Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba.

  • Superliga
      • 27.02.2026 18:00
      • Buxoro
      • 1:0
      • Qo‘qon-1912
      • 27.02.2026 18:45
      • Andijon
      • 4:0
      • So‘g‘diyona
      • 27.02.2026 19:00
      • Paxtakor
      • 2:0
      • Qizilqum
      • 28.02.2026 18:45
      • Neftchi
      • -:-
      • Mash’al
      • 28.02.2026 19:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Surxon
      • 28.02.2026 19:15
      • Dinamo
      • -:-
      • Navbahor
      • 01.03.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 01.03.2026 19:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Xorazm
  • «A» Seriya
      • 28.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:1
      • Kalyari
      • 28.02.2026 19:00
      • Komo
      • -:-
      • Lechche
      • 28.02.2026 22:00
      • Verona
      • -:-
      • Napoli
      • 01.03.2026 00:45
      • Inter
      • -:-
      • Jenoa
  • La-liga
      • 28.02.2026 01:00
      • Levante
      • 2:0
      • Alaves
      • 28.02.2026 18:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Atletik Bilbao
      • 28.02.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 28.02.2026 22:30
      • Malyorka
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 01.03.2026 01:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 28.02.2026 01:00
      • Vulverhempton
      • 2:0
      • Aston Villa
      • 28.02.2026 17:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Sanderlend
      • 28.02.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 28.02.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Brentford
      • 28.02.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Vest Xem
      • 28.02.2026 20:00
      • Nyukasl
      • -:-
      • Everton
      • 28.02.2026 22:30
      • Lids
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Andijon 1 3
2 Paxtakor 1 3
3 Buxoro 1 3
4 Bunyodkor 0 0
5 Dinamo 0 0
6 Lokomotiv 0 0
7 Mash’al 0 0
8 Nasaf 0 0
9 Navbahor 0 0
10 Neftchi 0 0
11 OKMK 0 0
12 Surxon 0 0
13 Xorazm 0 0
14 Qo‘qon-1912 1 0
15 Qizilqum 1 0
16 So‘g‘diyona 1 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
1-тур Andijon 4-0 So‘g‘diyona
1-тур Paxtakor 2-0 Qizilqum

Navbatdagi o'yinlar.

28/02/26 Neftchi - Mash’al
28/02/26 Lokomotiv - Surxon
28/02/26 Dinamo - Navbahor
01/03/26 OKMK - Bunyodkor
01/03/26 Nasaf - Xorazm

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toni Kroos: «Omadsizlik ham saboq»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

«Real»ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos yaqinda nemis nashrlaridan biriga intervyu berib, klubning birinchi davrada yo‘l qo‘ygan xatolari va hozirgi holati xususida fikr bildirdi. Tan olingan futbolchining alohida ta’kidlashicha, qimmatli ochkolar boy berilgan bo‘lsada, «Madrid»da sovrinlar uchun kurashish uchun hali  imkoniyat yetarli. Toni shuningdek, jamoa futbolchilariga yana yaqinlashgan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha  murabbiy Antonio Pintusning roliga ham to‘xtalib o‘tdi.

- Nihoyat, bir necha oyga cho‘zilgan xavotirli holat biroz tarqaldi va «Madrid»da mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga umid tug‘ildi. Aytingchi, shaxsan sizga xayrli intihoga ishonch hamrohmi?

- Tushuning, hamma qatori biz ham omadsiz davrdan himoyalanmaganmiz. Ha, La-liganing start bosqichida ko‘p ochko yo‘qotdik, oddiy aytganda, raqiblarga shunchaki, sovg‘a qildik. Xayriyatki, endi omadsizlik ortda qoldi. So‘nggi yillardagi ishtirokimizdan shunday xulosaga keldimki, biz ajoyib jamoada to‘p suryapmiz. Har qanday vaziyat - muvafffaqiyatli davrda ham, omadsizlikka yuz tutgan paytda ham olg‘a intilishdan to‘xtamaymiz. Deylik, hozir 2 frontda g‘oliblik uchun kurash olib borayotganimiz barchamiz uchun ajoyib ilhom manbaidir. Albatta, yakunda sovrinlar yutish uchun bor imkoniyatlarni ishga solamiz.

- Qiziq, jamoa nimaning hisobiga birdaniga o‘zgardi?

- Har bir g‘alaba jamoaning qudratiga nisbatan ishonchni oshiradi. Ishlarimiz yurishmay qolgan vaqtlarda ham izlanishdan to‘xtamadik. Birinchi davrada haddan ortiq xatolarga yo‘l qo‘yganimizni tushunib turibmiz. Muhimi, ularni takrorlamaslik. Shuni unutmaslik kerakki, ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida bor kuch-mahoratimiz va imkoniyatlarni safarbar etishimiz talab etiladi. «Real»ning so‘nggi yillardagi zafarlari ana shu haqiqatni yaqqol isbotlaydi. Misol uchun, avvalgi mavsumda chempionlik shohsupasiga chiqishdan barvaqt umid uzgandik, hattoki, mo‘’jiza ham yordam berolmasdi. Lekin shunda ham kurashga chanqoq edik. Chunki nimagadir erishishimizga ishonardik. Aynan shu ishonch evaziga YECHLda zafar quchdik.

- Sizningcha, muvaffaqiyat kaliti nimada?

- Buni hozir yaqqol ko‘rish mumkin: aksar jamoadoshlarim birinchi davraga nisbatan ajoyib sport formasiga chiqib olishdi. Biz uchun eng muhimi shu.

- Antonio Pintusning jamoadagi roli haqida nima deysiz?

- U qaysidir ma’noda biz bilan hamisha hamnafas. Antonio bunga qadar, ya’ni Zidan davrida jamoa a’zolarining jismoniy holati uchun mas’ul edi. Biroq Lopetegi o‘z mutaxassisini olib kelgach, Pintusning ta’siri ancha pasaydi. Shubha yo‘q, o‘yinchilarning jismoniy holati muvaffaqiyatning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Afsuski, so‘nggi haftalarda tarkibimizdagi bir qator yigitlar jarohatlanishdi. Yo‘q, bu borada jismoniy tayyorgarlikka mas’ul yangi mutaxassisni ayblash fikridan yiroqman. Biz uchun eng muhimi - futbolchilarni yuksak jismoniy darajaga olib chiqa oladigan kishining jamoada bo‘lishi. Uzun mavsumni bir maromda o‘tkazish anchayin mushkul vazifa, xotirjamlik bilan jiddiy tayyorgarlik ko‘rishning iloji yo‘q. Chunki o‘yinlar taqvimi o‘ta tig‘iz. Bunday sharoitda har qanday futbolchiga alohida e’tibor qaratish kerak. Hozirda umumiy vaziyat yomon emas. Ammo ba’zan omadsizliklar kuzatiladi, baribir. Jamoada Xesus Valyexoga o‘xshagan yoshlar ko‘p. Xususan, Xesus - chinakam professional, o‘z vazifasini risoladagidek ado etadi. Lekin tez-tez shikastlanayotgani ham haqiqat...

- 2018 yil poyoniga yetgach, yengil tin olgandirsiz...

- Shunday deyish mumkin: Rojdestvo arafasida Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdik, keyin 5-6 kun dam oldik va yangi yilning 3-sanasidan La-liga bahslariga qaytdik. Hozir qandaydir xulosa chiqaradigan payt emas, oldimizda yo‘lning hal qiluvchi bosqichi turibdi. Ammo gap ortda qolgan yil haqida borar ekan, uni futbolchi hayotiga qiyoslash mumkin: parvozlar, pasayishlar... 2018 yil aynan shu jihati bilan yodda qoldi, qiziqarli o‘tdi.

- Yil shuningdek, musobaqalarga boy bo‘ldi, to‘g‘rimi?

- Albatta! Asosiysi, shaxsan men hayotdan, futboldan zavq olishda davom etyapman. Ha, omadsizliklar ham hayotning bir bo‘lagi. Agar tegishli xulosa chiqarishni bilsang, hattoki, omadsizlik ham muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 12:35, 07.02.2019. O'qildi: 5303 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Aleks Fergyuson APLda jami 27 marta oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Андижон Dragan Cheran 1
2 Андижон Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 1
3 Пахтакор Doston Hamdamov 1
4 Пахтакор Piotr Pajishek 1
5 Бухоро Sherzod Esanov 1
6 Андижон Nemanya Chalasan 1
7 Андижон Martin Boakye 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.