Bugun 12 may, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 11.05.2026 00:00
      • Barselona
      • 2:0
      • Real Madrid
      • 12.05.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • 1:1
      • Jirona
      • 12.05.2026 22:00
      • Selta
      • -:-
      • Levante
      • 12.05.2026 23:00
      • Betis
      • -:-
      • Elche
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Sevilya
  • «A» Seriya
      • 11.05.2026 23:45
      • Napoli
      • 2:3
      • Bolonya
  • APL
      • 12.05.2026 00:00
      • Tottenhem
      • 1:1
      • Lids
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Kristal Pelas
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 36 79
2 Manchester Siti 35 74
3 Man. Yunayted 36 65
4 Liverpul 36 59
5 Aston Villa 36 59
6 Bornmut 36 55
7 Brayton 36 53
8 Brentford 36 51
9 Chelsi 36 49
10 Everton 36 49
11 Fulhem 36 48
12 Sanderlend 36 48
13 Nyukasl 36 46
14 Lids 36 44
15 Kristal Pelas 35 44
16 Nottingem Forest 36 43
17 Tottenhem 36 38
18 Vest Xem 36 36
19 Byornli 36 21
20 Vulverhempton 36 18

O'tgan o'yinlar.

36-тур Liverpul 1-1 Chelsi
36-тур Fulhem 0-1 Bornmut
36-тур Brayton 3-0 Vulverhempton
36-тур Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
36-тур Manchester Siti 3-0 Brentford
36-тур Byornli 2-2 Aston Villa
36-тур Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
36-тур Kristal Pelas 2-2 Everton
36-тур Vest Xem 0-1 Arsenal
36-тур Tottenhem 1-1 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘xshash qiyofa va ustozdan «qizil» kartochka...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APLning 1ta TURIDA KUZATILGAN IKKI E’TIBORLI VOQEA. Hayotda uchraydigan holat: siz boshqa shaharga futbol ko‘rgani va sevimli jamoangizni qo‘llab-quvvatlagani borasiz, notanish stadionga birinchi marta kirasiz. Keyin markaziy tribunadan joy olasiz hamda mehmonlar uchun aytoydil qayg‘ura boshlaysiz. Shunda nogahon mashhur telekanal muxbiri sizga yuzlanib, mezbon klub bosh murabbiyi sifatida qachon ish boshlashingiz haqida so‘raydi. Keyin atrofingizdagi notanish kimsalar birga suratga tushishingizni iltimos qilishadi, yakunda bo‘lajak ishingizda omad tilashadiyu, jimgina ortlariga qaytishadi. Negaki, tashqi qiyofangiz bilan o‘sha jamoaning ehtimoliy yangi bosh murabbiyiga juda-juda o‘xshaysiz. 20 yanvar kuni «Manchester Siti» muxlisi Martin Uorxerst xuddi shunday holatni boshdan o‘tkazdi.

Martin aqlini tanibdiki, «Manchester Siti»ga muxlislik qiladi, lekin uning kasbiy ishi futbolga mutlaqo aloqador emas. Aniqroq aytganda, Martin Uorxerst og‘ir xastalikka chalingan bolalarga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Martin House xayriya tashkilotida ijrochi-direktor vazifasini bajaradi. Umuman, Martin Xaddersfilddan atigi 19 kilometr uzoqlikda joylashgan mo‘’jazgina Ueykfild shaharchasida yashaydi. Dam olish kuni futbol ko‘rishga borish va begona arenada sevimli o‘yinchilarini bevosita qo‘llab-quvvatlash - bu Angliyadagi turmush sharoiti uchun ajoyib g‘oya. To‘g‘ri, masofa yaqin bo‘lsada, Martin «Xaddersfild» stadioniga birinchi marta kirdi. Asosiysi, u «Jon Smits» arenasiga ilk tashrifini hech qachon unutmasa kerak. Yaxshisi, muxlisning taassurotlariga e’tibor qarating: «Tribunada bamaylixotir o‘tirganimda, bir kishi oldimga keldi. Ochig‘i, avvaliga biroz o‘ng‘aysizlandim va beixtiyor o‘yladim: «Ishqilib, hozir menga o‘z joyimga o‘tirmaganimni aytmasa edi...». Tez orada noto‘g‘ri o‘ylaganim oydinlashdi. Haligi kishi dabdurustdan savol berdi: «Xush ko‘rdik, Yan. «Xaddersfild» bosh murabbiyi sifatida qachon ish boshlaysiz?» Tabiiyki, o‘zimni kulgudan to‘xtatolmadim va darhol adashganini aytdim: «Yo‘q-yo‘q, Yan emasman, ismim - Martin, Ueykfilddan keldim...». Keyin hammasi shunday tez rivojlandiki, nimalar bo‘layotganini anglolmay qoldim. Atrofimda o‘tirgan odamlar birdaniga qo‘l telefonlarini olishdi-da, birga suratga tushishimni iltimos qila boshlashdi. Ayrimlari hattoki, aqldan ozgandek baralla baqirishdi: «To‘xta, to‘xta, seni faqat televizorda ko‘rgandim...». Xullas, bu orada hech narsa qilolmay qoldim: muxlislar meni o‘rab olishdi va shunchaki, birin-ketin yonimga yaqinlashib, selfiga tushishdi, yelkamga ohista urgancha omad tilashdi». 

Ochig‘i, oddiy muxlisni murabbiy o‘rnida ko‘rgan Sky Sports jurnalistini ortiqcha ayblash noo‘rin. Zero, Martin chindan ham, tashqi qiyofasi bilan «Xaddersfild»ning bo‘lajak ustozi - Yan Zivertni eslatib yuboradi. U joriy mavsum Dortmund «Borussiya»si yoshlar jamoasini bosh-qardi. «Xaddersfild» rahbariyati esa yaqinda Devid Vagner bilan hamkorlikni to‘xtatdi va Zivert uchun nemis jamoasiga 300 ming yevro to‘laydi. Eng qizig‘i, xaddersfildliklar 2015 yili Vagnerni ham aynan «Borussiya» yoshlar jamoasidan taklif qilishgandi. Darvoqe, ushbu hayratomuz voqeadan ilhom olgan Martin yakunda hazillashishni ham o‘rniga qo‘ydi: «Ha, umumiy olganda, Zivert va menda o‘xshash jihatlar ko‘p ekan. Lekin unga nisbatan ancha chiroyli ekanligimni e’tiborga olinglar...». U shuningdek, «Xaddersfild» - «Manchester Siti» o‘yini haqida ham o‘ziga xos fikr bildirdi: «Mezbonlar nimagadir umid bog‘lashlari mumkinmi? Ha, faqat agarda 5-5-5 taktik chizmasi asosida o‘ynashsa...». Martin bejiz so‘zamol murabbiylarga xos tarzda baho bermagan ekan: «Manchester Siti» butun uchrashuv davomida erkin to‘p surib, «Xaddersfild»ni javobsiz 3ta gol bilan «siyladi».



APLning 23-turidan o‘rin olgan 2ta o‘yinda bir xil - 4:3 hisobi qayd etildi. Xususan, peshqadam - «Liverpul» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ning jiddiy qarshiligiga duch kelgan bo‘lsada, yakunda qimmatli 3 ochkoni begona qilgani yo‘q. Ha, «golli otishma» yakunidagi g‘alaba jamoa muxlislariga o‘zgacha zavq ulashgandir, ammo o‘yin «qizillar» uchun kichik ko‘ngilsizlik «tortiq» etdi, baribir. Har holda, «Liverpul»ning tolmas futbolchilaridan biri - Jeyms Milnerga qizil kartochka ko‘rsatilgani «Enfild Roud»ga sira yoqmagani aniq. To‘g‘ri, o‘yinchining ba’zan maydondan chetlashtirilishida g‘ayritabiiy tomoni yo‘q, biroq uchrashuvdan so‘ng bitta qiziqarli fotosurat butun internet olamiga tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, Milnerni maydondan «haydagan» hakam uning bolalik vaqtidagi ustozi (!) ekan. Suratga qarang: bo‘lajak hakam Jon Moss chapdan birinchi o‘rinda, yosh Milner esa to‘p bilan markazda. APLda 2011 yildan buyon ishlayotgan referi hozir 48 yoshda. Xullas, u vaqtida kichik shaharcha - Xorsfortdagi maktabda o‘qituvchi sifatida ishlagan. 33 yoshli Jeyms Milner esa Lidsda tug‘ilgan va bolaligida Roudon hamda aynan Xorsfort shaharlarining yoshlar jamoalarida o‘ynagan. Qizil kartochka ko‘rsatilgan holatga kelsak, Milner tabloda 3:2 hisobi porlab turgan pallada negadir raqib oyog‘iga qo‘pol tarzda tashlandi, vaholanki, bunga qadar «sariq» olishga ulgurgandi. Natijada sobiq o‘qituvchi mashhur o‘quvchisini hech ikkilanishsiz maydondan chetlatdi. Shu bahona 20 yil oldingi surat internet kengliklariga «bo‘y cho‘zdi»...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:05, 04.02.2019. O'qildi: 3341 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 26
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 12
10 Борнмут Eli Junior Krupi 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик