Bugun 15 may, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
  • La-liga
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • 1:1
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maksim Shaskix: «Lobanovskiy bilan ilk suhbatim 7 daqiqa davom etgan»

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Intervyular
A A A

Kiyevning «Dinamo» klubida 10 yil faoliyat olib borgan Maksim Shaskix ayni payt jamoa murabbiylar shtabidan joy olgan. Yaqinda O‘zbekiston termasining sobiq hujumchisi Dynamo.kiev.ua saytiga intervyu berdi. Quyida ana shu suhbatni o‘qishingiz mumkin.

— Maksim, fursatdan foydalanib, qizingizning to‘yi bilan muborakbod etamiz.

— Katta rahmat.

— Umuman, oilangiz bunday bayramlarni qanday nishonlaydi?

— Har safar har xil. O‘tgan yili Yangi yilni Mayamida, qizimnikida nishonlagandik. Bu yil ham u yerda bo‘ldik, faqat to‘yga bordik. Odatda, bunday tadbirlarni Kiyevda o‘tkazamiz, do‘stlarimiznikiga boramiz. Bir safar og‘aynilar bilan mashhur filmdagi kabi hammomga borganmiz. Adashmasam, o‘shanda 30 dekabr edi.

— Endi millionlar o‘yiniga kirib kelishingiz haqida gaplashsak. Futboldagi dastlabki qadamlaringiz qanday bo‘lgan?

— Aksariyat bolalar kabi biz ham hovlida to‘pning orqasidan yugurib yurardik. Maktab yoshiga yetganimda, futbol to‘garagiga yozilganman. Bolaligimdan futbol o‘ziga rom etgan, akam ham shu yo‘ldan borgan, otamning ham mazkur sport turiga aloqasi bo‘lgan. Futbolga kuchli mehr qo‘yishim sababli maktabda muammolar yuzaga kelgan. Mashg‘ulotlar tufayli darslarni qoldirishga to‘g‘ri kelardi. Lekin o‘qituvchilarim vaziyatga real baho berishardi. Bu borada omadim kelgan.

— Maksim Shaskix sportning bosh-qa turlariga qatnashishi mumkinmidi?

— Esimda, ota-onam dastlab suzish, keyin dzyudo to‘garaklariga berishgan. Ushbu sport turlari bilan juda kam vaqt shug‘ullanganman. Fikr-u xayolim futbolda edi.

— (Maksimning suratiga ishora qilib) Mana bu foto qachon olinganini eslaysizmi?

— Bu Toshkentning birinchi chempionati. Biz unda g‘olib chiqqanmiz. O‘shanda «Paxtakor» maktabiga qatnardim. Mazkur turnirda eng yaxshi to‘purar bo‘lganman. Suratda menga mukofotni Mirjalol Qosimov topshirmoqda.

— Boshidanoq markaziy hujum chizig‘ida o‘ynaganmisiz?

— Bolalar futbolida aniq bir pozisiyada harakat qilmaysiz. Shu bois hujumda ham, yarim himoyada ham, himoyada ham o‘ynaganman.

— Mudofaa chizig‘ida qanday o‘ynagansiz?

— Oxirgi himoyachi sifatida o‘ynash menga yoqardi. Tezligim yaxshi edi, mendan deyarli qochib keta olmasdilar. Biz «libero» sxemasi bo‘yicha o‘ynardik.

— O‘zbekistondan keyin uch yil Rossiyada o‘ynadingiz. Hammasi qanday boshlangan?

— Rossiyaga 16 yoshimdayoq chiqib ketganman. Lekin rus chempionatiga yo‘l olgunimga qadar «Paxtakor» maktabi qoshida «Yutka» nomli klub tashkil etilgan. Ana shu jamoa safida sobiq ittifoq ikkinchi ligasida qatnashishga muvaffaq bo‘lganman. Biz birinchilikda g‘olib chiqqanmiz. Ammo sobiq ittifoq bo‘linib ketgani bois birinchi ligada o‘ynash nasib qilmagan.

— Kiyevning «Dinamo»siga kelishdan oldin «Spartak» va «Zenit» jamoalari ko‘rigida bo‘lgansiz. Nima uchun ushbu jamoalardan biriga o‘tmagansiz?

— «Spartak»ka nima uchun to‘g‘ri kelmaganimni o‘zim ham bilmayman. Chunki bu jamoada men bilan hech kim gaplashmagan. Vaholanki, «Spartak»ning uchta ko‘rigida to‘liq qatnashganman. O‘shanda jamoani Oleg Romansev boshqarardi. Vyacheslav Grozniy esa yordamchilaridan biri edi. Lekin ularning ikkisi ham men bilan biror marta muloqot qilmagan. Umuman olganda, barcha yangilar mashg‘ulotlarni deyarli alohida bajarganmiz. Uchinchi yig‘indan so‘ng Moskvaga qaytganmiz. Menga shunchaki, uyga chipta olib berilgan. Shu bilan «Spartak»dagi «faoliyatim» nihoyasiga yetgan. Hech kim vaziyatni tushuntirmagan.

— Jahlingiz chiqqanmi?

— Gap unda emas. Men bilan muloqot qilmaganliklari yoqmagan. Axir bir necha daqiqa ajratishsa bo‘lardi-ku.

— «Zenit» bilan nima bo‘lgan?

— U yerda mutlaqo boshqacha holat kuzatilgan - Piterdan o‘zim ketganman. Bu klubning ikkita yig‘inida qatnashganman. Birinchi safar Bishoves qo‘l ostida, ikkinchisida esa Davidov murabbiyligida. Qisqasi, bu klubga qalbim ilimagan.

— «Dinamo» varianti qanday paydo bo‘lgan? O‘shanda 20 yoshda edingiz va «Baltika»da o‘ynardingiz?

— «Baltika»ning birinchi liga doirasida ikkita uchrashuvi qolgandi. O‘sha o‘yinlarning dastlabkisiga tayyorgarlik ko‘rayotganimizda, Terleskiy va Biba borishgan. Biz o‘tirib, gaplashib oldik va men «Dinamo» safida o‘ynashga shu zahoti rozi bo‘ldim. Ammo «Baltika»ning qolgan ikkita o‘yinini ham o‘tkazdim. Aynan o‘sha payt «Spartak» vakillari tashrif buyurishdi. Ularga «To‘rt oy oldin uchta yig‘inlaringda qatnashdim. Lekin sizlarga kerak bo‘lmadim», dedim. Ular esa «Hozir vaziyat umuman o‘zgargan», deyishdi. Shunda hissiyotlarga berilmagan holda «Kechirasizlar, lekin «Dinamo»ga o‘tishga rozilik berdim», dedim. Ushbu javobimdan keyin ham uch kun avrashga urinishdi, biroq hammasi natijasiz bo‘ldi.

— Agar «Spartak» vakillari Terleskiy va Bibadan oldin kelishganida, nima qilgan bo‘lardingiz?

— Har qanday holatda ham «Spartak»ka o‘tmasdim.

— Bir necha bor bolalikda Kiyevning «Dinamo»siga muxlislik qilganingizni aytgansiz. Qaror qabul qilayotganingizda shu jihat ham rol o‘ynaganmi yoki shartnoma shartlari ma’qul kelganmi?

— Meni shunchaki, «Dinamo»ga taklif qilishgan. Bu jamoada o‘ynash orzum edi. Boz ustiga, o‘sha yili yakunlangan mavsumda kiyevliklarning YECHLdagi o‘yinlarini tomosha qilgandim. Jamoa nufuzli turnirning yarim finaliga qadar yetib borgan.

— «Dinamo» transferingiz uchun qancha to‘laganini bilasizmi?

— Faqat gap-so‘zlarni eshitganman. «Dinamo»ga o‘tishga rozilik berishim hamono tushunarsiz ravishda mening «egalarim» paydo bo‘lishgan. Lekin o‘shanda hech qaysi klub bilan aniq bir shartnomaga ega emasdim. Hamma joyda ijara asosida o‘ynardim. Eshitishimcha, «Dinamo» mening transferim uchun bir million dollar atrofida to‘lagan.

— Lobanovskiy haqida so‘ramasak bo‘lmaydi. U bilan dastlabki uchrashuvingizni eslaysizmi?

— Nafaqat eslayman, balki o‘sha holat hamon ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Kiyevga kelishim bilan aeroportdan to‘g‘ri Lobanovskiyning oldiga borganmiz.

— Suhbat uzoq cho‘zilganmi?

— Yetti daqiqa. Eshik ochilgach, Valeriy Vasilyevichning yorqin chehrasini ko‘rganman. U bilan yakkama-yakka suhbat qurganmiz.

— Ushbu suhbatdan qanday taassurot olgansiz?

— Kirishim bilan muzdek ter bosib ketgan. Chunki kim bilan gaplashayotganimni bilardim. Keyin uning savollariga to‘g‘ri javob berdimmi yoki xato qildimmi, deb cho‘chiganman.

— Suhbat chog‘ida Lobanovskiy o‘zini qanday tutgan? Jiddiy bo‘lganmi yoki hazillar bilan sizni ruhlantirganmi?

— Uning yuzida tabassum ko‘rmaganman, lekin aniq-tiniq gapirgan.

— «Dinamo»ga kelganingizda, sizni Shevchenkoga o‘rinbosar deb bilishgan. Bu salbiy ta’sir o‘tkazmaganmi?

— Unchalik emas. Har bir uchrashuv, turnirdan keyin solishtirishlar bo‘lardi. Avvaliga tinimsiz taqqoslashga urinishardi. Albatta, bunga e’tibor bermaslikka harakat qilardim. Lekin baribir, matbuotni o‘qishimga to‘g‘ri kelardi. Har nima qilganda ham ruhiy bosimni yengib o‘tganman, deb hisoblayman. Shevchenko «Milan»da ajoyib o‘ynab ketganidan keyin esa bu solishtirishlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketgan.

— Yulduzli «Dinamo»ga moslashish qiyin kechmaganmi? Tizzalaringiz qaltiramaganmi?

— Yo‘q. O‘zimni ushbu klubda oldindan o‘ynayotgandek his qilganman. Albatta, bunda birinchi navbatda jamoaning hissasi katta bo‘lgan.

— «Dinamo»da yulduzlik kasaliga chalinganlar bormidi?

— His qilmaganman. Harqalay, hech kimning «burni ko‘tarilmagandi».

— «Dinamo»ning qaysi o‘yinchisi maydondagi harakatlari bilan lol qoldirgan?

— O‘z ampluamdan kelib chiqadigan bo‘lsam, birinchi navbatda, hujumkor futbolchilarni tilga olaman. Belkevich, Xaskevich, Kardash, Kosovskiy, Yashkin, Dmitrulin shular jumlasidan. Ular menga «Sen, eng muhimi yugur! To‘p o‘zi oldingga borib tushadi», deyishardi.

— Aleksandr Xaskevichni esga oldingiz. Ayni payt murabbiylar shtabida u bilan birga ishlayapsiz. O‘shandagi «Dinamo»da munosabatlaringiz qanday edi?

— Ajoyib. Nikolaich bilan hamisha do‘st bo‘lganmiz, bo‘sh vaqtlarimizni ko‘pincha birga o‘tkazganmiz. Umuman olganda, jamoamiz ahil edi. Oilalarimiz o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatgandik, tabiat qo‘yniga chiqardik.

— Haskevich futbolchi sifatida qo‘pol bo‘lgan...

— O‘shanda bunday holat «Dinamo»ning hamma o‘yinchisida kuzatilgan. Bizda bir narsa bor edi: agar mashg‘ulotlardan toza kiyim bilan qaytsangiz, demak yaxshi shug‘ullanmagansiz. Jamoamizda hech kim sherigidan ortda qolishni istamasdi.

— «Dinamo»ga kelishingiz bilan «Jalgiris»ga qarshi uchrashuvda «dubl» qayd etgansiz, keyin «Olborg» bilan bo‘lgan bahsda yana hisobingizga gol yozdirgansiz. Dastlabki uchrashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishingizga sabab nimada?

— Shunday yigitlar bilan o‘ynab, gol urmaslikning iloji yo‘q edi. «Jalgiris» darvozasini ishg‘ol qilganimni eslaylik. Valik Belkevich to‘pni shu qadar ideal tarzda yetkazib berganki, mendan faqatgina darvoza tomon zarba yo‘llash talab etilgan, xolos. Afsuski, o‘sha o‘yinda bir nechta vaziyatlarni yo‘qqa chiqarganman. Agar hamma imkoniyatlarimdan unumli foydalanganimda, to‘purarlik borasida Oleg Bloxindan o‘tib ketgan bo‘larmidim (kuladi).

— Kiyev, Ukraina, odamlar, muxlislar haqidagi fikringiz qanday bo‘lgan?

— Super! Kiyevni bu yerga kelganimdan bir oy o‘tmasdanoq yoqtirib qolganman. Turmush o‘rtog‘im bilan ham shunday bo‘lgan. U «Kiyevdan boshqa shaharda yashamayman», deb ko‘p aytadi.

— «Dinamo»da olti nafar murabbiy qo‘l ostida ishlagansiz: Lobanovskiy, Mixaylichenko, Buryak, Demyanenko, Sabo, Syomin. Lobanovskiy xususida gaplashdik. Qolganlari haqida qanday fikrdasiz?

— Mixaylichenko uzoq vaqt Lobanovskiyning shogirdi bo‘lgan. Shu bois murabbiylik jarayoni unchalik farq qilmagan. O‘ylashimcha, Alekseyga biroq sovuqqonlik yetishmagan. Demyanenko ham bu sohada Valeriy Vasilyevichdan saboq olgan. Ammo uni o‘zgacha murabbiy sifatida qabul qilganmiz. Mixaylichenkodan so‘ng «Dinamo»ni Buryak qabul qilib olgan. U jamoani juda kam vaqt boshqargan. Menimcha, bu bizning aybimiz. Sabo... Yojefovichni bir so‘z bilan ta’riflash qiyin. Syomin haqida gapiradigan bo‘lsam, u ham o‘z qarashlari bilan kelgan.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 08:19, 26.01.2019. O'qildi: 4960 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Torres faoliyatini darvozabon sifatida boshlagan. O'yinlarning birida u barmog'ini sindirib olgach, onasi o'g'liga darvozabonlikni taqiqlagan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик