Bugun 28 mart, 2026 yil, shanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xokkey bo‘yicha tarixiy O‘zbekiston I chempionatini Umid Ahmadjonov ochib berdi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabar berib o‘tganimizdek, bugun 8 fevral kuni xokkey bo‘yicha O‘zbekiston I chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. «Ice City» muz saroyida tashkil etilgan ochilish marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi.

MOQ rahbari tadbirda so‘zga chiqar ekan, ushbu tarixiy kun bilan barchani muborakbod etib o‘tdi va musobaqani rasman ochib berdi.

«Bugun o‘zbek sporti uchun tarixiy kun desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mustaqil O‘zbekiston tarixida xokkey bo‘yicha birinchi mamlakat chempionati start olmoqda.

Ayni paytda davlatimiz rahbari, muhtaram Shavkat Miromonovich tomonlaridan qishki sport turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan «Humo» muz saroyining ochilish marosimiga ham oz vaqt qolmoqda. Ushbu arenaning foydalanishga topshirilishi yurtimizda qishki sport turlarining taraqqiyotiga katta turtki bo‘lishi shubhasiz.

Fursatdan foydalanib O‘zbekiston chempionatining barcha ishtirokchilariga omad tilayman. Musobaqada kuchlilar g‘alaba qozonsin. Ishonamanki, xokkey yurtimizda ham rivojlanib, yaqin yillarda sportchilarimiz xalqaro maydonlarda ham o‘z so‘zlarini ayta olishadi.

Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston birinchi chempionatini ochiq deb e’lon qilaman», – dedi MOQ prezidenti.

Shundan so‘ng tadbir mehmonlari uchun ko‘rgazmali chiqishlar taqdim etildi. So‘ngra O‘zbekiston chempionati ishtirokchilari muzga chiqib kelishdi.

Tantanali ochilish marosimida Rossiyadan tashrif buyurgan faxriy mehmon, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, afsonaviy Sergey Makarov ham o‘zining eng samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi.

Ma’lumot uchun, ilk marotaba tashkil etilayotgan mamlakat chempionatida «Binokor», «Humo», «Semurg‘» hamda «Toshkent» jamoalari ishtirok etishmoqda.

Musobaqada qayd etilayotgan natijalar bilan Milliy olimpiya qo‘mitasining rasmiy sayti orqali tanishtirib boramiz.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 19:19, 08.02.2019. O'qildi: 4317 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик