilar bilan olti oy yoki bir yillik muddatli shartnomaga imzo chektirgan. Hammasini oldindan ko‘ra bilgani sezilib turibdi. Mabodo «Navbahor»dan ketsa, ortidan qolganlarni ergashtirishni rejalashtirib qo‘yganligi shundoq namoyon bo‘ldi. Azizbek Turg‘unboyev masalasida ham chigalliklar bo‘lganini butun futbol jamoatchiligi eshitdi. Yaxshiki, yakun biz uchun ijobiy chiqdi. Lekin o‘zi boshqarayotgan jamoa safidagi futbolchini boshqa jamoaga yetaklab olib borib, shartnoma imzolatganini qabul qilish qiyin. Har bir murabbiy o‘z haddini bilishi kerak. Bunday vaziyatni xoinlikka qiyoslash mumkin. «Paxtakor» bilan asta-sekin jiddiy raqobatga kirisha boshlagan bo‘lsag-u, yetakchi futbolchilarimizni ularning tarkibiga qo‘yib yuborilishi hech mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Murabbiylar shtabi bilan kelishgan holda kelajagi porloq deb qaralgan futbolchilar bilan kamida uch yil muddatga mo‘ljallangan bitim tuzish haqida qarorga kelindi. Ikki nafar shali 18 yoshga to‘lmagan yoshlarimiz bilan besh yilga mo‘ljallangan bitim tuzildi. Shu tariqa safimizni tark etgan futbolchilar o‘rniga mahalliy iqtidorlarni jalb qilib boraveramiz. Futbolga yaqinda kirib kelgan insonman. Ikir-chikirlarini to‘liq tushunavermayman. Olti oy yoki bir yilga mo‘ljallangan shartnomalar futbolda bo‘lishini endi-endi tushuna boshladim.  

- Futbol ichidagi yangi rahbarlardansiz va bunga o‘xshash holatlarga kam duch kelgansiz. Qaysidir nomi chiqgan o‘yinchi bilan muzokara olib borib, kelishuvga erishdingiz deylik. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, ushbu futbolchining boshqa jamoaga o‘tganini eshitib qolsangiz, o‘zingizni qanday his qilasiz? Axir hammasini kelishib bo‘lgandinglar...

- Darhaqiqat, siz aytgandek voqea yaqinda bir futbolchi bilan olib borgan muzokaramizdan so‘ng ro‘y berdi.

- «Navbahor»ga o‘tishga va’da bergan va keyinchalik AGMK safida paydo bo‘lgan San’at Shixovni nazarda tutyapsizmi?

 - Yo‘q. San’atga nisbatan e’tirozim kamroq. Chunki o‘zi bilan suhbatlashganimizda ayrim masalalarni inobatga olishimiz darkorligini tushuntirgandi. «Navbahor»ga aniq o‘taman deb va’da ham bermagandi. Bunga sabab qilib, ayrim omillarni vaj qilib ko‘rsatgandi. Oldimga kelib, vaziyatni tushuntirdi va keyin Olmaliq klubiga o‘tdi.

Men hikoya qilmoqchi bo‘layotgan futbolchi Namangan viloyatidan. Barcha masalalarda kelishib, qo‘l tashlashdik. Jamoaga o‘tishi deyarli hal qilingandi. Afsuski, oradan hech qancha fursat o‘tmay, boshqa jamoaning mashg‘ulotlariga qo‘shilganini eshitib qoldik. O‘sha borib qo‘shilgan «Metallurg» rahbarlari bilan uchrashganda, voqeani aytib berdim. Va’daga vafo qilmaydigan bola ekanligini tushuntirib, ertaga ularga ham pand berib qo‘yishi mumkinligini tushuntirdim. Ikki tomonlama «o‘yin» olib borish yigit kishiga yarashmasa kerak. Balki futbolda yangiligim uchun bunga o‘xshash holatlarni xazm yailishim qiyin kechayotgandir. Bundaylarni xalq tili bilan aytganda, sotqin deb hisoblashadi. O‘ziga ham tushuntirdik. Ko‘pchilikning ko‘nglidan qolib ketdi. Ertaga tekinga o‘ynayman, deya yonimizga yalinib kelsin, olmasligimiz aniq. Axir lafzida turmaydigan inson bilan yana qanday birgalikda faoliyat yuritish mumkin. Biz oddiy klub bo‘lmay qolganmiz. Oldimizga yuksak maqsadlar qo‘ymoqdamiz.

- Qishki seleksiya jarayonidagi eng katta yutug‘inglar, jamoa yetakchisi Azizbek Turg‘unboyevning olib qolishga erishilganidir. Biroq voqealar rivoji ancha chigal kechganini eslash joizdir.  

- «Paxtakor»ning asl xo‘jayinlari mazkur transferda futbolchining insoniylik hislatlari asosiy o‘rinda turishiga jiddiy qarashdi. Bu tomondan tutgan yo‘llarini olqishlash kerak. Biz singari sohaga endi-endi kirib kelayotganlar shunga o‘xshash vaziyatlarni tushunib borishimiz uchun vaqt kerak biladi shekilli. «Sherlar» klubi rahbariyatiga vaziyatni tushuntirganimda, barisini to‘g‘ri qabul qilishdi. O‘z jamoasida to‘p surayotgan yetakchi futbolchini boshqasiga olib borib shartnoma tuzdirishi, insoniylikning jirkanch ko‘rinishi bo‘lsa kerak. Eng muhimi, «Paxtakor» rahbariyati bizning holatimizni to‘g‘ri tushunishdi. Ahvolni o‘rganishib, bunday o‘yinchi bizga kerak emas degan qarorga kelishdi. Chunki qalbi toza, to‘g‘ri insonlar o‘tirishibdi. Qing‘irliklarni bilishmaydi. Ja’far Irismetov bilan Mo‘minjonov o‘zaro kelishgan holda ish bitirganliklari keyinchalik oydinlashdi.  

- Har bir transfer o‘z-o‘zidan amalga oshib qolmaydi. Kerakli ijrochilarni jalb qilishga klubning moliyaviy imkoniyatlari yetarlimi?

- «Navbahor»ning doimiy xomiylari bor. Katta yordam berayotganliklarini hech ikkilanmay ayta olaman. Jamoaning oldiga qo‘yilgan vazifani bari teran anglamovda. Yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor, futbolni yoqtiradigan tadbirkorlar ko‘pchilikni tashkil etishadi. Alohida maxsus hisob raqami ochilgan. Katta miqdorda moliyaviy ko‘mak bilan amaliy yordamlarini berishadi. Hech kim majburiy tarzda pul o‘tkazayotgani yo‘q. Maxsus hisob raqamimiz xohlovchilar uchun. Baribir viloyat Hokimi Xayrulla Hayitboyevichning ko‘magi, futbolga bo‘lgan qiziqishi asosiy o‘rinda turibdi. 

- Yangi mavsum boshlangunga qadar jamoaning rejalari qanday?

- Yanvarning 20 yoki 21-sanasida jamoa a’zolari Qrimga yo‘l olishadi. 10 kun davomida puxta tayyorgarlik ko‘rishib, 2 ta nazorat-sinov uchrashuvida maydonga tushishadi. Raqiblarimizdan biri Simferopolning «Tavriya»si bo‘ladi. O‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarining navbatdagi bosqichini Antaliyada o‘tkazish haqida bir qarorga kelganmiz. Hozir muzokaralar jarayonidamiz. Ayrim detallarga oydinlik kiritish qoldi xolos. Fevral oyi oxirida Namanganga qaytishadi va chempionatning dastlabki turiga qadar tayyorgarlik davom ettiriladi. Shular jarayonida seleksiya ishlari ham to‘xtab qolmaydi. Yana ikki nafar malakali legioner futbolchilar safimizga kelib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Hozir ularning nomini aytmay turaman. Xullas, yangi mavsumga puxta hozirlik ko‘rib, bu yil namanganlik futbolsevarlarni yanada xushnud etamiz degan niyatimizni amalga oshirishga harakat qilamiz. 

Abdulhafiz ABDULAZIZ o‘g‘li suhbatlashdi.

Manba: FCMuhlis
Kiritildi: 19:23, 15.01.2019. O'qildi: 9758 marta. Fikrlar: 12 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 6
2 ОКМК Xurshid G‘iyosov 6
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 5
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 4
5 Нефтчи Zoran Marushich 4
6 Бунёдкор Luis Kachorri 4
7 Сурхон Muhammadali Abdurahmonov 3
8 ОКМК Ali Abdurahmonov 3
9 Бухоро Shohruz Norxonov 3
10 Пахтакор Umar Adhamzoda 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.