Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muruvvatingizga tasanno, janoblar!!!

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Tan olaylik, kamtarligi bilan ajralib turadigan futbolchilar ko‘p emas. Yirik miqdorda maosh oladiganlarning aksariyati ichkilikbozlik, nojo‘ya qiliqlari bilan mojarolarga o‘ralashib qolishadi. Shunga qaramay, nafaqat o‘zi, balki boshqalarni o‘yladiganlar ham topiladi. Quyidagi maqolada 2018 yilda xayrli ishlarga qo‘l urgan futbol vakillari haqida so‘z boradi.

Rahim STERLING

Angliyada «Manchester Siti»ning iqtidorli futbolchisiga bo‘lgan munosabat biroz g‘alati: bu futbolchining sha’niga dog‘ tushirish maqsadida yozilgan xabar va maqolalar bisyor. Nega, nima sababdanligi hamon noaniq, zero Rahim oliyjanob insonligini bir necha marotaba isbotlagan. Misol uchun, o‘tgan yilning noyabrida Londondagi shifoxonada saratonga qarshi kurashayotgan 12 yoshli Damari Doukinsni yo‘qladi. Sterlingning maqsadi aniq edi: u Afrika-Karibdagi barcha potensial donorlarni yordamga chorladi.

Leykemiyaga qarshi kurash trasti asoschilaridan biri Beverli De-Geyl holatga shunday izoh berdi: «Rahimning kelganini ko‘rgan Damarining quvonchi cheksiz edi. Sen davolanayotgan palataga APL chempioni kelib, ko‘mak qo‘lini cho‘zsa - bu bayramga teng. Sterling Fransiyadagi o‘yindan keyin kelib, gaplashib, yordam bermoqchi bo‘lganiga bemor bolakayning ishongisi kelmayotgandi». Bunday voqea birinchi marta kuzatilmayapti: Rahim «Siti»ning xayriya ishlariga tez-tez ko‘maklashadi. Shuningdek, boyligini yaqinlari bilan baham ko‘radi - jumladan, o‘tgan yilning fevralida opasiga uy sov-g‘a qildi. Avvalroq onasini ham shu tariqa xursand qilgandi. 

Muhammad SALOH

«Liverpul» to‘purari hozirgi darajaga yetish uchun qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirganidan xabardormiz. Uning o‘zi ham hayotda boshqalardan kamroq omadga erishganlarning qiynalayotganini juda yaxshi biladi. Aprelda Saloh Misrdagi Nagrig qishlog‘ida buloq suvlarini tozalaydigan dastgoh o‘rnatilishi uchun 450 ming dollar ajratdi. Misrlik futbolchi vatanida hayot tarzini yaxshilash uchun ko‘p ishlar qildi va natijada «Baxt sababchisi» taxallusini oldi.

U shuningdek, uyidagi holatdan tez-tez xabar olib turadi, eski do‘stlarini yo‘qlaydi. «Bu biz uchun nechog‘li ahamiyatli ekanini tasavvur qilolmaysiz. Salohning Misr aholisi uchun nimalar qilganini ta’riflash mushkul. Buni o‘ylaganimdayoq ko‘zimga yosh keladi, - deydi o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan Matravi Abu Xabsa. - U hamisha qishlog‘imizga kelganida, uyimizga tashrif buyuradi. Hech qachon yotsiramaydi, hamisha shunday bo‘lib qoladi. Yulduzlik kasalidan yiroq yuradi, ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga qaratish fikridan yiroq». 

Xuan MATA

Mata «jahondagi eng yoqimli futbolchi» sifatida tanilgan. Uni yaxshi ko‘rmay bo‘larkanmi? Ispaniyalik yarim himoyachi bu maqomni mustahkamlashda davom etyapti. Misol uchun, aprelda Xuan o‘yindan so‘ng klub ishchilariga astoydil yordamlashayotgani aniqlandi. «U oddiy xodimlarga ko‘maklashadi, safar o‘yinlari bo‘yicha suhbatlashadi - bu oson ish emas. Juda yoqimli, ammo Mata uchun oddiy hol - u shunchaki, jahonning eng yoqimtoy futbolchisi!» - deb yozgandi The Daily Mail muxbiri. 

NGolo KANTE

Yaxshi ko‘rmaslik mumkin bo‘lmagan yana bir shaxs. N~Golo Kante «Kardiff»ga qarshi kechgan g‘alabali o‘yindan so‘ng Parijga olib boradigan poyezddan qolib ketgani sabab gazetalar e’tiboriga tushgandi. U «Kings Kross» vokzalidagi masjidga kirganda, «Arsenal» muxlisi Badlur Rahmon Jalil uni tanib qoldi. Yulduzni ko‘rib, mehmonga chaqirdi va... Kante rozi bo‘ldi. Natijada N~Golo keyingi ikki soatni Jalilning uyida o‘tkazdi. «Islom dini mehmonnavozlikka o‘rgatadi, men shunga ko‘ra ish tutdim. Kante qarshilik qilmadi - uning aytishicha, u yakka o‘zi bo‘lgan va baribir, uyga ketayotgan ekan. FIFA o‘yinida ukam ikkimizning ta’zirimizni berdi, so‘ngra futbol o‘yinlari sharhini tomosha qildik. Bu unutilmas ajoyib oqshom bo‘ldi». 

Virjil VAN DEYK

Noyabrda Virjil van Deyk Gollandiyaning Germaniyaga qarshi o‘yinida hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgach, uning jamoasi Millatlar Ligasi final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Virjil esa muvaffaqiyatni nishonlamay, qayg‘uga tushgan referi Ovidiu Xaseganga hamdardlik bildirish maqsadida uning yoniga shoshdi. «O‘yin payti hakamning onasi vafot etdi. U ko‘z yoshlarini tutib turolmadi. Undan kuchli bo‘lishi kerakligini aytib, ajoyib ishlaganini qo‘shimcha qildim. Balki bu oddiy narsadir, ammo referi biroz yengil tortgan bo‘lsa, ajabmas», - dedi van Deyk. 

Garet SAUTGEYT

Bu murabbiy penaltidan foydalana olmaslik nima ekanligini juda yaxshi biladi. Shu bois, kolumbiyalik futbolchi Uribe «nuqta»dan to‘p tepishda adashgach, Sautgeyt uni o‘ziga xos tarzda yupatdi. 

Jeyms MAKKLEYN

«Stok Siti» klubi va Shimoliy Irlandiya termasi yarim himoyachisi - super yulduz emas, biroq o‘zining namunali xulq-atvori orqali tanilgan. Makkleyn yaqinda yosh bolakayning dafn marosimi uchun pul ajratdi, Derridagi o‘spirinning operasiya xarajatlarini to‘ladi va bemor qizaloqqa velosiped sovg‘a qildi. Dekabrda Jeyms olti nafar boshpanasiz kishilarga bir necha kunga mehmonxonadan joy buyurttirdi, hattoki, oziq-ovqatidan ham xabar olib turdi. 

Endryu ROBERTSON

Martda yetti yoshli muxlis Alfi Redford Chempionlar Ligasi doirasidagi «Liverpul» - «Portu» o‘yinini ko‘rish uchun stadionga ketayotganda, bor pulini oziq-ovqat bankiga xayriya qilgani Endryu Robertsonga yetib bordi. Shunda shotlandiyalik himoyachi saxovatpesha bolakayga xat yozib, uni Roberto Firmino imzosi tushirilgan futbolka bilan birgalikda jo‘natdi. Maktubda shunday so‘zlar yozilgandi: «Tan olaylik, Alfi - hech kim chap qanot himoyachisining libosini kiyishni xohlamaydi. Shuningdek, sen qilgan ish boshqalarga o‘rnak bo‘lishi mumkinligini aytmoqchiman. Muhtojlarga yordam berish chindan ham muhim», - deb yozgandi Robertson. 

Sadio MANE

Sentyabrda Mane «Lester» darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Ammo u muvaffaqiyatni nishonlamay, masjidga yo‘l oldi. U yerda farroshlik qiladigan do‘sti bilan gaplashgach, ko‘maklashish niyati borligini bildirdi. Sadio darhol maxsus qo‘lqoplarni kiyib, pol artishga tushib ketdi. Tabiiyki, uni ko‘rib qolganlar voqeani darhol tasvirga olishdi. Futbolchiga esa bu yoqmadi: «Mane videoyozuvni tarqatmaslikni so‘radi, e’tibor markazida bo‘lishni xohlamadi - uning yordamlashishdan maqsadi o‘zini reklama qilish emasdi», - dedi mahalliy imom. 

Nayall MAKGINN

Sentbyarda Kemeron Delgarnoning onasi Internet tarmog‘i orqali 7 yoshli o‘g‘li tengdoshlari mazax qilaverishgani sababli futbolni tashlamoqchi bo‘layotgani haqida xabar berdi. Ko‘p o‘tmay bolakay «Aberdin» fanatlarining dil izhorlari bitilgan yuzlab maktublarni oldi.

Ular orasida jamoa futbolchisi Nayall Makginndan ham noma bor edi: u nafaqat Delgarnoni qo‘llab-quvvatladi, balki «Moteruell»ga qarshi bahsda o‘yinchilar bilan birga maydonga tushishni taklif qildi. «Uni fikridan qaytarishda «Aberdin» ishqibozlarining hissasi katta bo‘ldi.

Futbolchidan maktub olganida esa quvonchi ichiga sig‘madi. Bunday qo‘llab-quvvatlash uning uchun katta voqea edi. Kemeronning kumirlaridan biri bo‘lgan Nayallga rahmat. Ko‘plab bolakaylar futbolchilarga mehr qo‘yishadi - bunday muruvvat ko‘rsatadiganlar esa ularga xursandchilik ulashadilar», - dedi bolakayning onasi. 

Kilian MBAPPE

Angliya termasi a’zolari 2007 yildan buyon milliy jamoa orqali keladigan daromadni xayriya maqsadida sarflab kelishmoqda, ammo Fransiyada bunday emas. Mbappe futbol maydonida qadrdon vatani sharafini himoya qilish uchun maosh olishni maqbul ish deb bilmaydi. Vunderkind jahon chempionatida topgan pullarining barini muhtojlarga tarqatdi. 2018 yilning yozida o‘tkazilgan mundialdagi chempionlik uchun Kilian 400 ming funt ishlab topdi va ularning hammasini xayriya qildi. U endigina 20 yoshga to‘ldi, lekin saxovatpeshalik bobida manaman degan akalariga o‘rnak bo‘lsa arziydi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 17:50, 16.01.2019. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик