Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Osiyo Kundaligi, 15-kun. G‘oliblik ruhi

Baho:
+ | -
OSIYO / Osiyo kubogi / Osiyo kubogi-2019
Rukn: Yangiliklar
A A A
Ertaga muhim o‘yin kutmoqda. Yaponiyaga qarshi. Ko‘p bor o‘ynaganmiz bu grand jamoa bilan. Statistikamiz maqtanarli darajada emas.   Atigi bitta o‘yinda g‘alaba qozonganmiz. O‘sha Aleksandr Shadrin gol kiritgan 2012 yil qishining so‘nggi kunidagi o‘yinda. Mana yana imkoniyat. Butkul boshqa jamoa, boshqa murabbiy bilan o‘ynaymiz ertaga. Rasmiy  musobaqadagi rasmiy o‘yin. Guruh g‘olibini aniqlab beradigan o‘yin.

Bugungi mashg‘ulotlar ajoyib tarzda o‘tdi. Futbolchilarimizning kayfiyati a’lo darajada. Matbuot anjumanida qatnashgan Javohir Sidiqovning bir gapi yoqdi menga. “O‘ylab qarasam, Yaponiyaga qarshi o‘smirlar va yoshlar terma jamoalari tarkibida ko‘p bor o‘ynaganman. Shu paytga qadar ulardan mag‘lubiyatga uchramagan ekanman. Ertaga milliy terma jamoa tarkibida ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz!” Bu g‘oliblik ruhidan dalolat. Mana shunday g‘oliblik ruhi ayni paytda barcha futbolchilarimizda bor.

Bugun komissar ishtirokidagi mitingda Yaponiya terma jamoasi matbuot xizmati xodimi bilan tanishdim. Nihoyatda odobli va muloyim qiz ekan. Barcha yaponlarga xos bo‘lgan xislat. “Kecha jurnalistlarimiz terma jamoangizni mashg‘ulotini yoritishga borishibdi. Ular bilan bog‘liq hech qanday muammo yuzaga kelmadimi? Aytilgan vaqtda mashg‘ulotni tark etishdimi?” – deb so‘rab qoldi. “Yo‘q, hech qanday muammo bo‘lmadi. Qaytanga, jurnalistlaringizning tartib-qoidaga so‘zsiz bo‘ysunishi va nihoyatda tavoze’li ekanligi meni lol qoldirdi”, - dedim. 

Mashg‘ulotdan keyin yana ikkita jurnalist mehmonxonaga Fozil Musayevni izlab kelishdi. Fozildan intervyu berishni so‘ragandim: “Kecha intervyu olishgandi. Yanami?” – dedi ajablanib.

Men tushuntirdim. “Yaponiyalik jurnalistlar nihoyatda ko‘p, ularning barchasi terma jamoamizga katta qiziqish bildirishyapti. Uzoq masofadan yo‘l bosib, mehmonxonamizga Sizni qidirib kelibdi. Intervyuga ozgina vaqt ajratsak, juda xursand bo‘lishadi”, - dedim. Fozil rozi bo‘lib, yaponiyalik jurnalistlarga intervyu berdi. Ba’zi savollarga inglizcha, ba’zilariga esa yapon tilida javob bergani jurnalistlarni chinakamiga hayron qoldirdi va Fozilga bo‘lgan hurmatlari ikki karra oshib ketganini guvohi bo‘ldim.

Ertaga tarkibda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Mister o‘ziga xos reja tayyorlab qo‘ygan ertangi o‘yinga. Barcha rejalarimiz amalga oshib, yuzimiz yorug‘ bo‘lishini tilab qolamiz!    Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 23:20, 16.01.2019. O'qildi: 3221 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик