"Atletiko" Ispaniya chempionatining 14-turida o‘z maydonida "Ovyedo"ni mag‘lub etdi - 2:0.
G‘oliblar safida norvegiyalik hujumchi Aleksandr Syorlot dubl qayd etdi - u 16 va 26-daqiqalarda gol urdi.
"Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda - jamoa 14 o‘yindan keyin 31 ochko to‘plagan. "Ovyedo" 14 o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan turnir jadvalini yakunlab berdi.
15-turda "Atletiko" 6 dekabr kuni "Atletik" mehmoni bo‘lsa, "Ovyedo" 5 dekabr kuni "Malyorka"ni qabul qiladi.
La Liga. 14-tur
30 noyabr, 01:00. «Riyadh Air Metropolitano» (Madrid)