Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuper yoki Arveladze?! Qay birining iste'fosi muhimroq?

Baho:
+5 | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ikkiga bo‘lingan muxlis va jurnalistlar

Futbol bo‘yicha qit’a chempionati biz uchun yakunlangan bo‘lsada, ko‘pchilik haligacha o‘sha turnir biz uchun ijobiy yoki salbiy ruhda o‘tgani haqida bahslashmoqdalar. Darhaqiqat, milliy terma jamoamiz muxlislari va hatto jurnalistlarimiz ham hozirda ikkita lagerga bo‘linib olishgan.

Bir tomondagilar Kuperning uslubini eski va yaroqsiz ekanligi haqida bong ursa, narigi tomondagilar O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlaridagi ijobiy o‘garishlarni hisobga olib, Kuperning qolishini xohlashmoqda…

To‘g‘risi, Kuper tog‘adan hammamiz hech bo‘lmasa yarim finalni kutgan edik. Afsuski, bu amalga oshmadi, lekin o‘yinimizda o‘sish kuzatildi. Haqiqatdan ham bahsli holat yuzaga kelmoqda…

O‘zbek futboli rivoji uchun eng muhim iste’fo hozircha Kuperniki emas ekanligini nahot sezishmasa?! Keling, boshidan boshlayman…

Paxtakor va Akademiya

Katta moliyaviy kuchga ega bo‘lgan «Paxtakor» yangi investorlar yordamida profissional klubga aylanishi kutilayotgan edi. Aynan shu maqsadni amalga oshirish uchun bosh murabbiy etib tayinlangan Shota Arveladze hozircha ishonchni oqlay olamayapti va negadir bu faktor hech kimni e’tiborini tortmayapti, chamamda. O‘zbek futboli uchun terma jamoa murabbiyligidanda muhimroq masala hozirda Arvelazdening iste’fosi ekanligini nahot OAV «ko‘rmayapti»? Yurtimiz futboli uchun katta summadagi pullar evaziga ham jamoaga hech qanday yangi ruh yoki yangi uslub olib kira olmagan murabbiy bilan tanqidchilarning umuman ishi yo‘q.

«Sherlar»ning Arveladze qo‘l ostida hatto ichki chempionat va kubok o‘yinlaridagi mag‘lubiyatlari o‘zlarini «xolis tanqidchi» deya ataydigan hamkasblarimiz nigohini nechun tortmayapti? Qiziq-a? Ektor Kuperku bizning futbolga ozgina bo‘lsa ham «nimadir» olib kira oldi, lekin Arveladzechi?

«Paxtakor» klubi yangi darajaga chiqishi uchun olib kelingan murabbiy nafaqat, klubning, balki, o‘zbek futbolining ham oyog‘iga bolta urmoqda. Xalq jamoasi sanalgan «sherlar» har mavsumda 3 ta yoki 4 ta yangi nomni kashf etishar, shularning hech bo‘lmasa 1 nafari terma jamoa darajasidagi o‘yinchilarga aylanardi(Babayanning termasini inobatga olamaganda) . Afsuski, «Paxtakor» jamoasining yuritayotgan siyosatidagi burilish yosh futbolchilarning o‘zlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubormoqda. «Paxtakor» yangi uslubdagi futbol siyosati bilan hali hech narsaga erisha olmadi. O‘z o‘yin uslubini tashkillashtirish u yoqda tursin, hatto, legioner tanlashda ham hech qanday yangilik qila olmadi…

Tarafkashlik qilyapti demangu, hatto Jasur Abduraimov boshqargan «Paxtakor» hozirgi «Paxtakor»dan ko‘ra qiziqroq edi. To‘g‘ri, Abduraimov jamoasining mag‘lubiyat va duranglari ko‘p edi, lekin, Abduraimov futbolimiz kelajagining egalari bo‘lgan yoshlarga o‘zini to‘liq ko‘rsatish uchun imkoniyat yaratib bergan edi.

Men Ektor Kuperning ketishini yohud qolishini ham tarafdori emasman. Shunchaki deyarli 35 million aholiga ega davlatimizning futboli rivojlanishini huddi sizdek xohlayman, xolos.

Ektor Kuper

Biz uning ketishi orqali hech narsa yutmaymiz! Faqat vaqtdan yutkazamiz… UFA agar Kuperga javob berib yuborsa, katta ehtimol bilan kunimiz yana mahalliy murabbiylarga qoladi va ularning tajribasizligi evaziga yana so‘nggi turlarda 1 ochko yoki 2 ta gol farqi bilan JCHdan quruq qolaveramiz.

To‘g‘ri, Osiyo kubogidagi ishtirokimizni oqlab bo‘lmaydi, lekin bizning hozircha asosiy maqsadimiz JCH ga chiqish. Buning uchun bizda hali 100 foiz imkoniyat bor. Shunchaki, sabr bilan voqealar rivojini kuzatish kerak. Kuperga javob berib yuborishga hozircha erta! Shoshmay turaylik…

Xulosa o‘rnida

Biz bejiz Ektor Kuper va Shota Arveladzeni solishtirmadik. Zero, o‘zbek futboli rivoji uchun iste’fo berish kerak bo‘lsa, hozircha bu Kuper emas, Arveladze bo‘lgani ma’qulroq variant!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 28.01.2019. O'qildi: 17535 marta. Fikrlar: 36 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик